Dori vositalarining sanoat texnologiyasi




Download 5.06 Mb.
bet5/6
Sana27.12.2019
Hajmi5.06 Mb.
1   2   3   4   5   6

I-yorug‘lik kuchi, kd;


ω -moddiy burchak, sr;

YOritilganlik (E). 1 lm nur oqimi bir hilda tarqalib, 1 m2 yuzasiga tushsa, bu yoritilganlik bo‘ladi. Xonaning tabiiy yoritilishidagi asosiy ko‘rsatkichi yoritilganlik "E" bo‘lib, o‘lchash birligi lyuks (lk) qabul qilingan.

E=F/S,

bu erda:


E-yoritilganlik, lk;

F-yorug‘lik oqimi, lm;

S-maydon yuzasi, m2;

Ravshanlik (V) o‘lchov birligi kd/m2 deb qabul qilingan. U shunday bir tekislikni yoritgan yassi sirtning yorqinligi, bunda uning har bir kvadrat metridan unga perependikulyar yo‘nalishda 1 kd ga teng yorug‘lik kuchi olinadi.

V=I/S ,

bu erda :


V-ravshanlik, kd/m2;

I-yorug‘lik kuchi, kd ;

S-maydon yuzasi, m2;


    1. YOrituvchanlik (R) birligi lm/m2 ga teng. YOrituvchanlik maydon yuzi m2, tushirilayotgan yorug‘lik oqimi lm nisbatiga teng.

R=F/S ,

bu erda :


R-yorituvchanlik, lm/m2;

F-yorug‘lik oqimi, lm;

S-maydon yuzasi, m2;


    1. Qaytish koeffitsienti () yuzadan qaytayotgan yorug‘lik oqimining, yuzaga tushayotgan yorug‘lik oqimining nisbatiga teng. Ularni o‘lchov birliklarida yoki foizlarda ifodalaniladi.

=Fqayt /Ftush· 100% ,

bu erda:


-qaytish koeffitsienti, %;

Fqayt-yorug‘lik oqimining yuzadan qaytishi, lm;

Ftush-yorug‘lik oqimining yuzadan tarqalishi, lm;

Tabiiy yoritilganlik-xonaning tashqi to‘suvchi qurilmalaridan shaffof to‘siqlar orqali (to‘g‘ri yoki akslanish) tushgan quyosh yorug‘ligi bilan yoritilishi.



    1. Tabiiy yoritilganlik koeffitsienti (TEK) e bu xona ichidagi berilgan yuzaning biror nuqtasida (to‘g‘ri yoki akslanish) quyosh yorug‘ligi hosil qilgan tabiiy yoritilganlikni osmon yorug‘ligining shu vaqtda tashqaridagi gorizontal tushayotgan yorug‘lik nisbatiga teng.

e=Eichk/Etash · 100%

bu erda :

e- tabiiy yoritilganlik koeffitsienti, %

Eichk-xona ichidagi yoritilganlik, lk;

Etash-bino tashqarisidagi yoritilganlik, lk;


    1. Kuzatish ob’ekti bilan fonning farqliligi (K)- kontrast deb ularning yorqinliklari orasidagi farqiga aytiladi.

K=Vo-Vf/ Vf , ,

bu erda:


V0-ob’ekt ravshanlik, kd/m2

Vf-fon ravshanlik, kd/m2

Farqlikning optimal kattaligi 0,6-0,9 oliniladi.

O‘rganilayotgan yuzaning ob’ektga tegib turuvchi qismi bilan farq qilib fon deb ataladi. Nur qaytish koeffitsienti 0,4 dan ortiq bo‘lsa yorug‘ fon deyiladi, 0,2 dan 0,4 gacha bo‘lsa o‘rtacha fon va 0,2 dan kichik bo‘lsa qora fon deyiladi.

Bino ichidagi xonalarda bir tekis yorug‘lik hosil qilish uchun, shift va devorning qaytish koeffitsienti 0,8 atrofida, pol va jihozlarniki esa 0,3 ga teng bo‘lishi kerak.

Tabiiy yorug‘lik etishmaganda kombinatsiyalashtirilgan yoritish usulidan foydalanadi, ya’ni sun’iy yorug‘likdan foydalanadi. Tabiiy yoritish odamlar doimiy bo‘ladigan xonalar uchun mo‘ljallanadi. Tabiiy yorug‘lik inson ko‘rish organlari va boshqa fiziologik jarayonlarning borishi uchun zarur bo‘lgan ultrabinafsha nurlarga boy va bu yorug‘lik bilan yoritilgan xonalarda ishlash ko‘z uchun juda foydali. Tabiiy yorug‘lik yoritilish zonasi bo‘ylab bir tekis tarqaladi.



Sanoat korxonalarini tabiiy yorug‘lik bilan yoritish yon tomondan maxsus qoldirilgan oynalar orqali, juda katta sanoat korxonalarining yuqori tomonida maxsus qoldirilgan oynalari - framugalar va bu ikki holatni kombinatsiya qilgan holda amalga oshiriladi.

Sun’iy yorug‘lik o‘z navbatida quyidagilarga: ishchi, avariya yoritilishi, navbatchi va evakuatsiya yoritilishlariga bo‘linadi. Ishchi yoritilganlik ham o‘z navbatida umumiy (shiftda joylashtirilgan yoritigichlar), maxsus (ish joyini o‘zinigina yorituvchi yoritgich) va kombinatsiyalashganlarga (umumiy va maxsus) bo‘linadi. Faqat ishchi va avariya yoritilish sanitariya me’yorlari bilan me’yorlanadi.



YOritish qurilmalari. Hozirgi zamon yoritish qurilmalari ishlab chiqarish xonalarini yoritishga mo‘ljallangan bo‘lib, yoritish manbalariga cho‘g‘lanma lampalar, galogenli va gaz razryadli lampalar kiradi.

Volfram tolalari yuqori haroratgacha qiziganda cho‘g‘lanma lampalar yorug‘lik bera boshlaydi, galogenli lampalarda esa volfram tolalari bilan bir qatorda trubkaning ichida galogenli bug‘ (yod) bo‘lib, u haroratni oshirib tolalarni qizdirishga hizmat qiladi. Lampaning kuchi 20-22 lm/Vm ga teng. CHo‘g‘lanuvchi lampalar hozirgi vaqtda eng ko‘p tarqalgan nur tarqatish manbai hisoblanadi. Buning asosiy sababi, ularning sodda tuzilganligi, ekspluatatsiya vaqtida qulayligi, yonish davrining tezligi va ularni ishlatish uchun qo‘shimcha qurilmaning kerak emasligidir. Kamchiliklari lampadan tarqalayotgan nurlar tarkibida qizg‘ish va sarg‘ish nurlarning bo‘lishi, ularning quyosh nurlariga nisbatan spektrlarining tarkibi boshqacha bo‘lganligi sababli ranglarni buzib ko‘rsatadi va ba’zi bir ishlarni bunday nurlar ostida bajarib bo‘lmaydi. Sanoat korxonalarini yoritish maqsadida cho‘g‘lanuvchi lampalarning bir necha xillaridan: vakuumli lampalar (NV), gaz to‘ldirilgan bispiral lampalar (NB), krepto-ksenon to‘ldirilgan bispiral lampalardan (NBK) foydalaniladi.

Oxirgi vaqtlarda tarkibiga qisman yod qo‘shilgan - yodli cho‘g‘lanuvchi lampalardan foydalanilmoqda. Bu lampalarning xizmat muddati tarkibidagi yodning qaytaruvchanlik xususiyatiga asosan 3000 soatga uzaytirilgan va bu lampalarning nur berish qobiliyati ham 30 lm/Vt ga oshgan.

Gazlarning razryadlanishiga asoslangan lampalar - bu lampalarda elektr tokining inert gazlar, metall parlari yoki ularning aralashmalari muhitida razryadlanishidan hosil bo‘ladigan yorug‘likning optik diapazoni sifatida vujudga keladi. Gaz razryadli lampalar yuqori (lyuminessentli) va past bosimliga ajratiladi. Bu lampa kolbasining ichki qavati yaltiroq moddalar bilan-lyuminofora, ko‘rinuvchi yorug‘likni elektr razryadlar orqali yuboriladi. Bunday lampalarning yorug‘lik kuchi 500-700 lm/Vm ga teng. Hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan gaz razryadlanish lampalari cho‘g‘lanuvchi lampalarga nisbatan ba’zi bir ijobiy xususiyatlarga ega; lampalarning nurlanish darajasi ancha katta bo‘lib, 50 dan 100 lm/Vt gacha boradi (masalan, natriyli lampalarning nurlanishi 100 lm/Vt, lyuminissent lampalarniki esa 75-80 lm/Vt ni tashkil qiladi), tabiiy yorug‘lik spektriga yaqin nurlanish spektri. Bundan tashqari, ularning xizmat qilish muddati ham birmuncha ko‘p bo‘lib, ba’zi birlariniki 8000-4000 soatga boradi. Bu lampalarda to‘ldirilgan inert gazlar, metall parlari miqdorlarini o‘zgartirish hisobiga xohlagan spektrdagi nurlarni olish imkoniyati bor.
Talabalarni bilimini tekshirish uchun savollar:

  1. YOritishga qo‘yilgan umumiy talablar nimalardan iborat?

  2. Tabiiy yoritish koeffitsienti deb nimaga aytiladi ?

  3. YOritilganlik formulasini keltiring va undagi parametrlarga izox.

  4. YOritilganlikni meyorlashni engillatish uchun ishlar aniqlik darajasi nechta razryadga bo‘linadi?

  5. YOrug‘lik oqimining o‘lchov birligi qanday?

  6. Ravshanlikning o‘lchov birligi qanday?

  7. Pulsatsiya koeffitsienti nima?

  8. Tabiy yoritilganlikning qanday turlarini bilasiz?

  9. Sun’iy yoritilganlikning qanday turlarini bilasiz?

  10. YOritgichlarning qanday turlarini bilasiz?

  11. Qaysi asosiy parametrlar yoritgichlarning sifat ko‘rsatgichlarini ifodalaydi?

  12. Ish unumdorligi ish joylaridagi yoritilish sharoitlariga qanday bog‘liq?

  13. Tabiiy va sun’iy yoritish me’yorlari qanday?

  14. Ultrabinafsha va infraqizil nurlarni inson organizmiga tasiri.


MAVZU BO‘YICHA TEST SAVOLLARI

1. Ko‘zning qorong‘idan yorug‘likka adaptatsiyasiga qancha vaqt kerak bo‘ladi:

a) 2min

b) 0,5min



v) 5min

g) 1min


2. Lyumenlarda nimani o‘lchanadi:

a) yorug‘lik kuchi

b) ravshanlik

v) yorug‘lik oqimi

g) yoritilganlik.

3. Lyukslarda nimani o‘lchanadi:

a) yorug‘lik kuchi

b) ravshanlik

v) yorug‘lik oqimi

g) yoritilganlik.

4. YOritilganlik qanday o‘lchov birliklarda o‘lchanadi?

a) lm;


b) dB;

v) g/m2;

g) lk.

5.YOritish turlarini ko‘rsating?



a) tabiiy yoritish;

b) sun’iy yoritish;

v) uyg‘unlashgan;

g) a, b va v javoblar to‘g‘ri.




MASHG‘ULOT № 8

MAVZU: FARMATSEVTIK KORXONALAR ISH FAOLIYATIDA MAGNIT

MAYDONIDAN SAQLANISH
Mavzuda qo‘llanilgan tayanch iboralar; Hayot faoliyat xavfsizligi, faoliyat, nurlanishlar, magnit maydon, elektr maydon, maydon kuchlanishi, nur qaytarish ekranlari.

Mashg‘ulot maqsadi: Elektromagnit maydonining tavsifi. O‘zgaruvchi elektromagnit maydonlarning inson organizmiga ta’siri. Elektromagnit maydonining normalari. Muxofaza usullari. O‘lchov asboblari. Xavfsiz-likni ta’minlash yo‘llari xaqida ma’lumot berish.



Seminar mashg‘ulotini yoritishda “Breyn ring” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi.

Mavzuning ahamiyati. Elektrmagnit maydonlarning foydali harakati bilan bir qatorda inson tanasiga kirib, unga noqulay, salbiy ta’sir qo‘rsatishi va kasbiy kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Ular asab, endokrinologik va yurak-qon tomirlari tizimi kasallanishini chaqirishi mumkin, insonda qon bosimi pasayadi, pulsi sekinlashadi, reflekslar tormozlanadi, qon tarkibi o‘zgaradi. Elektrmagnit maydonlar tasiri organizmga issiqlik tasirida oz aksini berishi mumkin. Inson tanasi tomonidan ichga yutilgan elektromagnit maydonlar quvvati tanani va ayrim organlarni qizishini yuzaga keltirib, issiqlikka aylanib, kasalliklarga olib kelishi mumkin.



Elektrmagnit maydonlarining inson organizmiga ta’sir ko‘rsatishining asosiy sababi inson tanasi tarkibidagi atom va molekulalar bu maydon ta’sirida musbat va manfiy qutblarga bo‘lina boshlaydi. Qutblangan molekulalar elektromagnit maydoni tarqalayotgan yo‘nalishga qarab harakatlana boshlaydi. Qon, hujayra va hujayralar oralig‘idagi suyuqliklar tarkibida tashqi maydon ta’siridan ionlashgan toklar hosil qiladi. O‘zgaruvchan elektr maydoni inson tanasi hujayralarini o‘zgaruvchan dielektrik qutblanish, shuningdek, o‘tkazuvchi toklar hosil bo‘lishi hisobiga qizdiradi. Issiqlik effekti elektrmagnit maydonlarining energiya yutishi hisobiga bo‘ladi. Energiya yutilishi va ionlashgan toklarning hosil bo‘lishi biologik hujayralarga maxsus ta’sir ko‘rsatishi bilan kechadi, bu ta’sir inson ichki organlari va hujayralaridagi nozik elektr potensiallari ishini buzish va suyuqlik aylanish funksiyalarining o‘zgarishi hisobiga bo‘ladi.

O‘zgaruvchi magnit maydoni atom va molekulalarning magnit momentlari yo‘nalishlarining o‘zgarishiga olib keladi. Bu effekt inson organizmiga ta’sir ko‘rsatish jihatidan kuchsiz bo‘lsada, lekin organizm uchun befarq deb bo‘lmaydi.

Maydonning kuchlanishi qancha ko‘p bo‘lsa va uning ta’sir davri davomli bo‘lsa, organizmga ko‘rsatuvchi ta’siri shuncha ko‘p bo‘ladi.

Tebranish chastotasining ortishi tana o‘tkazuvchanligini va energiya yutish nisbatini oshiradi, ammo kirib borish chuqurligini kamaytiradi. Uzunligi 10 sm dan qisqa bo‘lgan to‘lqinlarning asosiy qismi teri hujayralarida yutilishi tajriba asosida tasdiqlangan. 10-30 sm diapazondagi nurlanishlar teri hujayralarida kam yutiladi (30-40%) va asosan ularning yutilishi insonning ichki organlariga to‘g‘ri keladi. Bunday nurlanishlar nihoyatda xavfli hisoblanadi.

Organizmda hosil bo‘lgan ortiqcha issiqlik ma’lum chegaragacha inson organizmining termoregulyasiyasi hisobiga yo‘qotilishi mumkin. Issiqlik chegarasi deb ataluvchi ma’lum miqdordan boshlab (I>10 mVt/sm2), inson organizmda hosil bo‘layotgan issiqlikni chiqarib tashlash imkoniyatiga ega bo‘lmay qoladi va tana harorati ko‘tariladi, bu esa o‘z navbatida organizmga katta zarar etkazadi. Issiqlik yutilishi inson organizmining suvga serob qismlarida yaxshi kechadi (qon, muskullar, o‘pka, jigar va h.k.). Ammo issiqlik ajralishi qon tomirlari sust rivojlangan va termoregulyasiya ta’siri kam bo‘lgan organlar uchun juda zararlidir. Bularga ko‘z, bosh miya, buyrak, ovqat hazm qilish organlari, o‘t va siydik xaltalari kiradi. Ko‘zning nurlanishi ko‘z qorachig‘ining xiralashishiga (kataraktaga) olib keladi. Odatda ko‘z qorachig‘ining xiralashishi birdaniga rivojlanmasdan, nurlangandan keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin paydo bo‘ladi.

Elektrmagnit maydoni inson organizmiga ma’lum o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan dielektrik material sifatida hujayralarga issiqlik ta’sirini ko‘rsatibgina qolmasdan, balki bu hujayralarga biologik ob’ekt sifatida ham ta’sir ko‘rsatadi. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri markaziy nerv sistemasiga ta’sir ko‘rsatadi, hujayralarning yo‘nalishini o‘zgartiradi yoki molekula zanjirini elektr maydoni kuchlanish chiziqlari yo‘nalishiga aylantiradi, qon tarkibi oqsil molekulalari biokimyo faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi, qon-tomir sistemasining funksiyasi buziladi. Organizmdagi uglevod, oqsil va mineral moddalar almashinuvini o‘zgartiradi. Ammo bu o‘zgarishlar funksional xarakterda bo‘lib, nurlanish ta’siri to‘xtatilishi bilan ularning zararli ta’siri va og‘riq sezgilari yo‘qoladi.

Elektrmagnit maydon ta’siridan ximoyalanish chora tadbirlaridan, elektromagnit maydonidan ish joylarini uzoqroq joylashtirish va elektrmagnit maydonlari oqimlarini yo‘naltiruvchi antennalar bilan ish joylari orasidagi masofani uzaytirish, generatorning nurlanish kuchlanishini kamaytirish, ish joylari bilan nurlanish oqimlari uzatilayotgan antennalar orasiga yutuvchi va qaytaruvchi ekranlar o‘rnatish, shuningdek, shaxsiy muhofaza aslahalaridan foydalanish hisoblanadi.

Oraliqni uzaytirish yo‘li bilan erishiladigan muhofaza usuli eng oddiy va eng samarali hisoblanadi. Bu usuldan ish joylari elektrmagnit maydonlaridan tashqarida bo‘lgan ishchilar va shuningdek, nurlanuvchi ustanovkalarni uzoqdan turib boshqarish imkoniyatini beradigan hollarda foydalanish mumkin.

Bu usuldan foydalanish imkoniyati ish bajarilayotgan xona etarlicha kattalikda bo‘lgandagina muvaffaqiyatli chiqadi.

Nurlanishni kamaytirishning yana boshqa usuli kuchli nurlanish generatorini, kuchsizroq nurlanish generatori bilan almashtirishdir. Lekin bu usulda texnologik jarayonni hisobga olish zarur.

Nurlanish kuchini kamaytirishning boshqa usuli sifatida antennaga ekvivalent bo‘lgan nurlanishni yutuvchi yoki kamaytiruvchi qurilmalarni attenyuatorlarni qo‘llash, generatordan nurlanish tarqayotgan qurilmagacha bo‘lgan oraliqdagi nurlanish kuchini yo‘qotishi yoki kamaytirishi mumkin.

Energiya yutgich sifatida grafit yoki boshqa uglerodli qotishma ishlatiladi. Shuningdek, ba’zi bir dielektrik materiallardan foydalanish mumkin. Bunday materiallar qatoriga rezina, polistirol va boshqalarni kiritish mumkin.

Elektrmagnit nurlanishlaridan muhofazalanishning asosiy usul-laridan biri-ekranlar usulidir. Ekranni to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektrmagnit to‘lqinlarini tarqatayotgan manbaga yoki ish joylariga o‘rnatish mumkin. Nur qaytarish ekranlari elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan materiallardan-alyuminiy, po‘lat, mis, latun kabi materiallardan yasaladi.

Talabalarni bilimini tekshirish uchun savollar:

        1. Elektromagnit maydonining tavsifi.

        2. Elektrmagnit maydonining normalari.

        3. Muhofaza qilish usullari.

        4. O‘lchov asboblari va ularning ishlatish yo‘llari.

        5. Lazer nurlaridan saqlanish.

        6. Elektrmagnit to‘lqinlari radiochastotalarining tavsifini ayting.

        7. Elektrmagnit to‘lqinlarining inson organizmiga ta’sirini ayting.

        8. Elektrmagnit maydonlaridan oraliqni uzaytirish yo‘li bilan muhofazalanish nima?

        9. Elektrmagnit maydonidan ekranlar o‘rnatish orqali muhofazalanishni tushuntiring?

        10. Lazer nurlari va uning tavsiflari?

        11. Lazer nurlariga qarshi kurash chora-tadbirlarini ayting?


MAVZU BO‘YICHA TEST SAVOLLARI
1. Elektrmagnit maydoni ta’siri natijasida kuyidagi holat kuzatilishi mumkin:

a) endokrin tizimining o‘zgarishi

b) gipertoniya bilan og‘rigan kasallarning holatini yomonlashuvi

v) yurak-qon tomir kasalligiga chalinishning oshishi

g) yuqoridagilarning bari.

2. Lazer nurlanish nima?

a) yuqori va juda yuqori kuchlanishga ega chactotali canoatlashgan elektr maydonning nurlanishi bilan bog‘liq hodica;

b) radioaktivlik bilan bog‘liq hodica;

v) EM cpektrida yorug‘lik va rentgen nurlari o‘rtasida oraliq holatda paydo bo‘ladigan, EMMning ko‘z ilg‘amac hodicasi

g) majburiy nurlanishdan foydalanishda, EMMning diapazonida acoclan-gan hodica;

3. Ultrabinafsha nurlanish nima?

a) yuqori va juda yuqori kuchlanishga ega chactotali canoatlashgan elektr maydonning nurlanishi bilan bog‘liq hodica;

b) EM cpektrida yorug‘lik va rentgen nurlari o‘rtasida oraliq holatda paydo bo‘ladigan, EMNning ko‘z ilg‘amac hodicasi.

v) erkin elektr zaryadining paydo bo‘lishi, caqlanishi va relakcasiya kabi hodicalarning majmui;

g) majburiy nurlanishdan foydalanishda, EMMning diapazonida acoclangan hodica;

4. EMMdan shikactlanish darajasi qanday tavsifnomaga bog‘liq?

a) ta’sir etish vaqti, shaxsiy ta’sirchanlik EMM diapazon chactotalariga;

b) nurlanish dozasi, shahsiy himoya vositalarga ega bo‘lish;

v) nurlanish turi, doza, ta’sir etish vaqti;

g) bir vaqtning o‘zida elektr va magnit birikmalari bilan o‘zgaruvchan EMMga;

5. Binolar ichidagi elektrmagnit maydon kuchlanishining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichi, kV/m:

a) 0,1;


b) 0,5;

v) 0,75;


g) 1,0.

6. Ishlab chiqarish zonasida xodimlarning kuchlanishi 5 kV/m gacha elektrmagnit maydon ta’sirida bo‘lishi ruxsat etiladi, soat:

a) 10 min;

b) chegaralanmagan;

v) 1 soat;

g) 8 soat;

7. Elektr maydon kuchlanishi 20 dan 25 kV/m bo‘lgan zonalarda xodimlarning bo‘lishi qancha vaqtdan oshmasligi kerak:

a) 1 soat;

b) 2,5 soat;

v) 5 min;

g) 10 min;

8. Elektr maydon kuchlanishini qanday ko‘rsatkichlarida xodimlarni ishchi zonada shaxsiy muxofaza vositalarisiz bo‘lishiga ruxsat etilmaydi, kV/m:

a) 25;

b) 25,5;


v) 26;

g) 27.


9.Ishchi joyida elektrostatik maydon kuchlanish ko‘rsatkichi bir soat davomida oshmasligi kerak, kV/m:

a) 25;


b) 40;

v) 50;


g) 60.

10. Lazer nurlanish bu-

a) yuqori va juda yuqori kuchlanishga ega chactotali canoatlashgan elektr maydoning nurlanishi bilan bog‘liq hodica;

b) radioaktivlik bilan bog‘liq hodica;

v) EM cpektrida yorug‘lik va rentgen nurlari o‘rtasida oraliq holatda paydo bo‘ladigan, EMMning ko‘z ilg‘amac hodicasi

g) majburiy nurlanishdan foydalanishda, EMMning diapazonida acoclan-gan hodica;

11. Lazer qurilmalaridan shaxsiy muxofaza vositalari-

a) avtomatlashtirish

b) masofadan turib boshqarish

v) yorug‘lik filtrli muxofaza ko‘zoynagi, xalatlar va qo‘lqoplar

g) ogoxlantiruvchi belgilar

MASHG‘ULOT № 9

MAVZU: FARMATSEVTIK KORXONALAR ISH FAOLIYATIDA RADIOAKTIV NURLANISHDAN SAQLANISH
Mavzuda qo‘llanilgan tayanch iboralar; Rentgen va gamma nurlar, alfa nurlari, betta nurlari, ionlashish, radioaktiv xavfsizlik normalari, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan dozalari, izotoplar, nurlanish, ichki va tashqi nurlanishlar, dozimetrik asboblar, nurlanishning yutilgan dozasi, nur qaytarish ekranlari.

Mashg‘ulot maqsadi. XXI asrni takomillashgan yadro quroli yirik atom energetika ob’ektlari va radioaktiv moddalardan foydalaniladigan murakkab sanoat korxonalarisiz tasavvur etish qiyin. Bularning xammasi ionlashgan nurlanish kabi atrof muxit va insonlar xayot faoliyati uchun zararli bo‘lgan omilni va radiatsion xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan choralarni olib borishni taqozo etadi. Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda ishni to‘g‘ri tashkil qilish va muhofaza chora-tadbirlarini qo‘llash xavfsizlikni ta’minlaydi. Talabalarga radioaktiv nurlanish zararli ta’sirlaridan muxofaza qilishga o‘rgatish.



Seminar mashg‘ulotini yoritishda “Klaster” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi.

Mavzuning ahamiyati. Nurlanishlarning ichida eng xavflisi radioaktiv nurlanish hisoblanadi. Uning ta’siri markaziy asab sistemasida, qonda, qon hosil qilish organlarida, qon tomirlarda va boshqa joylarda kompleks og‘ir o‘zgarishlarga olib keladigan nurlanish kasalliklariga olib kelishi mumkin. Bu kasallikning xarakterli belgilari organizmdagi ezilgan holat, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, umumiy kuchsizlik va boshqalar hisoblanadi.

Radioaktiv nurlardan nurlanish ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Ichki nurlanish organizmni ichkarisiga radioaktiv bug‘lar, gazlar va aerozolli havodan nafas olgan hamda suv, oziq-ovqat mahsulotlari bilan radioaktiv moddalar kirganda yuz beradi.

Tashqi radioaktiv nurlanishdan himoyalanish uning manbaini ekranlashtirish bilan hal etiladi. Ichki radioaktiv nurlanishdan maxsus profilaktik tadbirlar yordamida va maxsus sanitar gigienik rejimni saqlash bilan himoyalaniladi.

SHaxsiy muhofaza aslahalari asosiy muhofaza aslahalariga qo‘shimcha ravishda ishlatiladi. Ular organizmning teri qismlarini, shuningdek, nafas olish a’zolarini tashqi nurlanishdan muhofaza qiladi.

SHaxsiy muhofaza aslahalarini umuman ionlovchi nurlanishlarda ishlatganda shartli ravishda hamma vaqt qo‘llaniladigan va qisqa muddatga foydalaniladigan vositalarga ajratiladi.

Hamma vaqt qo‘llaniladigan shaxsiy muhofaza aslahalariga xalatlar, kombinezonlar, kostyumlar, maxsus oyoq kiyimlati va ba’zi bir changga qarshi ishlatiladigan respiratorlar kiradi, qisqa muddatli shaxsiy muhofaza aslahalariga izolyasiya qilingan kostyumlar kiradi. Bu kostyumlarning shlang bilan havo beriladigan qilib ishlanadigan yoki avtonom ravishda ishlatiladigan turlari bo‘ladi. SHaxsiy muhofaza aslahalarining tuzilishi va ishlatish xususiyatlarini hisobga olib quyidagilarga: izolyasiyalovchi kostyumlar, nafas olish organlarini muhofazalash vositasi, maxsus kiyimlar, maxsus oyoq kiyimlari, qo‘shimcha muhofaza vositalariga bo‘lish mumkin. Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda, muhofazalovchi kostyumlar ishchini radioaktiv nurlanishlardan ishonchli himoya qilishi kerak. Bunday kostyumlar avariya holatlarida va remont ishlarini bajarishda foydalaniladi. Ularga qo‘yiladigan asosiy talab ishlash davrida ishchiga qo‘shimcha og‘irlik tushmasligini ta’minlashdir.

Uning tuzilishi tashqi muhit bilan izolyasiya qilingan holda, kostyum ichida ish sharoitini yaxshilovchi mikroiqlim ta’minlanishi kerak. Mavjud zamonaviy izolyasiya kostyumlari ishchilarni yaxshi muhofaza qiladi.

Nafas olish organlarini muhofaza qilishda respiratorlardan va shlangali protivogazlardan foydalaniladi. Maxsus kiyim-bosh va maxsus oyoq kiyimi. Radioaktiv moddalar bilan ishlayotgan ishchilar xalatlardan, qalpoqlardan, rezina qo‘lqoplardan, aktivligi 10 mKi dan ortiq bo‘lgan ba’zi bir izotoplar bilan ishlaganda - kombinezonlar, maxsus ichki kiyimlar, xlorvinil fartuklari va englari, plyonka xalatlar, botinkalar-dan foydalanadilar. Binolarni tozalayotgan ishchilarga qo‘shimcha rezina qo‘lqoplar, fartuklar, englar, kalishlar va rezina etiklar beriladi. Qo‘shimcha muhofaza vositalari. Qo‘lni muhofaza qilish uchun neyron lentasidan tayyorlangan va oson dezaktivatsiya qilinadigan uzun (600 mm) va qisqa (290 mm) qo‘lqoplar beriladi. Matodan va charmdan tayyorlangan qo‘lqoplardan foydalaniladi, chunki ular suyuqliklarni shimishi va chang yutishi mumkin. Katta tig‘izlikka ega bo‘lgan nurlanishlarda qo‘rg‘oshinlashtirilgan rezinadan qilingan va egiluvchan englarga ega bo‘lgan qo‘lqoplardan foydalaniladi. Ko‘zni va nurlaridan saqlash uchun oddiy shisha ko‘zoynaklar kifoya qiladi. Ba’zi bir kuchliroq - nurlariga qarshi silikat va pleksiglaz ishlatiladi. Nurlariga qarshi ko‘zoynaklarda qo‘rg‘oshinli oyna yoki volfram fosfati qo‘shilgan oyna qo‘yiladi. Agar havo muhitida radioaktiv changlar mavjud bo‘lsa, unda ko‘zoynaklar rezina maskalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. α va β nurlari bilan ishlayotganlar yuz va ko‘zlarini organik shishadan yasalgan shit bilan berkitishlari kerak.

Radiatsiyaviy holatlar va ularning xavfsizligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 31 avgustda “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi insonlar hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki, shuningdek, atrof-muhitni ionlantiruvchi nurlanish, radioaktiv ifloslanishlarning zararli ta’sirlaridan muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni tartibga solishdan iborat.

Radiatsiyaviy xavfsizlik - bu fuqarolar va atrof muhitning ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofazalanganlik holati.

Sanitariya-muhofaza zonasi-ionlashtiruvchi nurlanish manbai atrofidagi hudud bo‘lib, u erda fuqarolarning nurlanish olish darajasi mazkur manbadan normal foydalanish sharoitida aholi uchun nurlanish dozasining belgilangan asosiy chegarasidan oshishi mumkin.

Radiatsion xavfli inshootlardagi halokatlar. Radiatsion materiallar xalq xo‘jaligining bir necha sohalarida turli maqsadlarda qo‘llanilib kelinmoqda. Bularni saqlash, tug‘ri ishlata bilish va tashlab yuborish, qayta ishlash jarayonlarida texnika xavfsizligiga rioya etilmasa og‘ir oqibatlarga - atrof-muhitning radiaktiv zararlanishiga, odamlarning, mavjudodlarning halok bo‘lishi va o‘simliklarning yaroqsiz holga kelishiga olib keladi.

Radiatsion xavfli inshoot – bu muassasa bo‘lib, unda sodir bo‘lgan halokat tufayli ommaviy radiatsion zararlanish holati vujudga kelishi mumkin. Bu turdagi xavfli ob’ektlarda fuqaro muxofazasini shayligini ta’minlash maqsadida Qonunning 2-moddasida bayon etilganidek, radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish lozim bo‘ladi.

Radiatsion halokat - sodir bo‘lgan voqea bo‘lib, uning natijasida radioaktiv mahsulotlar parchalanishi va nurlanish hosil bo‘ladi. Radioaktivlik miqdori chegaralangan me’yordan oshmasligi va inson hayoti uchun xavfli vaziyatni vujudga keltirmasligi lozim.

