|
Muxokama va nazorat uchun savollar
|
bet | 6/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Muxokama va nazorat uchun savollar:
2.1.Tuban o’simliklar tanasi qanday nomlanadi?
Tuban o’simliklar bilan yuksak o’simliklarning bir-biridan qanday farqlanadi?
Tirik organizmlar ko’payish xillarini aytib bering.
Zigota gametadan nimasi bilan farqlanadi? Javobingizni izoxlang.
3 - savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarga o’simliklar hayotiy shakllari va katta va kichik hayotiy sikllar to’g’risida ma’lumot berish
Identiv o’quv maqsadlari:
3.1. O’simliklar hayotiy shakllari to’g’risida fikr yurita oladi.
3.2. Raunker klassifikatsiyasiga binoan o’simliklarni hayotiy shakllariga ajrata oladi.
Hayotiy tsikl ma’lum qonuniyat asosida borishi to’g’risida fikr yurita biladi.
Katta va kichik hayotiy sikllarni ajrata oladi.
3–savol bayoni: O’simliklar evolyutsiya jarayonida tashqi muhitga moslasha borib, ma’lum morfologik va biologik adaptiv belgilarga ega bo’lib borganlar. Bu adaptiv belgilar o’simlikda ma’lum tashqi qiyofani–gabitusni keltirib chiqaradi. Bunga biomorfa yoki hayotiy shakl deyiladi. Har bir hayotiy shakl ma’lum tashqi ko’rinishga ega bo’lib, u fiziologik xususiyatlari, o’sish va rivojlanishi tezligi, muayyan muhitga moslasha olishi bilan tavsiflanadi.
Gabitus birinchi navbatda o’simliklarning yer ustki va yer ostki vegetativ organlarning o’ziga xos o’sish xususiyatlariga bog’liq bo’ladi.
O’rta Osiyoning cho’llarida va boshqa yozi quruq, issiq bo’ladigan joylarda o’sgan juzg’un (Calligonum) saksovul (Haloxylon), efedra (Ephedra) va boshqa ko’pgina o’simliklar barglarini qisqartirish xususiyati egadirdir.
Hayotiy shakllarning bir qancha tizimlari bor. Bularga A. Gumbold (1807), Krasnov (1888), K. Raunker (1905), Pachoskiy (1921), Alexin (1936), Serebryakov (1962) lar klassifikatsiyalari misol bo’ladi.
Ulardan eng keng tarqalgani Daniya olimi K. Raunker tomonidan taklif etilgan tizimdir. Unga ko’ra o’simliklar 5 guruhga ajratiladi:
fanerofitlar (F)–qishlovchi kurtaklari tuproq yuzasidan 30 sm yuqorida joylashgan (daraxt, buta, lianalar)
xamefitlar (Ch)–qishlovchi kurtaklari erdan 20–30 sm da bo’lgan o’simliklar (butachalar va chala butalar)
gemikriptorfitlar (H)–ko’p yillik o’tlar bo’lib, qishlovchi kurtaklari yer yuzasida saqlanadi.
Kriptorfitlar (K)–3 ta guruhga ajratiladi:
a) geofitlar–qishlovchi kurtaklari piyoz, ildizpoyalarda tuproqni 2–5 sm ichida joylashadi.
b) gelofitlar–botqoq va suv havzalari o’simliklari bo’lib, qishlovchi kurtaklari suv ichida bo’ladi.
v) gidrofitlar–suvda suzib yuruvchi o’simliklar bo’lib, qishlovchi kurtaklari suv tubida joylashadi.
Terofitlar (Th)–bir yillik o’tlar, urug’lari tuproqda saqlanadi. Ular o’simlik uchun noqulay davrni urug’ shaklida o’tkazadilar. Bu guruhga efimer o’simliklar kiradi.
O’simlikning hayotiy shakllari turli iqlim mintaqalarida turlicha bo’ladi. Mintaqadagi turlar hayotiy shakllar nisbati «biologik spektr» deyiladi. Yer yuzidagi o’simliklar spektrining iqlim mintaqalari bo’yicha joylashishi quyidagi jadvalda keltirilmoqda.
|
| |