Mitoz va meyozning o’xshashligi va farqlari
|
Meyoz I–bo’linish
|
Meyoz 2–bo’linish
|
Mitoz
|
Inter-faza
|
Xromasoma to’plami 2n. DNK, oqsil sintezi, energiya
manbai taminlanishi. Xromasoma 2 xromatiddan tuzilgan (4s).
|
Xromasoma to’plami 2n Mitozga o’xshash, ammo faza uzoqroq davom etadi (4s).
|
Xromasoma to’plami n. DNK sintezi ro’y bermaydi (2s).
|
Pro-faza
|
Xromasomalar yo’g’onlashadi. Yadro po’sti va yadrocha yuqoladi, bo’linish veretenosi hosil bo’ladi.
|
Davomliroq, bu yerda xromasomalar ko’yu-gatsiyasi kuzatiladi, keyin xromosomalar ajratiladi.
|
Qisqa, mitozga o’xshash ammo xromasoma
to’plami–n.
|
Meto-faza
|
Xromasomada spiralizatsiya maksimumga etadi. Sentromeralar ekvatorda joylashadi.
|
Mitozga o’xshash.
|
Mitozga o’xshash ammo n–to’plami.
|
Ana-faza
|
Sentromeralar bo’linadi, xromatidlar yangi xromasoma hosil qilib, qutbga boradi.
|
Sentromeralar
bo’linmaydi, balki
qutblardan biriga boradi. Xromasoma 2 xromatiddan iborat.
|
Mitozga o’xshash ammo n–to’plami.
|
Telo-faza
|
Sitoplazma va organellalar
2 qismga bo’linib, 2 qiz hujayra hosil qiladi. Xromasoma to’plami– 2n. (2s) yadro po’sti va yadrocha hosil bo’ladi.
|
Gomologik xromasamalar turli hujayralarga borib, gaploid to’plamga ega, n (2s).
|
Sitoplazma bo’linadi, 4 xujayra (gaploid–n to’plami) hosil bo’ladi.
|
Meyozning mitozdan farqi shuki, profaza I uzoqroq davom etadi. Profaza I da gomologik xromosomalar chalkashuvi (kon’yugatsiyasi) kuzatiladi. Bu jarayonda gomologik xromosomalarda genetik informatsiya almashinuvi ro’y beradi. Hozirgi vaqtda profaza I ni quyidagi 5 bosqichga bo’lib o’rganish rusm bo’lib borioqda: leptotena, zigotena, paxitena, diplotena, diakenez. Anafaza I da sentromerlar bo’linmay, gomologik xromosomalar bilan birga qutblardan biriga ketadi. Birinchi va ikkinchi bo’linish orasida interfaza judayam qisqa bo’lib, unda DNK sintez qilinmaydi. Natijada hosil bo’lgan hujayralar–gametalar xromosomalarning gaploid to’plami ga ega bo’lib qoladi.
|