• 2-savol bo’yicha dars maqsadi
  • 2- savolning bayoni
  • Dorivor o‘simliklar va botanika




    Download 426,29 Kb.
    bet5/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    Muxokama uchun savollar:

      1. O’simliklarning tuzilishini o’rganishda o’simliklar morfologiyasi bo’limlarida qo’llaniladigan metodlar orasida qanday o’xshashlik va farqlar borligini izohlab bering.

      2. Botanikaning rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlarning qaysi biri o’simlikni qo’sh nomlashni (binar nomenklaturani) taklif etgan, bu taklifni berishiga asosiy sabab nimalar ekanligini aytib bering.

      3. O’zbekistonda botanika fani rivojlantirishiga hissasini qo’shgan olimlardan kimlarni bilasiz?



    2-savol bo’yicha dars maqsadi:Talabalargaavtotrof va geterotrof organizmlar, tuban va yuksak o’simliklar haqida ma’lumotlar berish.
    Identiv o’quv maqsadlari:
    2.1. Tuban va yuksak o’simliklar o’rtasidagi asosiy o’xshashlik va farqlarni ajrata oladi.
    2.2. Avtotrof va geterotrof organizmlarni farqlay biladi.


    2- savolning bayoni: O’zbekiston florasi nihoyatda xilma–xil bo’lib, unda 11000 yaqin o’simlik va zamburug’lar olami vakillari uchraydi. Ulardan 4500 tur yuksak o’simliklarga kiritiladi. Bugungi kunda o’simliklar dunyosi tuban va yuksak o’simliklarga ajratib o’rganilmoqda.
    Ma’lumki, tuban o’simliklar organik olamning dastlabki bosqichlarida kelib chiqqan. Ular suvli muhitda yoki sernam joylarda yashashga moslashgan. Evolyutsiya jarayonida uncha rivojlanmagan va hozirgi kungacha ularning ba’zilari sodda tuzilishni saqlab qolgan. Tuban o’simliklar–bir hujayrali, kolonial va ko’p hujayrali organizmlar hisoblanib, tanasi to’qima va organlarga ajralmagan. Tuban o’simliklarning to’qima va organlarga ajralmagan tanasi tallomyoki qattana deb ataladi.
    Bir hujayrali organizmlarda tirik organizm uchun xos bo’lgan tiriklik hususiyatlari bitta hujayraning o’zida amalga oshadi. Kolonial o’simliklar bir hujayralilar bilan ko’p hujayralilar o’rtasida turuvchi oraliq organizmlar hisoblanadi. Bunday organizmlar ayrim hujayralar to’dasidan iborat bo’lib, mustaqillikni saqlab qolgan holda ayrim hayotiy tomonidan bir–birlari bilan bog’lanishda bo’lishi kuzatiladi. Ko’p hujayrali tuban o’simliklarda esa hujayralar o’rtasidagi hayotiy vazifalar o’zaro taqsimlangan bo’ladi.
    Yuksak o’simliklar filogenetik jihatdan ancha yosh o’simliklardir. Ular quruqlikda yashashga moslashgan. Ko’pchilik yuksak o’simliklarda poya, barg va ildiz kabi vegetativ organlari rivojlangan, shuningdek to’qimalarga ajralishi ham kuzatiladi. Ular poyabargli o’simliklar deb ataladi. Ko’p hujayrali o’simliklarning tanasi turli hayotiy vazifalarni bajaruvchi bir necha xil hujayralardan tashkil topgan. Hujayralari bir–biridan shakl va tuzilishi jihatdan farq qiladi, hujayralarning takomillashishi va ixtisoslashishi tufayli ularda me’yor holda murakkab almashinuv jarayonlari, oziqlanish, nafas olish, o’sish, ko’payish va boshqalar sodir bo’ladi.
