|
Dorivor o‘simliklar va botanika
|
bet | 1/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
“DORIVOR O‘SIMLIKLAR VA BOTANIKA” KAFEDRASI
BOTANIKA
FANIDAN O’QUV-USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi: 100000–Gumanitar fanlar
Ta’lim sohasi: 140000 – Tabiiy fanlar
Ta’lim yo’nalishi: 60510100–Biologiya
GULISTON – 2022
60510100–biologiya ta’lim y’nalishi bo’yicha o’qiyotgan bakalavrni yuksak malakali, ijodkorlik va tashabbuskorlik qobilyatiga ega, kelajakda kasbiy va hayotiy muammolarni mustaqil hal qila oladigan, yangi texnika va texnologiyalardan foydala oladigan botanika sohasidagi bilimlarni ta’minlash qonuniyatlarni tahlil qiladigan layoqatli kadrlarni tayyorlashda “Botanika” kursi katta o’rin egallaydi. Botanika kursi 60510100–biologiya ta’lim yo’nalishi bo’yicha o’qiyotgan bakalavriat bosqichi talabalariga botanika fani dasturida belgilangan talablar tomonidan egallanishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishni, o’quv jarayonini kompleks loyihalash asosida kafotlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o’rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv–uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron ta’lim resurslari, o’qitish texnologiyasi, baholash mezonlarini o’z ichiga oladi.
Guliston davlat universiteti Ilmiy kengashi tomonidan (__-bayonnoma “__”-avgust 202__ yil) ko’rib chiqilgan va o’quv jarayonida qo’llashga tavsiya etilgan.
Tuzuvchilar:A.S. Abduraimov-“Dorivor o’simliklar va botanika” kafedrasi o’qituvchisi, PhD
Taqrizchi: L.A.Botirova–“Dorivor o’simliklar va botanika” kafedrasi dotsenti, b.f.n.
Mundarija:
1. Fanning slabussi va dasturi...........................................................................6
II. Nazariy materiallar.......................................................................................7
III. Amaliy mashg’ulotlar................................................................................99
IV. TMI materiallari......................................................................................126
V. Kurs ishi mavzulari…………………………………………..…………127
VI. Glossariy………………………………………………….....................128
VII. Testlar....................................................................................................139
VIII. Foydalangan adabiyotlar……………………………….......................141
KIRISH
Amaldagi 60510100-biologiya bakalavriat ta’lim yo’nalishi davlat ta’lim standarti hamda «Botanika» fanning o’quv dasturiga muvofiq talabalar Botanikaning 1-qismi “O’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi” kursi bo’yicha o’simlikning tashqi va ichki anatomik tuzilishi bilan tanishish, o’simlik hujayrasi tuzilishi va faoliyatini bilish, meristema va boshqa tuqima turlari bilan tanishish, yuksak o’simliklarda organlarning tuzilishi va rivojlanishini, o’simliklar generativ va vegetativ organlari anatomiyasi va morfologiyasi to’g’risida tegishli bilimga ega bo’lishlari talab qilinadi.
Botanika fani “O’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi”kursining maqsadi talabalarni O’zbekistonda keng tarqalgan yuksak o’simliklar vakillarining ichki va tashqi tuzilish qonuniyatlari bilan tanishtirishdan iboratdir.
|
| |