• BOTANIKA” FANINING SILLABUSI
  • O’simliklar anatomiyasi va morfologiyasikursining vazifalari




    Download 426,29 Kb.
    bet2/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    O’simliklar anatomiyasi va morfologiyasikursining vazifalariga o’simliklarning morfologik va anatomik tuzilishi, tuban va yuksak o’simliklarni xilma-xilligi, ularning o’ziga xos tuzilishi va rivojlanishning asosiy jihatlarini bilishi, o’simliklarning qayta tiklanishi va hayotiy shakllari, ularning tabiatda tarqalishi va ko’payishi, tashqi muxitga moslanish xususiyatlari tug’risida tushinchalarni shakllantirish kiradi.
    “Botanika” fanidan darsni yuqori ilmiy-pedagogik darajada tashkil etilishi, muammoli mashg’ulotlar o’tkazilishi, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilinishi, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo’llanmalardan samarali foydalanish, talabalarni mustaqil fikrlashga undaydigan, o’ylantiradigan muammo savollarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka yo’naltirish, erkin muloqotga kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar fan mavzularini chuqur egallashni ta’minlaydi.
    O’quv-metodik majmua quyidagilarni o’z ichiga oladi:

    1. Botanika (1-qism. O’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi) fani sillabusi.

    2. Nazariy materiallar (ma’ruzalar)

    3. Ingliz tilidagi o’quv materiallari (elektron shaklda).

    4. Taqdimotlar (elektron shaklda)

    5. Amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish buyicha metodtik ko’rsatmalar.

    6. Talaba mustaqil ishlari buyicha materiallar (keyslar, mustaqil ish topshiriqlari, tarqatma materiallar)

    7. Glossariy.

    Mazkur o’quv-metodik majmua “Botanika. 1-qism. O’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi” kursidan davlat tilida yaratilgan dastlabki o’quv qo’llanmalaridan biri bo’lganligi sababli, unda ba’zi juz’iy kamchiliklar, munozarali qarashlar va atamalar uchrashi mumkin. Shunga ko’ra qo’llanma haqidagi fikr-mulohazalarini bildirgan hamkasblariga muallif oldindan o’z minnatdorchiligini bildiradi
    O’quv-metodik majmua zamonaviy pedtexnologiya talablariga mos ravishda ishlanib, unda o’quv maqsadlari, nazorat savollari va mustaqil ish topshiriqlari keltirilgan.


    1. BOTANIKA” FANINING SILLABUSI

    (2022/2023 o‘quv yili)


    Download 426,29 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




    Download 426,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’simliklar anatomiyasi va morfologiyasikursining vazifalari

    Download 426,29 Kb.