|
Dorivor o‘simliklar va botanika
|
bet | 21/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Muxokama uchun savollar:
Hosil qiluvchi to’qimaning o’simlik hayotidagi rolini aytib bering.
Poya va ildizda o’sish konusining tuzilishini farqlab bering.
3-savol bo’yicha dars maqsadi:O’simlik to’qimalarining bajaradigan funktsiyalari vaahamiyati bilan talabalarni tanishtirish.
Identiv o’quv maqsadi:
3.1. O’simlik to’qimalari xillarini bir–biridan ajrata oladi.
3.2. Har bir to’qimani o’simlik hayotidagi roli va bajaradigan vazifalarini tushintira biladi.
3-savol bayoni:G’amlovchi parenximahujayralarida kraxmal, yog’, oqsil va vitaminlar kabi zapas oziq moddalar to’planadi. Bunday to’qima urug’li o’simliklarning hamma organlarida bor. Urug’lardagi g’amlovchi hujayralarda hujara po’sti ba’zan qalinlashgan bo’ladi.
So’ruvchi parenxima ildizning so’rish zonasida joylashgan bo’lib, u ildiz tuklari hamda birlamchi po’stloqning yosh parenxima hujayralaridan iborat. Bu parenxima tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalarni so’rib olib, ildizning markaziy tsilindridagi o’tkazuvchi to’qimalarga etkazib beradi.
Aerenxima. Hujayra oraliqlari yaxshi taraqqiy etgan parenximani aerenxima deb ataladi. Aerenxima botqoqliklarda va suvda yashovchi o’simliklarning poya va ildizlarida hamda suv ostida joylashgan barglarida yaxshi rivojlangan bo’ladi. Aerenximaning vazifasi asosan assimilyatsion to’qimani kislorod bilan ta’minlashdir.
Assimilyatsion to’qimalaro’simlikning ma’lum bir organlarida xloroplastlarga ega bo’lgan hujayralar guruxi hisoblanadi. Ularning asosiy vazifasi fotosintez jarayonini amalga oshirishdan iboratdir. Assimilyatsion to’qimalar bir xil tuzilishli yupqa qobiqqa ega bo’lgan parenxima hujayralardir. Ularda ko’p miqdorda xloroplastlar bo’lganligi uchun xlorenxima deyiladi. Odatda bunday parenxima hujayralari barglarda, o’t o’simliklarning poyalari, daraxtlarning birlamchi po’stloqlarida, fellodermada, yashil mevalarda, epifitlarning havo ildizlarida joylashgan bo’ladi.
|
| |