|
Dorivor o‘simliklar va botanika
|
bet | 13/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)1-savol bayoni: O’simlik hujayrasi hayvon hujayrasidan tashqi tomonidan o’ralgan qobiqqa ega bo’lishi bilan farq qiladi. U sitoplazmaning maxsuli hisoblanadi. O’simlik hujayrasi odatda hamisha po’stbilan qoplangan. O’simliklar orasida faqat ba’zi bir xivchinlilar, tuban zamburug’lar (miksomitsetlar, arximitsetlar), ayrim suvo’tlar, zamburug’lar zoosporasining hujayralari yalang’och bo’ladi. Hujayra qobig’ihujayraga moddalarning kirishi va harakatini boshqarsada, uning asosiy vazifasi hujayrani tiriklik qismini himoya qilishdir. Hujayra qobig’ining tarkibi sellyulozadan iboratdir.
Sellyuloza. Zamburug’lardan tashqari hamma o’simliklarda yosh hujayralar po’sti, asosan sellyuloza (kletchatka)–empirik formulasi S6N10O5 bo’lgan uglevoddan iborat. Hujayra po’sti gel holatidagi moddadir, u suvda erimaydi, lekin suvni va suvda erigan moddalarni shima oladi va bo’kadi. To’qimachilik materiallarining, qog’oz va yog’och xususiyatlari hujayra qobig’ining ximiyaviy tarkibi va molekulyar tuzilishi bilan bog’lik. U asosan polisaharidlardan tashkil topib, ulardan tashqari hujayra qobig’i tarkibida oqsillar, mineral tuzlar, lignin, bo’yovchi moddalar, lipidlar ham uchrashi mumkin. Odatda hujayra qobig’i suv shimgan bo’ladi. Sellyuloza suv va organik erituvchilarda erimaydi. Suyultirilgan kislotalar va kontsentrlangan ishqorlarda ham erimaydi. Sellyuloza tolalari elastik va juda mustaxkam. Paxta tolasi toza sellyulozadan iboratdir. Sellyulozadan porox, atsetat ipak va viskoza, qog’oz olinadi.
Sellyuloza hujayra qobig’ining tayanchi deb qaralsa, uning asosini pektin va gemitsellyuloza tashkil etadi. Pektin moddalar suvda kuchli bo’kish xususiyatiga ega. Ular kislota va ishqorlar ta’sirida parchalanadi. Gemitsellyulozalar pektin moddalarga nisbatan suvda uncha bo’kmaydi. Ba’zan hujayra qobig’ida amorf holdagi polisaxaridlar to’planishi mumkin. Ba’zi hujayralarning qobig’ida ko’p miqdorda qumtuproq, kal’siy oksalat yoki karbonatlar uchraydi. Ular hujayra qobig’iga qattiqlik, shu bilan birga mo’rtlik xususiyatlari beradi. Qumtuproq shimgan hujayralar qirq bo’g’inlar, boshoqli o’simliklar, hilollarning epiderma hujayralari va tuklarida, xuddi shuningdek, ba’zi suvo’tlarda uchraydi. Ba’zi bir tur hujayralar qobig’i mum, kutin va suberin kabi lipid moddalar shimadi yoki ular bilan qoplanadi. Ular ximiyaviy jixatdan bir–birlariga yaqin organik moddalar bo’lib, organik erituvchilarda oson eriydi. Kutin hujayraning tashqi tomonida qatlam tarzida kutikula qavatini hosil qiladi. Suberin esa suv va gazlarni o’tkazmaydi. Shuning uchun suberinlashgan hujayralar tiriklik xususiyatini yo’qotadi.
Hujayra qobig’ini hosil bo’lishida Goldji kompleksi va plazmolemma asosiy rol o’ynaydi. Goldji kompleksi hujayra qobig’i tarkibiga kiruvchi glikoproteid va lignin kabi moddalarni sintezlab beradi. Sellyulozaning sintezi va kristallanishi hamda joylashishi plazmolemmaga bog’liqdir.