    Har qanday tirik organizm uchun oziqlanish, nafas olish, o’sish va ko’payish kabi tiriklik jarayonlari xosdir. Ko’payish aynan turning individual sonini ortishi hisoblanadi. O’simliklar dunyosida ko’payish usullari juda xilma–xildir. Tuban va yuksak o’simlik vakillarida ham uch turdagi ko’payish, ya’ni vegetativ, jinssiz va jinsiy ko’payish usullari farq qilinadi. Jinsiy ko’payishda yangi organizm ikki xil hayotiy xususiyatga ega bo’lgan jinsiy hujayralarning o’zaro qo’shilishidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham jinsiy ko’payish jinsiy yangilanish deb ham yuritiladi. Jinssiz ko’payish ham, jinsiy ko’payish ham maxsus ko’payish uchun xizmat qiluvchi hujayralar yordamida sodir bo’ladi. Jinssiz ko’payish sporalar yordamida ko’payishdir. Spora deb ona organizmdan ajralib chiqib, uning ko’payishi va tarqalishiga xizmat qiladigan ixtisoslashgan hujayralar tushuniladi. Sporaning muxim xususiyatlaridan biri shuki, u ikkinchi bir hujayra bilan qo’shilmay turib, yangi individual hosil qiladi. Ikkinchidan, u ona o’simlikdan har doim ajralib chiqib, ushbu turni uzoq masofalarga tarqalishini ta’minlaydi. Sporalar tur tarqalishida va ko’payish jarayonida har xil rol o’ynashi mumkin. Ko’pchilik yashil va qo’ng’ir suv o’tlari hamda zamburug’lar sporalarning o’sishi natijasida ona organizmga o’xshash yosh individ rivojlanadi va ko’payish jarayonini tugallaydi. Suvo’tlar va barcha sporali yuksak o’simliklarda yangi individning qayta tiklanishi faqat sporalar yordamida ko’payish bilan jinsiy jarayonlarning birgaligida amalga oshadi. Jinsiy ko’payish, yuqorida aytib o’tilganidek, ikki jinsiy hujayralarning o’zaro qo’shilishi natijasida ro’y beradi.Jinsiy hujayralar ko’pincha ixtisoslashgan bo’lib, faqat ko’payish vazifasini bajaradi. Bunday holda ularni gametalar deb ataladi. Gametalar sporadan farq qilib, faqat bir–birlari bilan o’zaro qo’shilishi natijasida yangi organizm kelib chiqadi. Gametalarning qo’shilishizigota deb ataladigan bitta hujayra hosil bo’ladi.
    Shunday qilib, jinsiy ko’payishda yangi organizm gametadan emas, balki zigotadan rivojlanadi. Jinsiy ko’payishning har qanday holatda ham gametalar zigotadagi hujayra yadrolariga nisbatan ikki marta kam sondagi xromosomalar to’plamiga ega bo’ladi.
    Yuksak o’simliklarning muhim hususiyatlaridan biri–yashil rangda bo’lishdir. Ko’pchilik o’simliklar (o’simliklar olamining uchdan ikki qismi) yashil rangga ega. Bu ularda rang maxsus bo’yovchi–xlorofillning bo’lishi tufaylidir. Xlorofill o’simliklarda xlorofill donachalarida bo’ladi. Hayvon hujayralarida xlorofill kuzatilmaydi.
    Yashil o’simliklar oziqlanish usuliga ko’ra avtotrof va geterotrof guruhlariga bo’linadi. Avtotrof deb, anorganik moddalardan o’zi organik moddalar hosil qiluvchi organizmlarga aytiladi. Ularga anorganik moddalardan organik moddaning hosil qiladi uchun ma’lum energiya manbai zarur. Yashil o’simliklar uchun bunday energiya manbai quyosh nuri hisoblanadi. O’simliklarda anorganik moddalardan organik moddalar hosil bo’lish jarayoni fotosintez deb ataladi.
    6 CO2 + 6N2O C6N12 O6 + 6O2.
    Ushbu tenglama faqat reaksiyaning boshlang’ich va oxirgi maxsulotlarini ifodalaydi, ammo u murakkab jarayonni to’la ifodalay olmaydi. Fotosintez natijasida birlamchi organik moddalar hosil bo’ladi. U o’z navbatida, o’simlikda o’zgarishga uchrab, turli organik moddalarni hosil qiladi va o’simlik tanasining tuzilishida ishtirok etadi. Fotosintez muhim tabiiy jarayonlaridan biridir. Chunki, yerdagi hayotning davom etishi shu jarayonga bog’liq. Har yili yashil o’simliklar ko’p miqdorda organik moddalar to’playdi. Bunda taxminan 600 mlrd.t. karbonat angidrid yutilib, atmosferaga 400 mlrd.t. kislorod ajralib chiqadi. Yer sharida har yili fotosintez jarayoni tufayli 83 mlrd.t. organik moddalar hosil bo’ladi. Shundan 53 mlrd.t. quruqlikda yashovchi o’simliklar tomonidan to’plansa, 30 mlrd.t. dengiz va okeanlarda yashovchi o’simliklar hisobiga to’g’ri keladi. Fotosintez jarayoni natijasida:

