|
Dorivor o‘simliklar va botanika
|
bet | 16/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Metafazada xromosomalar bo’linayotgan xujayralarning naq ekvator zonasida joylashadi. Shu vaqtda har qaysi xromosomaning ikki xromatidasi bir–biridan ajralib, faqat sentromeralari sohasida bog’langanicha qolgani aniq ko’rinadi. Metafazada axromatin dukning shakllanishi ham tugallanadi. Endi axromatin iplarning ikki gruppa bo’lib qolganini ko’rish mumkin, ularning bir tutam iplar gruppasi–xujayrani bir qutbdan ikkinchi qutbga tortilib, dukning asosini tashkil qiladi. Ikkinchisi "tortadigan" yoki xromosoma iplari– xujayralarning qutblari ekvatorgacha cho’ziladi va hujayra ekvatorida har bir xromosomaning sentriomerasiga ikki tomondan birikadi. Bu iplarning soni xromosomalar soniga muvofiq keladi. Metafaza oxirida xromosomal sentromerlari bo’linib ketadi. Shundan keyin xromotidalarni bir–biri bilan bog’lab turgan hech narsa qolmaydi.
Anafazada juda muhim jarayon bo’lib o’tadi–qiz hujayralar o’rtasida irsiy material bab–baravar taqsimlanadi. Bu jarayon hujayraning qarama–qarshi qutblariga juft xromatidalarning ajralib joylanishi bilan yuzaga chiqadi. Shu paytdan boshlab o’sha xromatidalar qiz hujayralarning xromosomalari hisoblanadi. Xromatidalarning ajralishi–murakkab jarayon. Buning sabablari hali yetarli tekshirilgan emas. Anafazada xromatidalarning bir–biridan itarilishiga sabab bo’ladigan kuchlar yuzaga kelishi to’g’risida ayrim ma’lumotlar mavjud. Shuningdek, xromatidalarning qutblariga qarab harakat qiladida axromatin dukning ham katta o’rin bor. Duk iplarini mikromonipulyator ninalari bilan uzish xromatidalarning ajralishini to’xtatib qo’yadi, ular hujayra ekvatori sohasida qolib ketadi.
Nihoyat, qiz hujayralarning xromosomalari qutblarga to’planadi va mitozning so’nggi bosqichi–telofaza boshlanadi. Qutblarning har birida shu yerda to’plangan xromosomalardan qiz xujayralarning yadrolari paydo bo’ladi. Xromosomalar spiral xolatini yo’qotib roslanadi, ingichka–ingichka iplarga aylanadi va natijada ko’rinmaydigan bo’lib qoladi. Telofazada sitoplazmada ham bo’linadi va ikkita qiz hujayra yuzaga keladi. Hujayraning ekvotiral qismida Goldji pufakchalari to’planadi va ularlar o’zaro birlashib, endoplazmatik membranani, ya’ni plazmolemmani hosil qiladi.
Hujayra po’sti hosil bo’lishi bilan sitogenez tugallanadi. Bir hujayradan ikkita yangi hujayra hosil bo’lib, ular o’zida ona hujayra hossa va xususiyatlarini saqlaydi. Tashqi ko’rinishdan eukariot organizmlar hujayrasi bo’linishida asosiy strukturaviy elementlar bo’lib xromosomalar, bo’linish veterenosi va plazmatik membrana ishtirok etayotgandek ko’rinsada, hujayra bo’linishida uning hamma qismlari to’liq ishtirok etadi. Sitoplazma va undagi organellalar ikka qiz hujayraga teng taqsimlanadi.
Meyoz (meiosis–kamayish) bo’linishi alohida tur bo’linish bo’lib, faqat jinsiy hujayralarda uchraydi. Meyoz bo’linishni 1882 yili V. Flemming hayvon hujayralarida kuzatgan. Bu jarayon 2 marta ketma–ket hujayraning bo’linishi natijasida "gaploid" to’plamli gametalar hosil bo’lishi bilan tavsiflanadi.
Meyoz 2 bo’linishdan iborat: 1–chi bo’linish–reduktsion bo’linishdir, bu bo’linishda xromosomalar soni 2 marta kamayadi, 2–chi bo’linish ekvatsion bo’linish deb atalib, bo’linish jarayoni mitozga o’xshash amalga oshadi.
|
| |