|
Latent davri (latens–ko’rinmas)–urug’larning tinim holatidagi davri
Virginil
|
bet | 8/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Latent davri (latens–ko’rinmas)–urug’larning tinim holatidagi davri
Virginil davri (virginitas–qizlik)–urug’ning unib chiqqandan to 1–chi gul hosil bo’lguncha davri. Virginil davri o’z navbatida maysa, yuvenil (yosh o’simlik) va immatura (balog’atga yetayotgan) bosqichlariga bo’linadi.
Generativ davri–birinchi gul hosil bo’lgandan to oxirgi gullashgacha bo’lgan davr. Bu davrda o’simliklar ko’payadi.
Senil (karilik) davri–o’simlik gullash qobiliyatini yo’qotgandan to halok bo’lgungacha bo’lgan davr.
Ko’p yillik o’tlar va butalarda har yili yer ustki qismi halok bo’lib turadi. Erta bahorda kaudeksdagi qishlovchi kurtaklardan yangi novda o’sib chiqadi. Yangi novdada gul va mevalar shakllanadi. Bu o’simliklardagi kurtakdan novda o’sib chiqishi, g’unchalash, gullash meva tugishi va pishishini o’z ichiga oladigan vaqt «kichik sikl» deb ataladi. «Kichik sikl» ham tuzilishga ko’ra murakkab hayotiy tsikl hisoblanadi.
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
Botanikaning har bir bo’limi o’simlikning qaysi tomonlarini o’rganishini tahlil qiling. Botanika fani bo’limlari orasidagi o’zaro qanday bog’lanishlar borligini aniqlang.
Berilgan o’simlikni hayotiy shaklning qaysi davriga tegishli ekanligini aniqlang.
Katta hayotiy sikl davrlarini taxlil qiling.
Mavzuga oid adabiyotlar:
1. P. Rudall. Anatomy of Flowering Plants(An Introduction to structure and Development) Third Edition. Cambridge.2007.–P.147.
2. Мустафоев С.М. Ботаника.–Т.:Ўзбекистон, 2002.–472 б.
3.Икромов М.И., Нормуродов Х.Н., Юлдашев А.С. Ботаника. Ўсимликлар морфологияси ва анатомияси.–Т.: Ўзбекистон, 2002. –333 б.
4. Белолипов И.В.,Шералиев А.Ш. Ўсимликлар морфологияси. Т.:Ўқитувчи,2007–100б.
5. Beck C.B. An Introduction to Plant Structure and Development.Cambridge: Cambridge University Press, 2010 .–441 p.
6.Karshibaev H.K. “O’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi” fanidan mikroskopiya usulida amaliy ishlar va talaba mustaqil ish topshiriqlarini bajarish yuzasidan metodik ko’rsatmalar.–Guliston, 2014.–32 b.
2-MAVZU: O’SIMLIK HUJAYRASI TUZILIShI
|
| |