Bu halokatlarning 3 turi ma’lum:

-bir joyda - bunda radiatsion xavfli inshootda yo‘l qo‘yilgan nosozlik tufayli, radioaktiv xossaga ega bo‘lgan moddalar shu inshootdagi uskunalar chegarasida bo‘lib, tashqariga chiqmagan;

-mahalliy - bunda radioaktiv xususiyatga ega bo‘lgan moddalar miqdori yuqori bo‘lib, sanitar-himoya hududga tarqalishi mumkin va zarari yuqori bo‘ladi. O‘z miqdoriga ko‘ra shu radiatsion xavfli inshoot uchun belgilangan me’yoriy miqdordan oshiq bo‘lib, radioaktivlashgan holatning ta’siri katta hisoblanadi;

-umumiy - radiatsion xavfli inshootda sodir bo‘lgan nosozlik tufayli, halokat katta hududga tarqalishi va odamlarni nurlanishga olib keladi.

Halokatlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan radiatsion xavfli inshootlarning turlari ko‘p – atom stansiyasi, yadro yoqilg‘isi ishlab chiqaruvchi korxona, yadro reaktori bo‘lgan ilmiy-tekshirish institutlari va h.k.

Radiatsion xavfli inshootlardagi halokatlarning tavsiflanishi:

I tur halokat – birinchi xavfsiz to‘siqning nosoz holatga kelishi - issiqlik ajratuvchi elementlar qobiqlarining buzilishidir.

II tur halokat – birinchi va ikkinchi xavfsizlik to‘sig‘ining buzilishi, ya’ni reaktor qobig‘ining buzilishi tufayli radioaktiv moddalar tarqalishiga sharoit yaratilishiga aytiladi.

III tur halokat - uchala xavfsizlik to‘sig‘ining buzilishi tufayli vujudga keladi. Birinchi va ikkinchi to‘siq buzilishi tufayli radioaktiv moddalar reaktorning himoya qobig‘i yordamida to‘siladi, undan o‘tgan moddalar tashqariga chiqib ketib tarqalishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatadigan radiatsion xavfli inshootlar. O‘zbekiston Respublikasi xududining ayrim joylari (Navoiy va Toshkent viloyatlari), Fanlar Akademiyasining YAdro fizikasi instituti Toshkent viloyati Qibray tumani Ulug‘bek shaharchasida joylashgan radioaktiv xavfli zonalar xisoblanadi. YAdro fizikasi instituti atrofida 3ta zona belgilangan:

- zaxarlanish ehtimoli bor zona (R=1 km);

- sanitariya muxofazasi zonasi (R=3 km);

- kuzatish zonasi (R=15 km);

O‘tuvchi radiatsiya. O‘tuvchi radiatsiya - gamma nurlari va neytronlar oqimidan tashkil topgan. Radiatsiya nurini manbai yadro aslahasi portlaganda ketadigan yadroviy reaksiya hamda yadrolarni radioaktiv parchalanishidan hosil bo‘ladi. Radiatsiya faktorining ta’sir vaqti 15-25 s. ni tashkil etadi. Bu faktorni asosiy shikastlantiruvchi ta’siri - nurlanish dozasi (D) hisoblanadi. Nurlanish dozasi bir birlik nurlanayotgan muxitni yutgan ionlovchi nurlari energiyasi miqdoriga teng rentgen va greylarda o‘lchanadi.

Radiatsiya faktorining ta’siri ionlashtirish xususiyatiga ega bo‘lganligidan nurlanish kasalligini keltirib chiqaradi.

Kimyoviy va radiatsion xavfli inshootlardagi halokatlar (avariyalar) deganda kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalishi, radioaktiv moddalardan foydalanish va saqlash tartiblariga rioya qilmaslik tufayli favqulodda vaziyat vujudga kelishi tushuniladi.

Radiatsion muxofaza – bu radioaktiv moddalarning aholiga, fuqaro muxofazasi kuchlariga va xalq xo‘jalik inshootlari va ularda ishlovchi xodimlarga zararli ta’sirining oldini olishga yoki uni imkoni bor darajada kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui.

Radiatsion muxofazaning eng asosiy vazifasi radiatsion xavf ob’ektlaridagi xalokatlar bilan bog‘liq favqulotda vaziyatlar oldini olishdan iborat.
Talabalarni bilimini tekshirish uchun savollar:

1. Radioaktiv nurlanishlar va ularning xossalari.

2. Radioaktiv nurlarning inson organizmiga ta’siri.

3. Nurlanish normalari.

4. Nurlanuvchilar kategoriyasi va insonning nurlanishga xavfli organlari.

5. O‘lchash asboblari.

6. SHaxsiy muhofaza aslahalar.

7. Nurlanishlarning yutilgan dozasi, ekspozitsion doza va ekvivalent dozalar haqida ma’lumotlar keltiring?

8. Radioaktiv nurlarning o‘lchov birliklari qanday?

9. Radioaktiv nurlanishlardan saqlanish chora-tadbirlari.

10. nurlari, elektron oqimlari va rentgen nurlari haqida tushuncha?

11. Radioaktiv moddalar qanday idishlarda saqlanadi?


MAVZU BO‘YICHA TEST SAVOLLARI
1. Quyidagi radiasiya nurlanishi turlarini tarqalish imkoniyatlarini kamayish tartibida joylashtiring:

a)-alfa,beta, gamma;

b)-beta, gamma, alfa;

v)- gamma, beta, alfa;

g)- alfa, gamma, beta.

2. Incon tanasining barcha qicmini bir marta ionlashgan nurlanish dozasining xavfsiz kattaligi nimaga teng, rad:

a) 5;

b) 10;


v) 25;

g) 50;


3. Ionlashgan nurlanish dozasi ekvivalenti SI sictemasida quyidagi birlikda o‘lchanadi:

a) Rentgen;

b) Zivert;

v) Rad;


g) Grey.

4. Incon organizmining ichki nurlanishida juda ham xavfli ionli nurlanish quyidagicha:

a) alfa-beta va gamma nurlari;

b) beta-gamma va rentgen nurlari;

v) alfa-gamma va neytron nurlari;

g) beta-neytron va alfa nurlari;

5. Qanday ionli nurlanish materiallarda faollikni yuzaga keltirishni yaratadi?

a) alfa - nurlari;

b) beta-nurlari;

v) neytron nurlari;

g) gamma-nurlari;

6. Incon organizmining tashqi nurlanishida juda ham xavfli ionli nurlanish quyidagicha:

a) alfa- beta nurlari;

b) beta- gamma nurlari;

v) gamma va neytron nurlari;

g) rentgen va beta nurlari.

7. Neytron xujumiga qarshi kurash qaerda foydalaniladi:

a) kuchli EMM ni hosil qilishda.

b) yorug‘liq nurlanish va zarbali ta’sir etuvchi impuls hosil qilishda

v) kirib boruvchi radiatsiya oqimini yaratishda

g) hamma javoblar to‘g‘ri

8. Ob’ektlardan radioaktiv moddalarni yo‘qotish uchun nima bajariladi:

a) degazatsiya;

b) dezaktivatsiya;

v) dezinfeksiya;

g) deratizatsiya;

9. Radiatsion avariya bo‘lgandan keyin birinchi o‘n kun davomida qaysi maqsadda yod profilaktikasi bajariladi:

a) organizmni umumiy ximoyalash uchun

b) bo‘qoq bezini ximoyalash uchun

v) radioaktiv moddalarni suyak to‘qimalarida to‘planishini oldini olish maqsadida;

g) immunitetni ko‘tarish uchun;

10. Ionlashgan nurlanish manbalarini qanday tekshiruv organlari nazorat qiladi:

a) davlat sanitar-epidemiologik tekshiruvi;

b) davlat energetika qo‘mitasi;

v) davlat tog‘ kon tekshiruvi;

g) yadro va radiatsion xavfsizlik tekshiruvi.

11. YUtilgan doza nima?

a) bir belgili, havo xajmi birligidagi elektr zaryad ionlari yig‘indisida ifodalangan rentgen nurlanishi dozasi;

b) Ionlashgan nurlanish faoliyatini baholash;

v) Nurlanayotgan modda maccasi birligida yutilayotgan nurlanish energiyasi;

g) Ionli nurlanish o‘zaro ta’sir jarayoni;

12. Ionli nurlanish nima?

a) yuqori va juda yuqori kuchlanishga ega chactotali canoatlashgan elektr maydonning nurlanishi bilan bog‘liq hodica;

b) radioaktivlik bilan bog‘liq hodica;

v) erkin elektr zaryadining paydo bo‘lishi majmui;

g) majburiy nurlanishdan foydalanishda, EMMning diapazonida acoclangan hodica;


MASHG‘ULOT № 10

MAVZU: FARMATSEVTIKA KORXONALARIDA TEXNIKA VOSITALARIDAGI XAVF-XATARLAR VA ULARDAN MUXOFAZALANISH


Mavzuda qo‘llanilgan tayanch iboralar; Hayot faoliyat xavfsizligi, favqulodda hodisa, havf-xatar, hodisa, inson-mashina-atrof-muhit, baxtsiz hodisa, jaroxat, kasbiy kasalliklar, zaxarlanish, surunkali zaxarlanish, MXSM, xavfli omillar, zararli omillar, pnevmokonioz.

Mashg‘ulot maqsadi: Xavf tushunchasi. Xavf-xatar tahlilining asosiy ob’ekti. Xavf-xatar tahlili. Statistik usullari. Topografik usul Monografiya usuli. Tashkiliy sabablar. Texnik sabablar. Sanitar-gigienik sabablar. Psixo-fiziologik sabablar. Xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari xaqida ma’lumot berish, jaroxatlar xaqida umumiy ma’lumotlar, ularning turlari va oldini olish choralarini tushuntirish. Mexnat xavfsizligi, mexnat sharoitidagi xavfli va zararli omillar xakida ma’lumot beriladi.



Seminar mashg‘ulotini yoritishda “Sen menga, men senga” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi.

Mavzuning ahamiyati. Ishlab chiqarish sanitariyasi - bu ishchilarga ta’sir etuvchi zararli omillarni bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy, gigienik va sanitar-texnik tadbirlar xamda vositalar sistemasidir.



Ishlab chiqarish sanitariyasining asosiy vazifasi zararli moddalarning belgilangan ruxsat etilgan miqdori (REM) asosida sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini yaratishdan iboratdir.

Ishchilarga meteorologik sharoitlar, ya’ni xavoning xarorati, namligi, bosim, qor, yomg‘ir, quyosh radiatsiyasi va boshqa shu kabi omillar katta ta’sir etadi. Ushbu omillar ikki xil yo‘l, ya’ni, xavo orqali yoki bevosita muloqatda bo‘lish orqali ta’sir etishi mumkin.

Xavo orqali ta’sir etuvchi zararli omillarga ish joyining mikroiqlim xolatini belgilovchi ko‘rsatkichlar miqdori, chang, gaz, shovqin, infra va ultratovushlar, yoritilganlik darajasi, elektromagnit maydon, infraqizil va ultrabinafsha nurlanishlar va boshqalarni misol qilishimiz mumkin. Ikkinchi yul, bevosita kontakt orqali ta’sir etuvchi faktorlarga esa xar xil qattik va suyuq zararli moddalar, titrash bilan ishlovchi asbob va moslamalar kiradi.



YUqoridagi faktorlarni xisobga olgan xolda, ularni inson sog‘lig‘iga ta’sirini o‘rganish va bu ta’sirni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqish muxim va zarurdir. Bu masalada esa mexnat gigienasining asosiy vazifasi xisoblanadi.

Mexnat gigienasi- tibbiyot fanining bir qismi bo‘lib, ish sharoitlarining inson sog‘lig‘iga va ish qobiliyatiga ta’sirini o‘rganadi, shuningdek, mexnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish va xamda ishlab chiqarishni yuksaltirishga yo‘naltirilgan sanitariya-gigiena, oldini olish va davolash tadbirlarini ishlab chiqadi. Mexnat muxofazasi bu zararli omillarni me’yoridan oshirmaslik chora tadbirlarini belgilash, ular miqdorini kamaytirish bilan shug‘ullanadi. Xar bir korxona va tashkilotlar zararli omillarni bartaraf qilish bo‘yicha, ular miqdorini kamaytirish bo‘yicha tegishli tadbirlarni belgilaydi, zaruriy mablag‘larni ajratadi. Sababi inson salomatligi yo‘lida qayg‘urish davlat va raxbar xodimning birinchi vazifasi sanaladi.

Mehnat ishlab chiqarish sanitariya-gigienasi sohasida quyidagilar asosiy hujjat sanaladi:

-sanoat korxonalarining loyihalashtirish sanitariya me’yorlari,

-mexnat xavfsizligi tarmoq va tarmoqlararo qoidalari;

-mexnat xavfsizligi bo‘yicha tarmoq va tarmoqlararo yo‘riqnomalar;

-xavfsizlik qoidalari, qurilma va xavfsiz ekspluatatsiya qoidalari;

-Davlat standartlari mexnat muhofazasining standart tizimi MXST DST. (GOST SSBT);

- qurilish me’yorlari va qoidalar QMQ (SNiP);

-loyixalashtirish va qurish bo‘yicha qoidalar (SP);

-xavfsizlik yo‘riqnomasi (IB);

-Davlat sanitar-epidemiologik qoida va me’yorlar (sanitar qoidalar (SP), gigienik normativ (GN), sanitar qoida va normalar (SanPiN), sanitar normalar (SN).

Kasbiy kasalliklar-bular ishlovchi uchun zararli ish sharoitlarining ta’siri natijasida xosil buladi. Kasb kasalliklarining fizik (kasbga aloqador karlik, vibratsiya kasalligi, nur kasalligi, kesson kasalligi, balandlik kasalligi va boshqalar), biologik (infeksiya va parazitar kasalliklari, brutsellyoz, kuydirgi) va kimyoviy omillar ta’sirida ba’zi changlar uzoq vaqt nafas olinganda (pnevmokonioz, bronxit) shuningdek, jismoniy zo‘riqishda yoki shikastlanganda (nevrit, bursit) vujudga keladigan turlari farq qilinadi. Kasb kasalliklarining kelib chiqishiga organizmning o‘ta toliqishi va kasallikka qarshi kurasha olish faoliyatining pasayishi ham sabab bo‘la oladi. O‘zbekistonda kasb kasalliklari ro‘yxati va tegishli tavsiyanomalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Ishlab chikarishdagi xavfli va zararli omillar baxtsiz xodisalarni keltirib chiqaruvchi sababalardan farq qiladi. Baxtsiz xodisalarning sabablari mexnat muxofazasi bo‘yicha standartlar, qonun-qoidalar va ko‘rsatmalarning buzilishi, ularga amal qilmaslik oqibati bo‘lsa, ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillar esa bevosita jaroxatlanish-larni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlar xisoblanadi.

Ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillar ishning turi va mexnat sharoitiga bog‘liq xolda 4 guruxga bo‘linadi: fizikaviy, ximiyaviy, biologik va psixofiziologik.

Fizikaviy omillarga xarakatdagi mashina va mexanizmlar, ularning ximoyalanmagan qo‘zg‘aluvchi mexanizmlari, ish joyi xavosining yuqori darajada changlanganligi, gazlanganligi, yuqori miqdordagi shovqin, titrash, infratovush, ultratovush, ionli va elektr magnitli nollanishlar, statik elektr zaryadlari, ultrabinafsha va infra qizil nurlar, yuqori kuchlanishdagi elektr yoki magnit maydonlari, yoritilganlik darajasining me’yordan chetga chiqish kabi omillar kiradi;

Ximiyaviy omillarga - ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatiladigan yoki ajralib chiqadigan turli xil ximiyaviy moddalar kiradi. Ularni insonga ta’sir etish xususiyatiga qarab quyidagi guruxlarga ajratish mumkin: umumiy zaxarlovchi, ko‘payish funksiyalariga ta’sir etuvchi; inson a’zolariga kirish yo‘li orqali esa: nafas yo‘li orqali ta’sir etuvchi, ovqatlanish va xazm qilish sistemasi orqali va bevosita teri orqali ta’sir etuvchi omillar.



Biologik omillarga esa xar xil jaroxatlar va kasalliklarni keltirib chiqaruvchi makro va mikroorganizmlar; bakteriyalar, viruslar, rikket, zamburug‘lar, xar xil zaxarli o‘simliklar va xayvonlar kiradi.

Psixofiziologik omillarga jismoniy va asabiy zo‘riqishlar misol bo‘la oladi. Jismoniy zo‘riqishlar statik, dinamik va gipodinamik xolda bo‘lishi mumkin. Asabiy zo‘riqish esa kuchli aqliy mexnatdan, mexnatni doimiy bir xil ko‘rinishida bo‘lishidan, kuchli xayajonlanish yoki asabiylashishdan sodir bo‘ladi.

Ishlab chiqarishdagi ko‘pgina xollarda ushbu faktorlar umumlashgan xolda uchraydi. Ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarni oldini olish, zararli va xavfli faktorlarni ta’sir darajasini susaytirish maqsadida texnologik jarayonlarni to‘liq mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va ish joylarini germetiklashtirish, ishlab chiqarish xonalarida yoritilganlik, shovqin, titrash miqdorlarini xamda mikroiqlim ko‘rsatgichlarini normallashtirish, ishchilarni maxsus kiyim boshlar va shaxsiy ximoya vositalari bilan ta’minlashni o‘z vaqtida amalga oshirish talab etiladi.

Xavfsizlik sistemasini ikki xil, ya’ni aprior va apostrior usublarda taxlil qilish mumkin. Ikkala xolatda xam foydalaniladigan uslub to‘g‘ri yoki teskari tartibda amalga oshirilishi mumkin.



Aprior uslub. Bu uslubda tadqiqotchi taxlil qilinadigan sistema uchun potensial mumkin bo‘lgan xavfni (ko‘ngilsiz xodisani) tanlab oladi va ushbu xavf ta’sirida yuzaga keladigan boshqa xavflar ketma ketligini o‘rganadi yoki ushbu ko‘ngilsiz xodisaga olib keluvchi xolatlar, sabablar turini aniqlaydi. Ushbu uslub faoliyat amalga oshmasdan oldin mantiqiy taxlil qilish orqali bajariladi.

Apostrior uslub. Ushbu uslub faoliyat amalga oshgach, ya’ni, xodisa sodir bo‘lgach bajariladi. Bunda ushbu ko‘ngilsiz xodisaning izi asosida uning sabablari aniqlanadi va taxlil natijalari bo‘yicha kelajakda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarga tavfsiyanomalar ishlab chiqiladi.

Bu ikkala uslub mos xolda to‘g‘ri va teskari uslub xam deb yuritiladi.



To‘g‘ri uslubda ko‘ngilsiz xodisalarga olib keluvchi sabablar va xavf turlari o‘rganilib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz xodisalar oldindan taxlil kilinadi.

Teskari uslubda esa sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz xodisalar, ya’ni, baxtsiz xodisalar o‘rganilib, uning sabablari aniqlanadi.

Ma’lumki, ishlab chiqarishdagi jaroxatlanishlarni kamaytirish uchun ularni sabablarini to‘g‘ri aniqlash va atroflicha taxlil qilish zarur. Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz xodisalarning sabablarini o‘rganish va baxolashni quyidagi uslublar orqali amalga oshirish mumkin:

Monografik usul. Ushbu usul xar bir baxtsiz xodisani aloxida chuqur taxlil qilish, uning aniq sabablarini o‘rganishga asoslangan. Bunda ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan mashina, mexanizmlar va boshqa texnik jixozlarning mexanik xolati, ishlatiladigan materiallarning tarkibi, xavo va sun’iy sanitar-gigienik xolati kabi faktorlar tekshirilib o‘rganiladi.

Statistik usulda esa jaroxatlanishlarning sabablari keng masshtabda, ya’ni tuman, viloyat, Vazirliklar, tarmoqlar va umuman Respublika miqyosida o‘rganiladi. U tashkilotlar va korxonalarning baxtsiz xodisalar bo‘yicha xisobotlarini statistik qayta ishlash va taxlil qilishga asoslangan bo‘lib, baxtsiz xodisalarni ishchilarni kasbi, yoshi, jinsi, ish staji kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha taqsimlanishi yoritadi.

Topografik usul baxtsiz xodisa ro‘y bergan joyni o‘rganish va taxlil qilishga asoslangan bo‘lib, ushbu joyni ishlab chiqarish rejasi yoki topografik kartaga tushurish orqali amalga oshiriladi.

Iqtisodiy usulda esa mexnat muxofazasi uchun ajratiladigan mablag‘lar va materiallarning baxtsiz xodisalarni kamaytirishga qanchalik ta’sir etishi va baxtsiz xodisalarni iqtisodiy oqibatlari o‘rganiladi.
Talabalarni bilimini tekshirish uchun savollar:

  1. Xavf-xatar haqida tushunchalar va tahlil usullari.

  2. Jarohatlanish, baxtsiz hodisa va kasb kasalliklari.

  3. Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish va hisobga olish.

  4. Sanoat jarohatlanishi sabablarini tahlil qilish.

  5. Ishlab chikarishdagi xavfli va zararli omillar.

  6. Jaroxatlanish xolatini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar.

  7. Mexnat xavfsizligi standartlari majmuasini tushuntirib bering.

  8. Mexnat sharoitidagi xavfli va zararli omillarni aytib bering.


MAVZU BO‘YICHA TEST SAVOLLARI
1. Qo‘yidagilardan qay biri hodimlarda havfli ishlab chiqarish omillarini keltirib chiqaradi:

a) kasb kasalliklari;

b) ishlab chiqarishda jarohatlanish;

v) respirator kasalliklari;

g) ichki kasalliklar.

2. Quyida sanalgan shikastlanishlardan qaysi biri ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar sanaladi:

a) maishiy, korxona tashqarisida;

b) transportda, korxona xududida;

v) sexda, korxona hududida, xizmat safarida;

g) korxona hududida.

3. Ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalar guruxli xisoblanadi, agarda uning natijasida jabr ko‘rganlar:

a) ikki va undan ortiq;

b) uchdan ortiq insonlar;

v) beshtadan kam bo‘lmaganda;

g) ishchi smenani yarmidan ko‘pi.

4. Ishchilar a’zolarining lat etishi qanday tur jaroxatga kiradi:

a) mexanik;

b) ximik;

v) termik;

g) elektrik;

5. Zaxarlanish qanday jaroxat turiga kiradi:

a) mexanik;

b) ximik;

v) termik;

g) nurlanish.

6. Kuyish qanday jaroxat turiga kiradi:

a) mexanik;

b) ximik;

v) termik;

g) elektrik;

7. YUrak fibrillyasiyasi qanday jaroxat turiga kiradi:

a) mexanik;

b) ximik;

v) termik;

g) elektrik;

8. Xavfning son ko‘rsatkichi-

a) tavakkallik

b) IMA


v) to‘xtash
g) xodisa

9. Kuchlanish ostidagi tok o‘tkazadigan qismlarda ishlaganda nimalar qo‘llanilishi kerak?

a) asosiy himoya vositalari;

b) qo‘shimcha himoya vositalari;

v) uzog‘i bilan 1,5 metr balandlikda;

g) asosiy va qo‘shimcha himoya vositalari.

10. Quyida canab o‘tilgan omillardan qay biri inconga ta’sir o‘tkazmaydi

a) tevarak atrofdagi fizikaviy omillar;

b) tevarak atrofdagi kimyoviy omillar;

v) tevarak atrofdagi biologik omillar;

g) barchasi ta’sir ko‘rcatadi.
MASHG‘ULOT № 11

MAVZU: FARMATSEVTIK KORXONALARDA ELEKTR XAVFSIZLIGI
Mavzuda qo‘llanilgan tayanch iboralar: Elektr toki, elektr xavfsizligi, tok kuchi, kuchlanish, fibrillyasion tok, elektr tarmog‘iga ulanish, elektr potensiali, ikki va bir fazali ulanish, erga ulanish, nollashtirish, nominal kuchlanish, elektr potensialini tenglashtirish, elektr ximoyalanish.

Mashg‘ulot maqsadi: Farmatsevtika sanoatida elektr toki bilan jaroxatlanish asosan elektr xavfsizligi qoidalariga o‘qitilmagan kishilarni qo‘yish natijasida sodir bo‘ladi. Elektr xavfsizligi-bu tashkiliy va texnik tadbirlar, xamda vositalar bo‘lib insonni xavfli va zararli elektr toki faktorlaridan, elektr yoyidan, elektromagnit maydon va statik elektrdan saklanish. Talabalarga sanoatda elektr energiyasidan foydalanilganda elektr xavfsizligini ta’minlash va unga qarshi choralar ko‘rish xaqida tushunchalar berish.

Seminar mashg‘ulotini yoritishda “Blits” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi.

O‘qituvchi-elektr tokining insonga ta’sir turlari



O‘qituvchi-elektr tokidan ximoyalanish



Mavzuning ahamiyati: Ma’lumki farmatsevtika sanoati ishlab chiqarishi elektr quvvati bilan uzviy bog‘lik. Shuning bilan birgaliqda mexnatni engillishtirib, inson xayotiga xavf tug‘diradi va jaroxatlaydi. Elektr toki ta’sirida jaroxatlanish xar xil sharoitlarda sodir bo‘ladi:



a) ochiq simlarga tegib ketish;

b) elektr yoyi ta’sirida

v) uskunalarning metall qismiga tegib ketishida;

g) katta gabaritli k/x mashinalarini elektr simlariga tegib ketishi natijasida.
Elektr toki bilan jaroxatlanish xavfsizligi. Elektr toki organizmni jaroxatlaganda quyidagi faktorlar ta’sir etadi: tok kuchi, odam tanasi qarshiligi, kuchlanish, tok chastotasi, tok yo‘li, davomiyligi va odamning organizmini tuzilishi. Odamga ta’sir etuvchi tokning qiymati quyidagicha:

  • sezilarli tok (2 mA) gacha - bu shunday elektr tokki, u inson tanasidan o‘tganda turli sezilarli yallig‘lanishlarni chaqiradi;

  • ostonaviy sezilarli tok - sezilarli tokning eng kichik tasir qiladigan qimmati ( 1-1.5 kA o‘zgaruvchan tok va 5-7 mA doimiy tok);

  • qo‘yib yubormaydigan tok - inson tanasidan o‘tganda qo‘lning mushaklarini bartaraf qilib bo‘lmaydigan qisqarishini chaqiradigan tok;

  • ostonaviy qo‘yib yubormaydigan tok - qo‘yib yubormaydigan tokning eng kichik ta’sir qiladigan qiymati (10-15 mA o‘zgaruvchan tok va 50-80 mA doimiy tok);

  • fibrilyasion tok - inson tanasidan o‘tganda yurak fibrilyasiyasini chaqiradi; bunday tok yurak muskullariga ta’sir ko‘rsatadi va yurakning ishlash ritmi buziladi, natijada qon aylanish tizimi butunlay ishdan chiqadi va bu holat ham o‘limga olib keladi.

  • ostonaviy fibrilyasion tok - fibrilyasion tokning eng kichik ta’sir qiladigan qiymati (100 mA o‘zgaruvchan tok, 300 mA doimiy tok);

Tok bilan urganda tok urish yo‘liga bog‘lik. Eng xavfli urish, tok qo‘ldan oyoq orqali o‘tishda sodir bo‘ladi, chunki bunda odam organlari yurak va o‘pkasi orqali o‘tadi. Xattoki odamga kichik tok ta’sir etganda odamning ba’zi muhim nuqtalari orqali o‘tganda, o‘limgacha olib boradi. Bunga qo‘lning orqa tomoni, qosh atrofi, umurtqa, nerv tolalarining ko‘proq joylari kiradi.

Odamning elektr tarmog‘iga ulanish sxemasi. Elektr toki bilan urish asosan bir vaqtda ikki elektr potensialiga ega bo‘lgan nuqtani ushlanaganda sodir bo‘ladi. Bunday ulanish ikki fazali va bir fazali bo‘lishi mumkin.

Qadam kuchlanishi. Erning ikki nuqtasi oralig‘idagi elektr potensiallari farqi bir qadam bo‘lgan masofani qadam kuchlanishi deb ataladi. Qadam qanchalik katta bo‘lsa odam shunchalik erdagi simga shunchalik yakin bo‘ladi va qadam kuchlanishi katta bo‘lib, elektr toki jaxoratlanishi ko‘prok bo‘ladi.

Elektr tokidan ximoya qilishning ishonchli va keng tarqalgan vositalaridan biri elektr qurilmalarini erga ulash va nollashtirish hisoblanadi. Elektr qurilmalarini erga ulashda qurilmaning elektr toki ta’sirida bo‘lmagan metall qismi, masalan, korpusi, erga ko‘milgan elektrodlarga ulanadi. Shu sababli erga ular sistemasi elektrodlar va elektr qurilma bilan elektrodni birlashtiruvchi o‘tkazgichlardan iborat bo‘ladi. Erga ulash elektrodlari sun’iy (aynan shu maqsadda maxsus erga ko‘milgan po‘lat truba) va tabiiy (boshqa maqsadlarga erga o‘rnatilgan metall buyumlar) ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Tabiiy elektrodlarga suv quvurlari, bino va inshootlarining temir beton konstruksiyalarini erga ko‘milgan detallari misol bo‘la oladi.



Elektr uskunalari va jihozlari quyidagi xollarda erga ulanadi:

  1. 380 V va undan yuqori kuchlanishdagi o‘zgaruvchan tok va 440 V va undan yuqori kuchlanishdagi o‘zgarmas tok bilan ishlovchi barcha uskuna va jixozlar;

  2. 42 V dan 380 V gacha kuchlanishdagi o‘zgaruvchan tok va 110 V dan 440 V gacha
    kuchlanishdagi o‘zgarmas tok bilan ishlovchi elektr jixozlari;

  3. 42 V dan undan kichik kuchlanishdagi o‘zgaruvchan tok va 110 V va undan kichik kuchlanishdagi o‘zgarmas tok bilan ishlovchi portlashga moyil elektr jixozlari xamda payvandlash transformatorlarining ikkilamchi o‘ramlari. Bundan kam kuchlanishdagi elektr jihozlarini erga ulash shart emas.

  4. Standart talablari bo‘yicha kuvvati 100 kVt.gacha bo‘lgan elektr qurilmalarining erga ulash qarshiligi 10 Om.gacha, quvvati 100 kVt. dan ortiq bo‘lgan elektr qurilmalari uchun esa 4 Om.gacha bo‘lishi talab etiladi. Elektr qurilmalarining erga ulash sistemalarini ish holatini tekshirishda elektrodlar va o‘tkazgichlarning xolati kuzdan kechiriladi va ularning qarshiligi o‘lchanadi. Tashqi tekshirish har 6 oyda bir marta, yuqori va o‘ta xavfli elektr uskunalarida esa xar 3 oyda bir marta o‘tkazilishi zarur. Elektrodlar va o‘tkazgichlarning qarshiligi esa xar yili kamida 1 marta o‘tkazilishi kerak. Erga ulash qurilmalarining qarshiligini o‘lchashda ampermetr va voltmetrlardan yoki M-416, M-1103 uch markali megommetrlardan foydalanish mumkin.

Nollashtirish deb kuchlanish ostida qolishi mumkin bo‘lgan metall tok yuruvchi qismlarning nolga tenglashgan himoya o‘tkazgichi bilan atayin elektr bog‘lanishiga aytiladi.

Tutashuv maqsadi – 1 fazali korpusga uzilishni bartaraf etish, elektr qurilma himoyasini ishlashini ta’minlash va uni minimal qisqa muddatda tarmoqdan o‘chirishdan iborat. Himoya vositalari sifatida eruvchan predoxranitellar yoki avtomat o‘chiruvchilar qo‘llaniladi. Sanoatda qo‘llaniladigan elektr toki asosan 380 V kuchlanishga ega bo‘ladi. Bunday tok uch fazadan iborat bo‘lib xar bir fazada erga nisbatan 220 volt kuchlanishga ega bo‘ladi. Bu miqdordagi elektr toki inson uchun xavfli xisoblanadi. Bunday xolatning oldini olish uchun texnik xavfsizlik qoidalariga amal qilish birinchi tibbiy yordam ishlarini bajara olish zarur. «Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish usullarini o‘rganish».

Elektr tokidan zarar ko‘rganda 1-tibbiy yordam ikki qismdan iborat.

-tok ta’siridagi odamni tokdan xalos kilish,

-jabrlanuvchiga 1-tibbiy yordam ko‘rsatish. Jabrlanuvchining ahvolini aniqlab bilish, sun’iy xavo berish va yurakni uqalash.

Jarohatlanish holati qanchalik odamning tanasidan qancha vaqt davomida tok o‘tganiga bog‘liq, shuning uchun texnika xavfsizligiga rioya qilgan holda tezroq bu odamni tok tasiridan qutqarish lozimdir.

Elektr tokidan qutqarishning texnik xavfsizlik choralari

Elektr toki tasiridan ozod etish uchun elektr qurilmalarni elektr manbalardan uzib qo‘yish kerak (o‘chiruvchi moslama, tugmacha va rubilniklar yordamida) agar buning iloji bo‘lmasa, u holda probochnik predoxranitel-larni burab chiqarib olish yoki simlarni tokdan saqlaydigan qo‘lqopchalar bilan o‘tkir jismlar yordamida qismlarga bo‘lib chopib tashlash zarur, tok kuchlanishi 1000 volt dan ko‘p bo‘lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi yog‘ochli bo‘lgan boltalar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi quruq bo‘lsa, uning kiyimidan tortib tok ta’siridan qutqarib qolish mumkin. Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 voltdan ortiq bo‘lsa, unda dielektrik qo‘lqop va elektr izolyasiyasi mustaxkam bo‘lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak.



