• 3- savolbo’yichadarsmaqsadi
  • 3-savol bayoni
  • Dorivor o‘simliklar va botanika




    Download 426,29 Kb.
    bet37/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    Muxokama uchun savollar:

    1. Poya ichki tuzilishida qanday qismlar farqlanadi?

    2. Kambiydan qaysi qismlir shakllanadi?

    3. Stela nazariyasi haqida so’zlab bering.

    3-savolbo’yichadarsmaqsadi:Birvaikki urug’pallalio’simliklarpoyasining o’ziga xos anatomikvamorfologiktuzilishihaqidatalabalardatushunchalar hosil qilish.
    Identivo’quvmaqsadlari:
    3.1. Bir urug’pallalilarning poyasining tuzilishini biladi.
    3.2. Ikki urug’pallalilar poyasining ichki tuzilishini izoxlay oladi.
    3-savol bayoni:Ko’pchilik bir urug’pallali o’simliklarning poyalari birlamchi po’stlog’i yaxshi rivojlanmagan 1–3 qator xloroplastlarga ega hujayralardan iborat bo’ladi. Ba’zan birlamchi po’stloq butunlay bo’lmasligi mumkin. Bunda peritsiklli skelerenxima to’g’ridan–to’g’ri epiderma ostida uzluksiz mexanik halqa shaklida joylashadi. Prokambiy o’sish konusining ayrim qismlarida alohida o’tkazuvchi boylamlar hosil qiladi. Shuning uchun ham bir pallali o’simliklarning poyasidagi xarakterli belgi ularning boylamli tuzilishidir. O’tkazuvchi boylamlar poya bo’ylab sekin–asta markazga tomon, keyinchalik chekka qismlarga qarab tarqaladi. Bu o’z navbatidabir urug’pallalilar uchun xos bo’lgan boylamlarning butun markaziy silindri bo’ylab joylashishini va yaxshi ifodalanmagan o’zakning bo’lishiga olib keladi. Natijada poyaning ko’ndalang kesimida boylamlar butun poya yuzasi bo’ylab tartibsiz joylashadi. Bir urug’pallalilarda shakllangan o’tkazuvchi boylamlar doimo yopiq turdadir. Poya yoniga faqat prokambiy tufayli o’sadi va keyinchalik ikkilamchi yo’g’onlashishi kuzatilmaydi. Markaziy silindrning ko’pchilik qismi yirik parenxima hujayralardan iborat bo’lib, uni skelerenxima halqasi o’rab olgan o’tkazuvchi boylamlar kesib o’tadi.
    Ko’pchilik boshoqli o’simliklar poyasi (javdar, bug’doy, arpa va boshqalar) o’ziga xos ichki tuzilishga ega, u somon poya deb ataladi. Somon poya yuzasidan epiderma, uning ostida qalin devorli hujayralardan tashkil topgan skelerenxima va ular o’rtasida xlorofilli parenxima mavjud. Markazga tomon yupqa devorli yirik parenxima hujayralardan tashkil topgan parenxima to’qimasi joylashgan. Uning hujayralari yog’ochlashishi mumkin. Parenxima hujayralar orasidan yopiq kollateral turdagi boylamlar o’tadi. Poyaning markazida asosiy to’qima bilan chegaralangan katta bo’shliq bo’ladi. Shuning uchun ham o’tkazuvchi boylamlar chekka tomonga siljigan bo’lib ko’rinadi. Poyaning ko’ndalang kesimida ular ham boshqa bir urug’pallali o’simliklarga o’xshash tarqoq xolda joylashadi. Ancha mayda boylamlar poyaning chekka qismlarida, yirikroqlari esa bo’shliqqa yaqin joy oladi. Bir urug’pallali o’simliklarda poyaning birlamchi tuzilishi ularning butun umri bo’yicha saqlanib qoladi.

    Download 426,29 Kb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   91




    Download 426,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dorivor o‘simliklar va botanika

    Download 426,29 Kb.