    1. Organik moddalar hosil qilinadi;

    2. Ko’p miqdorda kimyoviy energiya to’planadi;

    3) Yer yuzidagi tirik organizmlar kislorod bilan ta’minlanadi;
    4) Karbonat angidrid o’zlashtirishi, tabiatda aylanishi va uning atmosferadagi miqdorini muvozanatga solib turiladi va boshqalar.
    Geterotrof organizmlar deganda, avtotrof o’simliklar tomonidan hosil qilingan tayyor organik moddalar hisobiga oziqlanuvchilar tushuniladi. Hayvonot olamining vakillar geterotrof organizmlarga kiradi. O’simliklar dunyosining uchdan bir qismi–bakteriyalar, zamburug’lar va shilimshiqlar ham xlorofillga ega emas. Ular ham geterotrof organizmlar bo’lib, tayyor organik moddalar hisobiga oziqlanadi.
    Fotosintez jarayoni tufayli har yili ko’p miqdorda organik moddalar hosil bo’lishi hisobga olinsa, karbonat angidrid, suv va mineral tuzlar zaxirasi tez orada yo’qolib, yetishmay qolishini kuzatish mumkin. Ammo tabiatda bunday hol kuzatilmaydi. Sintez bilan bir vaqtda unga qarama–qarshi jarayon, ya’ni organik moddalarning parchalanishi ham sodir bo’ladi. Bunda yashil bo’lmagan o’simliklar –bakteriyalar, zamburug’lar faol ishtirok etadilar. Ularning faoliyati tufayli atmosferaga deyarli 90% CO2 qaytariladi. Qolgan qismi vulqonlarning otilishi, yonish va boshqa jarayonlar hisobiga to’g’ri keladi.
    Geterotrof bakteriyalar tashqi muxitdan organik moddalarni butun yuzasi orqali o’zlashtiradi. Organik moddalarning oksidlanishi ular uchun energiya manbai bo’lib qoldi. Oksidlanish turli bakteriya va zamburug’lar yordamida achish va chirish jarayoni bilan boradi. Achish va chirish jarayoni natijasida organik moddalar minerallashadi. Parchalanish maxsulotlarining ba’zilari yashil o’simliklar tomonidan darhol o’zlashtirilishi mumkin, ikkinchilari bakteriyalar tomonidan yana oksidlanishda davom etadi.
    Shunday qilib, bakteriya va zamburug’lar faoliyati tufayli yashil o’simliklar o’zlashtirgan moddalar jonsiz tabiatga mineral moddalar holida qaytariladi va tabiatda moddalarning doimiy aylanib turishi saqlanadi.
    O’simliklar qadimdan odamlarning oziqa manbai hisoblangan. Tosh asriga kelgandagina inson o’simliklar bilan birga xayvon maxsulotlaridan ham foydalana boshlagan.
    O’simliklar mikroiqlimga ta’sir qiladi, issiqlik muvozanatining shakllanishida muxim ahamiyatga ega, havoning nisbiy namligini oshiradi, joyning suv va havo rejimiga ijobiy ta’sir etadi. Zararli birikmalarni va CO2 ning ortiqcha miqdorini yutadi. Insonni turli changlardan saqlashda, tuproq eroziyasini oldini olishda ham o’simliklarning roli kattadir.
    O’simliklar sayyoramizda moddalar va energiya almashinuvini, insonni oziq–ovqat, sanoatni hom ashyo bilan ta’minlaydi, kishilar sog’ligini saqlashda, estetik zavq bag’ishlashda katta ahamiyatga ega.
    Hozirgi kunda noyob va yo’qolib borayotgan o’simlik turlarini muhofaza qilish muhim vazifa hisoblanadi. Noyob va yo’qolib borayotgan o’simlik turlarini saqlab qolish va ko’paytirish bir necha yo’l bilan amalga oshiriladi. Birinchidan, noyob o’simliklarni qo’riqxona va buyurtmaxonalarda muhofaza qilish va ko’paytirish, ikkinchidan botanika bog’larida yangi o’simliklarni keltirib, parvarishlash va h.o.

    Download 426,29 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




    Download 426,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dorivor o‘simliklar va botanika

    Download 426,29 Kb.