Agar sim jabrlanuvchining ustiga tushgan bo‘lsa, istalgan tok o‘tkazmaydigan jism (yog‘och, doska) bilan extiyotkorona olib, bir tomonga surib tashlash kerak. Agar jabrlanuvchi biror-bir tayanchda bo‘lsa, tok yuruvchi simga oldindan erga tutashtirilgan sim tashlash mumkin. Bu sim himoyani ishga solib, kuchlanishni o‘chirishga xizmat kiladi. Bu holatda jabrlanuvchining yiqilishiga yo‘l qo‘ymaydigan tadbirni oldindan ko‘ra bilish zarur.

Aksariyat hollarda jabrlanuvchining tana azolariga yalang qo‘llar bilan tegmaygina kiyimdan tortib, xavfsiz joyga sudrab o‘tish mumkin.



Imkoniyat bo‘lsa, dielektrik qo‘lqoplar va kalishlar berishi kerak.

Jabrlanuvchini tok o‘tkazuvchi qismlardan bolta yordamida o‘tkazgichni chopish yo‘li bilan qutqarish.



Jabrlanuvchini tok o‘tkazuvchi qismlardan ximoya qilishda metall bo‘lmagan jismlar “yog‘och” dan foydalanadi.


Klinik o‘lim 7-8 daqiqa davom etadi, shuning uchun tokdan zarar ko‘rgan odamga 1-tibbiy yordam ko‘rsatish zarur.

Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish odamni tokdan xalos bo‘lgandan so‘ng uning ahvoli yaxshi yoki yomonligiga bog‘lik.

Agar u xushida bo‘lsa, biroq uzoq vaqt tok tasirida bo‘lib turgan bo‘lsa, u holda unga to‘la tinchlik, osoyishtalik zarur va 2-3 soat davomida kuzatuv ostida bo‘lishi lozim. Ta’sirlanish qanday bo‘lishidan qat’iy nazar tibbiy yordam chaqirilishi kerak. Muddat o‘tgach patologik oqibatlar klinik o‘limga olib kelishi mumkin. Agar jabrlanuvchi xushsiz bo‘lib, nafas olishi va yurak tizimlari faoliyati saqlanib qolsa (puls tomir urishi ), uni quruq va qulay joyga yotqizish yoqasini bo‘shatish va sof havo kelishini ta’minlash zarur. Nashatir spirti xidlatish, yuziga suv purkash tanani ishqalash yaxshi natija beradi. Ko‘ngil bexuzur bo‘lganda, ko‘ngil ayniganda jabrlanuv-chining boshini chapga yonboshga yotkazish kerak. Agar xushini yo‘qotgan kishi o‘ziga kelsa unga 15-20 tomchi valeriana berish so‘ng issiq choy berish kerak. Jarohatlangan kishiga harakatlanishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Zararlangandan so‘ng o‘ziga kelgandan keyin uning ahvoli og‘irlashishi mumkin. Faqat tibbiy xodimgina uning ahvoli qandayligini hal qilishi mumkin. Agar jarohatlangan kishining nafas olishi sust bo‘lsa yoki qiynalib nafas olayotgan bo‘lsa u holda unga suniy nafas oldirish va yurak uqalanishi kerak. So‘ng nafas oldirilish bemor o‘ziga kelguncha davom ettiriladi. Nafas olishi va yurak urishi sezilmasa u holda sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan uqalash kerak, bu yordam orqali hayot faoliyatini tiklashdan iborat, sun’iy nafas oldirish va yurakni uqalash 3-4, ayrim vaqtlarda 10-20 minut davom etish kerak erga ko‘mib qo‘yish mumkin emas, bu ziyon keltirishi mumkin, shu bilan bir qatorda vaqtni boy beradi.

Sun’iy nafas oldirish va yurakni uqalash usullari va uslublari:

a) Sun’iy nafas oldirish. Sun’iy nafas oldirish jarohatlangan kishi nafas olishi sezilmagan taqdirda yoki sust nafas olayotganda beriladi, shuningdek odamning qaysi turdagi jarohatlanishidan qat’iy nazar bu usullar qo‘llaniladi.



Suniy havo yuborish juda ham keng tarqagan yo‘li (Silvestr va SHefer va boshqa) bemorning havoni o‘pkasiga etib borishi qiyin. Hozirgi zamonda suniy havo yuborish «og‘izdan og‘izga» yoki «og‘izdan burunga» shunday holda o‘pkaga havo etib borishi osonroqdir. Havo yuborishni marlya, dastro‘mol va boshqa material orqali apparat va qo‘l yordamida yuborish mumkin. Suniy havo yuborishni jarohatlangan bemor elkasini erga qo‘yib, old tugmalarini echish kerak. Suniy havo yuborishdan oldin jarohatlangan kishi chalqancha yotqizilib, nafasni siquvchi narsalardan ozod etilishi, ko‘ylak yoqalari echilishi lozim. Nafas berayotganda birinchi navbatda nafas yo‘llarini ochib olish darkor, chunki tili ketib qolgan bo‘lishi mumkin yoki yot narsalar tushib qolgan bo‘lishi mumkin .

Jarohatlanganning boshi mumkin qadar orqaga tashlanib bir qo‘l bo‘yin, ikkinchi qo‘l bilan peshona ushlanadi. Bu xolatda nafas yo‘llari to‘liq ochilgan bo‘lib, havo to‘g‘ri o‘pkaga boradi. Boshni yuqorida ko‘rsatilgandek ushlanganda og‘iz ochiladi. Jarohatlangan kishiga yotgan joyida havo berayotgan kishiga oson bo‘lishi uchun elkasiga ko‘ylakni buklab qo‘yish kerak. Nafas bergan vaqtda jarohatlanganni yuz bilan to‘siladi yoki peshona ushlagan qo‘l bilan burni yopib turiladi. Berilgan havo oshqozonga emas o‘pkaga ketishini to‘liq taminlash kerak bo‘ladi. Agar havo o‘pkaga ketayotgan bo‘lsa, ko‘krak qismi kengayadi, agar oshqozonga ketayotgan bo‘lsa oshqozonni yoki kindigini bosib havoni chiqarib yuborish kerak. Havo chiqarilayotgan vaqtda jarohatlangan kishi qayt qilishi mumkin, shuning uchun uning boshi yon tomonga burib turish kerak bo‘ladi. Agar yuborilgan havo ko‘krak qismini harakatga keltirmasa, u holda ostki jag‘i oldinga suriladi uning holati ustki jag‘idan oldiga surilgan bo‘ladi. Pastki jag‘ni surish uchun ikki qo‘lning to‘rtta barmog‘lari pastki jag‘ning orqa qismiga boshmaldoqning oldi qismiga qo‘yilgan holatda tortiladi. Eng oson yo‘li boshmaldoqlarni og‘iz qismiga kiritib ostki jag‘ni tortish. Agar jarohatlanganning og‘zi zich yopilgan bo‘lib ochishni iloji bo‘lmasa, suniy nafasni «og‘izdan burunga» usuli bilan o‘tkaziladi. Beriladigan havo har 5 sekund berilishi kerak bo‘lib minutiga 12 marta bo‘lishi kerak. Burun yoki og‘iz orqali har gal havo berilganda o‘pka sekin asta erkin holda havo chiqib ketishini ta’minlash lozim bo‘ladi. O‘pkadan to‘liq holda havo chiqarilib yuborilishi uchun, ya’ni nafas chiqarishga yordam berish uchun ko‘krak qismini qo‘l bilan bosish kerak bo‘ladi. Kuchsiz nafas olishni sezgan taqdirda ham nafas berishni to mustaqil nafas olgunga qadar davom ettirish kerak bo‘ladi.

B ) YUrakni tashqi uqalash.



Jarohatlangan kishining yurak urishi to‘xtab qolgan

taqdirda uning (uyqu arteriyasida puls sezilmasa va qorachig‘i kengaysa) yoki fibrilyasiyada sun’iy nafas bilan birga tashqi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) yurakni uqalash kerak, qon aylanishini ta’minlash uchun yurakni harakatga keltiruvchi ko‘krak qafasini bosish orqali yurakni qisishga erishish mumkin. Bu holatda yurak umurtqa pog‘onasiga qisilgan holatda bo‘lib, qonni butunlay qon tomirlariga so‘rilishini taminlaydi.

Jarohatlangan kishida mushaklari qisqarishi yo‘qligi sababli sog‘lom odamga nisbatan harakatchan bo‘lib qolganligi uchun sun’iy nafas berish osonroq bo‘ladi. YUrakni tashqi uqalash uchun jarohatlangan kishi qattiq joyga chalqancha yotqizilishi kerak yoki tagiga taxta qo‘yish kerak bo‘ladi yana ko‘krak qismini ochib qo‘yilishi kerak bo‘ladi. YOrdam beruvchi shaxs quydagi talablarni bilishi kerak bo‘ladi (jarohatlanganda chap yoki o‘ng tomondan kelishi) jarohatlanganning ustiga egilgan holatda turishi, qaysi qismi bosishi kerakligini (ko‘krakning yumshoq qismidan 2 barmoq yuqorida), yordam beruvchi kaftini pastga qaragan holatda qo‘yishi kerak. Boshqa qo‘lning kafti birinchisining ustiga burchak ostida qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Asta sekinlik bilan bosiladi va bunda tana og‘irligidan foydalaniladi. Ko‘krakni shunday kuch bilan bosilsinki, bunda umurtqa tamon 3-4 sm ga joylashib borsin, semiz odamlarda 5-6 sm. 1 dakikada 60-70 ezish zarur bo‘ladi. Bosayotganda ko‘krakning yuqori qismi va pastki qovurg‘alarni bosish kerak emas, chunki bu harakat ularni sinishiga olib kelishi mumkin. Ko‘krak qismining pastki qismi bosilganda jigarni ezib qo‘yish mumkin. Agar 2 kishi yordam ko‘rsatayotgan bo‘lsa, u holda biri yurakni uqalasa, boshqasi sun’iy nafasni navbatma – navbat qilib turishadi: Og‘iz yoki burunga 2 martta chuqur nafas berilganda 15 marta ko‘krak qafas bosiladi va bu holat bir necha marotaba takrorlanadi. 1 minut davomida taxminan 60-65 marotaba bosiladi. Sun’iy nafas bilan yurakni uqalash oralig‘i juda qisqa bo‘lishi kerak, qilinayotgan muolajalar bir tomondan qilinishi kerak. Sun’iy nafas bilan yurakni uqalash 1:5 bo‘lishi kerak.

Talabalarni bilimini tekshirish uchun savollar:


  1. Elektr toki ta’sirida jaroxatlanish sabablarini ayting.

  2. Elektr xavfsizligi deb nimaga aytiladi?

  3. Odam organizmiga elektr tokining ta’siri turlarini ayting.

  4. Elektr tokini odam organizmini jaroxatlovchi faktorlarni keltiring.

  5. Ta’sir etuvchi tokning qiymatlari qanday bo‘ladi?

  6. Odamning elektr tarmog‘iga xavfli ulanib qolish sabablarini keltiring.

  7. Qadam kuchlanishi deb nimaga aytiladi?

  8. Nollashtirish deb nimaga aytiladi?

  9. Ximoya uchun erga ulanish nima uchun qilinadi?

  10. Sanoat korxonalari xonalarini elektr xavfi bo‘yicha sinflari.

  11. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish.

  12. Elektr qurilmalariga qo‘llaniladigan shaxsiy muxofaza vositalari.


MAVZU BO‘YICHA TEST SAVOLLARI
1. Kuchlanish ostidagi tok o‘tkazadigan qismlarda ishlaganda nimalar qo‘llanilishi kerak?

a) asosiy himoya vositalari;

b) izolyasiyalangan qo‘shimcha himoya vositalari;

v) uzog‘i bilan 1,5 metr balandlikda;

g) asosiy va qo‘shimcha himoya vositalari.

2. Elektr jarohatlari og‘irligi avvalo nima bilan belgilanadi?

a) havfsizlik texnikasi bo‘yicha ko‘rgazmalar yo‘qligi bilan;

b) binodagi havo harorati bilan;

v) havfsizlik texnikasi bo‘yicha xodimlarning kvalifikatsiya guruhi bilan;

g) tarmoqda nollash mavjudligi bilan.

3. Elektr hisoblashlarda inson tanasining elektr qarshiligi necha Om hisoblanadi?

a) 100;

b) 500;

v) 1000;

g) 10000.

4. Odam tanasining elektr qarshiligi avvalo nima bilan belgilanadi?

a) atrof muhit harorati bilan;

b) havo namligi bilan;

v) odam terisining elektr qarshiligi bilan;

g) odam tanasi orqali tok o‘tishi bilan.

5. Odam terisining elektr qarshiligi avvalo nimaga bog‘liq?

a) terining tozaligiga;

b) havo haroratiga;

v) elektr simi odamning qancha joyiga tekkanligiga;

g) terining mexanik holatiga.

6. Odamning qaysi a’zosi eng oldin elektr urishidan shikastlanadi?

a) yuragi;

v) terisi, qoni;

b) jigari;

g) buyragi.

7. Odam tanasi orqali tokning eng havfli o‘tish yo‘lini ko‘rsating?

a) oyoq-oyoq;

b) o‘ng qo‘l-oyoqlar;

v) qo‘l-qo‘l;

g) chap qo‘l-oyoqlar.

8. Odamni elektr toki urganda zararlanish natijasi avvalo nimaga bog‘liq bo‘ladi?

a) havfsizlik texnikasi qoidalarini bilishga;

b) mehnatning havfsiz usullarini qo‘llanishga;

v) tokning odamga ta’sir qilib turish vaqtiga, tok chastotasi;

g) yuqori chastotali kuchlanishga

9. Kuchlanish 220 V dan ortiq bo‘lmaganda, elektr toki urganda odam uchun eng xavfli tokni ko‘rsating;

a) yuqori chastotali tok;

b) o‘zgarmas tok;

v) 30 Gs chastotali o‘zgaruvchan tok;

g) UVCH toklari.

10. YUqori chastotali tok (yuzdan ortiq kGsli) odam organizmiga qanday ta’sir ko‘rsatadi ?

a) elektr uradi;

b) odam qoniga biologik ta’sir qiladi;

v) terini elektrda qotib qo‘yadi.

g) terining metallanishi kuzatiladi.

11. Elektr tokidan odamning ichki zararlanishiga nimalar kiradi ?

a) elektrda kuyish;

b) terining metallanishi;

v) elektr;

g) elektr urishi.

12. YUrak ish faoliyatining tiklanish belgilari qanday?

a) Pulsning paydo bo‘lishi, teriga rang kirishi, ko‘z qorachig‘ini kichrayishi.

b) qorachiqning kichrayishi, qiynalib nafas olish, pulsning yo‘qligi;

v) qorachiqni kengayishi, pulsning paydo bo‘lishi, terining ko‘karishi

g) pulsning paydo bo‘lishi, terining qizg‘ish tusga kirishi, nafas olishning yo‘qligi;

13. Jabrlanuvchining ustida sim yotganda siz qanday harakat qilasiz?

a) har qanday tok o‘tkazadigan narsa bilan simni olib tashlash;



b) har qanday metall jism bilan simni olib tashlash;

v) qo‘l bilan simni olib tashlash;

g) jabrlanuvchini qo‘l bilan tortib simdan xalos qilish.

14. Agarda jabrlanuvchi baland joyda turgan bo‘lsa (stul, skameyka, stol va hokazo) uni tasirlaridan xalos qilish usulini toping.

a) simning ustiga hoxlagan simni tashlash va buning oqibatida himoya paydo bo‘lib, kuchlanishning yo‘qolishi;

b) jabrlanuvchining oyog‘i ostidagi narsani itarib yuborib tokdan halos kilish;

v) jabrlanuvchini yiqilib tushishidan himoyalash, erga ulangan simni tok o‘tkazayotgan sim tashlash va uning yordamida tokni erga o‘tkazib yuborish va kuchlanishni yo‘qotish;

g) tokli simni izolyasiyalangani asboblar yordamida uzib tashlash.


MASHG‘ULOT № 12

MAVZU: FARMATSEVTIK KORXONALARDA XAVFSIZLIK VOSITALARI
Mavzuda qo‘llanilgan tayanch iboralar; Avtomatlashtirish, xavfsizlikni ta’minlash, elektr taqsimlash shkaflari, xavfli zonalar, to‘siq vositalari, xavf belgisi, muxofaza tizimi, xavfsizlik talablari, ishlab chiqarishdagi avariya va xalokatlar.

Mashg‘ulot maqsadi: Hozirgi zamon mashinasozlik sanoati korxonalari sexlarida turli-tuman mashina-mexanizmlar, stanoklar, ko‘tarish kranlari, ish bajarish konveerlari va boshqa qurilmalar mavjudki, bularning hammasi bu erda ishlayotganlar uchun ma’lum xavf tug‘dirishi, agar ehtiyot chora-tadbirlarini belgilab qo‘yilmasa, baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishi mumkin. Bu mexanizmlarning ba’zi birlari detallarni qirqish, ularga shakl berish ishlarini bajarsa, boshqalari ish sharoitini yaxshilash, og‘ir ishlarni engillashtirish vazifalarini bajaradi. Sanoat korxonalarida xavfsizlik vositalari, mashina va mexanizmlarning xavfli zonalari, ximoya to‘siqlari xaqida ma’lumotlar berish va u jarayonlarni o‘rganish.



Seminar mashg‘ulotini yoritishda “Blits” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi.

O‘qituvchi-havfsizlikni ta’minlash qanday tadbirlar orqali amalga oshiriladi



O‘qituvchi-ularni xar biriga misollar keltiring


Mavzuning ahamiyati. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ish sharotini yaxshilash va baxtsiz xodisalarni kamaytirishning birdan – bir yo‘li sanoat korxonalari sexlarini iloji boricha mexanizatsiyalashtirish, masofadan turib boshqarish va kuzatish jarayonlarini ishga tushirish. Og‘ir ishlarni robot va avtomatlashtirilgan vositalar zimmasiga yuklash, sexlardagi umumiy ishlarni avtomatlashtirishga erishishdir.

Mexanizatsiyalashtirish xozirgi vaqtda amalga oshirish mumkin bo‘lgan jarayon bo‘lib, birinchidan ishchilarni og‘ir jismoniy mexnatdan qutqaradi, bu esa o‘z navbatida ish joylaridagi ishchilar sonini qisqartirish va baxtsiz xodisalarni kamaytirish imkoniyatini beradi.

Zamonaviy texnologiyalarda ko‘pgina ishchi uchun noqulay va zararli moddalar ajralish jarayoni kuchli bo‘lgan ishlar, masalan, eritilgan metallarni xar xil qoliplarga quyish, engil va yuk avtomashinalari kuzov va kabinalarni elektr payvandlash ishlari, ularni moysizlantirib, bo‘yashga tayyorlash ishlari bo‘yash va muxofaza qoplamlari bilan qoplash, detallarga issiqlik bilan ishlov berish, shtampovka, presslash va boshka ishlarni robotlar bajaradi.

Avtomatlashtirilgan tizimlarning ancha katta tezlikda xarakat qilishi, ularning ishlash maydoni kengligi va ish turlarining xilma-xilligi, ular ishining xavfli tomonlarini belgilaydi. Bunday tizimlarni tayyorlash va o‘rnatish ishlarida xavfsizlikni ta’minlash, ularning tuzilishining asosini tashkil qiladi.

Xavfsizlikni ta’minlovchi asosiy shartlar. Mashinasozlik sanoati korxonalarida ishlatiladigan mashina va mexanizmlarga qo‘yiladigan asosiy talablar, ularning ishchilar uchun xavfsizligi, ishlatishda pishiq va mustaxkamligi va ishlatilishning osonligi bilan belgilanadi.

Mashina va mexanizmlar xavfsizligini ta’minlash uchun uni loyixalashda qanday ish bajarishni xisobga olgan xolda ish bajaruvchi qismlarini joylashtirishni ixcham usullarini topish, unga shakl berish va muxofaza qilish qurilmalarini joylashtirish bilan birga olib boriladi. Mashinaga o‘rnatilgan muxofaza vositalari uning asosiy qismi bilan uyg‘unlashib ketishi kerak.

Mashina va mexanizmlarning xavfsizligi ularni ta’minlashga ishlatiladigan materialning mustaxkamligiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun xam bunday dastgoxlarni tayyorlashda ularning ishchi organlariga ishlatiladigan material mustaxkamligiga aloxida axamiyat beriladi.

Mashina va mexanizmlarning puxta ishlashini ta’minlashdagi asosiy omillaridan biri ularning xolatini nazorat qiluvchi asbob-uskunalar va avtomatik boshqarish va muvofiqlashtirish qurilmalari bilan jixozlash-dir. Ba’zi bir xollarda avtomatik boshqarish tizimi ishlamay qolishi mumkin. Unda umuman texnologik jarayonni boshqarish ishlayotgan ishchi zimmasiga tushadi va uning xavfsizligi to‘liq boshqaruvchi kishi maxoratiga bog‘liq bo‘ladi. Mashinasozlik sanoati korxonalarida ishchilarning charchashiga jismoniy va asabiy charchashgina ta’sir qilib qolmasdan balki ma’naviy charchash xam qo‘shilib ketishi mumkin. Shuning uchun sexlarda o‘rnatilgan mashina-mexanizmlarning xar xil ranglarga bo‘yash, korxona devorlarini mashina ranglari bilan mutanosib bo‘yashga erishish katta axamiyatga ega ekanligi aniqlangan.

Mashinalarning xavfli zonalari. Mashina va mexanizmlarning inson xayotiga va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi xolatlarni vujudga keltiradigan joylari xavfli zona deb ataladi. Xavfli zona asosan mashina va mexanizmlarning ochiq xoldagi aylanadigan va xarakatlanadigan qismlarida mujassamlashgan. Bu aylanayotgan qirquvchi asbob yoki detal, qayishli, zanjirli va tishli uzatmalar, xarakatlanuvchi dastgoxlarning ishchi stollari, konveerlari, yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib yuradigan yuk ko‘taruvchi mashinalar va x.k.

Xar qanday texnologik jarayonni boshqarish uchun o‘rnatilgan dastgox va qurilmalarning xammasining xavfli zonalari, albatta, unga kishilarning tushib qolmasliklarini ta’minlaydigan vositalar bilan ta’minlanishi kerak. Bunday vositalarning ba’zilari xavfli zona xavfini butunlay yo‘qotadi, ba’zilari esa xavf darajasini butunlay kamaytiradi. Bunday vositalar umuman muxofaza qilish sharoitiga qarab, ikki guruxga bo‘lib qaraladi. Bulardan biri sexda xamma ishlovchilarni muxofaza qilish imkoniyatini yaratadigan kollektiv muxofaza aslaxalari va ikkinchisi ayrim ishlayotgan ishchini muxofazalash imkoniyatini beradigan shaxsiy muxofaza aslaxalari xisoblanadi.

Kollektiv muxofaza aslaxalari o‘zining ishlatiladigan joylariga qarab quyidagicha bo‘lishi mumkin: ish joylari va sanoat korxonalari xavo muxitini mo‘‘tadillashtirish, xonalarni va ish joylarini yoritishni me’yorlashtirish, ishchilarni ionlashtiruvchi infraqizil va ultrabinafsha nurlardan, shuningdek, elektromagnit, magnit va elektr maydonlaridan, shovqin, titrash va boshqalardan hamda mexanik, kimyoviy va biologik omillarning ta’siridan muxofaza qiluvchi vositalar kiradi.

SHaxsiy muxofaza aslaxalari o‘z navbatida muxofazalash sharoitiga qarab muxofaza bosh kiyimlari, nafas olish organlarini muxofazalovchi qurilmalar, maxsus kiyimlar, maxsus oyoq kiyimlari, qo‘lni, yuzni, ko‘zni, quloqni muxofaza qiluvchi vositalariga bo‘linadi.

Muxofazalovchi to‘siq vositalari. To‘siq vositalari ishchilarning mashina xavfli zonasiga tushib kolishiga xalal beradigan kilib o‘rnatiladi. Uning tuzilishi xar xil bo‘lishi mumkin. Asosan mashina va mexanizmlarning aylanuvchi va xarakatlanuvchi zonalarini, dastgoxlarning qirqish va ishlov berish joylarini, elektr toki urishi xavfi bo‘lgan va xar xil nurlanishlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan xonalarni, shuningdek xavo muxitiga zararli moddalar chiqarayotgan joylarni xam to‘siq vositalari bilan ta’minlanadi. To‘siq vositalarining turlari va shakli uning ishlatiladigan joyi va shakliga qarab xilma-xil bo‘ladi. Ishlab chiqarish sharoiti va texnologik jarayon omillariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, mashinasozlik sanoati korxonalarida o‘rnatilgan dastgoxlarning qobiqlari birinchidan uning kuch uzatgichlarini ixchamlashtirib tartibga solib tursa, ikkinchidan bu uzatgichlarini moylab turish imkoniyatini beradi va uchinchidan bu uzatgichlar xarakati natijasida xosil bo‘lgan tovushni kamaytirish imkoniyatini yaratadi.
Talabalarni bilimini tekshirish uchun savollar:

1.Xavfsizlikni taxlil qilish uslublari.



2.Xayot faoliyati xavfsizligini boshqarish vositalari.

3.Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitishda yo‘riqnomalarning turlari.

4.Maxsus kiyim boshlar va shaxsiy ximoya vositalari nima uchun beriladi?

5.Xavfsizlikni ta’minlash qanday tadbirlar orqali amalga oshiriladi?



6.Xavfsizlikni ta’minlovchi texnik vositalarga nimalar kiradi

7.To‘siq qurilmalar tuzilishiga va ishlatish fuksiyasiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?



8.Blokirovkalash qurilmalari deganda nimani tushunasiz?

9.Saqlash qurilmalarining vazifasini ayting.

10.Saqlash qurilmalari xavfni hosil bo‘lish tabiatiga ko‘ra necha guruxga bo‘linadi?

11.Tormozlash qurilmalarining vazifasiga nimalar kiradi?

12.Signal qurilmalarining vazifasiga nimalar kiradi?

13.Xavfsizlik belgilari necha guruxga bo‘linadi?


MAVZU BO‘YICHA TEST SAVOLLARI

1. Juda xavfli elektr binolarida elektr qurilmalariga qaraganda qanday asosiy himoya choralari kerak bo‘ladi?

a) himoya ko‘zoynagi;

b) gaz analizatori;

v) izolyasiya qiluvchi shtanglar;

g) asosiy va qo‘shimcha himoya vositalarini qo‘llash.

2. Kuchlanish yo‘qligi nima bilan tekshiriladi?

a) ampermetr bilan;

b) tok o‘lchovchi kalitlar bilan;

v) ko‘chirib yuradigan erga ulovchi bilan;

g) kuchlanish ko‘rsatkichi bilan;

3.Kuchlanish ostidagi tok o‘tkazadigan qismlarda ishlaganda nimalar qo‘llanilishi kerak?

a) asosiy himoya vositalari;

b) qo‘shimcha himoya vositalari;

v) uzog‘i bilan 1,5 metr balandlikda;

g) asosiy va qo‘shimcha himoya vositalari.

4. Zararli omillar quyidagi holatga olib keladi:

a) mikroiqlimni buzilishiga

b) kasallanishga

v) jarohatlanishga

5. Tik oyoqda turib ishlayotganda qo‘lda tashishiladigan yukning eng ko‘p miqdori qanchadan ortmasligi kerak:

- 16-18 yashar qizlar uchun:

a) 10 kg; b) 15 kg; v) 16 kg; g) 20kg;

- 16-18 yashar o‘smir bolalar uchun :

a) 10 kg; b) 15 kg; v) 20kg; g) 30kg;

- 18 yoshdan katta erkaklar uchun:

a) 15 kg ; b)20 kg; v) 16 kg; g) 30kg.

6. Ishchi zona — bu:

a) zona ishlab chiqarish qurilmalari joylashgan joy;

b) dastlabki xom ashyo, olinadigan maxsulot, xavfli agregat va uskunalar-ning xarakati, ya’ni ishlab chiqarish uskunalari atrofidagi maydon;

v) zona xajmi 2 m ga 2 m da xavfli agregatlarni ishlab chiqarish qurlmalarga yaqin joylashtirilganligi ;

g) doimiy ish joylari pol satxidan yoki ish maydonidan 2 m balandlikda bo‘lgan ish joylari;

7. Insonlarning xato xarakatlari natijasida qanday favqulodda vaziyatlar kelib chiqadi:

a) tabiiy ofatlar;

b) texnogen;

v) antropogen;

g) ijtimoiy;
MASHG‘ULOT № 13
MAVZU: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QONUNLARI VA ULARNING

TASHKILIY ASOSLARI
Mavzuda qo‘llanilgan tayanch iboralar; konstitutsiya, kodeks, nizom, standart, norma, xuquq, meyor, xavfsizlik, sanitariya, nizom, kasaba uyushma, sug‘urta, sanatoriy, profilaktoriy, yo‘riqnoma, kartochka, signalizatsiya, maxsus kiyim, shaxsiy ximoya vositasi, mexnat muxofazasi, mexnat qonunchiligi, nazorat qiluvchi tashkilotlar, javobgarlik turlari.

Mashg‘ulot maqsadi: Mexnat muxofazasi qonunlari, mexnat muxofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyati, mexnat muxofazasi qonunlari buzilgan xolatlar va ularni buzganlik uchun javobgarlik turlari xaqida ma’lumot berish.



Seminar mashg‘ulotini yoritishda “Sen menga, men senga” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi.


Mavzuning axamiyati. O‘zbekistonda mexnat muxofazasi ko‘plab qonun chiqaruvchi rasmiy xujjatlar bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lib, tartibga solib va boshqarib turiladi. O‘zbekiston Respublikasida mexnat muxofazasi xaqidagi qonunlar asosida nizomlar keltirilgan. Mexnat sharoitining yaxshilanishi ijtimoiy natijalarga-ya’ni mexnatkashlarning sog‘lig‘ini yaxshilash, mexnat intizomini mustaxkamlash, ishlab chiqarish va jamoat faoliyatini oshirishga olib keladi.

O‘zbekiston Respublikasida sog‘lom va xavfsiz mexnat sharoitini yaxshilash davlat axamiyatiga molik ishdir. O‘zR Konstitutsiyasida; Xar bir shaxs…» ishsizlikdan ximoyalanish xuquqiga egadir» - deyilgan. Konstitutsiyaga muvofiq Davlatimiz fuqarolari, millati va irqidan kat’iy nazar, teng xuquqlidirlar. Ayollarga erkaklar bilan teng xuquqi berilgan. Ayollar sog‘lig‘iga zarar keltirishini hisobga olib, ba’zi bir ishlarda ayollar mehnatidan foydalanish ta’qiqlanadi. SHaroiti og‘ir va zararli ishlarda ayollar va yoshlar mexnatidan foydalanish taqiqlanadi. Xomilador ayollarning tunda va ishdan tashqari vaqtda ishlashlari cheklangan.

Mexnat xaqidagi qonunlar asoslarida, sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda, shuningdek aloxida xarorat sharoitida bajariladigan yoki ifloslanish bilan bog‘liq ishlarda ishlaydigan ishchi – xizmatchilarga belgilangan me’yorlarga muvofiq bepul jomakor, maxsus poyafzal va boshqa turdagi yakka tartibdagi ximoya vositalari, sut yoki uning o‘rnini bosa oladigan boshqa ozuqa maxsulotlari berilishi ko‘zda tutilgan.

Xomilador ayollarga bola tug‘ilishidan oldin 70 kun, tug‘ilgandan keyin 56 kun ta’til beriladi. 2 va undan ortiq bola tug‘ilsa yoki tug‘ilish nome’yorli bo‘lgan xollarda 70 kun ta’til beriladi. Xozir xaq to‘lanadigan ta’til vaqti 2 yilgacha. O‘z xisobidan olinadigan ta’til 3 yilgacha cho‘zilgan. Xomilador ayollar engil ishlarga yoki to‘liqmas ish joylariga o‘tkaziladilar.

16 yoshga to‘lmagan yoshlarni ishga qabul qilish ta’qiqlangan. Ayrim xollarda 15 yoshdan ham ishga olish mumkin (mexnat muxofazasi inspeksiyasining ruxsati bilan) (773 modda). Balog‘atga etmagan yoshlar uchun qisqartirilgan olti soatlik ish kuni joriy etilgan. Tunda va asosiy vaqtdan tashqari qo‘shimcha ishlar ta’qiqlangan. Mehnat qonunlariga asosan zararli ish sharoitida ishlovchilar uchun ustama haq to‘lanadi yoki ish soati qisqartiriladi. Ish soatining qisqartirilishi natijasida ishchi zararli moddalar bo‘lgan zonada kamroq bo‘ladi va bu bilan u kamroq zaharlanadi.

Kasaba uyushmalarining mexnatni muxofazasini tashkil etishdagi roli.



