|
Hayotiy formalar biologik spektri
| bet | 7/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Hayotiy formalar biologik spektri
Iqlim mintaqalari
|
Hayotiy shakllar
|
F
|
Ch
|
H
|
K
|
Th
|
Tropika
|
68
|
6
|
12
|
5
|
16
|
Cho’l
|
4
|
8
|
1
|
5
|
22
|
O’rta dengiz
|
12
|
6
|
29
|
11
|
42
|
Mo’’tadil
|
8
|
6
|
52
|
25
|
9
|
Artika
|
1
|
22
|
60
|
15
|
2
|
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, fanerofitlar asosan tropikada keng tarqalgandir. Xamefitlar artika rayonlarida, terofitlar cho’l va mo’tadil xududlarida ko’proq uchraydi.
Rus olimi I.G. Serebryakov o’simliklar hayotiy shakllarni tizimga solishda o’ziga xos yondoshadi. U o’simliklarning yer usti qismiga ko’proq e’tibor qiladi.
I.G. Serebryakov (1962) gulli o’simliklar uchun ekologo–morfologik klassifikatsiyani taklif qiladi. Unga ko’ra o’simliklar 4 ta katta guruhga bo’linadi:
-
Daraxtsimon o’simliklar (daraxt, buta va butachalar)
-
O’tsimon o’simliklar (bir, ikki va ko’p yillik o’tlar)
-
Oraliq o’simliklar (chala buta va butachalar).
-
Suv o’simliklari (suzib yuruvchi, suv osti va qirg’oqida yashovchi o’simliklar)
O’simliklarni qaysi guruhga kiritishda novdaning o’sish shakli va vegetatsiyasi davomiyligi hisobga olinadi.
Ko’p yillik o’tsimon o’simliklar o’z navbatida qo’yidagi guruxlarga bo’linadi:
1) O’q ildizli (kaudeksli) o’simliklar. Yaxshi rivojlangan, jamg’aruvchi, tuproq qatlamlariga chuqur kirib boruvchi ildizlarga ega bo’lgan o’simliklar. Kaudeksning shoxlanishiga qarab bir boshli, ko’p boshli bo’lishi mumkin (qashqarbeda, shirinmiya).
2) Popuk ildizli o’simliklar. Asosiy ildizi bo’lmaydi. Qo’shimcha ildizlari yo’g’on jamg’aruvchi, buralib zich joylashgan ildizlar hosil qiluvchi o’simliklar. Poyasi kalta, bo’g’im oraliqlari qisqa (zubturum, ayiqtovon va boshqalar).
3) Qisqa yer osti–ildizpoyali o’simliklar. Ko’p yillik o’simliklar qo’shimcha ildizlari hisobiga yashaydi. Lekin yer ostki ildiz poyasi yaxshi rivojlangan–ko’p yillik, bo’g’im oraliqlari qisqa ( gulsapsar va boshqalar).
4) Uzun yer ostipoyali o’simliklar–gipogen ildizpoyali o’simliklar, ya’ni ildiz poyasi yer ostida hosil bo’ladi (g’umay, achchiqmiya va boshqalar).
5) Zich tup hosil qiluvchi o’simliklar–ildizpoyalari qisqa, zich ko’p sonli qo’shimcha ildizlar hosil qiluvchi ko’p yillik bir pallali o’simliklar.
6) Tuganak hosil qiluvchi o’simliklar–1) Bitta ko’p yillik poya tipidagi tuganak hosil qiluvchi o’simliklar va yana har yili tuganaklarini almashtiruvchi; 2) Ildiz tipidagi o’simliklar (yatrishnik va boshqalar); 3) Stolon tugunakli o’simliklar (kartoshka).
7) Piyozboshli o’simliklar–ko’p yillik qismi turli tipdagi piyozboshlar, almashib turadigan qo’shimcha ildizlarni hosil qiluvchilar. Bu o’simliklar ko’p yillik va bir yillik bo’lishlari mumkin.
8) Yer yuzasida o’rmalovchi, eyr ustki–stalonli o’simliklar. Ko’p yil (2–4) yashovchi o’tsimon o’simliklar, plagiotrop o’rmalovchi poyaga ega bo’lgan (piyozboshli choy va boshqalar) yoki stalonli tez qurib qoluvchi–o’simliklar (qulupnay).
Bir yillik o’simliklarga qisqa oz yashovchi efemerlar kiradi.
O’simlikning zigotadan boshlab to balog’atga yetganicha va nasl qoldirguncha bo’lgan davri hayotiy sikl deb ataladi. Hayotiy sikl yoki rivojlanish sikli ma’lum bir qonuniyat asosida boruvchi bir qator fazalardan to’zilgan. Bu fazalar quyidagilardir: tug’ilish, rivojlanish va ko’payish. O’simlik hayotiy sikli oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Oddiy hayotiy siklga misol qilib ulotriks o’simligi hayotiy siklni ko’rsatishi mumkin. Ulotriks o’simligi zoosporadan rivojlanadi. Voyaga yetgan o’simlikda ma’lum vaqtdan keyin hujayralari reproduktiv hujayraga aylanadi. Bu hujayrada sporogenez yo’li bilan 4 ta zoospora yuzaga keladi. Hujayra po’sti yorilgach, bu zoosporalar tarqalib, yangi individni paydo qiladi.
Ko’pchilik o’simliklarda murakkab hayotiy sikl kuzatiladi. Murakkab hayotiy sikl o’z ichiga 2, goxida 3 ta oddiy siklni oladi. Murakkab hayotiy sikl gulli o’simliklarda yanada murakkablashib, gametalar hosil bo’lishi va zigota fazalariga ham egadir.
Ko’p yillik gulli o’simliklarda hayotiy sikl qayta–qayta takrorlanishi mumkin bo’lgan bosqichlardan iboratdir. Shuning uchun ularda katta va kichik hayotiy sikllar ajratiladi. Katta hayotiy sikl gulli o’simlikni murtak hosil bo’lganidan boshlab to umri (ontogenez)ning oxirigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Katta hayotiy sikl quyidagi davrlarga bo’linadi (T.A.Rabotnov klassifikatsiyasiga ko’ra):
-
|
| |