Po’stning qalinlashishi. Yosh hujayralar po’sti bir xil qalinlikda va tekis silliq bo’ladi. To’la voyaga yetgan hujayralarda po’st har xil shaklda bo’ladi, buning sababi po’stning yuza va qalinligiga o’sishining bir tekisda bo’lmasligidir. Hujayraning shakli va tuzilishi uning bajaradigan ishi bilan maxkam bog’langan, ko’p vaqtlarda po’stning ko’rinishiga qarab hujayrani bajaradigan vazifasini aytib berish mumkin. Po’stning qalinlashishi, asosan, mexanik ahamiyatga ega. Faqat ba’zi bir urug’larning juda qalin po’stlarida oziq moddalar to’planadi.
Po’stning hamma tarafi hamma vaqt ham bir tekisda qalinlashmaydi, ko’p vaqtda po’stning ayrim qismlari qalinlashadi. Kamdan–kam hollarda po’st sirt tomonidan qalinlashadi. Bunday hol faqat hujayraning yuzasi bo’sh bo’lib, qo’shni hujayraning po’sti bilan tutashmagan erkin yuzasidagina ro’y berishi mumkin.
Ona hujayraning protoplazmasi ichida rivojlanayotgan hujayralar tashqi tomoniga qalinlashadi. U epidermis hujayralarining erkin yuzasida, poya va barglarni qoplovchi ba’zi bir tuklarida uchraydi. Chang hujayralari po’sti sirtdan taroq va bolish shaklida qalinlashishi mumkin. Ulardan o’simliklarni turlarini tavsiflashda foydalanish mumkin.
Po’stning ichki tomondan qalinlashishining bir tekisda bo’lmasligi natijasida qalinlashmay qolgan joylari yaqqol ko’zga tashlanadi. Ular teshiklar–poralardeb ataladi.
Tabiiy jixatdan qaraganda, sellyuloza cho’zilganda uzilmasligi, egiluvchanligi va mexanik ta’siriga chidamligi bilan ajralib turadi. U faqat shveytsar reaktivida eriydi. Hujayralar bir–biri bilan poralar, perforasiyalar va plazmodezmalar orqali bog’langan bo’lib, ular doimo uzviy aloqada bo’lib turadi. Ikkilamchi po’stning qalinlashmagan joylari–poralar odatda yumaloq submikroskopik teshiklar bo’ladi. Bu teshiklar orqali bir hujayra sitoplazmasi ikkinchi hujayra sitoplazmasi bilan o’ta ingichka sitoplazmatik iplar bilan birlashadi. Ana shu ikki hujayra sitoplazmasini poralar orqali birlashtirib turuvchi sitoplazmatik iplar plazmodesmalar deyiladi. Plazmodesmalar hamma yuksak o’simliklar hujayrasida bo’ladi. Meristematik hujayralarda ham plazmalar ko’p. Ular bir necha yuzdan bir necha minggacha bo’lishi mumkin. Plazmodesmalar to’g’risidagi dastlabki tushunchalar I.N. Gorojankin va E.Strasburger asarlarida qayd etilgan. Xozirgacha plazmodesmalar tuzilishi batafsil o’rganilganicha yo’q. Plazmodesmalar biri ikkinchisiga kiritib qo’yilgan ikkita silindrga o’xshaydi. silindrning tashqi qavati plazmolemmadan, ichki qavati esa endoplazmatik tur kanallarning o’zgarishidan hosil bo’ladi. Ular orasida ribosomalar bo’lmagan gialoplazma joylashadi. Hujayra po’stidagi katta teshiklar (poralar) perforatsiyalar deyiladi. Ular fermentlar ta’sirida hosil bo’ladi, ya’ni etilgan hujayraning birlamchi po’sti va o’rta plastinkasi fermentlar ta’sirida erib ketadi. Natijada ikki hujayra orasida yirik teshiklar (poralar) paydo bo’ladi. Perforatsiyalar orqali suv va mineral tuzlarning harakati bo’lib turadi.
|
| |