O‘zbekiston Respublikasi mexnat qonunlari kodeksida kasaba uyushmalari, xodimlarning korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni boshqarishda qatnashishi aloxida bob bilan ko‘rsatilgan. Qonunda ko‘rsatilishicha mexnatkashlar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida bilim olayotgan shaxslar xech bir tafovutsiz o‘z xoxishlariga ko‘ra, ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmasi tuzish, shuningdek kasaba uyushmalariga kirish xuquqiga egadirlar.

Kasaba uyushmalari o‘z faoliyatida davlat boshqaruv organlaridan, xo‘jalik organlaridan, siyosiy va boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqildir va ular xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy xuquqlari va manfaatlarini ifoda etuvchi hamda ximoya qiluvchi tashkilot xisoblanadi. Ular mexnat shart-sharoitlari va ish xaqini belgilash, qonunlarda nazarda tutilgan xollarda mexnatga doir qonunlarni qo‘llash ishlarida ishtirok etadilar. Kasaba uyushmalari ma’muriyat, mulkdor yoki u vakil qilgan boshqaruv organi mexnat va kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonunlarga rioya etishlarini nazorat qilib boradi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilishga xaqli bo‘ladi. Ular xodimlarning mexnat xuquqlarini ximoya kilib, da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilishlari mumkin. Kasaba uyushmalari davlat ijtimoiy sug‘urtasi, shuningdek o‘z ixtiyorida bo‘lgan sanatoriylar, profilaktoriylar va dam olish uylarini, madaniy-oqartuv, turistik va sport muassasalarini boshqaradilar. Kasaba uyushmalari ma’muriyat bilan kollektiv shartnoma tuzishi, musobaqalar uyushtirishi, tartib intizomni mustaxkamlashda yordamlashishi, ma’muriyat tomonidan taklif etilgan yangi normalarni ko‘rib chiqishda mukofotlar o‘lchamini belgilashda qatnashishi mumkin. Ma’muriyat ishchilarni ish vaqtidan ortiq ishlashga jalb etishda, balog‘atga etmagan yoshlarni ishga qabul qilishda, mexnat ta’tillarini begilashda, bepul sut, sovun va profilaktik ozik-ovkatlar beriladigan ish turlarini aniqlashda albatta Kasaba uyushmalari bilan kelishishi shart. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mexnatga va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid qonun xujjatlarini ishlab chiqishda qatnashishlari, mexnatga va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid normativ xujjatlar qabul qilish to‘g‘risidagi takliflarni tegishli davlat boshqaruv organlariga kiritishga xaqlidirlar.

Maxsus kiyim boshlar, shaxsiy ximoya vositalari va profilaktik oziq ovqatlar bilan ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasining «Mexnat kodeksi» va «Mexnatni muxofaza qilish» qonunlari asosida mexnat sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda, shuningdek aloxida xarorat sharoitida bajariladigan yoki ifloslantiradigan ishlarda ishlovchi xodimlarga belgilangan me’yorda maxsus kiyim bosh, maxsus poyafzal va boshfa shaxsiy ximoya vositalari tekinga beriladi. Korxona, muassasa yoki tashkilot ma’muriyati maxsus kiyim bosh, maxsus poyafzal va boshfa shaxsiy ximoya vositalarini saqlash, yuvish, tozalash va ta’mirlashni ta’minlashi, shuningdek bu vositalardan foydalanishini doimiy nazorat qilib borishlari zarur. Bundan tashqari, ifloslanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda ishlovchilarga belgilangan me’yorda sovun (xar oyda 400g) va boshqa xil zararsizlantiruvchi vositalar xam tekinga beriladi.



Maxsus kiyim boshlar va shaxsiy ximoya vositalarining o‘rniga ularni tayyorlash uchun materiallar yoki sotib olish uchun pul berish ta’qiqlanadi.

YUqorida ta’kidlangan maxsus kiyim boshlar va shaxsiy ximoya vositalaridan foydalanish muddatlari o‘rnatilgan bo‘lib, u quyidagicha belgilangandir: korjomalar, poyafzallar-12 oy; qo‘lqoplar-1 yoki 2 oy; ximoya kaskalari-2 yil; ximoya ko‘zoynaklari, maxsus oynali kaskalar va «protivogaz»lar yaroqsiz xolga kelgunga qadar; issiq kiyimboshlar (paxtali kurtka, shim va b.)-36 oy. Bundan tashqari, ishchilarni sog‘lig‘ini ta’minlash va ularga ta’sir maqsadida mexnat sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda ishlovchilarga belgilangan me’yorlarga muvofiq sut yoki unga teng keladigan boshka oziq-ovqat maxsulotlari tekinga berib turiladi. Agar ish issiq sexlarda bajariladigan bo‘lsa tekinga gazli sho‘r suv berilishi shart.

Mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlari.

Kasaba uyushmasi ustaviga asosan FZKU vositachiligida har yili mu’muriyat (direktor shaxsida) bilan ishchi-xizmatchilar o‘rtasida o‘zaro mehnat munosabatlari to‘g‘risida jamoat bitimi tuziladi. Bu bitimda ishchi va xizmatchilarning mehnat qilishi va madaniy, maishiy dam olishi borasidagi tadbirlar haqida kelishib olinadi. Unda bitimda mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlari, mehnat sharoitini yaxshilash masalalari ham hisobga olinadi va bu masalalar ma’lum tartibga keltirilib, mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlari sifatida bitimga tirkab qo‘yiladi.

Nomenklatura chora-tadbirlari rejasi, kasaba uyushmasi qo‘mitalari bilan kelishgan holda, ma’muriyat xodimlari tuzadi. Unga ushbu korxonada ayni paytdagi mehnat sharoiti, kasb kasalliklari va sanoat korxonasida inson organizmiga ta’sir qiluvchi zararli omillarning mavjudligi asos qilib olinadi. Bu reja kasaba uyushmasi bilan kelishilgandan keyin ishchilarning umumiy majlisida muhokama qilinadi.

Nomenklatura chora-tadbirlariga asosan ish sharoitini yax­shilash chora-tadbirlari kiritilib, ularni shartli ravishda quyidagi uch guruhga bo‘lib qarash mumkin:

  1. Baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar; bunga qo‘shimcha saqlovchi va muhofaza qiluvchi to‘siqlarni o‘rnatish, blokirovka qilish, muhofazaning avtomatik tizimlarini qo‘llash, masofadan turib boshqariladigan asboblar joriy qilish, signal tizimlari, mexanizatsiyalashtirish masalalari va bosh­qalar kiradi.

  2. Sanoat korxonalarida kasb kasalliklarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar; ishchilarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi moddalardan muhofaza qiluvchi qurilmalar tayyorlash yoki sotib olish, yaxshi shamollatish va havoni mo‘tadillashtirish tizimlarini o‘rnatish, eskilarini takomillashtirish, umumiy havo almashtirish usullari bilan birga xavfli moddalar ajraladigan joyni ham ajratish, havo so‘rish tizimida mukammallashtirilgan mashinalardan foy­dalanish, havo holatini kuzatadigan asboblar o‘rnatish va boshqalar.

  3. Ish sharoitini umuman yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar; bunda mo‘‘tadil yoritish, sanitariya-maishiy xonalar ho­latini yaxshilash, maxsus kiyim bosh va oyoq kiyimlarini vaqtida sifatli remont qilish, mehnatni muhofaza qilish kabinetlari, burchaklari, vistavkalari tashkil qilish va boshqalar.

Sanoat korxonalarida texnologik jarayonlar taqozo qiladigan chora-tadbirlar, masalan, yangi texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni maqsadga muvofiq tashkil qilish masalalari, garchi ish sharoitini yaxshilashga qaratilgan bo‘lsa-da, nomenklatura chora-tadbirlariga kiritilmaydi.

Nomenklatura chora-tadbirlari ish bitimiga kiritilganligi va ishchilarning umumiy majlisida tasdiqlangani sababli, ular bajarilishi shart bo‘lib qoladi va bu haqda ma’muriyat ishchilarga axborot berib turishi kerak. Unga sarflanadigan mablag‘ sanoat korxonasining asosiy fondidan olinadi, ya’ni bu xarajatlar umumsex va umumzavod xarajatlari hisobiga kiradi. Mehnatni muhofaza qilish nomenklatura chora-tadbirlariga ajratilgan mablag‘lardan boshqa maqsadlarda foydalanish mutlaqo taqiqlanadi.

Mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlari sanoat korxonalarida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan va bu korxonalarning bosh rejasiga kiritilgan. Mazkur rejaga maydonlarni obodonlashtirish, ishchilar yashaydigan zonalar holatini yaxshilash, korxona tashqi ko‘rinishi va unga tutashuvchi yo‘l va yo‘lkalar ho­latini yaxshilash, barcha ishlab chiqarish zonalarini ko‘kalamzorlashtirish masalalari kiradiki, bular tuman, viloyat miqyosida hisobga olinadi va unga ma’lum mablag‘ ajratiladi.

Xavfsizlik texnikasi muhandisining vazifalari.

Har bir sanoat korxonasi o‘z masshtabiga asosan mehnatni muhofaza qilish bo‘limini yoki xavfsizlik texnikasi muhandislik lavozimidagi shtat birligini tashkil qilishi shart. Uning asosiy vazifasi sanoat korxonasida mehnat qilayotgan ishchi va muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish qoida va talablarini qanday bajarayotganliklarini nazorat qilishdan iborat.

Jumladan, uning xizmat doirasiga quyidagilar kiradi:

  1. Sex va bo‘lim boshliqlar tomonidan mehnatni muhofaza qil­ish qonunlarini va boshqaruvchi tashkilotlarning xavfsizlik texni­kasi, sanoat sanitariyasi norma hamda qoidalarini bajarish to‘g‘risidagi qarorlarning bajarilishini kuzatib boradi, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish davlat tashkiloti ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarilayotganligini tekshiradi.

  2. Sanoat korxonalaridagi havo muhitining toza bo‘lishiga e’tibor beradi va shamollatish tizimlarining to‘g‘ri ishlatilayotganligini kuzatib boradi.

  3. Sanoatga zamonaviy xavfsizlik texnikasi vositalarini joriy qil­ish choralarini ko‘radi.

  4. Sex va bo‘lim boshliqlari tomonidan «Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobiga olish» haqidagi qarorining bajarilayotganligini kuzatib boradi.

  5. Sanoat korxonalari ishchi va xizmatchilarini belgilangan tartibda maxsus oziq-ovqat, kiyim-bosh, oyoq kiyimi, sut mahsulotlari, sovun va shaxsiy muhofaza aslahalari bilan ta’minlaydi.

  6. Sanoat korxonasining hamma bo‘limlarida xavfsizlik texni­kasi tavsiyanomasini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.

Xavfsizlik texnikasi muhandisining asosiy e’tibor berishi zarur bo‘lgan ob’ektlaridan biri-texnik echimlarning loyiha hujjatlarida to‘g‘ri hal qilinishini nazorat qilishdan iborat. CHunki muhofaza qilish asosiy chora-tadbirlari va xavfsizlik texnikasining umumiy ma­salalari ana shu hujjatlarda hal qilinadi. Mazkur hujjatlarni qabul qilish vaqtida xavfsizlik texnikasi muhandisining qatnashishi shart va bu korxona raxbari tomonidan buyruq bilan asoslanadi. Umu­man xavfsizlik texnikasi muhandisi sanoat korxonalarini rejalashtirish, karta tashkil qilishda, sanitariya-maishiy xonalar tashkil etish ishlarida, sanoat mashina va mexanizmlarini o‘rnatishda, yangi texnologik mashina va mexanizmlar, texnologik liniyalarni yig‘ish va o‘rnatish ishlarida qatnashishi kerak.

Xavfsizlik texnikasi injeneri nazoratchi sifatida sanoat korxonalarida tuzilgan har xil komissiyalar a’zosi sifatida qatnashi­shi kerak. Masalan, yangi qurilgan yoki karta jihozlangan ob’ektlarni, yangi o‘rnatilgan yoki remont qilingan sanoat jihozlarini qabul qilishda, muhandis texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi bilimlarini tekshirishda, ishchilarni attestatsiyadan o‘tkazish va boshqalarda ishtirok etishi zarur.

Bundan tashqari xavfsizlik texnikasi muhandisi mehnatni mu­hofaza qilishga qaratilgan masalalarni muhokama qilishda qatnashibgina qolmasdan, qabul qilingan qarorlarni rejalashtirib, amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi.

Uning bajarishi zarur bo‘lgan vazifalar qatoriga yana quyidagilarni kiritish mumkin:

  • ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalarni hi­sobga olish, uni keltirib chiqargan sabablarini tahlil qilish va baxtsiz hodisaning qaytarilmaslik chora-tadbirlarini ko‘rish;

  • baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini kamaytirishga, ish sharoitlarini yaxshilash uchun ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirilishi haqida hisobot tuzish;

  • sanoat korxonasidagi mehnatni muhofaza qilish masalalarini tahlil qilish va rahbar xodimlarga o‘z mulohazalarini bildirish;

  • tegishli bo‘lim va xizmatchilar oldiga ishchilarni xavfli va zararli omillar ta’siridan muhofaza qilish talablarini qo‘yish;

  • zavod bo‘limlari va sexlariga mehnatni muhofaza qilish masalalarida va ish sharoitini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqishda yordam ko‘rsatish;

  • zavod sexlarida ishlab chiqilgan mehnatni muhofaza qilish rejalarini umumiy zavod rejasiga kiritib, umumlashtirish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

Xavfsizlik texnikasi muhandisi ishchilar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishchilarni o‘qitadi, ularni yo‘riqnomalardan o‘tkazadi. Shuning uchun u kadrlar tayyorlash bo‘limi bilan birgalikda ishchilarni maqsadli kurslarda o‘qitish ishlarini tashkil qiladi, mehnatni muhofaza qilish kabinetlari, burchaklari va vitrinalarini tashkil qiladi, xavfsizlik texnikasi qoida va normalarini propaganda qilish maqsadida ma’ruzalar uyushtiradi, plakatlar sotib oladi va ularni tarqatadi, xavfsizlik texnikasining ogohlantiruvchi yozuvlarini va belgilarini kerakli erlarga o‘rnatadi.

Mehnatni muhofaza qilish mutaxassisi sifatida xavfsizlik texni­kasi muhandisi yangi ishga kirayotganlarni kirish yo‘riqnomasidan o‘tkazadi va ularga mehnatni muhofaza qilish qoida va normalarini tushuntiradi.

Bundan ko‘rinib turibdiki xavfsizlik texnikasi muhandisi sanoat korxonasi texnologiyasini a’lo darajada bilishi bilan birga xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish masalalarida ham yuqori malakaga ega bo‘lishi talab etiladi.

Xavfsizlik texnikasi muhandisining huquqlarini ham aytib o‘tish kerak. U sanoat korxonasining xohlagan sexini xohlagan vaqtda tekshirish va agar biror bir mashina yoki agregat ishchilar hayoti yoki sog‘lig‘i uchun zarar keltirishi mumkin bo‘lgan holatni sezsa, bu mashinani to‘xtatishi va ma’muriyatdan texnika xavfsizligi qoida va normalarini buzayotgan rahbar-shaxslarning ishdan chetlatilishini talab qilish huquqiga egadir.

Ishlarni og‘irlik va xavflilik-zararlilik darajasi bo‘yicha tasniflanishi.

YUqorida ta’kidlangan zararli va xavfli faktorlarning ta’siri ishning turiga, xususiyatiga va og‘irlik darajasiga bog‘liqdir. Shunga mos xolda, barcha jismoniy ishlar 3 ta kategoriyaga ajratiladi: engil ishlar (1), o‘rtacha og‘irliqdagi ishlar (Pa, II6) va og‘ir ishlar (III).

Engil ishlarni bajarishga - 172 j/s, o‘rtacha og‘irliqdagi ishlarni bajarishga - 172... 293 j/s, og‘ir ishlarni bajarishga 293 j/s.dan ortiq energiya sarflanadi. Umuman, ishlarni og‘irlik darajasi bo‘yicha guruxlashda 50 ga yaqin mezon («kriteriya») xisobga olinishi mumkin.



Ishlar xavflilik va zararlik darajasiga qarab esa zararli, xavfli va o‘ta xavfli guruxlarga ajratiladi.

Zararli ishlarga nomaqbul iqlim sharoitida bajariladigan ishlar (kuchli shamol, past yoki yuqori xarorat, namlik, yuqori darajada shovqin, titrash, xar xil nurlar ta’sirida ishlash) kiradi.

Xavfli ishlarga «montajchilar», o‘t yoquvchilar, elektriklar va shu kabi boshqa ishlarni misol qilish mumkin.

O‘ta xavfli ishlarga esa yong‘inni o‘chirish va uni oqibatlarini tugatish, tabiiy ofatlar davrida avariya-tiklash ishlarini olib borish kabilarni kiritish mumkin.

Mehnat muxofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish.

Korxonalarda kasaba uyushmalari yoki viloyat kasaba uyushmalari kengashining texnik nazoratchisi istalgan vaqtda mashina uskunalari, mexanizmlar muvofiqligini, texnika havfsizligi qoidalari talablari, ishlab chiqarish va yordamchi binolarning sanitar axvolini, sanitariya me’yorlari talablari, mehnat  va dam olish rejimiga amal qilishni, maxsus kiyim-bosh, maxsus poyafzal, maxsus oziq-ovqat va ximoya vositalarining o‘z vaqtida berilishini tekshirish uchun korxonani ko‘zdan kechirish xuquqiga ega. Xar bir korxonada kasaba uyushma raisi saylanadi, uning qoshida jamoa shartnomasini bajarilishini nazorat etuvchi katta jamoat nazoratchisi boshchiligidagi mehnatni muxofaza qilish komissiyasi ishlaydi, baxtsiz xodisalarni tekshirishda, shuningdek TX qoidalarini bilishlarini tekshirishda ishtirok etadi.

Sexlar va bo‘limlarda kasaba uyushmalari a’zolaridan apparaturalar, asboblarning yaroqligini, ishchi joylarda to‘siq yo‘llar va blokirovkalarni, xisoblash qurilmalari va isitish tizimlari ishini, yoritilish axvolini nazorat qiluvchi va tozalik xamda tartibga rioya etuvchi mehnat  muxofazasi jamoat nazoratchisi tanlanadi. U ishchi joyida instruktaj o‘tkazilishi, sexning barcha xodimlari tomonidan texnika havfsizligi yo‘riqnomalarini o‘rganish, ish vaqti va tartibi rejimi, ta’tillar berilishi, xordiq kunlari, ishchilarni ximoya vositalari bilan ta’minlashni nazorat etadi. Butun aniqlangan kamchilik va nuqsonlar xaqida jamoat nazoratchisi sex uchastkasi yoki boshlig‘iga xabar qilishi va uni ishlab chiqishi lozim. Mehnat  muxofazasi  bo‘yicha barcha komissiya a’zolari jamoa shartnomasiga kiruvchi MM bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishda ishtirok etadilar.

Korxonalar va tashkilotlarda Mehnat  muxofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va ularning bajarilishi ustidan nazorat. Mehnat  muxofazasi bo‘yicha ishlarning bajarilishi ustidan nazorat uchun bosh muxandisga bo‘ysunuvchi Mehnat  muxofazasi bo‘yicha muxandis tayinlanadi.

Raxbar yuqori xavfli ishlar ro‘yxatini bilishi, ximoya vositalari va saqlovchi qurilmalar yaroqlilik axvoli va mavjudligi ustidan kuzatib borishi, ventilyasiya qurilmalari, ish joylarining yoritilishi, ishining to‘g‘riligini tekshirib borishi, shovqin va tebranishlarning kamayishiga erishmog‘i, ishchi va xizmatchilarni ishlashning xavfsiz uslubni ularga o‘rgatish saboqlar uyushtirishi, Texnika havfsizligi qoidalarini nechog‘lik bilishlarini davriy tekshirib turishi lozim.

Raxbar shuningdek TX qoidalari va me’yorlarini bajarmagan shaxslarni ishdan chetlatishi, agar insonlar xayoti va salomatligiga taxdid  solayotgan bo‘lsa, mexanizmlar ishini to‘xtatishi, jabrlanganga 1-yordam ko‘rsatishni tashkil qilish, baxtsiz xodisalarni tergov qilish va ularning oldini olish yuzasidan choralar ko‘rishda ishtirok etishi lozim. Korxonalarda travmatizmni kamaytirish va mehnat  sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish ustidan nazoratni kuchaytirish maksadlarida Mehnat  muxofazasi axvoli ustidan 3-pog‘onali nazorat joriy etiladi.

Xar kuni sex boshlig‘i yoki brigadir jamoat nazoratchisi bilan birga ishchi o‘rinlari axvoli, uskunalarning sozligi va ximoya vositalarining yarog‘ligini tekshiradi. Nuqsonlar topilganda zudlik bilan ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar quriladi. Agar nosozliklarni kuchlari bilan bartaraf etish mushkil, imkonsiz bo‘lsa, nuqsonu nosozliklar 3-pog‘onali nazorat jurnaliga qayd etiladi.

Xar xafta sex boshlig‘i katta jamoat nazoratchisi bilan xamkorlikda sexda Mehnat muxofazasining axvolini birma-bir tekshiruvdan o‘tkazadi, muxandis tomonidan bildirilgan nosozliklar bo‘yicha qarorlar qabul qiladilar, avvalgi tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar bajarilishini nazorat qiladi. Tekshiruv natijalarini sex boshlig‘i xuddi shu jurnalga yoziladi.

Xar oyda sanoat korxonasining bosh injeneri, zavod kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, xavfsizlik texni­kasi xizmati boshlig‘i (xavfsizlik texnikasi injeneri), bosh mexanik, korxona bosh energetiki, tibbiyot bo‘limi boshlig‘i, sex tibbiyot xodimi korxona bo‘yicha Mehnat muxofazasining axvolini tekshiradi, tekshiruvning 1 va 2 pog‘onalarida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etilishini nazorat qiladi.

Tekshiruv natijalari korxona bo‘yicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi. Mehnat muxofazasi bo‘yicha muxandis muntazam TX qoidalari va me’yorlari, ishlab chiqarish sanitariyasi, yuqori turuvchi tashkilotlar farmoyishlari, nazorat qiluvchi organlari xujjatlarining ijrosini nazorat qiladi.

U yangi qabul qilingan xodimlar bilan ilk yo‘riqnomani o‘tadi, TX bilimlarini tekshirish bo‘yicha komissiyalar ishi va ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarni tergov qilishda ishtirok etadi.

Xar yili korxonalar N 21-T shaklida majmuiy reja bajarilgani to‘g‘risidagi xisobotlarni tuzadilar va ularni yuqori turuvchi xo‘jalik va kasaba uyushma tashkilotlariga yuboradilar. Xisobotga noqulay sharoitlarda ishlovchilar soni xaqida ma’lumotlar va xisobot yilida me’yorlarga muvofiq xujjatlar kiritiladi. Xisobotda rekonstruksiya, kapital remont bo‘yicha bajarilgan ishlar xajmi va ishlab chiqarish sexlar, umuman TX qoidalari va me’yorlari talablariga javob bermaydigan uchastkalarni ekspluatatsiyadan chiqarish to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lishi kerak.

Ma’muriy-xo‘jalik va injener-texnik personal mehnat qonunchiligi, mehnat muxofazasi qoidalarini buzsalar intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Xodimga mehnat  intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga xaqli:


  1. xayfsan

  2. o‘rtacha oylik ish xaqining yigirma foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorga jarima solish xollari xam nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish xaqidan jarima ushlab qolish ushbu Kodeksning 164-moddasi talablariga rioya qilingan xolda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi;

3.  Mehnat  shartnomasini bekor qilish (100 – modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari)

Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‘llash taqiqlanadi. Ma’muriy jazo – (ogoxlantirish yoki jarima) TX qoidalari yoki sanoat sanitariyasi qoidalari buzilishida aybdor xodimga texnik inspeksiya va sanitariya nazorat organlari tomonidan ogoxlantirish yoki jarima solinadi. Mehnat  muxofazasi qoidalari buzilishi, atrof-muxit ifloslanishi ustidan agar bu qonunbuzarliklar oqibatida baxtsiz xodisalar chiqishi mumkin, insonlar salomatligiga zarar etkazsa, mansabdor shaxslar prokuratura organlari tomonidan jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Ishchilarning Mehnatga layoqatliligini kamida 1 kunga yo‘qotishini vujudga keltirgan yoki tibbiy xulosaga muvofiq uning boshqa ishga o‘tkazilishiga zarurat tug‘dirgan baxtsiz xodisaga komissiya 2 nusxada N-1 shakldagi aktni rasmiylashtirib, imzolaydi xamda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun tashkilot raxbariga yuboradi.

Aktga jabrlanuvchining ish joyini ta’riflovchi barcha tushuntirishlar, sxemalar, rejalar va boshqa xujjatlar xamda tibbiy xulosa ilova qilinadi. N-1 akti bilan rasmiylashtirilgan barcha baxtsiz xodisalar korxonadagi shakli bo‘yicha baxtsiz xodisalarni qayd etish jurnalida qayd etiladi, Respublika Mehnat  Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Tergov yakunlangach, aktning 1 nusxasi jabrlanuvchiga beriladi, ikkinchisi tergov materiallari bilan birga jabrlanuvchining asosiy ish joyi bo‘yicha tashkilotda 45 yil davomida saqlanadi. Korxona  tugatilish xolatida N-1 aktlari Davlat Mehnat inspeksiyasiga saqlash uchun topshiriladi. Ish beruvchiga o‘z vaqtida ma’lum qilinmagan baxtsiz xodisa yoki undan Mehnatga layoqatlilik yo‘qolishi o‘shandayoq bo‘lmagan voqealar 1 oy davomida jabrlanuvchi arizasiga ko‘ra, tergov qilinadi – ariza berilgan vaqt-kundan boshlab (ariza berish muddati cheklanmagan).

Boshqa tashkilotdan kelgan xodim bilan korxonada yuz bergan baxtsiz xodisa xam xuddi shunday tartibda tergov qilinadi. Tergovda ishtirok etish uchun xodimni jo‘natgan vakil taklif etiladi. U kelmagan taqdirga tergov uni kutilmay boshlaydilar. Tergov tugatilguncha xam kelmasa, tergov aktida tegishli qayd bitiladi. Bunda baxtsiz xodisa jabrlanuvchi xodimi sanalgan tashkilot tomonidan xisobga olinib, N-1 akti 3 nusxada tuziladi. Undan ikkitasi tergov materiallari bilan birga shu tashkilotga jo‘natiladi. 3 nusxa baxtsiz xodisa yuz bergan tashkilotda qoladi.

Agar ish beruvchi baxtsiz voqeani tergov qilishdan, akt tuzishdan bosh tortsa yoki jabrlanuvchi tergov natijalaridan norozi bo‘lsa, bu voqea kasaba uyushmalari qo‘mitasi yoki boshqa nufuzli organ, korxonaning vakolatli ishchilari tomonidan yozma ariza berilgan laxzadan boshlab 7 kun davomida ko‘rib chiqiladi. Ularning qarori ish beruvchining ijro etishi uchun majburiy shart sanaladi.

Jabrlanuvchi kasaba uyushmalari qo‘mitasidan norozi bo‘lgan taqdirda-jabrlanuvchi sudga yoki sub’ekt bo‘yicha Davlat Mehnat inspeksiyasiga murojaat etishi mumkin. Murojaat uchun jabrlanuvchi xuquqi muddat bilan cheklanmagan. Ish beruvchi kasaba qo‘mitasi qaroridan norozi bo‘lsa, baxsni O‘zbekiston Respublikasi sub’ekt bo‘yicha Mehnat  muxofazasi davlat nazoratchisi xal qiladi. U voqea yuz bergan muddatidan qat’iy nazar baxtsiz xodisani mustaqil tergov qilish xuquqiga ega.

Tergov natijalariga ko‘ra, ish beruvchi uchun shart xisoblangan xulosa tuziladi. Xulosa O‘zbekiston Respublikasi Mehnat  Vazirligi xuzuridagi Mehnat inspeksiyasi organlari yoki sudda shikoyat qilinishi mumkin.

2 yoki undan ortiq ishchilar jabr ko‘radigan baxtsiz xodisalar, shuningdek o‘limga olib keluvchi yoki nogiron etuvchi baxtsiz xodisalarni aloxida ta’kidlash zarur. Bunday xodisalar to‘g‘risida ish beruvchi sutka davomida quyidagi tashkilotlarga ma’lum qilishi shart.


  • O‘zbekiston Respublikasi sub’ekti bo‘yicha Davlat Mehnat  inspeksiyasi;

  • Ijrochi Xokimiyatning tegishli organlariga;

  • Baxtsiz xodisa ro‘y bergan joy bo‘yicha prokraturaga;

  • O‘zbekiston Respublikasi sub’ektining ijrochi Xokimiyat organlariga;

  • Davlat nazorat organlariga (agar baxtsiz xodisa shu organ nazoratidagi tashkilotda yuz bergan bo‘lsa);

  • Tegishli kasaba uyushmalari organlariga.

  • Tergov tarkibida quyidagilar mavjud komissiya tomonidan olib boriladi:

  • Mehnat  muxofazasi bo‘yicha Davlat nazoratchisi;

  • O‘zbekiston Respublikasi sub’ektining ijroiya Xokimiyat organlari vaqili;

  • Kasaba uyushmalari organi vakili.

Tergov olib borishga ketadigan barcha xarajatlarni baxtsiz xodisa yuz bergan korxona to‘laydi. Komissiya a’zolari tergov chog‘ida korxona va uning bo‘linmalari rahbarlari xamda boshqa shaxslardan yozma tushuntirish xati olish xuquqiga egalar. Mehnat  muxofazasi bo‘yicha davlat nazoratchisi agar baxtsiz xodisalarni tergov qilishni davom ettirishga ob’ektiv sabablarga ko‘ra, imkoniyat bo‘lmasa yoki aksincha tergovda ishtirok eta olish imkoni bo‘lsa, u tergov materiallari bilan tanishib chiqishi shart.

Komissiya xulosalaridan rozi bo‘lgan taqdirda baxtsiz xodisa qo‘shimcha tergov qilinmaydi va bu xaqda tergov aktida tegishli qaydnoma qilinadi. Baxtsiz xodisa tergov natijalariga ko‘ra, Mehnat  muxofazasi bo‘yicha Davlat nazoratchisi P-15 (15 ilova) shaklida xulosa tuzadi. Guruhli baxtsiz xodisalar va nogironlik yoki o‘lim bilan tugaydigan baxtsiz xodisalar tergov materiallari N-1 shaklidagi akt va ko‘rsatilgan baxtsiz xodisalar tergov akti bilan birga 3 kunlik muddat ichida tuzilgandan so‘ng ish beruvchi tomonidan baxtsiz xodisa ro‘y bergan joy bo‘yicha prokuraturaga jo‘natilishi kerak.



  • O‘zbekiston Respublikasi sub’ekti bo‘yicha Davlat Mehnat  inspeksiyasiga;

  • (talab etilishiga ko‘ra) nazorat organlariga;

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligi xuzuridagi Mehnat  inspeksiyasiga;

  • Jabrlanuvchining vaqtincha Mehnatga layoqatsizligi tugaganidan so‘ng ish beruvchi O‘zbekiston Respublikasi sub’ekti bo‘yicha Davlat Mehnat  inspeksiyasiga;

  • ishlab chiqarishda baxtsiz xodisa oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotlar;

  • bunday baxtsiz xodisalarning oldini olish maqsadlarida bajarilgan tadbirlar to‘g‘risida prokoratura qarori.

Tashkilot aybidan qat’iy nazar, N-1 shaklida akt bilan rasmiylash-tirilgan xar bir baxtsiz xodisa “Korxonada baxtsiz xodisalarda jabrlan-ganlar vaqtincha Mehnatga layoqatsizligi munosabati bilan ishga chiqmaslik kunlari soni va Mehnat  muxofazasi bo‘yicha tadbirlarga ketgan xarajatlar to‘g‘risida xisobot” TVN-7 shaklida, ishlab  vaqtincha Mehnatga layoqatsizlik va travmatizm to‘g‘risidagi statistik xisobotga kiritiladi.

16-TVN «Vaqtincha Mehnatga layoqatsizlik sabablari to‘g‘risidagi xisobot». Ish beruvchi ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalar sabablari taxlili, ularning Mehnat  jamoalarida ko‘rib chiqilishi, ishlab chiqarish travmatizmini oldini olish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek jabrlanuvchilar (ularning oila a’zolari) ga zararli qoplash to‘g‘risidagi masalani xal etishni ta’minlashga burchli.



Kasaba uyushmalari ish beruvchi va uning vakillarining ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalar sabablarini bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarini eshitishlari, shuningdek profilaktik tadbirlar bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga xaqlidirlar.

Mehnatni muhofaza qilish kabineti

Sanoat korxonalarida mehnatni muhofaza qilish masalalarini targ‘ibot qilish va xavfsizlik texnikasi yo‘riqnomalaridan o‘tkazish maqsadida mehnatni muhofaza qilish kabineti tashkil qilinadi. Bu kabinetlarning hajmi mashinasozlik sanoatida ushbu korxonada mehnat qilayotgan ishchilar soniga qarab belgilanadi.

