|
Dorivor o‘simliklar va botanika
|
bet | 29/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Tayanch ildizlar. Poyadan chiqqan qo’shimcha ildizlar uni tik tutib turishga yordam beradi. Bunday ildizlarni ko’pincha kechpishar, baland bo’yli makkajo’xori, oqjo’xori o’simliklarning pastki bo’g’inlarida ko’rish mumkin.
Xodul ildizlar.Bunday ildizlar avitsenniya o’sadigan joylardagi daraxtlarda uchraydi (Masalan: rizofora). Juda shoxlangan bunday ildizlar daraxtlarga yumshoq loyli qirg’oqlarda ham o’zini mustaxkam tutib turish imkonini beradi.
Ustunsimon ildizlar.Bunday ildizlarni Hindistonda o’sadigan banyan o’simligida ko’rish mumkin. Ustunsimon ildizlar daraxtning gorizontal poyalarida qo’shimcha ildiz sifatida hosil bo’ladi va pastga qarab o’sadi. Yerga yetgandan keyin ular tarmoqlanadi va ustunga o’xshab daraxt tanasini ko’tarib turadi.
So’rg’ich ildizlar. Tekinxo’r o’simliklarda xlorofill donachalari bo’lmaganligi uchun ular boshqa o’simliklardagi oziq moddalar xisobiga yashaydi. Bunday ildizlarda asosiy ildiz o’rniga so’rg’ich ildizlar bo’ladi.
Tuganak bakteriyalari bilan simbioz holda yashash. Dukkakli o’simliklar ildizlarida maxsus tuganak hosil qiluvchi bakteriyalar yashaydi. Bu bakteriyalar tuproqda bo’lib, ildiz tukchalari orqali uning po’stloq parenximasiga kiradi va zudlik bilan ko’payadi. Shuning uchun ham ildizning shu joyi bo’rtib tuganak hosil qiladi. Tuganak hosil qiluvchi bakteriyalar tuganak bakteriyalar deb ataladi. Bakteriyalar dukkakli o’simliklar ildizidan azotsiz organik moddani, havodan esa erkin azotni o’zlashtirib, azotli moddalarni hosil qiladi. Bu moddalardan o’z navbatida dukkakli o’simliklar ham foydalanadi. Ya’ni o’simlik va tuganak bakteriyalari o’zaro hamkorlikda (simbioz) yashab, bir–biriga yordam beradi. O’simlik ildizi tuganaklarida to’plangan azotli moddalar tuproqni boyitadi. Shuning uchun ham dukkakli o’simliklardan keyin ekilgan o’simliklar yuqori hosil beradi.
Mikoriza.Ko’pgina daraxt va o’simliklarning ildizlarida yashovchi zamburug’lar mikoriza deb ataladi. Mikoriza grekcha so’z bo’lib, "mikes"– zamburug’, "riza"–ildiz degan ma’noni anglatadi. Mikoriza tuziliga ko’ra ikki asosiy turga ajratiladi: tashqi (ektotrof) va ichki (endotrof) mikoriza. Ektotrof mikorizada o’simlik ildizining uchki qismini zich g’ilof ko’rinishida zamburug’ mitseliysi o’rab oladi va undan zich to’rsimon zamburug’ iplari tarqalib ketadi. Bu turdagi mikoriza asosan daraxt o’simliklar ildizida uchraydi (oq qayin, eman, tog’terak). Tashqi mikorizada o’simlikning ildiz tuklari yo’qolib ketadi. Uning o’rniga zamburug’ giflari xizmat qiladi. Endotrof mikorizada zamburug’ ildiz yuzasida yashamay, balki uning ichki qismiga kirib boradi. Zamburug’ kirib olgan ildiz hujayralari tirik xolda bo’lib, zamburug’ giflari hujayrada sekin–asta parchalanadi va u o’simlik hujayrasi tomonidan o’zlashtirib yuboriladi. Ichki mikoriza ko’pincha o’t o’simliklarda kuzatiladi.
|
| |