• 2-savol bo’yicha dars maqsadi
  • 2–savolning bayoni
  • Dorivor o‘simliklar va botanika




    Download 426,29 Kb.
    bet10/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    Muhokama uchun savollar:

      1. O’simlik hujayrasining tuzilishi hayvon hujayrasidan farq qiladimi?

      2. Goldji kompleksi shakli hujayraning hayoti davomida o’zgarib turadi. Buning sababi nima deb o’ylaysiz?

      3. Yadro hujayrada qanday funktsiyani bajaradi?



    2-savol bo’yicha dars maqsadi: Sitoplazma va hujayra shirasining hujayradagi ahamiyati haqida talabada tushincha hosil qilish.
    Identiv o’quv maqsadlari:

      1. Hujayra shirasi va uning hujayradagi ahamiyatini izoxlay oladi.

      2. Hujayra shirasi tarkibidagi erigan moddalarni o’simlik uchun zarurligini tushuntirib bera oladi.

      3. Hujayradagi sodir bo’ladigan fiziologik xodisalarini sharxlay biladi.

    2–savolning bayoni: Sitoplazma rangsiz, tiniq moda hisoblanadi. Optik jixatidan ultramikroskop bilan qaralganda hujayra bo’shdek bo’lib ko’rinadi. Sitoplazma yorug’likni suvga nisbatan kuchliroq sindiradi. Sitoplazmaning solishtirma og’irligi 1,025–1,055 deb aniqlangan bo’lib, ba’zi hollarda birmuncha past (1, 010) yoki yuqoriroq (1, 060) bo’lishi ham mumkin.
    Sitoplazmaning konsistentsiyasi (quyuqligi) har xil bo’ladi, ko’pgina faol hujayralarda zol holatda bo’lsa, spora va urug’ hujayralarida qattiq gel holida bo’ladi.
    Sitoplazma hujayrada uch qismdan iborat bo’ladi. Plazmolemma–eng sirtqi qatlam bo’lib, tiniq va unda xech qanday organellalar bo’lmaydi. O’rta qatlam–mezoplazma–bir muncha katta, unda barcha organellalar joylashgan bo’ladi. Uchinchi qatlami–tonoplast vakuolni o’rab turadi
    Sitoplazma tarkibi organik va anorganik moddalardan tashkil topgan. Asosiy organik moddalarga oqsillar, uglevodlar, nuklein kislotalar va lipidlar kiradi.
    Hujayra sitoplazmasi o’zi bilan aralashmaydigan suyuqlik ajratadi, bu suyuqlik hujayra shirasi deyiladi. Protoplastdagi hujayra shirasi bilan to’lgan bo’shliqlar vakuolalar deyiladi. Sitoplazmaning vakuola bilan chegaradosh qavati tonoplast deyiladi.
    Odatda endigina hosil bo’lgan yosh hujayrada yumaloq yoki cho’zinchoq shaklli talaygina mayda–mayda vakuollar bo’ladi. Bu vakuollar erigan moddalari bo’lgan suv va gel holatidagi kolloid bilan to’lgan bo’ladi.
    So’ngra vakuolalar kattalashib, hujayra shirasi bilan to’lgan sistemasiga aylanadi. Keyinchalik vakuollar qisman ajraladi, kattalashadi, bir–biriga qo’shilib, soni kamayadi va yumaloq tortadi. Bu vaqtda vakuollardagi suv ko’payadi, unda erigan moddalarning ko’p qismi zol holatga o’tadi. Vakuollar keyinroq bitta yirik markaziy vakuolaga qo’shiladi. Sitoplazma bu vaqtda hujayraning devorlari atrofidan joy oladi, unda yadro, plastida va xondriosomalar joylashadi. Ba’zi hollarda yadro hujayraning markazidan joy oladi; uni o’rab turgan protoplazma vakuollar bo’shlig’i orqali o’tgan tortmalar vositasida hujayraning devor osti protoplazmasi bilan qo’shiladi.