Mehnatni muhofaza qilish kabinetlaridan quyidagi hollarda foydalaniladi:

Ishga yangi kirayotgan ishchi va xizmatchilarni xavfsizlik tex­nikasi va sanoat sanitariyasi bo‘yicha yo‘riqnomalardan o‘tkazish, shuningdek, bu erda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari talabalarini ishlab chiqarish amaliyoti vaqtida kirish yo‘riqnomasidan o‘tkazish.

Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha maxsus bilim talab qiladigan ish­larda mehnat qilayotgan ishchilar bilan suhbatlar o‘tkazish, korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan dastur bo‘yicha muhandis-texnik xodimlar va kasaba uyushmasi faollari bilan mehnatni muhofaza qilish masalalarida seminarlar o‘tkazish.

Mehnatni muhofaza qilish haqidagi kinofilmlar namoyish qil­ish, suhbatlar o‘tkazish va ma’ruzalar uyushtirish.

Sanoatda jarohatlanish va kasb kasalliklarini kamaytirish sohasidagi korxona yutuqlarini va turdosh korxonalar yutuqlarini ko‘rsatuvchi vistavkalar tashkil qilish.

Mashinasozlik sanoatida mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilashi mumkin bo‘lgan, ishlab chiqarishning yangi usullari, yangi materiallar, ishlab chiqarish jarayonlari fan va texnikaning yutuqlarini targ‘ib qilish.

Mehnatni muhofaza qilish kabineti yangi zamonaviy modellar bilan jihozlanishi, ko‘rgazmali qurollar (plakatlar, sxemalar, maketlar, natural eksponatlar, diafilmlar) bilan ta’minlanishi ishchi va xizmatchilarni kirish yo‘riqnomasidan o‘tkazish va muhandis-texnik xodimlar bilan seminar o‘tkazishga kerak bo‘ladigan uslubiy ko‘rgazmalar, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish ma’lumotnomalari va targ‘ibotning texnik vositalari (kinoproektor, diaproektor va boshqalar) bilan jihozlanishi, o‘qish-o‘rgatish qurollari bo‘lishi kerak.

Mehnatni muhofaza qilish kabinetdagi ko‘rgazmali qurollar sanoat korxonasining ishlab chiqarish xususiyati va unda mehnat qilayotgan ishchilar soniga, shuningdek, kelajakda rivojlanish rejasiga bog‘liq. Har qanday holda ham mehnatni muhofaza qilish kabinetida quyidagi bo‘limlar bo‘lishi shart:

  • umumiy bo‘lim, bu bo‘lim mehnatni muhofaza qilishning hamma ishlovchilar uchun taalluqli bo‘lgan asoslaridan tashkil topadi. Bu bo‘limga mehnatni muhofaza qilish qonunlari, mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, sanoat korxonalarini shamollatish, sanoat korxonalarini yoritish masalalari, shovqin va titrashdan saqlanish, shaxsiy muhofaza vositalari, texnika xavfsizligini asosiy vositalari, elektr xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi;

  • maxsus bo‘lim, bunda xavfsizlik texnikasi va ish sharoitini sog‘lomlashtirishning asosiy ishlab chiqarish jarayonlari bo‘yicha aks ettirilishi, masalan, metallarga qirqib ishlov berish, metallarga bosim bilan ishlov berish, elektr va gaz bilan payvandlash, sanoatda xavfsiz ish olib borish nazorati ob’ektlarini ishlatish va boshqalar.

Kabinet ish rejalarini va eksponatlar tarkibini korxona bosh muhandisi tasdiqlashi kerak.
 Talabalarni bilimini tekshirish uchun savollar:

  1. Konstitutsiyaning kaysi moddalari bevosita insonni mexnati bilan bog‘liq?

  2. O‘zR «Mexnat kodeksi» ning asosiy mazmuni nimadan iborat?

  3. Mexnatni muxofaza qilish xaqidagi qonun qachon qabul qilingan va uning mazmuni?

  4. Mexnat muxofazasi qonunlari buzilgandagi javobgarlik turlari.

  5. Kasaba uyushmalarining mexnatni muxofazasini tashkil etishdagi roli.

  6. Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitishda yo‘riqnomalarning turlarini ayting.

  7. Maxsus kiyim boshlar va shaxsiy ximoya vositalari nima uchun beriladi?

  8. O‘zbekistonda mexnat muxofazasi qanday tizimlardan iborat?

  9. Mexnat qonunlari va mexnat sharoitlarini nazorat qiluvchi organlar tafsilotini ayting.

  10. Ishlab chiqarish sanitariyasi vazifalari.

  11. Kasb kasalligini oldini olish va shaxsiy gigiena.

  12. Mexnat qobiliyatini yo‘qotgan ishchi uchun qanday xujjat rasmiylashtiriladi?


MAVZU BO‘YICHA TEST SAVOLLARI
1. Amaliyotchilar va ishga yangi qabul qilinganlar korxonalarda ishni bajarishga qo‘yilishlari mumkin:

a) mustaqil ravishda, yo‘l yo‘riq ko‘rsatilgandan so‘ng;

b) mustaqil ravishda, ish joyida xavfsiz mehnat qilish usullariga o‘rgatilgach;

v) faqat tajribali xodimlar rahbarligida;

g) yo‘l–yo‘riq ko‘rsatilish, mehnat qilishning xavfsiz usullariga o‘rgatilgach, xavfsizlik texnikasi qoidalariga oid bilimlarini tekshirib ko‘rilgandan so‘ng, tajribali xodimlar rahbarligida.

2. Qaysi nazorat organi ionlashgan nurlanishlar manbalarini nazorat qiladi:

a) davlat sanitar-epidemiologik nazorati;

b) davlat energetika nazorati;

v) federal tog‘ va sanoat nazorati;

g) yadro va radiatsion xavfsizlik federal nazorati.

3. Bino va xonalarda foydalanishda yong‘in xavfsizligiga rioya qilinishini nazorat qiladi:

a) davlat sanitar-epidemiologik nazorati;

b) davlat energetika nazorati;

v) davlat yong‘in nazorati;

g) federal tog‘ va sanoat nazorati;

4. Mehnat hududi - bu:

a) o‘rnatilgan ctanok atrofidagi 2 m. ga 2 m. o‘lchamidagi hudud;

b) o‘rnatilgan ishlab chiqarish uckunalarining xavfli agregatlardan bevosita 2m ga 2 m ga 2m xajmdagi yaqinligidagi hudud;

v) er cathidan yoki ish maydonidan 2 m. gacha balandlikdagi doimiy ish o‘rni joylashgan cath;

g) ish acboblari, dactlabki ashyo, oxirgi mahculot va agregatlarning xavfli bog‘lamalarining ko‘chib yurish (harakati) doirasidagi ishlab chiqarish uckunalari atrofidagi maydon.

5. Quyida canab o‘tilgan omillardan qay biri inconga ta’sir o‘tkazmaydi?

a) tevarak atrofdagi fizikaviy omillar;

b) tevarak atrofdagi kimyoviy omillar;

v) tevarak atrofdagi biologik omillar va psixofiziologik omillar;

g) barchasi ta’sir ko‘rcatadi.

6. Navbatdan (rejadan) tashqari yuriqnoma o‘tkazilish muddatlari.

a) ishlab chikarish texnologiyalari o‘zgarganda, ya’ni texnika vositalari joriy etilganda

b) ishchi bir ishdan boshqa ishga o‘tkazilganda

v) baxtsiz xodisa ro‘y berganda yoki xafsizlik texnikasi qoidalari buzilgan vaqtlarda o‘tkaziladi.

g) barcha javoblar to‘g‘ri

7. Mehnat to‘g‘ricidagi qonunchilikka rioya qilish uctidan oliy nazorat kim tomonidan bajariladi.

a) ekologiya va atrof muxit muxofazasi qo‘mitasiga

b) bosh prokuror va adliya organlariga yuklatiladi.

v) kasaba uyushmasi qo‘mitalariga

g) barcha javoblar to‘g‘ri

8. Ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalar guruxli xisoblanadi, agarda uning natijasida jabr ko‘rganlar:

a) ikki va undan ortiq;

b) uchdan ortiq insonlar;

v) beshtadan kam bo‘lmaganda;

g) ishchi smenani uchdan biri;

9. Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi qanday jazo choralarini qo‘llashi mumkin.

a) xayfcan.

b) mehnat  shartnomacini bekor qilish

v) mamuriy jazo–(ogoxlantirish yoki jarima)

g) barcha javoblar to‘g‘ri

10. Korxonada yuz bergan barcha baxtsiz xodisalar qanday shakl bilan rasmiylashtiriladi.

a) guruhli baxtsiz xodisalar va nogironlik yoki o‘lim bilan tugaydigan baxtsiz xodisalar tergov materiallari N-1 shaklidagi akt

b) ish beruvchi tomonidan tayyorlangan 3 nusxadagi P-15 shaklda

v) TVN-7 shaklidagi akt bilan baxtsiz xodisa ro‘y bergan joy bo‘yicha prokuraturaga jo‘natilishi kerak.

g) Kasaba uyushmalari organi vakiliga 16-TVN shakldagi akt


MASHG‘ULOT-14
MAVZU: FARMATSEVTIK KORXONALARNI QURISH VA FOYDALANISHDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLAR
Mavzuda qo‘llanilgan tayanch iboralar; qurilish me’yor va qoidalari, sanitar normalar, konstitutsiya, nizom, standart, xuquq, meyor, xavfsizlik, davlat sanitariya nazorati, signalizatsiya, mexnat qonunchiligi, nazorat qiluvchi tashkilotlar, javobgarlik turlari, sanitar ximoya zona, toza xonalar, bino konstruksiyasi, kanalizatsiya tizimlari.

Mashg‘ulot maksadi: Mexnat muxofazasi qonunlari, mexnat muxofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyati, mexnat muxofazasi qonunlari buzilgan xolatlar va ularni buzganlik uchun javobgarlik turlari xaqida ma’lumot berish. Sanoat korxonalarini atrof muxit va ishchilar salomatligi muxofazalanganligini e’tiborga olgan xolda oqilona loyixalashtirish va qurish ishlarini o‘rganish.

Seminar mashg‘ulotini yoritishda “Xurjunda nima bor?” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi.

O‘qituvchi topshiriq variantlari yozib qo‘yilgan kartochkalarini oldindan tayyorlaydi.

Talabalar tavakkaliga kartochkalaridan oladilar va o‘sha zaxoti javob beradilar.

Masalan:


    1. Sanoat korxonalarini qurishda qanday me’yoriy xujjatlarga amal qilinadi.

Mavzuning ahamiyati. Sanoat korxonalarini qurishda birmuncha ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy masalalarni echibgina qolmasdan, ushbu sanoat korxonasi qurilayotgan aholi yashaydigan maskanning ekologiya muvozanatiga ham e’tibor berish juda muhim masalalardan biri ekanligiga ahamiyat berish zarur.

Har qanday sanoat korxonasi xalq xo‘jaligiga zarur bo‘lgan sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarishdan qat’i nazar, birinchidan, uni o‘rnashtirilishi mumkin bo‘lgan joyning asosiy xususiyatlarini o‘rganishni taqozo qiladi. CHunki sanoat korxonasi har qancha bezarar deb topilgani bilan, uning ishlab chiqarishi tarkibida ma’lum miqdorda xavfli holatlar ham mavjudki, bularni hisobga olmaslikning mutlaqo iloji yo‘q. Masalan, hozirgi zamonaviy texnologiya jarayonlari butunlay chiqindilarsiz ishlashi mumkin emas. Bu chiqindilar ma’lum miqdorda suv havzalarini, ko‘pgina qismi esa atrof-muhitni ifloslaydi. Albatta hozirgi zamon texnologik jarayonlarida ifloslangan suvni tozalash vositalari, shuningdek, changli havoni tozalash qurilmalari mavjud. Lekin shuni unutmaslik kerakki, bu havo tozalash qurilmalarining samaradorligi nihoyatda past, suv tozalash vositalari esa ma’lum bir qancha kamchiliklardan holi emas. Bundan tashqari suv tozalash qurimalarining aksariyati ma’lum miqdorda yig‘ilgan suvni tozalaydi. Shuning uchun bu suvlar biror bir falokat yoki tabiiy ofat, masalan, suv toshqini, jala yog‘ishi natijasida suvlarni ifloslanganlarini oqizib ketishi, atrofdagi serhosil erlarni, bog‘-rog‘larni vayron qilishi, zaharlashi va odam yashashi mumkin bo‘lmagan holatni vujudga keltirishi mumkin.

YUqorida taxmin qilinganlardan ko‘rinib turibdiki, sanoat korxonalarini aholini suv bilan ta’minlaydigan daryolar, ariqlar va ko‘llar yaqiniga qurish mumkin emas.

Bundan tashqari sanoat korxonalaridan faqatgina ifloslangan suv emas, balki atrof-muhitni ifloslantiruvchi ko‘pgina kimyoviy moddalar, masalan, bo‘yash sexlaridan ajraladigan bo‘yoqlar tarkibidagi parchalanib ketuvchi moddalar: kselol, toluol, atseton, uayt-spirt va boshqalarni ko‘rsatish mumkinki, bular uchun hozirgi vaqtda samarali havo tozalagichlar yo‘q.

Bunday moddalar birmuncha miqdordagi tozalanmagan havo tarkibidagi changlarga qo‘shilib mutlaqo salbiy holatlarga olib kelishi mumkin.

YUqorida aytilganlarga xulosa qilib, sanoat korxonalarini qurishda ushbu aytilgan zararliklarni hisobga olgan holda ish olib borish, har bir mutaxassisning muqaddas burchidir. Bu ishga sovuqqonlik bilan qarash butun tabiatga, ekologik muvozanatga, bu bilan birga kishilarning yashayotgan maskanlarining umumiy sog‘lomligiga va bu bilan butun avlodlar oldida javobgarlik hissiga sovuqqonlik bilan qarash demakdir.

Sanoat korxonasini qurish uchun maydon tanlash. Sanoat korxonalarini aholi yashash punktlarida maxsus belgilangan maydonga joylashtiriladi. Bunda sanoat korxonasi joylashgan maydon aholi yashaydigan punktga nisbatan shamolning bosh yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonda bo‘lishiga e’tibor beriladi. Agar iloji bo‘lsa, sanoat korxonasi quriladigan maydon aholi yashaydigan punktdan birmuncha olisroqda joylashtirilgani ma’qul. Bu holda ham, albatta shamolning bosh yo‘nalishi hisobga olinishi va sanoat korxonasi aholi yashaydigan punktga nisbatan shamol yo‘nalishida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Korxonalardan chiqadigan zararli moddalarni (changlar, gizlar, xidlar va boshqalar) turlariga karab, SN 245-71 talablariga binoan ximoya zonasi chegaralari belgilanadi. Texnologik jarayonlari atmosfera xavosiga zararli va yoqimsiz xid chiqaradigan moddalar manbai bo‘lib, sanoat korxonalari axoli yashaydigan uy-joydan sanitariya ximoya zonalari (SXZ) bilan ajratib qo‘yiladi. Sanitariya klassifikatsiyasiga muvofik (1) korxonalar uchun quyidagi SXZ uzunligi belgilanadi: I gurux-1000 m, II-gurux-500m, III-gurux-300m, IV-gurux-100m, V-gurux-50 m. Sanitar-muhofaza oralig‘i ko‘kalamzorlashtirilgan va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari belgilangan bo‘lishi kerak. Sanitar-muhofaza oralig‘iga doimiy yashash joylari, dam olish joylarini tashkil qilish, shuningdek, issiqlik hosil qilish va boshqa sanoat inshootlarini qurishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu oraliqlarga yong‘inga qarshi depo, avtotransport turish joylarini qurishga ruxsat etiladi. Ammo bu qurilishlar oraliq ko‘kalamzorlariga zarar keltirmasligi shart.

Sanoat korxonasini aholi yashaydigan punktga nisbatan joylashtirish va sanitar-muhofaza oraliqlarini belgilashdan tashqari uning maydonini tekislash, rejalashtirish ishlarini amalga oshirish kerak. Bunda yomg‘ir, qor suvlarini to‘xtamay oqib ketish yo‘llari, korxonada ishlatib ifloslangan suvlarni yig‘ish va tozalashni yo‘lga qo‘yish, er osti suvlarini darajasini belgilash, toshqin va boshqa holatlarda sanoat korxonasini suv bosib ketmasligini ta’minlash zarur. Bundan tashqari quyosh nurlarining sanoat korxonasi binolarini iloji boricha ko‘proq yoritishini ta’minlovchi vositalar hamda sanoat korxonalari xonalarini iloji boricha yaxshiroq tabiiy shamollatish vositalari bilan ta’minlashga e’tibor berilishi kerak.

Sanoat korxonasi hududi. Sanoat korxonasi hududi faqatgina ishlab chiqarish talablariga javob berib qolmasdan, balki sanitar-gigiena me’yorlariga ham javob berishi kerak. U tekis, yaxshi yoritilgan, etarli miqdordagi o‘tish yo‘llari va yo‘laklari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Har xil chuqurlar, texnik maqsadlarda qoldirilgan xandaqlar, hovuzlar mustahkam qopqoqlar bilan ta’minlanishi va muhofaza vositalari bilan o‘rab qo‘yilishi shart. Agar muhofaza qopqoqlari bilan berkitish imkoniyati bo‘lmasa, uni odam o‘ta olmaydigan to‘siq bilan to‘sib qo‘yiladi.

Transport vositalari harakatlanadigan yo‘llar va odamlar o‘tish yo‘llari, albatta to‘g‘ri transport vositalari va odamlarning bemalol o‘tishini ta’minlashi, qarama-qarshi tomonga yo‘nalish mumkinligini hisobga olishi, odamlarning o‘tish soniga qarab etarlicha keng bo‘lishi, transport vositalarining serqatnovligi belgilanishi, ularda olib o‘tilayotgan yuklarning erkin o‘tishi ta’minlanadi.

Yo‘llar asosan mustahkam qatlam bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Odamlar o‘tadigan yo‘llar to‘xtovsiz harakatlanadigan temir yo‘llar bilan to‘qnash kelsa, unda temir yo‘l ustiga maxsus ko‘priklar qurish, yoki er osti yo‘llari tashkil qilish tavsiya etiladi.

Sanoat korxonasi hududida joylashtiriladigan binolar ishlab chiqariladigan mahsulot bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Katta hajmdagi mahsulot ishlab chiqariladigan sanoat korxonalari binosida oxirgi olinadigan mahsulot iloji boricha jo‘natish oson bo‘lgan erga moslanadi.

Agar sanoat korxonasida katta miqdoda chang, zaharli moddalar chiqadigan uchastkalar bo‘lsa, ularni iloji boricha chetroqqa joylashtirishga va ular, albatta, shamol yo‘nalishida joylashtiriladi.

Ba’zi bir shovqinli sexlarni ham iloji boricha boshqa sanoat binolaridan olisroqqa joylashtiriladi. Hosil bo‘lgan oraliqlarga har xil daraxtlar va gullar ekib obodonlashtirish, ishchilar tanaffus vaqtlarida dam oladigan, hordiq chiqaradigan joylar tashkil qilish mumkin.

Sanoat korxonasi hududida joylashgan har qanday sanoat binolari va yordamchi binolar, albatta kanalizatsiya bilan ta’minlanishi kerak. Kanalizatsiya bilan to‘plangan va ifloslangan sanoat chiqindi suvlarini mavjud suv havzalariga tashlab yuborish mutlaqo taqiqlanadi. Bunday chiqindi suvlar, albatta maxsus hovuzlarda yig‘ilishi, mavjud texnik va biologik vositalar bilan tozalanishi hamda texnik zaruratlar uchun ishlatilishini hisobga olib, sanoat korxonasiga qaytarilishi kerak.

Sanoat korxonasini suv bilan ta’minlaganda va tozalangan kanalizatsiya suvlarini ishlatishda, suv sifatini belgilovchi GOST larga amal qilinadi. Agar tozalangan kanalizatsiya suvlari ochiq suv manbalariga tashlab yuboriladigan bo‘lsa, ularning sifati sanitariya me’yor va qoidalariga to‘liq javob berishi kerak.

Sanoat korxonalarining xonalari texnologik jarayon talablariga va tayyorlanadigan mahsulot katta-kichikligiga qarab quriladi. Korxonaning umumiy sexlarida har bir ishchi uchun kamida 15 m3 hajmdagi maydon to‘g‘ri kelishi, bunda minimal maydon 4,5 m2 dan kam bo‘lmasligi va binoning balandligi kamida 3,2 m bo‘lishi sanitariya qoidalarida chegaralab qo‘yilgan.

Har xil sanoat chiqindilari va issiqlik ajralib chiqadigan texnologik jarayonlar bo‘lganda (bunda issiqlik ajralishi 20 kkal m2−1 soatda), shuningdek, titrash manbalari mavjud bo‘lsa, bunday sanoat korxonalari uchun bir qavatli bino qurish sanitar-gigienik nuqtayi nazaridan qulay hisoblanadi.

Agar ko‘p qavatli binolarga joylashgan mashinasozlik sanoati korxonalarida yuqorida ko‘rsatilgan sexlarni eng oxirgi qavatga joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Agar bunday sexlar qavatlar o‘rtasiga joylashtirilsa, zararli chiqindilr va issiqlik boshqa qavatlarga ham o‘tib ketib, ularning zararlash maydonlarini oshirib yuboradi. Zararli moddalar ajratadigan yoki ko‘plab issiqlik chiqaradigan jihozlarni ayrim xonalarda iloji boricha xonaning chekka tomonlariga devorlar yaqiniga o‘rnatiladi. Mashinasozlik sanoatida bunday xonalarga temirchilik sexlari, lak-bo‘yoq ishlarini bajaradigan uchastkalar va detallarga galvanik ishlov berish sexlari joylashgan bo‘ladi.

Har xil sanitar-gigienik sharoitga ega bo‘lgan ishlarni bir xonada joylashtirilganda, ularning zararlovchi omil ta’siri boshqalarga ham ta’sir qilmasligini ta’minlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak. Bunda, masalan, havo dushlari, zararli mashinalarni ajratish, havo to‘siqlari va boshqalardan foydalanilaniladi. Ishlab chiqarish xonalarini erto‘lalarga joylashtirish, texnologik jarayon uchun zarur bo‘lgan ayrim hollardagina yul qo‘yiladi.

Xonalarga tabiiy yorug‘lik tushishi muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham yorug‘lik tushiruvchi deraza va tuynuklarning joylashishiga alohida e’tibor beriladi va bular albatta hisoblab chiqiladi. Tepa tomondan yorug‘lik tushishini ta’minlovchi fonarlar holatiga alohida e’tibor berish zarur. CHunki sanoat korxonalarida zaharli moddalar chiqishini hisobga olib, sanoat korxonasi shamollatish vositalari bilan jihozlanishidan qat’i nazar, uni shamollatishning ma’lum vositalari bilan jihozlash zarur hisoblanadi. Mana shu shamollatish vazifasini yorug‘lik tushirishni ta’minlovchi fonarlar amalga oshiradi. Shuning uchun ham yorug‘lik tuynuklarining 20% i ochiladigan vositalar bilan ta’minlanadi va shamollatish vazifasini bajaradi. YOn tomonga o‘rnatilgan derazalar ham shu vazifani bajaradi.

Binolarning devor va shiftlariga ham alohida e’tibor beriladi. Ular ishchilarni sovuq va zax havodan saqlashi bilan birga zaharli modda va gazlarni shimib olmasligi va bunday moddalarni undan yuvib yuborish oson bo‘lishi kerak. Binolarning tashqi devorlari albatta qiyin yonadigan yoki yonmaydigan qurilish konstruksiyalaridan tayyorlanadi (masalan, g‘isht, beton, temir- beton va metall konstruksiyalar). Ular bundan tashqari issiqlikni saqlash qobiliyatiga ham ega.

Namlik ko‘p bo‘ladigan sanoat korxonalari binolari (masalan, detallarni yuvish, bo‘yash, galvanika uchastkalari) devorlari va shiftlari suv va namlikni o‘tkazmaydigan qilib tayyorlanadi.

Ba’zi bir juda zaharli va emiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan moddalar bilan ish bajaradigan (masalan, simob, qo‘rg‘oshin, mishyak, benzol, kislotalar, oltingugurtli gazlar va boshqalar) xonalarda, bino devorlari, pollari va shiftlari bu moddalarni o‘ziga jamlab yoki shimib olmasligi, oson yuvib tashlash mumkin bo‘lgan materiallar bilan qoplanadi.

Ma’lumki ba’zi bir moddalarning bug‘lari (simob, tetraetil qo‘rg‘oshin va boshqalar) hattoki, uncha katta bo‘lmagan miqdorlarda ham devor va shift yuzalariga o‘tirib qolishi va uzoq muddat undan ajralib chiqib, ishlab chiqarishda band bo‘lgan kishilarning surunkali zaharlanish hodisalari uchraydi. Shuning uchun ham bunday binolarning devorlari nitroemal yoki boshqa turdagi turg‘un bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi.

Masalan, sanoat korxonalari binolarida galvanik ishlarini bajaradigan, simob bilan ishlatiladigan asboblarni ta’mirlashda foydalaniladigan, shuningdek, moy bilan ishlatiladigan qurilmalar yig‘iladigan, akkumulyatorlar zaryadlanadigan xonalarning devorlari 2 m gacha balandlikda sopol plitkalar bilan qoplanadi.

Ba’zi bir ko‘p chang ajralish bilan boradigan ishlar bajariladigan xonalarda (masalan, quymalarni qum oqimi bilan tozalash, shlifovka qilish va boshqalar) chang so‘rish vositalarini o‘rnatish, pol va bino devorlarini suv bilan yuvib tozalash imkonini beradigan qilib bajarish kerak.

Demak, har bir xonani ish bajarish turi, xili va holatiga qarab jihozlanadi va bunda sanitariya qoida va me’yorlariga to‘la amal qilinadi. Sanoat korxonalari xonalari pollariga ham alohida ahamiyat beriladi. Pollar issiq, mustahkam, tarang bo‘lib, ba’zi bir zarbalarga chidash berishi va etarli miqdorda yukni ko‘tara olishi kerak. Undan tashqari sirpanchiq bo‘lmasligi va tozalashga qulay bo‘lishi kerak.

Mexanika va asbobsozlik sexlarida bino pollari issiqlikni saqlovchi materiallardan tayyorlanadi. Agar ba’zi bir sexlarda polga ishqor yoki kislota to‘kilishi xavfi bo‘lsa, bunday sexlarning pollari sopol plitkalar bilan qoplanadi. YOng‘inga xavfli sexlarda pollar yonmaydigan yoki olov ta’siriga chidaydigan materiallardan tayyorlanadi. Shuningdek, kislota va ishqorlar bo‘lgan sexlarda ularni yuvib yuborish imkoniyatini beradigan oqova uchastkalari ta’minlanadi. Ko‘plab yog‘ mahsulotlari to‘kilishi mumkin bo‘lgan xonalarning poli ham sopol plitkalar bilan qoplanadi yoki betondan juda silliq qilib tayyorlanadi. Har qanday sanoat korxonasi xonalari yong‘in bo‘lgan taqdirda odamlarni u erdan chiqarib yuborishning eng qisqa va xavfsiz yullari bilan ta’minlanadi. Shuning uchun sanoat korxonalari har qanday binosida kamida ikkita chiqish yuli bo‘lishi va bular iloji boricha qarama-qarshi tomonga chiqishi kerak. Korxonaning hamma eshik va darvozalari albatta tashqariga ochilishi kerak. Har bir sanoat korxonasi uchun eng uzoq ish joyidan tashqariga chiqishgacha bo‘lgan vaqt muddati belgilanadi.

Ishchilarni ish joylaridan tashqariga chiqarib yuborish vaqti 3 minutdan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Sanoat korxonalarini suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimlari uni faqatgina ichimlik suv bilangina emas, balki sanoat maqsadlari uchun, shuningdek, yong‘inga qarshi kurash vositasi sifatida ham qarash kerak.

SHuning uchun sanoat korxonalarida ishlatiladigan suvning sifatini belgilash, ichimlik va xo‘jalik ehtiyojlari uchun ayrim yaxshi tozalangan sifatli suvlarni ishlatish, sanoat maqsadlari uchun va yong‘inga qarshi kurash vositasi sifatida birlamchi ishlatilgandan keyin, ya’ni ichimlik va xo‘jalik maqsadida qo‘lanilgan suvni qayta tozalagandan keyingi suvlar-texnik suv sifatida ishlatilishi mumkin. Bunda biz, birinchidan, hozirgi zamonda tanqisligi sezilaboshlagan chuchuk suvni tejasak, ikkinchidan, oqava suvlarini suv havzalariga tashlab ularni ifloslantirmaslik, shu bilan tabiat tozaligini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

Demak, har bir sanoat korxonasi uchun suv manbalarini tanlash va ularni suvni ifloslanishiga yul qo‘ymaslik asosida chiqarilgan hujjatlarga asoslanib, foydalaniladi. Bunda asosan sanitariya qoida va me’yorlari bo‘yicha berilgan sifat ko‘rsatgichlari va suv tarkibidagi zararli moddalarning chegara miqdorlari belgilangan bo‘ladi. Suv havzalaridan olingan suvlar albatta toza bo‘ladi va shuning uchun ehtiyoj sifatida foydalanish mumkin. Har bir sanoat korxonasi uchun zarur bo‘lgan suv miqdori, uning texnologiyasi va ishlab chiqarish quvvatiga bog‘liq bo‘ladi.

Me’yoriy hujjatlarda xo‘jalik maqsadlari va ichimlik suvlari sifatida ishlatiladigan suv me’yorlari keltirilgan. Sanoat va xo‘jalik maqsadlarida ishlatib bo‘lingan suvlarni kanalizatsiya tizimi orqali yig‘iladi. Kanalizatsiya umumiy ishlatilib bo‘lingan suvlarni yig‘uvchi tarmoqlarga, er osti trubalari, kanallari, kuzatish quduqlari, nasos stansiyalari, bosimli yoki oqava kollektorlar, tozalash qurilmalari, zararsizlantirish va yig‘ish qurilmalariga ega bo‘ladi. Yig‘ish qurilmalarida yig‘ilgan tozalangan suv texnik maqsadlar va yong‘inga qarshi kurash suvi sifatida ikkinchi marta sanoat korxonasiga qaytariladi.

Sanoat korxonalarida foydalaniladigan kanalizatsiya tizimlari atrof-muhitdan butunlay ajratilgan bo‘lishi kerak. Kanalizatsiya quvurlaridan suvni erga-tuproqqa o‘tib shimilishiga mutlaqo ruxsat berilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish qonuniga asosan sanoat korxonasidan oqib chiqadigan har qanday suv tozalanmasdan suv havzalariga qo‘shib yuborilishi mutlaqo taqiqlanadi. Ularni albatta zararli moddalardan va iflosliklardan tozalash talab qilinadi. Bu shartlarni bajarishda tozalashning kimyoviy, mexanik va biologik usullaridan foydalaniladi.

Tozalangan suv tarkibi va sifati, uni tozalash usullari va tozalash qurilmalari turlari QMQ 2. 04. 05 - 97 talablariga javob berishi kerak.

Sanoat korxonalarining yordamchi bino va yordamchi xonalari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: sanitar-maishiy xonalari; umumiy ovqatlanish joylari; sog‘liqni saqlash bo‘limlari; maishiy xizmat qilish, konstruktorlik xizmatlari; o‘quv xonalari (agar kechki yoshlar bilim yurtlari bo‘lsa); jamoat tashkilotlari joylashgan joylar va boshqalar.

Bularni me’yoriy hujjatlarga asoslangan holda sanoat korxonasi yoniga qurilgan binolarda tashkil qilish tavsiya qilinadi.

YOrdamchi bino va xonalarni sanoat korxonalari asosiy binolari tarkibiga kiritish ham mumkin. Lekin bu hollarda sanitar-maishiy va boshqa xonalarning holatiga sanoat zararliklari ta’sirida sanitar-gigienik sharoitni yomonlashtirishni oldini olgan taqdirdagina ruxsat etiladi. Bunday xonalar odatda tozalikka e’tibor berilib, yaxshi jihozlangan, devor, shift, pol kabi qurilish echimlari yaxshilab pardozlangan va qoniqarli holatda saqlash imkoniyatini berishi kerak.

Har qanday yordamchi bino eng kamida ikkita yong‘in vaqtida odamlarni chiqarib yuborish imkoniyatini beradigan eshik yoki darvoza bilan jihozlangan bo‘lishi va bu vositalar iloji boricha qarama-qarshi tomonga o‘rnatilishi kerak. YOrdamchi xonalarning ichki hajm birliklarini belgilaganda quyidagi ma’lumotlarga asoslaniladi. Har bir qavatning balandligi uning yuzasi 300 m2 gacha bo‘lsa, 3,3 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Shu qavatda joylashtirilgan xona balandligi 2,4 m dan kam bo‘lmasligi kerak.

Agar shu qavatga ovqatlanish, yig‘ilish zallari joylashtirilib maydoni 300 m2 gacha, umumiy qavatning 60% qismidan ko‘prog‘ini egallasa, uning balandligi 3,6-4,2 m qilib belgilanadi.

