• amitoz, mitoz va meyoz
  • Mitoz bo’linish
  • Dorivor o‘simliklar va botanika




    Download 426,29 Kb.
    bet15/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    Identiv o’quv maqsadlari:


    3.1. Mitotik sikl tushinchasini sharxlay oladi.
    3.2. Xujayra bo’linish xillari tug’risida tushunchaga ega bo’ladi.
    3–savol bayoni:Hujayra bo’linishi natijasida bir va ko’p hujayrali organizmlarda hujayralarning miqdori oshib boradi. Hujayraning bo’linishiga olib keladigan sabablar turlicha bo’lishi mumkin:
    1) Yadro va sitoplazma xajmi nisbatining buzilishi sitoplazma xajmining haddan tashqari ortishiga olib keladi, bu esa yadro tomonidan sitoplazmadagi hayotiy jarayonlarni boshqarishni mutlaqo qiyinlashtiradi.
    2) Hujayra ichidagi hosilalar miqdori va soni ortishi natijasida, bu xajmni hujayra po’sti sig’dirolmay qoladi.
    3) Turli xil stimulyatorlar ta’siri ostida hujayralarni bo’linishiga olib keladi.
    Hujayra bo’linishdan oldin hujayrada kerakli miqdorda oqsil, nuklein kislota hamda energetik manbai to’planadi. DNK miqdori ikki barobar ko’payadi. Yadro va hujayra asosan 3 xil: amitoz, mitoz va meyoz yo’llari bilan bo’linadi. Bundan tashqari ayrim hollarda endomitoz bo’linish ham qayd etiladi.
    Amitoz bo’linishni birinchi bo’lib rus olimi N.Jeleznov (1840) aniqlagan. Amitoz bo’linishning moxiyati shundaki, bunda hujayra organellalari hamda yadroning strukturaviy o’zgarishsiz 2 bo’linadi. Bunda optik mikroskopda xromosomalarning mitoz bo’linishida bo’ladigan o’zgarishlari kuzatilmaydi. Ba’zan yadrodagi yadrocha va yadro po’sti erimasdan turib, ikkiga bo’linadi. Axromatin iplar hosil bo’lmaydi. Amitozda yadro moddasi yangi hosil bo’lgan hujayralar orasida ko’pincha teng taqsimlanmaydi hamda irsiy (genetik) jihatdan bir xil tenglikdagi hujayralar shakllanmaydi. Shu sababli amitoz patologik xodisa deb qaraladi, bu bo’linish ko’pincha qarigan va kasallikka duchor bo’lgan hujayralarda kuzatiladi.
    Mitoz bo’linish yadro va hujayra bo’linishining asosiy xili hisoblanadi. 1874–yilda I.F.Chistyakov plaun va qirqbo’g’im sporalarining rivojlanishini o’rganayotgan paytda o’simliklardamitoz bo’linishni kashf etgan. Keyinchalik 1875–yilda Bonn universitetining professori Strasburger bu bo’linishni batafsil o’rganib, unga mitoz ( "mito"–ipcha) deb nom berdi.
    Mitoz bo’linishda xujayralar ketma–ket keladigan bir hildagi qator o’zgarishlarga uchraydi, shu o’zgarishlar natijasida xujayra bo’linib paydo bo’ladigan ikkala qiz xujayra to’la diploid xromosomalar to’plamiga ega bo’ladi, ularda tur va individga hos bo’lgan barcha irsiy xossalarining yuzaga kelishi uchun zarur genlarning to’la to’plami saqlanadi. Mitozda quyidagi fazalar kuzatiladi: profaza, metafaza, anafaza va telofaza.
    Ikkita mitoz orasida o’tadigan davr interfaza deb ataladi.
    Mitozning birinchi fazasi–profaza sitoplazma va yadroda bo’lib o’tadigan murakkab hodisalar bilan ta’riflanadi. Sitoplazma tarangligi kuchayadi, shuning natijasida hujayra dumaloq shakl olishga intiladi. Sitoplazmaning yopishqoqligi va sirt tarangligi ortadi.
    Mitozda sitoplazmatik organellalardan sentrosoma katta ahamiyatga ega bo’ladi. Odatda, yadro yonida joylashadigan sentriolalar profazda qarama–qarshi tomonga qarab ajrala boshlaydi. Ular hamisha bir–biridan itarilayotganga o’xshab, to’g’ri chiziq bo’ylab ajraladi. Sentriolalar ajrashgan sayin ularning orasida sitoplazmada magnit maydonning kuch chiziqlariga o’xshab joy olgan alohida iplar vujudga keladi. Ushbu iplar axromatin duk deb ataladi. Bu duk tarang shaklini hosil qiladi. Mikromanipulyator ninasi bilan uning hujayra ichida bir joydan boshqa joyga ko’chirsa bo’ladi. Sentriolalarning ajralishi xujayraning qutblanishiga olib keladi. Ular turgan joylarda mitoz oxirida yangi qiz xujayralarning yadrolari o’rnashadi.
    Profazada interfaza vaqtida ko’zga ilinmaydigan xromosomalar zichlashib, optik mikroskop ostida ro’yi–rost ko’rinadigan ingichka–ingichka iplarga aylanadi. Ularning har biri ikkinchisining atrofiga o’ralib olgan va uzunasiga joylashgan ikkita xromatiddan iborat bo’ladi. Xromatidlar asta–sekin spirallashib, yo’g’on tortadi. Natijada ipsimon uzun–uzun xromosomalar ixcham (kompakt) tanachalariga aylanadi, natijada ular bir–biriga chalkashmasdan oson ajraladigan bo’ladi. Bunday xromosomalar uzunligi ilk profaza xromosomalaridan qariyb 25 baravar kalta bo’ladi. Profaza oxirida yadro po’sti erib ketadi va xromosomalar sitoplazmaga o’tib qoladi.

    Download 426,29 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   91




    Download 426,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dorivor o‘simliklar va botanika

    Download 426,29 Kb.