|
Dorivor o‘simliklar va botanika
|
bet | 14/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Muxokama uchun savollar:
1.1. Hujayra po’stining asosiy tarkibi xisoblangan sellyuloza qaysi o’simliklarda uchramaydi?
1.2. Hujayra po’sti qalinlashishida qaysi organoid qatnashadi?
1.3. Plazmodesmalar deb nimaga aytiladi?
2-savol bo’yicha dars maqsadi: Hujayra po’sti tarkibidagi o’zgarishlar, ya’ni: yog’ochlanish, po’kaklanish, minerallanish va shilimshiqlanish xillarini talabalarga tushuntirish.
Identiv o’quvmaqsadlari:
Hujayrapo’stitarkibidagio’zgarishturlarinibir-biridanfarqlayoladi.
Xujayra po’sti o’zgarishi qaysi organlarda vujudga kelishini ayta oladi.
2-savolning bayoni: Hujayra po’sti, aksariyat, shakllanish protsessida tarkibi va tuzilishi jihatidan katta o’zgarishlarga uchraydi. Asosan bu o’zgarishlar quyidagi xillardan: yog’ochlanish, po’kaklanish, shilimshiqlanish va minerallanish jarayonlaridan iborat bo’lishi mumkin.
Hujayra po’sti yog’ochlanishidauning devorida lignin to’planadi. Lignin ham sellyuloza kabi uglerod, vodorod va kisloroddan tuzilgan, lekin unda uglerodning nisbiy miqdori 61–65 % dan ko’proqni tashkil etadi. Lignin aromatik qatordagi birikmalar jumlasiga kiradi. O’simliklardan ajratib olingan lignin sarg’imtir amorf poroshokdir. Lignin optik jihatdan izotropik bo’lib, suvda va organik erituvchilarda erimaydi. Lignin molekulasining tuzilishi g’oyatda murakkab. Yog’ochlangan hujayra po’stlari deyarli sellyulozadan tuzilgan po’stlardan farq qilib, Shveytsar reaktivida erimaydi, va yod ta’sirida ko’k rangga bo’yalmaydi. Hujayra po’stining yog’ochlanishi o’simliklar olamida ko’p uchraydi. Bu xodisa tuban o’simliklar bilan moxlardagina kuzatilmaydi. Yog’ochlanganda o’simliklarning kattikligi, zichligi va nur sindirishi ortadi. Yog’ochlanish po’stlarning plastikligini kamaytiradi va o’sishini to’xtatadi.
Po’kaklanish. Hujayra po’sti ko’pincha suberin deb ataladigan moysimon moddani shimib olishi natijasida po’kaklanib qoladi. Bunday hujayralarning po’sti egiluvchan va pishiq bo’ladi, biroq o’zidan suv va gazlarni o’tkazish xususiyatini yo’qotadi. Po’kaklangan hujayralarning protoplasti nobud bo’ladi, chunki ular tashqi muxit bilan moddalar almashinish xususiyatini yo’qotadi. Po’kaklangan hujayralar asosan ikkilamchi qoplovchi to’qima–po’kak (probka)da uchraydi.
Kutinlanish. Ko’pchilik o’simliklar hujayrasining po’sti tashqi tomondan suberinga o’xshash maxsus modda yupqa kutin parda (plyonka) bilan o’ralgan. Bu jarayondan keyin hujayra po’stining egiluvchanlik xususiyati saqlansa ham, biroq suv va gazlar o’tkazish qobiliyati ancha pasayadi. Kutinlangan hujayra po’stini ko’pchilik o’simliklarning barg yuzasida ko’rish mumkin. Bunday barg yuzasi bo’yalgandek yaltiroq holda bo’ladi. Kutinlanish asosan barg yuzasidagi hujayralarda bo’lib, u barg yuzasidan suvni ko’p bug’latishdan, ularni mexanik shikastlanishdan saqlaydi, hamda barg ichiga har xil zararli mikroblarning kirishiga to’sqinlik qiladi. Bundan tashqari kutin moddasi quyoshning ultrabinafsha nurlarini qabul qilib oladi va radiatsion ekran vazifasini o’taydi.
Shilimshiqlanish.Ayrim o’simliklar urug’ining hujayralari po’sti shilimshiqlanadi. Bunda hujayra po’stidagi sellyuloza erib, shilimshiqsimon uglevodlarga (shilimshiq va kamedlar) aylanadi. Ular fizik–ximiyaviy xususiyatlari jixatidan bir–biriga yaqin tursada, biroq ximiyaviy tarkibi batafsil o’rganilmagan pektin moddasiga o’xshaydi. Shilimshiq va kamedlarga suv ta’sir ettirilsa bo’rtadi, keyinchalik esa suyuq holatga o’tadi. Urug’lardagi shilimshiqlanish o’simlikning moslanish belgilari hisoblanadi. Chunki shilimshiqlangan po’st suvda bo’kib, o’sayotgan kurtak atrofida namlik saqlaydi. Ba’zi holatlarda yuksak o’simliklarning bargida ham shilimshiq hosil bo’lishi mumkin.
Minerallanish. Hujayralar po’sti mineral moddalarni, ko’pincha qum–tuproq, kal’tsiyli yoki magniyli tuzlarni shimib minerallashadi. Ba’zi qoplovchi to’qima hujayralarining po’sti yoki epiderma tukchalari (trixomalar) ham minerallashadi. Minerallashgan o’simliklarning organlari mexanik jixati ancha mustaxkam bo’lib, ularning poya va barglari o’tkirlanishi natijasida terini kesib yuborishi ham mumkin. Shuning uchun bu xil o’simliklarni (qiyoq, qamish) barglari ko’p minerallashmasdan oldin–gullashga qadar o’rib olish va mollarga berish kerak.
Matseratsiya.O’simlikning ikki hujayrasi orasidagi o’rta plastinkaning yemirilishi natijasida hujayralarning bir–biridan ajralish jarayoni matseratsiya deyiladi. Bu xodisani pishib etilgan nok, qovun, shaftoli, banan kabi o’simliklarning mevalarida, shuningdek xazonrezgilik paytida barglarning bandida, meva bandida va gullab bo’lgan tojibarglarning to’kilishi oldidan ularning hujayralarida tabiiy matseratsiya jarayoni kuzatiladi.
3-savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarga hujayraning ko’payishi va hujayra bo’linish xillari to’g’risida ma’lumotlar berish..
|
| |