Ayrim xonalarning balandligi ularda bajariladigan ish turiga binoan belgilanadi. Ma’muriy binolarning qurilishiga qo‘yiladigan talablar ularni zavod hududining chekkarog‘ida bir necha qavatli qilib qurish imkoniyatini beradi. Agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, sexlar yonida bo‘sh qolgan maydonlarga qurish mumkin.

Ma’muriy binolarga kunning yorug‘ vaqtlarida tabiiy yorug‘likning iloji boricha ko‘proq vaqt ta’minlanishini ko‘zda tutish kerak. CHunki bu binolarda joylashtirilgan dam olish, tibbiyot xizmati ko‘rsatish, ayollar uchun bola emizish, o‘quv va maishiy dam olish xonalari joylashtirilgan bo‘ladi.

Sanitar-maishiy xonalar qatoriga garderoblar, dush xonalari, hojatxonalar, yuvinish xonalari, ish kiyimlarini zararsizlantirish, ish kiyimlarini quritib, changdan tozalash, ayollar shaxsiy gigienasi uchun mo‘ljallangan xonalar, shuningdek, ayollarga bola emizish uchun mo‘ljallangan xonalar kiradi. Shuningdek, sanoat korxonasi hududida mehnat qilayotganlar uchun qish kunlari isinish xonalari tashkil etiladi. Bu xonalar sanoat korxonasi yoniga joylashtirilgan yordamchi binolarda bo‘lsa ham, albatta isitilishi, agar ayrim joylashgan binoda bo‘lsa, asosiy ish joyiga olish yullari bilan ta’minlangan va bu o‘tish joylari isitiladigan bo‘lishi kerak. Maishiy xonalar, albatta tabiiy yorug‘lik yordamida yoritilishi va o‘tish joylarida tabiiy yorug‘lik tushishi ta’minlanishi va umuman tabiiy va sun’iy shamollatish vositalariga ega bo‘lishi kerak.

Garderob xonalarda, hojatxonalarda, shuningdek, dush va yuvinish xonalarida suv bilan yuvib tozalash imkoniyatini beradigan plitkalar yotqizilgan pol bo‘lishi tavsiya etiladi. Ayollar shaxsiy gigiena xonalari ham shunday qilingani ma’qul. Ularni rangli yoki ochiq rangli plitkalar bilan jihozlash yaxshi natija beradi. Devorlar 1,8 m balandlikda oq rangli plitkalar bilan jihozlash, ularni suv bilan (shuningdek, issiq suv bilan ham) yuvib tozalash imkoniyatini beradi. SHiftlarni yog‘och materiallar, ba’zi hollarda plastmassa materiallar bilan jihozlanadi. Bu esa shiftdan suv tomchilari to‘tishini oldini oladi. SHiftlar, odatda, moyli bo‘yoqlar bilan ochiq rang beradigan qilib bo‘yaladi.

Ish va uy kiyimlarini saqlash uchun garderoblar, hojatxonalar, yuvinish va dush xonalari erkak va ayollar uchun ayrim holatda tashkil etiladi.

Garderoblar asosan ish kiyimlari, uy kiyimlari, kishilik va maxsus kiyim-boshlar uchun mo‘ljallanadi. Garderoblarda kiyimlar yopiq holatda (qo‘llash asosida) yoki ochiq holatda, ya’ni kiyimlar maxsus ilgichlar yordamida osib qo‘yilgan holda saqlanishi mumkin.

Garderoblar hamma sanoat korxonalarida o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tartibi joriy qilingan.

Har xil kiyimlarni saqlash uchun turlicha shkaflar tashkil qilingan. Bunda asosan har tomonlama berk, faqat oldi tomoni, yoki butunlay ochiq, yoki qulfsiz eshikchali, yoki qulfli eshikchalar o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Bunday shkaflarning bo‘yi 165 sm, chuqurligi 30 sm va eni 25-40 sm atrofida tashkil etish tavsiya etiladi. Bunday shkaflarning soni ishchilar soniga teng bo‘lishi kerak. Agar yopilmaydigan uzun, bo‘linmagan garderoblar tashkil qilingan bo‘lsa, bunda ularga ilinishi kerak bo‘lgan ish kiyimlar soniga qarab belgilanadi. Bunda har bir metr masofaga 6-8 ilgich joylashadi deb hisoblanadi.

Dush xonalari garderoblar joylashgan joyga yonma-yon joylashtirish kerak. Dush xonalarini tashqi devorga taqab qurishga ruxsat berilmaydi. Ochiq dush xonalari 0,9 x 0,9 m, bekiladiganlari esa 1,8 x 0,9 m bo‘lishi kerak. Dush xonalari dush setkalari va sovun qo‘yish tokchalari, suv ta’sir qilmaydigan pardalar bilan ta’minlanadi. Dush xonalari oldida maxsus kiyim almashtirish joylari tashkil qilish kerak.

Hojatxonalar boshqa sanitar-maishiy xonalardan farqli o‘laroq, sex joylashgan binoning o‘zida joylashtirishga ruxsat etiladi.

Ular ish joylaridan 75 m dan uzoq bo‘lmasligi kerak. Agar hojatxona sanoat korxonasi hududida joylashgan bo‘lsa, umumiy ish joylaridan 150 m dan uzoq bo‘lmasligi kerak. Agar sanoat korxonasi ko‘p qavatli binolardan tashkil topgan bo‘lsa, hojatxonalar har qavatda bo‘lishi kerak. Hojatxonalardagi xonalar soni ishchilar soniga qarab belgilanadi. Bunda 15 ishchiga bir xona tartibida joylashtiriladi.

YUvinish xonalarini kishilik kiyim garderoblari joylashgan xonalarga yondash qilib ta’minlash kerak. Umuman ba’zi bir bajariladigan ishlarning tavsifiga qarab, yuvinish joylarini ish joylari yaqinida tashkil etishga ruxsat etiladi.

Umumiy yuvinish joylariga o‘rnatilgan kranlar soni ishchilar soniga qarab, ya’ni erkaklar uchun 3-15 kishiga, ayollar uchun 3 kishiga bir kran hisobida ta’minlanadi.


 Talabalarni bilimini tekshirish uchun savollar:

  1. Farmatsevtik korxonalarni qurishda konstruksion materiallar qanday talablarga javob berishi kerak.

  2. Korxonalarni qurish va loyixalashda asosan nimalarni e’tiborga olinadi.

  3. Asosiy va yordamchi xonalar to‘g‘risida tushuncha.

  4. Korxonalarni qurishda yoritilganlik, mikroiqlim, ventilyasion qurilmalar, yong‘in xavfsizligini e’tiborga olgan xolda loyixalash.

  5. Sanitar muxofaza oralig‘iga qo‘yilgan talablar.

  6. Sanoat korxonalarida yoritilganlik, shamollatish talablarini e’tiborga olib loyixalash talablari.

  7. Sanoat korxonalarini suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimlari.


MAVZU BO‘YICHA TEST SAVOLLARI

1. Ishchi xona xavosi tarkibida zaxarli gaz va changlarni miqdorini nazorat tizimini oshirish uchun chora tabirlar nimalardan iborat.

a) YQOD aniqlovchi datchiklar sistemasini o‘rnatish

b) ventilyasion qurilmalardan foydalanish

v) texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish

g) zaxarli moddalar eng ko‘p ajraladigan erlarda maxsus o‘lchov ishlarini olib borish

2. Atrof muxitni ifloslanishini oldini olish uchun chora tadbirlar

a) gazsimon chiqindilar va suyuq oqovalarda zararli moddalar konsentratsiyasini nazorati va zararsizlantirish

b) ventilyasion qurilmalardan foydalanish

v) texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish

g) barcha javoblar to‘g‘ri

3. Korxona konstruksiyalari qanday talablarga javob berishi kerak.

a) qurilish norma va qoidalari talablariga javob berishi kerak

b) yong‘in xavfsizligi talablariga mos, issiqlik izolyasiya, shovqin izolyasiya, vibroizolyasiya, elektrik barqarorlik talablariga javob berishi kerak

v) mustaxkam bo‘lishi kerak, kimyoviy inert, tozalash uchun qulay bo‘lishi kerak.

g) barcha javoblar to‘g‘ri

4. Favqulodda xodisalar vaqtida ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar

a) qurilish norma va qoidalari talablariga javob berishi kerak

b) yong‘in xavfsizligi talablariga mos bo‘lish

v) mustaxkam bo‘lishi kerak, kimyoviy inert bo‘lishi kerak.

g) yong‘in yoki avariyaviy xolat vujudga kelganda evakuatsiya yo‘llarini oldindan belgilash

5. Qurilish konstruksiyalari qanday talablarga javob berishi kerak.

a) funksionalligi va ta’mirlashga nisbatan moyilligi

b) uzoq muddat ishlatilishini ta’minlash

v) tozalanishga bo‘lgan xossalari.

g) barcha javoblar to‘g‘ri

6. Sanitariya ximoya zonalari deb qanday zonalariga aytiladi?

a) zaxarli moddalar ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan sanoat korxonalarida bo‘lishi kerak bo‘ladigan zona

b) barcha sanitariya gigiena talablariga javob beruvchi zona

v) sanoat korxonalaridan axoli yashaydigan uy-joygacha bo‘lgan zonalar

g) barcha javoblar to‘g‘ri

7. Saqlash xonalarini loyixalash va uskunalarini joylashtirishda qanday talablar e’tiborga olinishi kerak.

a) texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi talablariga javob berishi kerak

b) barcha sanitariya gigiena talablariga javob beruvchi zona

v) xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va zamonaviy vositalari bilan jixozlash

g) barcha javoblar to‘g‘ri

8. Farmatsevtika sanoati uchun xonalarni tozalik darajasi bo‘yicha necha turga bo‘linadi

a) 4


b) 2

v) 5


g) 3

9. Silkinish bilan ishlaydigan asbob uskunalarni binoda joylash-tirilishi xolati.

a) izolyasiya qilingan xolda qo‘shimcha binolarga

b) asosan binoning birinchi qavatlariga

v) vibroizolyasiya va balansirovka qilingan xonalarda

g) tashkiliy texnik tadbirlarni inobatga olgan xolda binoning yuqori qavatlariga joylashtriladi

10. Sanitar ximoya zonasi xududi qanday maqsadlarda foydalaniladi.

a) uning chegarasida talabga javob beruvchi gigienik me’yorlar darajasida ta’sir darajasini kamaytirish;

b) korxona xududi va axoli yashash joyi xududlari orasida sanitar ximoya to‘sig‘ini xosil qilish uchun;

v) atmosfera xavosini ifloslantiruvchilarni ta’siri va mikroiqlimni mo‘‘tadillashtirishni oshirish uchun qo‘shimcha ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlarni tashkil qilish.

g) barcha javoblar to‘g‘ri
MASHG‘ULOT № 15

MAVZU: FARMATSEVTIK KORXONALARDA FUQAROLAR MUDOFAASI
Mavzuda qo‘llanilgan tayanch iboralar; Xavf-xatar, favqulodda vaziyat, epidemiya, epizootiya, epifitotiya, geologik xodisa, tabiiy favqulodda vaziyat, ekologiya, avariya, sel, qor ko‘chkisi, suv toshqini, zilzila, ko‘chki, qurg‘oqchilik, yong‘in, gidrotexnika inshootlarida avariya, atmosfera, antropogen faoliyat.

Mashg‘ulot maqsadi: Fuqaro muxofazasi xaqida umumiy tushunchalar. Favqulodda vaziyatlar-FV uning sababchi omillari va xususiyatlari, tasnifi to‘g‘risida tushuncha berish. Fuqarolarning muxofazasi soxasidagi xuquq va majburiyatlari. Talabalarni respublikamiz aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari, favqulodda vaziyatlar davlat tizimi-FVDT, tadbirlari bilan tanishtirish.

Seminar mashg‘ulotini yoritishda “Breyn ring” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi.

O‘qituvchi guruxni teng ikkiga bo‘lib, xar ikki jamoaga xam savol bilan murojaat qiladi.



1-jamoa

2-jamoa

1. Tabiiy tusdagi FV qanday turlari bor?

2.Ularning kelib chiqish

sabablarini aniqlang.

3. Tabiiy FV oqibatlarini izohlang.




1.Aholi va hududlarni FV lardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari,

2.O‘zR FVlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning maqsad vazifalari.

3.Respublikamizda uchraydigan FV turlari va ularning umumiy tasnifi

Mavzuning ahamiyati. Bizga ma’lumki, xar bir mustaqil davlat o‘zining mudofaa qudratiga ega. Mudofaa siyosatini qay tarzda amalga oshirish imkoniyatlari o‘sha davlatning qudratini belgilaydi. CHunki xar bir davlat moddiy boyliklarini, texnikalarini, xarbiy axamiyatga molik bo‘lgan inshootlarini, xalqni ximoya qilishda, saqlashda yangi turdagi omillarni yaratadi va ishlab chiqadi. Shu tariqa davlatlarda yangi-yangi qurollar yaratildiki, bular nafakat insoniyatga, balki butun jonli tabiatga, atrof muxitga juda katta ziyon etkazadi.

Fuqarolar muxofazasi - umumdavlat mudofaa siyosatlaridan biri bo‘lib, u xar qanday favqulodda xolatlardan fuqarolarni, xalq xo‘jaligi tarmoq-larini muxofaza qilishda, ularning muttasil ishlashini ta’minlashda xamda qutqarish va tiklash ishlarini bajarishda katta axamiyat kasb etadi. Albatta, fuqarolar mudofaasi oldiga qo‘yilgan yuqoridagi ishlar 1945 yildan to 1990 yilgacha davom etib keldi, lekin shu davrgacha yuqoridagi ishlarni bajarish uchun extiyojlar bo‘lmadi. Afsuski bu davrlarda (tinchlik davrlarida) tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari, turli xil xalokatlar yuz berdiki, xalqimiz, xalq xo‘jaligimiz bundan jiddiy zararlandi. Bunday xolatlarda biz bir-birimizga yordam berishga tayyor emas edik. Mustaqillik davridagina favqulotda xolatlarda fuqarolar muxofazasi tomonidan etarli ijobiy ishlar qilina boshlandi.

FVV ning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishi asosan: favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, fuqarolar xayoti va salomatligini muxofaza qilish, favqulodda vaziyatlar yuz berganda ularning oqibatlarini tugatish xamda zararini kamaytirish soxasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, favqulotda vaziyatlarning oldini olish va bunday xollardagi xarakatlarni boshqarishni Davlat tizimi FVDT ni tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash, vazirliklar idoralar, maxalliy davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va xokazolarga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVDT O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 11 dekabrdagi farmoniga asosan bosh vazir tomonidan boshqariladi. Xozirgi kunda FVDT ning respublika, maxalliy va ob’ekt bosqichidan iborat 14 dan xududiy va 40 tadan ortiq funksional quyi tizimdan iborat bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularda xarakat qilish davlat tizimi o‘z faoliyatini ko‘rsatmoqda. Bu tizim yagona konsepsiyani belgilash, bashoratlash, taxliliy ishlar, turli dasturlar yaratish va ularni amalga oshirish, fuqaro muxofazasi kuch va vositalarining doimiy tayyorgarligini ta’minlash, falokatlar, xalokatlar tabiiy ofatlarni bartaraf qilish xamda xalqaro xamkorlik borasida olib borilayotgan ishlar o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.

SHunday qilib, fuqarolar muxofazasi xar qanday favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni moddiy resurslarni muxofaza qilish, fuqarolarni qanday xatti-xarakat etishi, ularga qanday chora tadbirlar bilan yordam berilishi, shikastlangan zonalarda qutqaruv va tiklov ishlarini olib borish, ishlab chiqarish tarmoqlarini muttasil ishlashini ta’minlash vazifalarini bajaradi. Zero, er yuzida umumiy qirg‘in qurollari, xujumkor qurollarning zamonaviy turlari mavjud ekan, shu bilan birga tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bo‘lishligi muqarrar bo‘lganligidan xar bir davlatda va uning xar bir xududlarida fuqarolar muxofazasi davlat tizimi tashkil etiladi va uning vazifalari aniq belgilanadi.

Favqulodda vaziyatlar uning sababchi omillari va xususiyatlari. Favqulodda vaziyat (FV) - ma’lum xududda yuz bergan falokat, xalokat va boshqa turdagi ofatlar natijasida kishilarning o‘limiga, salomatligiga, tevarak atrofidagi tabiiy muxitga sezilarli moddiy zarar etkazuvchi, odamlarni turmush sharoitini buzilishiga olib keladigan xolatdir.

Favqulodda vaziyatlar xavfning tarqalish tezliliga ko‘ra, quyidagi guruxlarga bo‘linadi:

a) tasodifiy FV- er silkinishi, portlash, transport vositalardagi avariyalar va boshqalar;

b) shiddatli FV- yong‘inlar, zaxarli gazlar otilib chiquvchi portlashlar va boshqalar;

v) mo‘tadil (o‘rtacha) FV - suv toshqinlari, vulqonlarning otilib chiqishi, radioaktiv moddalar oqib chiquvchi avariyalar va boshqalar;

g) ravon FV- sekin-asta tarqaluvchi xavflar: qurg‘oqchilik, epidemiyalar-ning tarqalishi, tuproqning ifloslanishi, suvni kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va boshqalar.

Favqulodda vaziyatlar yana tarqalish miqyosiga (shikastlanganlar soniga xamda moddiy yo‘qotishlar miqdoriga qarab) ko‘ra 4 guruxga bo‘linadi:


  1. Lokal (bir ob’ekt miqyosidagi) FV;

  2. Maxalliy FV;

  3. Respublika (milliy) FV;

  4. Transchegaraviy (global) FV.

Lokal favkulodda vaziyat- biror ob’ektga taaluqli bo‘lib, uning miqyosi o‘sha ob’ekt xududi bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq bo‘lmagan odam jabrlangan yoki 100 dan ortiq bo‘lmagan odamning xayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favkulodda vaziyat paydo bo‘lgan kundan eng kam oylik ish xaqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorni tashkil etgan xisoblanadi.

Maxalliy tavsifdagi favqulodda vaziyat-axoli yashaydigan xudud (axoli punkti, shaxar, tuman, viloyat) bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq biroq 500 dan kam bo‘lmagan odamning xayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo‘lgan kundan eng kam oylik ish xaqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 mln. baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorni tashkil etgan xisoblanadi.

Respublika (milliy) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilganda- favqulodda vaziyat natijasida 500 dan ortiq odamning xayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo‘lgan kundan eng kam oylik ish xaqi miqdorining 0,5 mln. baravaridan ortig‘ini tashkil etadigan, xamda FV mintaqasi viloyat chegarasidan tashqariga chiqadigan, respublika miqyosida tarqalishi mumkin bo‘lgan FV tushuniladi.

Transchegaraviy (global) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilganda esa, oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan FV chet elda yuz bergan va O‘zbekiston xududiga daxldor xolat tushuniladi.

Favqulodda vaziyatlar tavsifiga ko‘ra (sababi va kelib chiqish manbaiga ko‘ra):



1.Tabiiy tusdagi FV;

2.Texnogen tusdagi FV;

Z.Ekologik tusdagi FV larga bo‘linadi.

Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga 3 xil turdagi xavfli xodisalar kiradi:



  1. geologik xavfli xodisalar: zilzilalar, er ko‘chishlari, tog‘ o‘pirilishlari va boshqa xavfli geologik xodisalar;

  2. gidrometeorologik xavfli xodisalar: suv toshqinlari, sellar, qor ko‘chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa xavfli gidrometeorologik xodisalar;

Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar: aloxida xavfli infeksiyalar (o‘lat, vabo, sarg‘ayma, isitma), yuqumli kasalliklar, Bril kasalligi, quturish, virusli infeksiyalar-SPID;

Epidemiya-odamlarning gurux bo‘lib yuqumli kasallanishi, ularning zaxarlanishi (zaxarli moddalar bilan xamda oziq-ovqatdan ommaviy zaxarlanish); epizootiya-xayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bo‘lishi; Epifitotiya esa o‘simliklarni ommaviy nobud bo‘lishidir.

Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarga 7 xil turdagi vaziyatlar kiradi;

1)Transportlardagi avariyalar va xalokatlar-ekipaj a’zolari va yulovchi-larning o‘limiga, xavo kemalarining to‘liq parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga xamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan aviaxalokatlar;



Portlashlarga, yong‘inlarga, transport vositalarining parchalanishiga, tashilayotgan KTZM larning zararli xossalari namoyon bo‘lishiga va odamlar o‘limi (jaroxatlanishi, zaxarlanishi)ga sabab bo‘ladigan avtomobil transportining xalokati va avariyalari, shu jumladan, yo‘l-transport xodisalari;

Gaz, neft maxsulotlarining otilib chiqishiga, ochiq neft va gaz favvoralarining yonib ketishiga sabab bo‘ladigan magistral quvurlardagi avariyalar.

2)Kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar:

Tevarak-atrof tabiiy muxitga ta’sir kiluvchi zaxarli moddalarning (avariya xolatida) odamlar, xayvonlar va o‘simliklarning ko‘plab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan taqdirda, yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy konsentratsiyalardan ancha ortiq miqdorda sanitariya-ximoya xududidan chetga chiqishga sabab bo‘ladigan kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar, yong‘in va portlashlar.

3)YOng‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan ob’ektlardagi avariyalar boshqa yong‘in uchun xavfli moddalar va materiallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan ob’ektlardagi odamlarning mexanik va termik shikastla-nishlariga, zaxarlanishlariga va o‘limga, ishlab chiqarish zaxiralarining nobud bo‘lishiga, favqulodda vaziyatlar xududlarida ishlab chiqarish maromining va odamlar xayot-faoliyatining buzilishiga olib keladigan yong‘inlar va portlashlar.

4)Energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar:

Sanoat va qishlok xo‘jaligi maxsulotlari iste’molchilarining avariya tufayli energiya ta’minotisiz qolishiga hamda axoli xayot faoliyatining buzilishiga olib keladigan GES, GRES, IES lardagi, tuman issiqlik markazlaridagi elektr tarmoqlaridagi bug‘-qozon qurilmalaridagi, kompressor, gaz taqsimlash shaxobchalaridagi avariyalar.

5)Bino va inshootlarning birdan qulab tushishi bilan bog‘liq avariyalar: Odamlar o‘limi bilan bog‘liq bo‘lgan va zudlik bilan avariya-qutqaruv o‘tkazilishini hamda zarar ko‘rganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishini talab qiladigan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy yo‘nalishdagi ob’ektlar, shuningdek, uy-joy sektori binolari konstruksiyasining to‘satdan buzilishi, yong‘inlar, gaz portlashi va boshqa xodisalar.

6)Radioaktiv va boshqa xavfli xamda ekologik jixatdan zararli moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog‘liq avariyalar:

sanitariya-ximoya xududi tashqariga chiqarib tashlanishi natijasida paydo bo‘ladigan yuqori darajadagi radioaktivlik odamlarning yo‘l qo‘yiladigan ko‘p miqdorda nurlanishini keltirib chiqaradigan texnologik jarayonda radioaktiv moddalardan foydalanadigan ob’ektlardagi avariyalar; radioizotop buyumlarni yo‘qotilishi; biologik vositalarni va ulardan olinadigan preparatlarni tayyorlash, saqlash va tashishni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarda biologik vositalarning atrof-muxitga chiqib ketishi va yo‘qotilishi bilan bog‘liq vaziyatlar.

7)Gidrotexnik inshootlardagi xalokatlar va avariyalar. Suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, tog‘ yo‘llaridan suv urib ketishi natijasida vujudga keladigan xamda suv bosgan xududlarda odamlar o‘limiga, sanoat va qishlok xo‘jaligi ob’ektlari ishining, axoli xayot faoliyatining buzilishiga olib keladigan va shoshilinch ko‘chirish tadbirlarini talab qiladigan xalokatli suv bosishlari.

Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar. Ekologik tusdagi FV lar asosan 4 xil bo‘ladi:

1)Quruqlik (tuproq, er osti) ning xolati o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar: xalokatli ko‘chkilar-foydali qazilmalarni qazish chog‘ida er ostiga ishlov berilishi va insonning boshqa faoliyati natijasida er yuzasining o‘pirilishi, siljishi. Tuproq va er sanoati tufayli kelib chiqadigan toksikantlar bilan ifloslanishi, og‘ir metallar, neft maxsulotlari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida odamlarning sog‘lig‘i uchun xavf soluvchi konsentratsiyalarda qo‘llaniladigan pestitsidlar va boshqa zaxarli ximikatlar mavjudligi.

2)Atmosfera (xavo muxit) tarkibi va xossalari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlar: Xavo muxitining quyidagi ingridientlar bilan ekstremal yuqori ifloslanishi:

-oltingugurt oksid, azotli oksid, dioksid, qurum, chang va odamlar sog‘lig‘iga xavf soluvchi konsentratsiyalarda antropogen tusdagi boshqa zararli moddalar;

-keng ko‘lamda kislotali xududlar xosil bo‘lishi va ko‘p miqdorda kislota chiqindilari yog‘ilishi;

-radiatsiyaning yuqori darajasi.

3) Biosfera holatining o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar. Biosfera tarkibining o‘zgarishi: hayvonot va o‘simliklar dunyosi ayrim turlarining yo‘qolib ketishi; yirik hududlardagi o‘simliklarning nobud bo‘lishi; tabiatda ko‘payish darajasining pasayib ketishi kabi turlarga bo‘lib o‘rganiladi.

4) Gidrosfera xolatining o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar:

Er yuzasi va er osti suvlarining sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi oqavalari;

Neft maxsulotlari, odamlarning zaxarlanishiga olib kelgan, tarkibida og‘ir metallar, xar xil zaxarli ximikatlar mavjud chiqindilar va boshqa zararli moddalar bilan ekstremal yuqori darajada ifloslanishi;

Suv manbalari va suv olish joylarining zararli moddalar bilan ifloslanishi, binolar muxandislik kommunikatsiyalar va uy-joylarining emirilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan sizot suvlar miqdorining ortishi.

Xozirgi vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkiloti-BMT bo‘yicha favqulodda vaziyatlarning tavsifiga yana qo‘shimcha qilib: a) ijtimoiy-siyosiy tavsifdagi FV; b) xarbiy tavfsivdagi FV ni kiritish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga ko‘ra bizning mintaqada 7 xil FV turlari tasdiqlangan:

1.3ilzilalar, er surilishi;

2.Sel,suv toshqinlari va boshqalar;

Z.Kimyoviy xavfli ob’ektlarda avariya va falokatlar (o‘tkir zaxarli moddalarning ajralib chiqishi);

4.Portlash va yong‘in xavfi mavjud ob’ektlardagi avariya va falokatlar;

5.Temir yo‘l va boshqa transport vositalarida tashish paytidagi avariya va falokatlar;

Xavfli epidemiyalarning tarqalishi;

Radioaktiv manbalaridagi avariyalar.

Favqulodda vaziyatning tasnifi. Xar qanday favqulodda vaziyatlar 8 ta ko‘rsatkich bo‘yicha aniqlanadi:

1.Favqulodda vaziyatning nomlanishi (FV ning ta’rifi);

2.FVning moxiyati (mazmuni)

Z.FVning sabablari;

4.FVning shikastlovchi omillari;

5.FV da qaltislikni oshiruvchi omillar.

6.FV ni oldindan bilish mumkinligi (monitoring, bashorat, ogoxlantirish, yumshatish);

7.FV ni bartaraf qilish (falokatdan qutqarish va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni bajarish);

8.Moddiy zararni aniqlash (bevosita va bilvosita).

FV oqibatlari turli-tuman bo‘ladi. Ular FV turiga, tusiga va tarqalish miqyosiga (masshtabiga) bog‘liqdir.FV oqibatining asosiy turlari: o‘lim, odamlarni kasallanishi, inshootlarning buzilishi, radioaktiv ifloslanishlar, kimyoviy va bakterial zaxarlanishlar. FV ning ko‘pgina xolatlarida boshqa zararli omillar bilan birga ruxiy jaroxatlovchi xolatlar xam mavjud bo‘ladi. Bu ta’sirning xavfli eri shundaki bu ruxiy xolat fakatgina shu ta’sir xududidagina emas, undan chiqqandan keyin xam davom etishi mumkin.

FV ning zararli va xavfli omillari ta’siri ostida joylashgan axoli, xayvonlar, inshootlar, moddiy resurslarning barchasi «SHikastlanish o‘chog‘i» deyiladi. Oddiy (bir turli) shikastlanish o‘chog‘i deb, faqat bir shikastlovchi omil ta’sirida xosil bo‘ladigan o‘choq tushiniladi. Masalan, portlash, yong‘in natijasida buzilish, kimyoviy zaxarlanish kuzatiladi. Murakkab omillar ta’sirida (ko‘p turli) shikastlanish o‘chog‘i deganda bir necha shikastlovchi omillar ta’sirida yuzaga kelishi tushuniladi. Masalan, kimyo korxonasidagi portlashlar, binolarning buzilishiga, yong‘in, kimyoviy zaxarlanish kabi oqibatlarga, er silkinishi, kuchli bo‘ron inshootlarning buzilishidan tashqari, suv toshqini, yog‘inlar, elektr tarmoqlarini ishdan chiqishi, zaxarli gazlarni chiqib ketishi va boshqa talofatlarga olib kelishi mumkin.

FV lar quyidagilar natijasida paydo bo‘ladi:

1.Og‘irlik kuchlari, er aylanishi yoki xaroratlar farqi ta’siri ostida paydo bo‘ladigan, tez kechadigan jarayonlar;

2.Konstruksiyalar yoki inshootlar materiallarini zanglashiga yoki chirishiga, fizik-mexanik ko‘rsatkichlarning pasayishiga olib keladigan tashqi tabiiy omillar ta’siri;

3. Inshootlarning loyixa ishlab chiqarish nuqsonlari (qidiruv va loyixa ishlaridagi xatolar, konstruksiyalar sifatini pastligi, qurish va sozlash ishlarida texnika xivfsizligiga rioya qilmaslik va xokazolar);

4.Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning inshoot materiallariga ta’siri (me’yoridan ortiq kuchlanishlar, yuqori xarorat, titrashlar, kislota va ishqorlar ta’siri, gaz-bug‘, mineral moylar, emulsiyalar ta’siri).

5.Sanoat ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining va inshootlarni ekspluatatsiya qilish qoidalarining buzilishi (bug‘ qozonlarining, kimyoviy moddalarning, ko‘mir konlarida metan gazining portlashi va xokazo);

b.Turli ko‘rinishlardagi xarbiy faoliyatlar:

Fuqarolarning muxofazasi soxasidagi xuquq va majburiyatlari.

Ma’lumki, fuqaro mudofaasi umumxalq mudofaa ishlaridan biri xisoblanadi. Xamma fuqarolarning fuqaro muxofazasi masalalarini xal qilishda faol ishtirok etishlari taqozo etiladi. Shuning uchun xam fuqarolarning fuqaro muxofazasi soxasidagi xuquqlari va burchlari O‘zbekiston Respublikasining «Fuqaro muxofazasi to‘g‘risida» gi (2000 y.) qonunining 13 va 14 moddalarida aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Fuqarolarning fuqaro muxofazasi soxasidagi xuquqlari quyidagilardan iborat:

a) o‘z xayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki xarbiy xarakatlardan muxofazalanishi;

b) umumiy va yakka muxofazalanish vositalaridan tekin foydalanish;

v) xarbiy xarakatlar kechayotgan joylarda o‘zlari yo‘liqishlari mumkin bo‘l-gan xavf darajasi va zarur xavfsizlik choralari to‘g‘risida axborot olish;

g) xarbiy xarakatlardan jabrlanganlarga ularning xayot-faoliyatini ta’minlash uchun sharoitlar yaratiladi, tibbiy, moddiy-moliyaviy va boshqa xil yordam ko‘rsatiladi.

Fuqarolarning fuqaro muxofazasi soxasidagi majburiyatlari quyidagilardan iborat:

a) fuqaro muxofazasi soxasidagi barcha qonun xujjatlariga rioya qilishlari;

b) fuqaro muxofazasi tadbirlarini bajarishda ishtirok etishlari va tegishli tayyorgarliqdan o‘tishlari;

v) fuqaro muxofazasi signallarini, umumiy va yakka muxofazalanish vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishlari;

g) jabrlanganlarga dastlabki tibbiy va boshqa xil yordam ko‘rsatishni bilishlari;

d) Davlat organlariga, shuningdek, tashkilotlarga fuqaro muxofazasi soxasidagi vazifalarni xal etishda ko‘maklashishlari;

s) fuqarolar muxofazasi ob’ektlari va mol-mulkini asray bilishlari shart. YUqoridagi majburiyatlarni to‘liq bajarilishi, fuqarolar muxofazasi tizimining mustaxkamlanishini, jumladan, davlatning mudofaa qudratini oshirishni ta’minlaydi.