    Hujayra shirasi kuchsiz kislotali yoki neytral, ba’zan ishqoriy xususiyatga ega bo’ladi. Hujayra shirasining tarkibi nihoyatda xilma–xildir. Unda uglevodlar, oqsillar, organik kislatalar va uning tuzlari, aminokislotalar, mineral ionlar, alkaloidlar, glikozidlar, bo’yovchi moddalar, taninlar va boshqa suvda eruvchan birikmalar uchraydi.
    Hujayra shirasining ximiyaviy tarkibi va kontsentratsiyasi ham o’zgaruvchanbo’ladi. U hujayraning turi va holati, to’qimalar, organlar va o’simlik turlariga bog’liq bo’ladi. Hujayra shirasida ko’p tarqalgan moddalardan birishakarlardir. Ular saharoza, glyukoza va fruktozalar shaklida uchraydi. Shakar moddalar hujayrada g’amlangan holda hujayra uchun muxim oziq modda sifatida xizmat qiladi. Qand lavlagi ildiz mevasidagi va shakarqamish poyasining o’zagidagi hujayra shirasida ko’p miqdorda saxaroza to’planadi. Glyukoza va fruktozalar asosan sersuv etdor mevalarda ko’p miqdorda to’planadi.
    Hujayra shirasida organik kislotalardan olma, limon, qaxrabo kislotalari ko’proq uchraydi. Ular xom mevalarda kuzatilib, mevaga nordon ta’m beradi.
    Alkaloidlar geterosiklik tuzilishli azotli organik moddalar bo’lib, ular achchiq ta’m beradi. Hujayra shirasida tuzlar shaklida uchraydi va ishqoriy xossaga ega. Odatda rangsiz, ba’zan rangli bo’ladi. Alkaloidlar yuksak o’simlik hujayralari uchun xosdir. Xozirgi vaqtda 2000 dan ortiq alkaloidlar ma’lum. Ularning tarkibi ma’lum sistematik guruxdagi o’simlik uchun harakterlidir. Ko’pchilik o’simliklardan olinadigan zaharli moddalar ham alkaloidlar hisoblanadi. Ulardan ba’zi birlari tibbiyotda dori–darmonlar sifatida ishlatiladi.
    Glikozidlar shakarning spirtlar, aldegidlar, fenollar yoki boshqa moddalar bilan birikishidan hosil bo’lgan tabiiy moddalar guruxi hisoblanadi. O’simlikdan olinadigan ayrim glikozidlar tibbiyotda foydalaniladi. Glikozidlarga hujayra shirasidagi flavonoidlar ham kiradi. Ularning biri antosianlar hujayra shirasiga qizil, ko’k yoki binafsha rang beradi, ikkinchi flavonlar sariq rangga ega. Ko’pchilik o’simliklarning gullari binafsha rangdan to to’q qizil ranggacha ega bo’lishi hujayra shirasidagi antosianlarga bog’liq.
    Vakuolalar hujayraning osmotik bosimini yaratishda muxim rol o’ynaydi. Hujayra shirasida erigan molekulalar va ionlar to’xtovsiz harakatda bo’ladi. Shuning uchun ular sitoplazma va hujayra qobig’iga ma’lum bosim bilan ta’sir etadi. Buni osmotik bosim deb ataladi. Uning kuchi hujayra shirasining kontsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi. Hujayra qobig’ining unga qarshi ko’rsatadigan kuchi turgor bosim deyiladi. Osmotik va turgor bosimlarning o’zaro nisbati hujayraning shimish kuchini belgilaydi. Vakuolaning hujayra osmotik jarayonlaridagi roli va sitoplazmaning ba’zi bir fizik xususiyatlari plazmoliz xodisasida ko’rinadi. Plazmoliz–vakuolalarning o’zidan suv yo’qotishi natijasida hujayra qobig’idan sitoplazmaning qochishidir. Plazmoliz hodisasi hujayrani biror gipertonik eritmaga tushirganda kuzatiladi.

    Download 426,29 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91




    Download 426,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dorivor o‘simliklar va botanika

    Download 426,29 Kb.