Aholini tabiiy favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari. Tabiiy favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni muhofaza qilishning turli tadbirlar majmuidan foydalaniladi: huquqiy, muhandislik-texnik, tashkiliy, axborot, ijtimoiy-iqtisodiy, maxsus. Aholi va hududlarni tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilishning huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgust №824-1 «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonun bilan kafolatlanadi.

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning muhandislik-texnik tadbirlar-respublikamizning geologik, gidrogeologik, iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, binolarni loyihalashni mukammal ishlab chiqilishini, qurilishni sifatli bajarilishini, aholining xavfsizligini hamda xalq xo‘jaligi ob’ektlari barqarorligini ta’minlash, foydalanilayotgan binolarning texnik holatini me’yoriy talablar darajasida saqlashga qaratilgan ishlar majmuasi tashkil etadi.

Tashkiliy tadbirlar majmuini – aholi o‘rtasida turli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakatlanish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini orttirishga qaratilgan tadbirlar, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan vaqtda aholini evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar tashkil etadi. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoyalash maqsadida tabiiy favqulodda vaziyatlarni prognozlash, baholash borasida o‘tkazilayotgan geologik ilmiy tadqiqot ishlari, tahlillar, gidrometeorologik kuzatishlar natijalari, kimyoviy va radiatsion xavfli inshootlardagi zaharlanish konsentratsiyasiga oid ma’lumotlar, shuningdek, favqulodda vaziyat xavfi tug‘ilganda va sodir bo‘lganda aholini ogohlantirish axborot uzatish vositalari yordamida aholiga etkazib borilishi kabi tadbirlar asosida amalga oshiriladi.

Favqulodda vaziyatlar yuz bergan hududlarda jabrlangan aholini favqulodda xavfli ob’ektlarda soha xodimlarini ijtimoiy-iqtisodiy himoyalash borasidagi tadbirlar asosida olib boriladi.

Maxsus tadbirlar hududlarda aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida turli favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan, aholi va hududlarni muhofazalash sohasidagi xodimlarini bilim, ko‘nikma va malakalarini, tayyorgarligini oshirishga qaratilgan, favqulodda vaziyatlar yuz bergan davrda uning xususiyatidan kelib chiqib qo‘llanadigan maxsus tadbirlar majmuini tashkil etadi.
Talabalarni bilimini tekshirish uchun savollar:


  1. Fuqarolar muxofazasi nimani anglatadi?

  2. Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifasiga nimalar kiradi?

  3. Favqulodda vaziyatni ta’riflang.

  4. FV ni tarqalish miqyosiga ko‘ra qanday guruxlarga bo‘linadi?

  5. FV lar tavsifiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

  6. Favqulodda vaziyat ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday aniqlanadi?

  7. Favqulodda vaziyatlar nimalarni natijasida paydo buladi?

  8. SHikastlanish o‘chog‘i deb nimaga aytiladi?

  1. O‘zR «Fuqaro muxofazasi to‘g‘risida»gi qonuni qachon qabul qilingan?

  1. Fuqaro muxofazasi soxasidagi xuquqlariga nimalar kiradi?

  2. Fuqaro muxofazasi soxasidagi majburiyatlariga nimalar kiradi?


MAVZU BO‘YICHA TEST SAVOLLARI
1. Favqulodda vaziyatlar tavsifiga ko‘ra:

a) tabiiy, texnogen va ijtimoiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga bo‘linadi;

b) texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarga bo‘linadi;

v) tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarga bo‘linadi;

g) A va B javoblari to‘g‘ri.

2. Favqulodda vaziyatlar xavfning tarqalish tezligiga ko‘ra:

a) tasodifiy, shiddatli favqulodda vaziyatlarga bo‘linadi;

b) mo‘‘tadil va ravon favqulodda vaziyatlarga bo‘linadi;

v) tasodifiy, shiddatli, mo‘‘tadil va ravon favqulodda vaziyatlarga bo‘linadi;

g) o‘rtacha, shiddatli va ravon favqulodda vaziyatlarga bo‘linadi.

3. Favqulodda vaziyatlar yana tarqalish miqyosiga ko‘ra:

a) lokal va maxalliy guruhlariga bo‘linadi;

b) lokal, milliy guruhlariga bo‘linadi;

v) lokal, maxalliy, milliy va transchegaraviy guruhlariga bo‘linadi;

g) A va B javoblari to‘g‘ri.

4. Tabiiy ofat codir bo‘lishi mumkinligi haqida oldinroq ma’lumot olgan taqdirda, nimalar qilish zarur?

a) juda ham tezlik bilan binoni tark etib, undan xavfsiz macofaga borish;

b) televizor, radiopriyomnikni yoqish va keyingi bo‘ladigan ko‘rcatma va bo‘yruqlarni kutish;

v) deraza va eshiklarni oshib, balkonga (ayvonga) chiqish;

g) xonadondagi elektr, cuv va gazlarni o‘chirish;

5. Tabiatda codir bo‘ladigan favqulodda vaziyatlarda odamlar qanday hato xarakatlarga yo‘l qo‘yadilar?

a) tabiiy ofatlar;

b) texnogen;

v) antropogen;

g) ijtimoiy;

6. Favqulodda xodisalar vaqtida ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar

a) qurilish norma va qoidalari talablariga javob berishi kerak

b) yong‘in xavfsizligi talablariga mos bo‘lish

v) mustaxkam bo‘lishi kerak, kimyoviy inert bo‘lishi kerak.

g) yong‘in yoki avariyaviy xolat vujudga kelganda evakuatsiya yo‘llarini oldindan belgilash

7. Ko‘p miqdordagi ifloslantiruvchi moddalar ajralishi bilan kanalizatsion tizimlardagi avariyalar qanday turdagi favqulodda vaziyat turiga kiradi

a) ekologik

b) texnogen

v) tabiiy

g) ijtimoiy

8. Atmosfera tarkibida zaxarli moddalarni YQOD ortishi qanday turdagi favqulodda vaziyatga kiradi

a) ekologik

b) texnogen

v) tabiiy va gidrometeorologik

g) ijtimoiy

9.Sel va qor ko‘chkilari qanday turdagi favqulodda vaziyatga kiradi

a) ekologik xarakterdagi gidrometeorologik

b) texnogen

v) tabiiy xarakterdagi geologik

g) meteorologik va agrometeorologik

10. Yirik hududlardagi o‘simliklarning nobud bo‘lishi qanday FV

a) tabiiy turdagi

b) biosferadagi o‘zgarishlar natijasida kelib chiqadi

v) epizootik turdagi

g) ekzootik turdagi
MASHG‘ULOT № 16

MAVZU: FARMATSEVTIK KORXONALARDA ISHCHILARNI FAVQULODDA HODISALAR VAQTIDA HAVFSIZLIGINI TA’MINLASH.


Mavzuda qo‘llanilgan tayanch iboralar; Hayot faoliyat xavfsizligi, favqulodda hodisa, havf-xatar, hodisa, inson-mashina-atrof-muhit, baxtsiz hodisa, jaroxat, zaxarlanish, tashkiliy va texnik chora tadbirlar, favqulodda vaziyat.

Mashg‘ulot maqsadi: FVDTning vazifalari, tarkibiy tuzilmasi, boshqaruv organlari, kuch va vositalari, moliyaviy moddiy resurslar zahiralari haqida ma’lumotga ega bo‘lish. Respublikamiz aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning tadbirlar tizimi ularning mohiyati va mazmunini chuqur egallashlari, FV xavfi tug‘ilganda va sodir bo‘lganda harakat tartibiga oid ko‘nikma va malakalarni talab darajasida egallashlari lozim. Respublikamiz aholisi va hududlarini FVdan muhofaza qilishning xuquqiy me’yoriy asoslarini o‘rganish.



Seminar mashg‘ulotini olib borishda “Qorbo‘ron” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi.

Mavzuning ahamiyati. Aholini favqulodda vaziyat sharoitida himoyalash, shu hodisaning noxush oqibatiga yo‘l qo‘ymaslik yoki uni maksimal darjada pasaytirish bo‘yicha kompleks tadbirlardir. Aholini himoyalashning yuqori samarasi ishlatilayotgan barcha vosita va usullar to‘la ishlatilganda va xavfsizlikni ta’minlash prinsiplari to‘laligicha anglab etilgan taqdirdagina bo‘lishi mumkin.

Xavfsizlikni ta’minlash prinsiplarini ularni qo‘llash bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi:

1.Oldindan tayorgarlik ko‘rmoq himoya vositalarini to‘plash, ularni tayyor holda saqlash hamda aholini xavfli zonadan evakuatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish.

2.Differensiyalashgan yo‘nalish shundan iboratki, bunda himoya tadbirlari hajmi va xarakteri xavfli va zaharli omillar manbaining turiga va mahalliy sharoitlarga bog‘liq.

3.Tadbirlar kompleksi FV oqibatlaridan himoyalanish usullari va vositalaridan samarali foydalanish, zamonaviy texnosotsial muhitda hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar bilan birga olib borishni taqozo qiladi.

FV larda aholini himoya qilishning asosiy usullari, aholini evakuatsiya qilish, himoya inshoatlariga berkitish, shaxsiy himoya hamda tibbiy profilaktik vositalarni qo‘llashdan iboratdar.

Siyosiy-harbiy nizolarni ayniqsa zamonaviy qurol-yarog‘lar bilan hal qilishda qirg‘indan saqlab qolish uchun eng samarali usullardan biri aholini himoya inshootlariga berkitishdir. Ayniqsa, radioaktiv va kimyoviy moddalardan saqlanish samarasi yuqoridir. Himoya inshootlari-bular fizik, kimyoviy va biologik xavfli va zararli omillardan himoyalash maqsadida maxsus qurilgan muhandislik inshootlaridir. SHaxsiy himoya vositalari-odam organizmining ichki a’zolariga, terisiga va kiyimiga radioaktiv, zaharlovchi va bakterial vositalarning ta’siridan saqlaydi.

Favqulodda vaziyatlarda hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlash odam faoliyatining barcha jarayonlarida sog‘ligini va hayotini saqlashga qaratilgan tashkiliy, muhandis-texnik tadbirlar va vositalar kompleksidir.

Hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan asosiy yo‘nalishlar quydagilardan iborat:

- FV larni va ularning oqibatini oldindan aytish;

-FV paydo bo‘lishi ehtimolini yo‘qotish yoki kamaytirish tadbirlarini rejalashtirish, hamda ular oqibatlari ko‘lamini kamaytirish;

- FV larda xalq xo‘jaligi ob’ektlari ishining muntazamligini, uzluksizligini ta’minlash;

- FV lardagi aholini o‘qitish;

- FV oqibatlarini tugatish.

Ushbu yo‘nalishlarning qisqacha mazmunlari quydagilardir.

FV ni ularning oqibatlarini oldindan aytish va baholash.

Bu-tabiiy ofatlar, avariyalar va falokatlar tufayli yuzaga kelgan vaziyatini taxminiy aniqlash va baholash usulidir. Hozirgi vaqtda seysmik rayonlar, tuproq siljishi mumkin bo‘lgan, sel oqimlari yo‘nalishlari, plotinalar buzilganda, suv toshqini bo‘lganda, odamlarga va hududga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan zonalar chegaralari aniqlangan.

XFX bo‘yicha prognoz qilish masalalariga FV larning sodir bo‘lish vaqtini taxminiy aniqlash ham kiradi. Bu prognoz bo‘yicha aholining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha operativ choralar ko‘riladi. Hozirgi vaqtda ko‘pgina olim va mutaxasislarning fikri FV larning boshlanishi va rivojlanishi oldindan aytib berishga qaratilgan.

2. Ko‘rilayotgan muammoni ushbu sharoitda hal qilishda FV larga odamning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xavfning oldini olish va paydo bo‘lish ehtimolini kamaytirsh, hamda uning oqibatlari masshtabini kamaytirish masalalarini qamrab oladigan sistemali yondoshish kerak.

Ushbu metodologik asosda o‘zimizning va chet el amaliy tajribasini hisobga olgan holda samaradorligi tabora ortib boruvchi tadbirlar kompleksi oldindan tayorlash, boshqacha qilib aytganda zamonaviy texnosotsial muhitda odamning XFX ni ta’minlashning ko‘p tabaqali sistemasini joriy qilish kerak.

FV lar oqibatida ko‘riladigan zararlarning oldini olish tadbirlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

Doimiy o‘tkaziladigan tadbirlar. Ular uzoq muddatli prognoz asosida tuziladi: Standart talablarini hisobga olgan holda qurilish-montaj ishlarini olib borish, aholini xavf-xatar haqida xabardor qilishning ishonchli sistemasini yaratish. Aholini SHXV bilan ta’minlash va himoya inshootlarining etarli fondini tuzish, nurlanish, kimyoviy va bakteriologik kuzatuv ishlarini tashkil etish, aholini FV chog‘ida o‘zini qanday tutish va faoliyati haqida umumiy o‘quvlarini tashkil etish, epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiena tadbirlarini o‘tkazish.

FV vaqti aytib berilgach, ko‘rilishi kerak bo‘lgan himoya tadbirlari: prognoz uchun zarur bo‘lgan razvedka va kuzatish sistemasini jonlantirib yuborish. Aholiga FV haqida xabar beruvchi sistemani tayyor holga keltirish, iqtisodiy va jamoat hayotini maxsus qoida asosida qayta qurish, hattoki favqulodda holatgacha, yuqori xavfli manbalarni FV holatida neytrallash ular ishini to‘xtatib qo‘yish, qo‘shimcha mustahkamlash yoki demontaj qilish, avariya qutqaruv xizmatini tayyor holga keltirib qo‘yish, aholini qisman evakuatsiya qilish.

3. FV da XFX ni ta’minlashda rejalashtirish asosiy omillardan biridir. U maqsadga erishish borasida vaqt, mablag‘ va ijrochilarni aniqlashtiradi. U sharoitni ilmiy asosda prognoz qilish, har tamonlama tahlil qilish, moddiy va ma’naviy resurslarni baholash va aholini FV holatida himoya qilishning zamonaviy, nazariy va amaliy tadbirlarga asoslanadi. Rejalashtirishning natijasi sifatida ma’lum hujjat-reja tuziladi.U quyidagi elementlarni o‘z ichiga olishi kerak: aniq ko‘rsatkichlar (ish turlari, tadbirlar), bu ishlarni bajarish muddati, rejani bajarish uchun zarur resurslar (turlari, soni, manbalari) har bir punktni bajaruvchi mutassadi shaxslarga topshiriqlar, reja bajarilishining borishini nazorat qilish usullari va h.o.

Rejaning matn qismi ikki bo‘limdan tashkil topgan bo‘lishi mumkin: birinchi qismdan sharoitni baholash natijasida qilingan xulosalar bo‘lsa, ikkinchi bo‘limni FV vujudga kelganda va xavf tug‘dirganda aholining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar tashkil etadi. Ularning asosiylari quyidagilardir: xabar berish tartibi, razvedka va nazoratni tashkil qilish, qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish uchun kuch va vositalarni tayorlash, FV oqibatlarini ogohlantirish va yumshatish tadbirlari, odamlarni va moddiy boyliklarni zudlik bilan himoyalash choralari, tibbiy ta’minot, dozimetrik va kimyoviy nazorat, korxonani avariyasiz to‘xtatish tadbirlarini qo‘llash tartibi, odamlarni himoya qilishni tashkil etish, aholiga SHHV tarqatish, evakuatsiya qilish tadbirlarini tashkil etish, boshqaruvni tashkil etish, har xil sharoitlarda qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni olib borish tartibi va navbati, yuqori tashkilotlarga,FV komissiyasiga axborot berish tartibi.

Rejaga turli ma’lumotnoma va tushuntiruvchi materiallar (chizma, matn) ilova qilib qo‘yilishi mumkin.

Reja aniq, mazmunan to‘liq, qisqa, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq va ob’ektning haqiqiy imkoniyatlarini hisobga olgan bo‘lishi kerak. Rejaning hayotiyligi kelib chiqishi bo‘yicha tabiiy va texnogen FVlarda XFX ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil qilishda muntazam mashq va o‘quvlar jarayonida sinab boriladi.
Talabalarni bilimini tekshirish uchun savollar:


  1. O‘zRda insonning xayotiy faoliyati xavfsizligini kaysi xujjatlar ta’minlaydi?

  2. Favqulodda vaziyatlarda aholini o‘qitish deganda nimalar ko‘zda tutiladi?

  3. Favqulodda vaziyatning paydo bo‘lishini oldindan aytib berish nimalarga asoslanadi?

  4. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning FVlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari.

  5. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning qanday tadbirlari mavjud?

  6. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning qanday usullari bor?


MAVZU BO‘YICHA TEST SAVOLLARI
1. Tabiatda codir bo‘ladigan favquloddagi vaziyatlarda odamlar qanday hato xarakatlarga yo‘l qo‘yadilar?

a) tabiiy ofatlar;

b) texnogen;

v) antropogen;

g) ijtimoiy;

2. Yilning covuq mavcumida, icsiqlik tarmoqlarida bo‘ladigan avariya xolatlari qanday texnogen tavsifnomali favqulotdagi holatlarga kiritilishi mumkin:

a) elektroenergetika tarmoqlaridagi codir bo‘ladigan avariyalar;

b) trancport avariyalari;

v) turmush tarzi uchun zarur bo‘lgan kommunal tizimidaga avariyalar;

g) gidrodinamik avariyalar;

3. Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining faoliyati nechta tizimga bo‘lingan

a) 2


b) 3

v) 4


g) 6

4.Ochiq joyda bo‘ron boshlanganda, yashirinish uchun eng xavfsiz joy:

a) o‘rmon macsivi, alohida turgan katta daraxt octi;

b) tepalik cho‘qqisi;

v) katta tosh;

g) Relefning chuqur joyi.

5.YOng‘in vaqtida eng katta xavf tug‘diradigan nima?

a) ochiq olov;

b) tutun oqibatida ko‘rishni yomonlashuvi;

v) yong‘inning toksik moddalari;

g) haroratning yukcakligi;

6. Xajm bo‘yicha evakuasiya chora tadbirlari quyidagilarga bo‘linadi:

a) ogohlantirilgan va bevosita;

b) tezkor va rejaga acocan;

v) lokal va mahalliy;

g) umumiy va qicman;

7. Selga qarshi muxandislik choralari

a) maxsus devorlar;

b) seltutqichlar;

v) dambalar va boshqa muhofaza inshootlari quriladi.

g) barcha javoblar to‘g‘ri

8. Fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan muxofaza qilish borasidagi barcha rejalashtirilayotgan tadbirlar necha turga bo‘linadi

a) 2

b) 3


v) 4

g) 5


9. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy prinsiplari

a) insonparvarlik, inson hayoti va sog‘lig‘ining ustuvorligi, oshkoralik;

b) barcha javoblar to‘g‘ri

v) axborotning o‘z vaqtida berilishi va ishonchli bo‘lishi;

g) favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish choralarining oldindan ko‘rilishi.

10. Tabiiy ofat codir bo‘lishi mumkinligi haqida oldinroq ma’lumot olgan taqdirda nimalar qilish zarur?

a) juda ham tezlik bilan binoni tark etib, undan xavfsiz macofaga borish;

b) televizor, radiopriyomnikni yoqish va keyingi bo‘ladigan ko‘rcatma va bo‘yruqlarni kutish;

v) deraza va eshiklarni oshib, balkonga (ayvonga) shiqish;

g) xonadondagi elektr, cuv va gazlarni o‘chirish;


MASHG‘ULOT-17

MAVZU: FARMATSEVTIK KORXONALARDA YONG‘INNI OLDINI OLISHGA

QARATILGAN CHORA-TADBIRLAR.

Mavzuda qo‘llanilgan tayanch iboralar; yong‘in, ochiq yong‘in, yuqori harorat, toksik modda, tutun, kislorod konsentratsiyasi, qurilish konstruksiyasi, to‘lqin zarbi, yonuvchi modda, yonish tezligi, organik shisha, uglekislota, poroshok, suv zahirasi, avtonasos, ut o‘chirgich, kategoriya, yonmaydigan moddiy, qiyin yonadigan moddiy, tez yonuvchi moddiy.



Mashg‘ulot maqsadi: YOng‘inga qarshi kurash barcha fuqarolarning umumiy burchi hisoblanadi va bu ishlar davlat miqyosida amalga oshiriladi. Bizning vazifamiz yong‘in haqida asosiy tushunchalar berish bilan birga, unga qarshi samarali kurash olib borish, yong‘inni o‘chirishda qo‘llaniladigan birlamchi vositalar, har xil tadbirlar bilan o‘quvchilarni tanishtirishga qaratilgan.

Seminar mashg‘ulotini yoritishda “Romashka” pedagogik texnologiya usulidan



foydalaniladi.
I-gurux uchun muammoli masala

Bino va inshootlarda portlash sabablari va oqibatlari

Yong’inga qarshi ximoya sistеmasi

Yong’indan ximoyalash tashkilotlari tizimi


II- gurux uchun muammoli masala

Yong’inga qarshi kurash xizmatini tashkil qilish

Yong’inni oldini olish sistеmasi

Yonginni nazorat qilish, o’chirish usul va vositalari

Mavzuning ahamiyati. YOng‘innni oldini olish moddiy boyliklarni, inson salomatligi va uning hayotini saqlab qolishga qaratilgan chora tadbirlar bo‘lib, mexnatni muxofaza qilishni tarkibiy qismidir.



YOng‘inni oldini olish sistemasi - yong‘in sodir bo‘lish sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuidir.

Ushbu tadbirlar ishlab chiqarishda iloji boricha yonmaydigan va qiyin yonadigan materiallardan foydalanish texnologik jarayonlarni maksimal darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yong‘in xavfi bo‘lgan qurilmalar o‘rnatilgan xonalarni yonmaydigan materiallar bilan boshqa xonalardan ajratish yoki bunday qurilmalarni mumkin qadar tashqarida o‘rnatish, yonuvchi moddalar uchun germetik idishlar va jihozlardan foydalanish, bino havosining tarkibidagi yonuvchi gaz, bug‘ va changlar miqdorini ruxsat etilgan darajada saqlash, isitish jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish va boshqalar orqali amalga oshiriladi.

Har qanday ishlab chiqarishda yong‘inga olib keluvchi manbaning hosil bo‘lishini oldini olish esa, ishlab chiqarishda yong‘in manbasini hosil qilmaydigan mashinalar, mexanizmlar va jihozlardan foydalanish, mashina va mexanizmlardan foydalanish qoidalari va rejimlariga to‘liq rioya etish, elektr statik zaryadlari va yashinga qarshi himoya vositalaridan foydalanish, materiallar va moddalarning issiqlik ta’sirida, ximiyaviy va mikrobiologik usulda o‘z-o‘zidan alanganlanish sharoitlarini bartaraf etish, belgilangan yong‘inga qarshi tadbirlarni to‘liq amalga oshirish, bino chegarasini davriy ravishda tozalab turish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.

YOng‘inga qarshi himoya sistemasi - yong‘in o‘chirish jihozlari va texnikalaridan foydalanish, yong‘inning xavfli omillaridan himoya qiluvchi shaxsiy va jamoa himoya vositalaridan foydalanish, yong‘in xabarini beruvchi va yong‘in o‘chirish sistemasining avtomatik qurilmalaridan foydalanish, ob’ektning konstruksiyalari va materiallariga yong‘indan himoyalovchi tarkibli bo‘yoqlar bilan ishlov berish tutunga qarshi himoya sistemalari, evakuatsiya yo‘llari bo‘lishini ta’minlash, binoning yong‘in mustahkamliligi darajasini to‘g‘ri tanlash kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.



YOng‘in tarqalishini oldini olish sistemalari esa, yong‘inga qarshi to‘siqlarni o‘rnatish, qurilmalar va inshootlarda avariya holatida o‘chirish va qo‘shish jihozlaridan va yong‘indan to‘suvchi vositalardan foydalanish, yong‘in vaqtida yonuvchi suyuqliklarning to‘kilishini oldini oluvchi vositalardan foydalanish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.

Tashkiliy - texnik tadbirlarga esa, yong‘indan himoyalanish xizmatini tashkil etish, uni texnik jihozlar bilan ta’minlash, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ob’ektdagi moddalar, materiallar, jihozlar, qurilmalar va texnologik jarayonlarni pasportlashtirish, yong‘in muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash va ularni o‘kitish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha instruktajlar va aholi o‘rtasida yong‘in vujudga kelganda evakuatsiya planlarini ishlab chiqish, o‘rgatish bo‘yicha turli xil tadbirlar o‘tkazish, yong‘inga qarshi ko‘rsatmalar (instruksiyalar) ishlab chiqish va boshqa shu kabi tadbirlar kiradi.

O‘t o‘chirish usul­lari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

1)yonayotgan zonani ko‘p miqdorda issiqlik yutuvchi materiallar yordamida sovutish;

2)yonayotgan materiallarni atmosfera havosidan ajratib qo‘yish;

3)yonayotgan zonaga kirayotgan havo tarkibida kislorod miqdorini kamaytirish;

4)maxsus kimyoviy vositalarini qo‘llash.

YOng‘inni o‘chirishning keng tarqalgan moddalari: suv, suv bug‘i, karbonat kislotali, namlangan materiallar kimyoviy va havo-mexanik ko‘pik (kislota va ishqorlarning suvdagi eritmasi; ko‘pik hosil qiluvchi moddalarning suvdagi eritmasi bilan siqilgan karbonat angidrid gazi yoki havoning aralashmasi), poroshokli tarkiblar, brom etil birikmalar, inert va yonmaydigan gazlar, maxsus kimyoviy moddalar va aralashmalar hisoblanadi. YOng‘inni o‘chirish paytida yonishni davom etishini to‘xtatuvchi sharoit yaratish axamiyatga ega.

YOng‘inni o‘chiruvchi moddalar quyidagicha klassifikatsiyalanadi:

-yong‘inni to‘xtatish usuli bo‘yicha-sovutuvchi (suv va qattiq uglekislota); -elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha-elektr o‘tkazuvchi (suv, suv bug‘i va ko‘pik), elektr o‘tkazmaydigan (gazlar va poroshoklar - karbonat ikki oksidli soda asosidagi quruq kukunlar) ;

-toksikligi bo‘yicha - toksik bo‘lmagan (suv, ko‘pik va poroshoklar), kam toksik (uglekislota va azot), toksik bo‘lgan brometil, freonlar;

Is gazi yoki uglerod ikki oksidi rangsiz gaz bo‘lib havodan 1,5 marta og‘ir. U yonish zonasiga kislorodni kirishini oldini oladi ya’ni yong‘inni kisloroddan izolyasiya qiladi. Kimyoviy ko‘pik yonish zonasida kislorod miqdorini 14% gacha kamaytiradi, yonayotgan modda yuzini qoplaydi, sovutadi va yong‘inni to‘xtatadi.

O‘t o‘chiruvchi asboblar dastlabki o‘t o‘chirish vositasi bo‘lib, yong‘inni boshlag‘ich davrida, uning kuchayib, tarqalib ketmasligi uchun ishlatiladi. Ular sig‘imi, o‘t o‘chirish moddasi, o‘t o‘chiruvchi moddani chiqarish usuli bo‘yicha turlicha bo‘ladi. GOST 12.2. 047—80 "O‘t o‘chirish texnikasi. Atama va qoidalar" da berilishicha o‘t o‘chiruvchi moddaning turiga qarab quyidagi xillarga bo‘linadi:

1-suyuqlik vositasidagi (aktiv yuzali moddalar qo‘shilgan suv yoki turli ximik birikmalarning suvdagi eritmalari); karbonat kislotali (suyultirilgan karbonat dioksidi); ximiyaviy-ko‘pikli (kislota va ishqorlarning suvdagi eritmasi); havo-ko‘pikli (ko‘pik hosil qiluvchi moddalarning suvdagi eritmasi bilan siqilgan karbonat angidrid gazi yoki havoning aralashmasi); xladonli, (galloidlangan uglevodorod asosidagi kukunli moddalar bromli etil, xladon va boshqalar); kukunli (karbonat ikki oksidli soda asosidagi quruq kukunlar); aralashma holidagi (kukunlar va ko‘pik hosil qiluvchilar).

2-o‘t o‘chiruvchi moddaning miqdori va o‘lchamlari bo‘yicha kam hajmli (hajmi 5 l, 10 litrli), ko‘chma va hajmi 25 l dan kam bo‘lmagan statsionar uskunalar.

Har qanday sanoat korxonalarida yong‘inga qarshi samarali kurashish maqsadida o‘t o‘chirish vodoprovodlari mavjud bo‘ladi. Bu vodoprovod ko‘pincha xo‘jalik-maishiy va ishlab chiqarish vodoprovodi bilan birgalikda qo‘llaniladi. Bu vodoprovod quvurlariga suv ko‘l, daryo, kanal, suv ombori, artezian quduqlari, shahar vodoprovod tizimi va boshqa manbalardan olinishi mumkin. Bunda suv bosimi suvni kamida 6 m masofaga etkazib berishi kerak. YOng‘in o‘chirish englari yumshoq to‘qima materiallardan ishlangan bo‘ladi va diametri 51 va 66 mm qilib tayyorlanadi. Ularning uzunligi 10 va 20 m. YOng‘inga qarshi suv ta’minoti korxona hovlisiga qurilgan suv hovuzlaridan olinadi. YOng‘inga qarshi suv zahirasi yilning istalgan vaqtida kerakli bosimda 3 soat yong‘inni o‘chirishga etadigan bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish korxonasida har biri 100 m3 va undan ortiq sig‘imli suv havzasi bo‘lishi kerak. Bitta suv havzasining xizmat ko‘rsatadigan radiusi yong‘in vaqtida suv uzatish uchun avtonasos va avtoidishlardan foydalanganda 200 m, uzatma nasoslardan foydalanganda 100 m, bir o‘nli pritsep motopompalaridan foydalanganda 150 m ga teng qabul qilinadi.



YOng‘inni aniqlash va o‘chirishning avtomat vositalari. YOng‘inni aniqlashni avtomat vositalari (YOAAV) va yong‘inni o‘chirishni avtomat vositalari (YOO‘AV), agar yong‘in tashkilotning barcha ishlariga ta’sir etishi hamda katta moddiy zarar keltirishi mumkin bo‘lgan hollarda ko‘llaniladi. Bunday ob’ektlarga energetik «qurilmalar, markaziy gaz stansiyalari, engil yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar stansiyalari, xom-ashyo omborlari va yoqilg‘i materiallarini solishtirma sarfi 100 kg/m2 dan ortiq bo‘lgan binolar kiradi.

YOO‘AV lari yong‘in joyini aniqlash va trevoga signalini berish hamda yong‘inni o‘chirish qurilmasini ishga tushirish moslamalaridan iborat bo‘ladi. Bu qurilmaning ishlash prinsipi qo‘riqlanadigan ob’ekt muhitidagi noelektrik fizik miqdorlarni elektrik signallarga aylantirib berishga asoslangan. YOng‘in sodir bo‘lgan taqdirda avtomat yong‘in xabar beruvchi qurilmasida elektrik signal hosil bo‘ladi va bu signal sim orqali qabul qilish stansiyasiga uzatiladi. Bu qurilmalar harakatga kelish vaqtiga qarab esa quyidagilarga bo‘linadi: o‘ta tez harakatga keluvchi (harakatga kelish vaqti 1 sekunddan ortiq emas), tez harakatga keluvchi (harakatga kelish vaqti 30 sekund), o‘rta inersiyali (harakatga kelish vaqti 31-50 sekund), inersiyali (harakatga kelish vaqti 60 sekunddan yuqori). Ularning ish vaqtini davomiyligiga bog‘liq holda qisqa va ta’sir etuvchi (15 minutgacha), o‘rta davomiylikda ( 15-30 min) va uzoq vaqt ishlovchi (30 min dan ortiq) turlarga bo‘linadi.



YOng‘in aloqasi va signalizatsiyasi. YOng‘in aloqasi va signalizatsiyasi yong‘inni o‘z vaqtida sezish, aniqlash va u to‘g‘risida yong‘in o‘chiruvchilarga xabar berish uchun ishlatiladi. Ularga tele va radio aloqa, yong‘in signalizatsiyasi qurilmalari, elektrik signallar, qo‘ng‘iroqlar va transport vositalarining signallari kiradi.

Xonaning ichida tez yonuvchi buyumlar yoki o‘t chiqish mumkin bo‘lgan binolar xonalariga yong‘inni ogohlantiruvchi va birinchi o‘chirish ishlarini olib boruvchi avtomatik qurilmalar o‘rnatiladi.

Ular ogohlantirish turiga qarab:

Telefon tarmog‘i orqali o‘t o‘chirish bo‘linmalariga, shahar aloqa tarmog‘i orqali o‘t o‘chirish bo‘linmalariga binodagi markaziy ogohlantiruvchi qurilma (qorovullanadi o‘t o‘chirish bo‘linmasiga) va shu xonaning o‘zida yoki tashqarisida ogohlantirish turiga qarab mahalliy joyda bo‘ladi. Bu qurilmalar lampochkaning o‘chib yonishi va qo‘ng‘iroq chalinishi bilan ogohlantiriladi. Ogohlantiruvchi qurilmalar xonaning ichida devorga va shiftiga o‘rnatilgan bo‘ladi.

Avtomatik ravishda habar beruvchi uskunalar samaraliroqdir, chunki ularning datchiklari yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan xavfli joylarga o‘rnatiladi.

Sexlarga o‘rnatilgan xabar beruvchi moslamalarning (izveщatellar) bir nechta aloqa tarmog‘iga ketma – ket ulanishi mukin. Bunday sistema shleyf sistemasi deyiladdi.

Avtomatik habar beruvchi asboblarning ish prinsiplariga qarab yorug‘lik nuri, tutun, harorat ta’sirida ishlaydigan va kombinatsiyalashgan turlari bor. Ular yong‘in paytida ajralib chiqadigan yorug‘lik energiyasini, tutun tufayli o‘zgaradigan yorug‘lik kuchini hamda harakat o‘zgarishlarini elektr signallariga aylantirib, simlar orqali qabul punktlariga yong‘in chiqqan joy haqida habar beradilar. Bu xabarchilar 60 va 80°S xaroratga moslangan bo‘lishi mumkin, harorat shu nuqtaga chiqqandan keyin 2 minut davomida ishga tushadi.

YOng‘inni o‘chirishda professional va ko‘ngilli o‘t o‘chirish jamiyatlari faoliyat ko‘rsatadi. Professional yong‘in muhofazasi harbiylashtirilgan va harbiylashtirilmagan turlarga bo‘linadi.

Korxonalar va tashkilotlarda yong‘in muhofazasini tashkillashtirish va ob’ektlarning yong‘inga qarshi holatini ta’minlash ushbu tashkilotlarning rahbarlariga yuklatiladi. Ular har bir ishlab chiqarish bo‘limi uchun buyruq bilan javobgar shaxsni belgilashlari va ularning ishini nazorat qilib borishlari zarur.

Korxona va tashkilotlarning ma’muriy-texnik xodimlari o‘zlariga tegishli ob’ektlarni ko‘rish va ulardan foydalanish davrida yong‘inga qarshi barcha tadbirlarni to‘liq amalga oshishini ta’minlashlari, yuqori yong‘in muhofazasi tashkilotlarining ko‘rsatmalari hamda qarorlarini bajari-lishini nazorat qilib borishlari, yong‘in-qorovul muhofazasini, yong‘in-texnik komissiyasini va ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchilar drujinalarini tashkil etishlari, ularning ish faoliyatlarini doimiy nazorat qilib borishlari zarur.

YOng‘in-texnik komissiyasi tarkibiga bosh mutaxassislar, muhandis-quruvchilar, mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandis va ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinasining boshlig‘i kiradi. Komissiya bino va inshootlardan foydalanishda yong‘in muhofazasi qoidalariga amal qilinishini, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni, texnikalardan foydalanishdagi yong‘in muhofaza holatini tekshirib boradi hamda zarur holda tegishli choralar ko‘radi.

YOng‘in xavfsizligi qoidalari ustidan nazoratni respublikamiz Ichki Ishlar Vazirligining yong‘indan qo‘riqlash Bosh boshqarmasi tegishli boshqarmalar va o‘lkalar, viloyatlar bo‘limlari orqali amalga oshiradi. YOng‘in nazorati tuman inspeksiyalari, shuningdek o‘t o‘chirish qismlari va otryadlari buysinadi.

Davlat yong‘in nazorati organlari yong‘in rejimini buzgan aybdor shaxslarni jarimaga tortish, yong‘in chiqish xavfi tug‘ilsa, butunlay ayrim xududlar va yoki korxonalarda ishni to‘xtatishga xaqlilar.

Korxonalarda yong‘in xavfsizligi uchun uning raxbari javobgar xisoblanadi. Raxbar o‘z buyrug‘iga ko‘ra, korxona bo‘yicha yong‘in xavfsizligi uchun javobgarlikni sexlar, uchastkalar, xizmatlar boshliqlariga yuklaydi. Xar bir xonada yong‘in xavfsizligi uchun javobgar shaxs ismi-sharifi ko‘rsatilgan yorliq osiladi.

YOng‘in-qorovul-qo‘riqchisiga ega aloqa korxonalarida kundalik yong‘in-profilaktik ishlar yong‘in-qorovul qo‘riqchi bo‘linmasining shaxsiy tarkibi tomonidan olib boriladi.

YOng‘in-profilaktik ishlarni o‘tkazishni tashkil qilishda ob’ektli yong‘in-texnik komissiyalarining muxim o‘rni bor. YOng‘in-texnik komissiyalar tarkibiga korxonaning bosh muxandisi, yong‘in qorovul qo‘riqlash vaqillari, bosh energetik, bosh mexanik, bosh texnolog, texnika xavfsizligi bo‘yicha muxandis, kasaba uyushmalari tashkilotlari vakillari kiradi. YOng‘in-texnik komissiya korxonalarni 1 chorakda kamida 1 marta tekshiruvdan o‘tkazadi.  


Talabalarni bilimini tekshirish uchun savollar:
1. YOng‘in deganda nima tushuniladi?

2. YOng‘inning davomiyligi nimalarga bog‘liq?

3. YOng‘inning xavfli va zararli omillari nima?

4. YOng‘inni o‘chirish moddalariga nimalar kiradi?

5. YOng‘inni o‘chiruvchi moddalarning klassifikatsiyasini ayting?

6. YOng‘inni oldini olish tadbirlarini ayting?

7. YOng‘in xavfli zonalarga qanday zonalar kiradi?

8. O‘t o‘chirgichlarning vazifasi nima?

9. YOng‘inni aniqlashning avtomatik vositasi nima?
MAVZU BO‘YICHA TEST SAVOLLARI
1.Sanoat korxonalarining yong‘in xavfi bo‘yicha kategoriyalarini belgilash.

a) 1,2,3,4,5.

b) A,B,V,G,D.

v) A,B,V,G,D,E.

g) 1,2,3,3a,4.

2.YOng‘in oqibatlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

a) odam xalokati, tana a’zolarining kuyishi, jaroxati, zaxarlanishi;

b) xayvonlar va odamlarning o‘lishi;

v) odam xalokati, tana a’zolarining kuyishi, jaroxati, zaxarlanishi, xayvonlar va odamlarning o‘limi, binolar va inshootlar, moddiy boyliklar, uskunalar, xujjatlarning nobud bo‘lishi yoki shikastlanishi;

g) bino va inshootlar, moddiy boyliklar, uskunalar, xujjatlar nobud bo‘lishi yoki shikastlanishi.

3. Juda nam, zaharli bug‘li binolarda, shuningdek yong‘in chiqish havfi bo‘lgan binolarda, elektr toki o‘chirib qo‘yilmagan joyda ishlashga:

a) asosiy ximoya vositalarining qo‘llanganda ruxsat beriladi;

b) qo‘shimcha himoya vositalarini qo‘llaganda ruxsat beriladi;

v) asosiy va qo‘shimcha himoya vositalari va xavfsizlikning qo‘shimcha choralarini qo‘llaganda ruxsat beriladi;

g) ruxsat etilmaydi

4. YOng‘inga qarshi to‘siqlar deganda -

a) yong‘inlarni tarqalishini cheklaydigan va barcha konstruktiv va xajmiy rejalashtirish echimlari;

b) yong‘in chiqqan vaqtda shu to‘siqlarni tezlik bilan o‘rnatish;

v) yong‘in chiqqandan tugaguncha kutish va keyin to‘siq qo‘yish;

g) hamma javoblar to‘g‘ri.

5. Evakuatsiya chiqish joyining balandligi va kengligi

a) 1,9 – 1,2;

b) 1,8 – 1,1;

v) 2 – 1,5;

g) 1,9 – 1,5.

6. Portlash deb nimaga aytiladi?

a) moddalarning tez yonishi;

b) yonishning tez ketishiga aytiladi;

v) yonib bo‘lgandan keyin portlashi;

g) bug‘ga aylanib keyin portlashi.

7.Quyida sanalgan omillardan zararli ishlab chiqarish omillarini tanlang:

a) elektr toki, yong‘in;

b) portlash xavfi bo‘lgan asbob-uskuna;

v) yomon mikroiqlim, shovqinning balandligi, xira yoritilish;

g) aylanuvchi va harakatlanuvchi mexanizmlar.

8.YOnish jarayoni qanday hosil bo‘ladi?.

a) moddaning boshqa moddaga aylanishi hisobiga oksidlanish jarayoni natijasida;

b) moddaning kimyoviy o‘zgarishi natijasida issiqlik va nur energiyasiga aylanish jarayoni;

v) kinetik va tartibsiz yonish jarayoni;

g) kinetik va diffuziya yonish jarayoni.

9. Avtomatik yong‘in xabar beruvchi qurilmasi harakatga kelish vaqti 1 sekunddan ortmaganda qaysi turga kiradi

a) o‘ta tez harakatga keluvchi

b) o‘rta inersiyali

v) inersiyali

g) o‘rta davomiylikda

10. YOng‘inni o‘chiruvchi moddalar qatoridan toksik bo‘lganlarini ko‘rsating

a) karbonat ikki oksidli soda

b) ko‘pik, qattiq uglekislota

v) uglekislota va azot

g) brometil, freonlar
MASHG‘ULOT-18

MAVZU: FARMATSEVTIK KORXONALARNI LOYIHALASH VA QURISHDA YONG‘INGA QARSHI KURASH TADBIRLARI
Mavzuda qo‘llanilgan tayanch iboralar; yonish, yong‘in muxofazasi, yong‘in xavfsizligi qoidalari, chaqnash, alangalanish, o‘z-o‘zidan alangalanish, yonuvchan suyuqliklar, portlash, yong‘in xavfi bo‘yicha kategoriyalar.

Mashg‘ulot maksadi: YOng‘inlar xalq xo‘jaligiga juda katta moddiy zarar keltirish bilan birga ko‘plab kishilarning, ayniqsa yosh bolalarning hayotini olib ketadi. Katta yong‘inlar tabiatning ekologik muvozanatini buzadi. Bu xolatlarni oldini olish va ularga karshi kurash choralari mavzuda bayon kilinadi.

Seminar mashg‘ulotini yoritishda “Zakovat” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi. “Zakovat” usulidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar: unda raqamlar bilan belgilangan bo‘lib, konvertlarda yangi mavzu bo‘yicha savollar yashiringan bo‘ladi. Konvertlar aylanma doira ustiga qo‘yib chiqiladi va doira aylantiriladi. Doira strelkasi qaysi raqamda to‘xtasa o‘sha raqamli talaba shu konvert ichidagi savolga javob beradi. O‘yin toki aylanma doiradagi konvertlar barchasi ochilguncha davom etadi.

Mavzuni ahamiyati: YOnishning fizik-kimyoviy asoslari.

YOnish deb, yonuvchi modda bilan oksidlovchining o‘zaro ta’sir jarayoni natijasida issiqlik va yorug‘lik ajralib chiquvchi murakkab fizik-ximik jarayonga aytiladi. Oddiy sharoitda oksidlovchi vazifasini havodagi kislorod bajaradi. Ayrim hollarda xlor, brom va boshqa ximiyaviy moddalar oksidlovchi vazifasini bajaradi.

YOnish jarayonini shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘lish mumkin. YOnishning quyidagi fazalari belgilangan:

1. CHaqnash - yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib o‘chishi. Agar sekin-asta qizdirib borilayotgan suyuq yonilg‘i ustiga alanga olib borilsa, undan ajralib chiqayotgan bug‘lari ma’lum bir haroratda ko‘k alanga berib chaqnaydi va o‘sha zahoti o‘chadi. Ana shu haroratni shu moddaning chaqnash harorati deyiladi. Ajralib chiqqan gazning o‘chib qolishiga sabab, bu haroratda yonishni davom ettirishga etarli bug‘ ajralib chiqmasligidir.

2. Qizdirish natijasida yonishning vujudga kelishi.

3. Alangalanish-yonishning alanga olib davom etishi. Suyuqlikni qizdirish davom ettirilsa, chaqnash haroratidan keyin uning qizishi orta borgan sari ajralib chiqayotgan gazlar miqdori ham orta boradi va shunday payt keladiki, alanga olib kelinganda, gazlar chaqnaydi va yonishda davom etadi. Bu voqea sodir bo‘lgan harorat alangalanish harorati deyiladi.

4. O‘z-o‘zidan alangalanish o‘z-o‘zidan yonishning alanga bi­lan davom etishi. Agar yonuvchi moddani alangalanish haroratidan yuqori haroratda qizdirish davom ettirilsa, lekin ochiq alanga olib berilmasa, shunday vaqt keladiki, undan ajralib chiqayotgan gazlar o‘z-o‘zidan alangalanib ketadi. Bu sodir bo‘lgan harorat, shu moddaning o‘z-o‘zidan alangalanish harorati deyiladi.

5. O‘z-o‘zidan yonish-moddalar ichida asosan organik moddalarda ro‘y beradigan ekzotermik reaksiyalar natijasida, tashqaridan qizdirishsiz yonuvchi aralashmaning o‘z-o‘zidan yonib ketishi. Ayrim qattiq yonuvchan moddalar noto‘g‘ri saqlanganda o‘z-o‘zidan yonib ketishlari mumkin. Masalan, nam poxol, nam toshko‘mir, nam paxta, moyli latta va sh.o‘. Bu hodisa ma’lum haroratlardagina bo‘lishi mumkin. Bu haroratni o‘z-o‘zidan yonib ketish harorati deyiladi.

6. Portlash-o‘ta tez yonish kimyoviy jarayonining bosim va energiya hosil qilish bilan o‘tishi.

YOnuvchi modda ma’lum haroratlarda o‘zidan yonuvchi bug‘lar ajratib chiqarishi natijasida alangalanish ta’minlansa, bu harorat alangalanish harorati deb yuritiladi. Ba’zi bir, asosan organik moddalar (torf, qipiq paxta, ko‘mir mahsulotlari, qora mollarning chiqindilari) o‘z-o‘zidan yonib ketish xususiyatiga ega. CHunki ular g‘ovak asosga ega, oksidlanishi mum­kin bo‘lgan yuzasi juda katta bo‘lganligidan, bu moddalar ochiq joylarda ma’lum miqdorda tushib qolsa, ob-havo sharoiti ta’sirida qizib yonib ketadi.

Buning asosiy sababi organik moddalar namlanganda uning ichki qismida mikroorganizmlar rivojlanadi va ularning rivojlanishi natijasida issiqlik ajralib chiqadi, bu hodisani organik moddalarning o‘z-o‘zidan qizish jarayoni deb ataladi.

Bunday hodisalar ba’zi bir kimyoviy moddalarda ham bo‘lishi mumkin. Masalan, ishqoriy er metallar, kalsiy karbid, so‘ndirilmagan ohak uncha ko‘p bo‘lmagan suv ta’siridan qizib alangalanib ketishi mumkin. Bunday hodisalar ko‘pincha yong‘in chiqishiga bevosita sababchi bo‘ladi.

Gazsimon moddalarning yonish va portlash xususiyatlari.

Har qanday gazsimon modda, umuman yonuvchi gazlar va bug‘larning yong‘inga hamda portlashga xavfliligi ularning alan­galanish chegaralari, yonish harorati va alanganing normal tarqalish tezligi bilan belgilanadi.

Gazlarning yonish jarayoni juda tez kechadi. Ularning har bir molekulasi havodagi kislorod molekulasi bilan kontaktda bo‘lishi mumkin, shuning uchun ular baravar yonishga tayyor bo‘ladi. Gazning havo bilan aralashib yonishi aralashma hosil bo‘lgandagina vujudga keladi. Shuning uchun ham aralashmalarning alangalanish chegaralari quyi va yuqori chegaralar sifatida bel­gilanadi. Bunda quyi chegara deb gazning minimal miqdor alanga hosil qilgan holati tushuniladi va mana shu chegara sanoat korxonasining yong‘inga va portlashga xavflilik toifasini belgilovchi omil hisoblanadi.



Havoning gaz bilan aralashmasi, yonish uchun etarli miqdorda yig‘ilgan bo‘lsa, u ma’lum haroratgacha qizdirilganda alangalanib ketadi, mana shu harorat yonish harorati deb ataladi. Bu harorat yonuvchi aralashma holati va boshqa omillar ta’sirida juda katta diapazonni tashkil qilishi mumkin (450→2000°C). Ko‘pgina gazlarning aralashmalarining yonish tezligi ular aralashmalarining miqdoriga va gazning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Gazlarning yonish tezligi asosan 0,3-0.8 m/s ni tashkil qiladi. Bundan vodorod bilan atsetilen gazi mustasno bo‘lib, ularning yonish tezligi 2,76 va 1,56 m/s dan iborat. Alanganing normal tarqalish tezligi gazlardagi fizik-kimyoviy xususiyat bo‘lib, ma’lum o‘zgarmas miqdor sifatida belgilanadi, chunki bu tezlikning nihoyatda ortib ketishi portlashni belgilovchi omil hisoblanadi. YOnishning tez kechishi portlash deyiladi. YOnish qancha qisqa muddatda amalga oshsa, portlash kuchi shuncha katta bo‘ladi.

Suyuqliklarda yonish faqat uning gazsimon (ya’ni bug‘ga aylangan) fazasida bo‘ladi. Bug‘ga aylanish jarayoni va tezligi suyuqlikning fizik va kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq. Shuningdek, bunga aylanish jarayoni tashqi muhit haroratiga ham bog‘liq bo‘ladi.

Havo muhitida bug‘larning, shuningdek, gazlarning yonishi, ma’lum diapazon zichlikdagina ro‘y berishi mumkin.

Havodagi yonuvchi bug‘ va gazning miqdori, umuman to‘yingan holatdagi miqdordan ko‘p bo‘lishi mumkin emas, shu­ning uchun bu moddaning yonish chegarasini faqat harorat bilangina belgilash mumkin va bu miqdor yonuvchi modda alangalanishining yuqori chegarasi deb yuritiladi. Ammo suyuqlik va gazlarning havo muhitidagi zichligi to‘yinish nuqtasidan past bo‘lgan hollarda ham ma’lum haroratda alangalanish hodisasi ro‘y berishi mumkin. Shuning uchun ham har xil yonuvchi moddalar uchun zichlikning alangalanish chegarasini yonuvchi modda mini­mal miqdorda bo‘lgan holat uchun ham alangalanish harorati aniqlanadi va bu miqdor modda alangalanishining quyi chegarasi deb yuritiladi. Demak, har qanday yonuvchi suyuqlikning yonish jarayoni bo‘lishi uchun suyuqlik ma’lum haroratgacha qizdirilishi (bu harorat, albatta, alangalanishning quyi chegarasidan kam bo‘lmasligi kerak) va bu vaqtda suyuqlikdan ajralib chiqayotgan bug‘lar miqdori alangani davom ettira oladigan miqdorda bo‘lishi kerak. Suyuqliklarning ana shu xususiyatlari asosida suyuqliklar uchun chaqnash va alangalanish tushunchalari kiritiladi. Uncha katta bo‘lmagan haroratdagi suyuqlik yuzasida suyuqlik bug‘larining havo bilan aralashmasi hosil bo‘ladi va bu aralashmaga tashqaridan uchqun berilsa, yonib ketadi. Bu chaqnash harorati deb aytiladi. Bunda muqim yonish jarayoni davom etmasligi mumkin. Agar yonib ketgan suyuqlik bug‘larining ajratgan issiqligi suyuq­likning yonish uchun ajralishi kerak bo‘lgan bug‘ miqdori uchun etarli bo‘lsa, yonish davom etadi, aksincha, o‘chib qoladi.

Mana shu xoccaga asoslangan holda suyuqliklar ikki turkumga bo‘linadi:

1)Agar suyuqlikning chaqnash harorati 61°C ga teng yoki ki­chik bo‘lsa, bunday suyuqliklar engil alangalanuvchi suyuqliklar (EAS) deb ataladi. Ularga spirtlar, atseton, benzin oltingugurt gidroksidi va boshqa suyuq­liklar kiradi. 2) Agar suyuqlikning chaqnash harorati 61°C dan katta bo‘lsa, bunday suyuqliklar yonuvchi suyuqliklar (YOS) deb ataladi. Ularga neft mahsulotlari yog‘lar, kerosin, mazut, glitserin solyarka va boshqalar kiradi.

Alangalanish harorati deb suyuqlikning minimal haroratdagi chaqnash hodisasi suyuqlikdan etarli darajada bug‘lar ajralib chiqishini ta’minlashi natijasida alangalanish davom etadigan ho­latiga aytiladi. Engil alangalanuvchi suyuqliklar uchun bu harorat chaqnash haroratidan 1-5°C yuqoriroq bo‘ladi, yonuvchi suyuq­liklar uchun esa 30-35°C ga borishi mumkin. Tez yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar bug‘lanish natijasida portlovchi aralashma muhit hosil qiladi. Gazlar va suyuqlik bug‘larining havo bilan aralashmasi portlash xususiyatiga ega. Portlash ma’lum sharoit bo‘lganda amalga oshadi. YOnuvchi modda bo‘ylab alanganing tarqalish tezligi m/s larda bo‘lsa yonish deb, yuzlab m/s larda bo‘lsa portlash deb, minglab m/s larda bo‘lsa - detonatsiya deb ataladi. Detonatsiya xususiyati ammonal, tol va sh.o‘. moddalarda mavjud.

Qattiq, moddalarning yonish va yong‘inga xavflilik xususiyatlari. Qattiq jismlarning yonish xususiyati deganda, uning qizdirish natijasida parchalanib, yonuvchi gazsimon va bug‘simon moddalar hosil qilishi tushuniladi. YOnuvchi moddalarning mana shu parchalanish holati ularning uchuvchi qismi deb ataladi. Uchuvchi qismning yonish qonuniyatini o‘rganishda, ularga gazsimon mod­dalarning yonish qonuniyatlarini qo‘llash mumkin. Masalan, quruq moddalarni qizdirib haydash yo‘li bilan gazga aylantirish mumkin. Haydashdan keyin hosil bo‘lgan yoki qolgan qoldiq koks qoldig‘i deb yuritiladi. Koks qoldig‘ining yonish jarayoni gazsimon mod­dalarning yonish jarayonidan birmuncha farq qilsada, ammo o‘z-o‘zidan alangalanishning issiqlik nazariyasini bu koks qoldiqning yonish jarayonini tushuntirish uchun qo‘llash mumkin.

Qattiq moddalarning yong‘inga xavflik xususiyatlari 1 kg qattiq modda yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori, o‘z-o‘zidan alangalanish yonib bitish tezligi va material yuzasida yonishning tarqalishi bilan ifodalaniladi. Qattiq jismlarning yonish harorati yonganda hosil bo‘ladigan issiqlik miqdori va yonish zonasiga kelayotgan havo miqdoriga bog‘liq.

CHanglarning yonishi va portlash xususiyatlari

Qattiq moddalarning maydalangan har xil kattalikdagi zarralari havo muhitida uzoq vaqt suzib yuradigan va birmuncha katta zichlikka ega bo‘lgan tumansimon muhitni vujudga keltiradi. Bunday mayda zarrachalarning ko‘p miqdorda yig‘ilib qolganda xuddi gaz va yonuvchi suyuqliklar bug‘lari kabi portlash xususiyatiga ega bo‘ladi.

Odatda, havo tarkibidagi changlar miqdori g/m3 yoki mg/m3 birliklarda o‘lchanadi. Ko‘pgina yonuvchi moddalar changlarining portlashi uchun pastki zichlik miqdori juda katta birliklarni tashkil qiladi va bunday birlikdagi aralashma hosil qilishi qiyin (masalan, qand pudrasi, torf changi, bularning portlashi uchun quyi chegaradagi zichlik 1350 g/m3 va 2200 g/m3), shuning bilan birga bun­day changlarni portlatib yuborish uchun katta quvvatdagi yondiruvchi impuls zarur.

Portlashning boshlang‘ich fazasida havo tarkibidagi eng mayda zarralar alangalanadi va ularning ajratgan issig‘ida kattaroq zarralar alangalanadi, shundan keyin zichligi etarli bo‘lsa, alangalanish hajmiy tus oladi va portlashga olib keladi. Shuning uchun ham zichlikning quyi chegarasi asosida changlarning yong‘inga va portlashga xavfliligi aniqlanadi. Portlashga xavfli changlar to‘lfasiga zichligi 65 g/m3 gacha bo‘lgan, alangalanish quyi chegarasiga to‘g‘ri kelgan changlar kiritiladi (oltingugurt changi, un va boshqalar). Agar alangalanishning quyi chegarasi 65 g/m3 dan ortiq zichlikka to‘g‘ri kelsa, ular yong‘inga xavfli changlar toifasiga mansub bo‘ladi (tamaki, yog‘och changi).

Binolarning ishlab chiqarish toifasi va o‘ta bardoshlilik darajasiga qarab ularning qavati tanlanadi.

A,B toifasi uchun qavatning soni 6 dan oshmasligi lozim. V toifasi uchun qavatlar soni cheklanmaydi, lekin asosiy konstruksiyalar noyonilg‘i va yonishi qiyin yonilg‘i materiallardan qilinishi lozim. Evakuatsiya yo‘llari qisqa va etarli kenglikda bo‘lishi kerak. CHiqish eshiklari faqat tashqariga ochilishi zarur (tebranadigan va xarakatlanuvchi eshiklarga joylashishga ruxsat berilmaydi). > 10 m dan yuqori bo‘lgan binoni tashqaridan yong‘in zinapoyalari bilan jixozlaydilar.

Sanoat korxonalari binolarini yong‘indan muhofaza qilish uchun ishlatiladigan asosiy texnik qurilmalar QMQ 2.01.02 92: asosida aniqlanadi.

A, B va V kategoriyasidagi yong‘inga xavfli ob’ektlarda yong‘in haqida xabar beruvchi datchiklar o‘rnatiladi. Ular yong‘in bo‘lgan taqdirda qabul qilish apparatiga signal yuboradi. Bunday sistemalar yong‘in signalizatsiyasi deb ataladi. YOng‘inni avtomatik signalizatsiya qurilmasi (YOASK) to‘g‘ri va aylanasimon sxemada o‘rnatiladi. Ular ishlatiladigan datchiklar turiga bog‘liq holda issiqlik, tutun muhofazalovchi va kombinatsiyalashgan turlarga bo‘linadi. Bu qurilmalar yong‘in va muhofaza-yong‘in turlariga bo‘linadi. YOng‘indan muhofaza sistemalari qimmatbaho materiallar saqlanadigan omborlarda, turar joy kvartallarida ishlatiladi. YOng‘in va uning muhofaza signalizatsiyasining asosiy elementlariga yong‘in to‘g‘risida xabar beruvchi qurilma qabul qilish stansiyasi, aloqa tarmog‘i, kuchlanish manbai, tovushli yoki yorug‘likli signal qurilmasi kiradi.

YOng‘in avtomatik signalizatsiyasiga APST-1, signalizatsiyali issiqlik yong‘in qurilmasiga-STPU-1 lar misol bo‘la oladi. Ushbu qurilmalardagi yong‘in to‘g‘risida avtomatik xabar beruvchi moslamalar muhitdagi issiqlik o‘zgarishi, tutun va issiqlik o‘zgarishi hamda yorug‘lik energiyasining o‘zgarishini qayd etish asosida ishlaydi.
Talabalarni bilimini tekshirish uchun savollar:


  1. YOng‘inga ta’rif bering.

  2. YOnishning fizik-kimyoviy asoslari.

  3. YOnish fazalari va portlash chegaralari.

  4. YOng‘inga qarshi kurash choralari.

  5. O‘t o‘chirishni tashkil qilish.

  6. Ishlab chiqarishlarning yong‘in xavfi bo‘yicha kategoriyalari.

  7. YOnish fazalari.

  8. YOng‘in sabablari?

  9. YOng‘in nazorati tashkilotlarining vazifalari?

  10. YOng‘in haqida xabar berish va aloqa vositalari?

  11. Ishchilarning xavfsiz evakuatsiya qilish? 

  12. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan materiallar yonish xususiyati bo‘yicha necha turga bo‘linadi va ular kaysilar?


MAVZU BO‘YICHA TEST SAVOLLARI
1. O‘z-o‘zidan yonish qanday xollarda ro‘y beradi.

a) punktlarda saqlanayotgan paxta xar qanday sharoitda o‘z-o‘zidan yonishi mumkin;

b) organik modda va minerallar moddalar aralashmasi o‘z-o‘zidan yonishga olib keladi;

v) ma’lum xajmdagi oraliq moddalarning ochiq ob-xavo sharoitlari ta’sirida va namlangan organik moddalar xar qanday sharoitda saqlashda o‘z-o‘zidan yonadi;

g) Erga to‘kilib shimilgan yonuvchi suyuqliklar o‘z-o‘zidan yonishi mumkin.

2. Portlash bo‘lishi uchun qanday sharoit bo‘lishi kerak.

a) yonuvchi gazlarning kislorod bilan aralashganda portlash bo‘lishi mumkin;

b) xar qanday xonada yoki idishda to‘plangan gaz yoki yonuvchi suyuqlikka uchqun berilganda portlashi mumkin;

v) xona xavosi xajmining xar qanday protsent miqdorida yig‘ilgan yonuvchi gaz va suyuqlik parlari portlashi mumkin;

g) xona xavosi xajmining ma’lum protsent miqdorida yonuvchi suyuqliklari yoki yonuvchi gaz to‘plangan bo‘lishi va unga uchqun yoki alanga bilan turtki berish kerak.

3. YOnish deganda nimani tushunasiz?

a) yonish bu kimyoviy jarayon bo‘lib, ko‘p miqdorda issiqlik va nurlanish bilan kechadigan jarayon xisoblanadi;

b) yonuvchi moddaning oksidlovchi modda bilan birikishi natijasida moddaning kimyoviy o‘zgarishi xisobiga katta issiqlik va nur tarqatish bilan kechadigan murakkab fizik kimyoviy jarayon yonish deb ataladi;

v) moddalarning kislorod bilan birikishi xisobiga katta miqdorda issiqlik va nur tarqatish jarayoniga yonish deyiladi;

g) yonuvchi moddani oksidlanuvchi modda bilan birikishi natijasida xosil bo‘ladigan murakkab jarayon yonish deb ataladi.

4. YOng‘in, yonish ehtimoli yukcak bo‘lgan bir qancha xavfli omillar cababli inconlar hayotiga juda katta tahdid ko‘rcatadi, jumladan:

a) toksik mahculotlarni yonishi va evakuasia chiqish yo‘llarini yopiqligi;

b) yong‘inning katta maydonni egallagani va olov balandligi;

v) derazalarni temir panjaralar bilan to‘silgani va uchqunli icsiq oqimlar;

g) yong‘in hududida kiclorod konsentrasiyasini pacayishi va tevarakdagi havo muhiti haroratini oshishi.

5. YOng‘in vaqtida eng katta xavf tug‘diradigan nima?

a) ochiq olov;

b) tutun oqibatida ko‘rishni yomonlashuvi;

v) yong‘inning toksik moddalari;

g) haroratning yuqoriligi;

6. YOng‘in chiqishiga qanday omillar cabab bo‘ladi?

a) yonuvchi modda va yondirish manbasi;

b) yondirish manbasi va oksidlovchi modda;

v) yonuvchi va oksidlovchi moddalar;

g) yonuvchi, oksidlovchi moddalar va yondirish manbasi;

7. YOnish jarayoni asosan ikki xil bo‘lishi mumkin, ular:

a) diffuziyali va qizdirish;

b) kinetik va o‘z-o‘zidan alangalanish;

v) diffuziyali va kinetik;

g) a va b javoblari to‘g‘ri.

8. YOng‘in xabarchilari tizimi to‘g‘ri keltirilgan javobni ko‘rsating?

a) nurli va shleyfli;

b) drencherli;

v) sprinklerli;

g) b va v javoblari to‘g‘ri.

9. Portlashning quyi va yuqori yig‘ilish darajasi deganda nimani tushunasiz?

a) ma’lum miqdorda yig‘ilgan suyuqlik portlaganda yuqori va quyi chegaralarga ega bo‘ladi;

b) xar qanday suyuqlik va gaz ma’lum bir chegara miqdorida portlash xususiyatiga ega bo‘lganligi sababli shu chegara portlashning yuqori va quyi chegarasi deb ataladi;

v) portlashning quyi va yuqori chegaralari xamma gazlar uchun bir xil bo‘ladi;

g) xonada yig‘ilgan portlovchi gaz yoki suyuqlikning xidi kelgan davrdan portlaguncha bo‘lgan protsent miqdori portlashning quyi chegarasi, portlash nuqtasidan yonish nuqtasiga o‘tish chegarasi protsenti yuqori chegarasi deb yuritiladi.

10. YOnmaydigan konstruksiyalarga nimalar kiradi?

a) issiqlik xarorati yoki kuchli alanga doimiy ta’sir etadigan konstruksiyalar;

b) alanga yoki yuqori xarorat ta’sir etadigan konstruksiyalar;

v) katta issiqlik xarorati yoki alanga ta’sirida yonib kul yo ko‘mirga aylanmaydigan qurilish konstruksiyalari ;

g) a va b javoblar to‘g‘ri.




Download 5.06 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 5.06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dori vositalarining sanoat texnologiyasi

Download 5.06 Mb.