• 2- savol bayoni
  • Shakli o’zgargan novdalar yer osti va yer usti shakli o’zgargan novdalarga bo’linadi. Yer osti shakli o’zgargan novdalar
  • Piyozbosh tugunak.
  • Dorivor o‘simliklar va botanika




    Download 426,29 Kb.
    bet33/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    Muhokama uchun savollar:
    1. Novdalar tizimi degan tushinchani izoxlang.
    2. Generativ bilan vegetativ kurtaklarning bir–biridan farqini tushuntiring.
    3. Monopodial va soxta dixotomik shoxlanish qanday amalga oshadi?
    2-savol bo’yicha dars maqsadi:Novdada barglarning joylashish tartibi haqida talabalarda tushuncha hosil qilish.
    Identiv o’quv maqsadlari:
    2.1.Novdada bargning navbatli, ketma–ket yoki spiral joylashishi haqida biladi.
    2.2. Novdaning har qaysi bo’g’inida barg va kurtak joylashganligi to’g’risida ma’lumot beradi.
    2.3. Shakli o’zgargan novdalarni ajrata oladi.
    2- savol bayoni:O’simliklarning barglari novdada ma’lum bir qonuniyat asosida joylashib, radial simmetriya hosil qiladi. Bargning novdada joylashishi bir necha xilda bo’ladi:
    a) navbatli, ketma–ket yoki spiral joylashish–bunda barglar har bir bo’g’inda bittadan chiqadi va novda bo’ylib pastdan yuqoriga qarab joylashadi. Barglarning shu tariqa joylashishiga navbatli, ketma–ket yoki spiral joylashish deb ataladi;
    b) novdaning har qaysi bo’g’inida ikkita barg bir–biriga qarama–qarshi joylashgan bo’lsa qarama–qarshi joylashish deb ataladi (labguldoshlar, sigirquyruqdoshlar, siren va boshqa o’simliklarda). Barglar novdada shunday joylashadiki, yuqoridagi ikki juft barglarning soyasi pastdagi juft barglarga tushmaydi.
    v) har bo’g’imda bir nechtadan barg to’p bo’lib joylashishiga halqasimon joylashish deb ataladi (elodeya, oleandr o’simliklarida). Barglarningpoyaga joylashish tartibi irsiy belgi bo’lib, oilalarda barglar ma’lum tartibda joylashadi.
    Shakli o’zgargan (metamorfozlashgan) novdalar. Shakli o’zgargan novdalar yer osti va yer usti shakli o’zgargan novdalarga bo’linadi.
    Yer osti shakli o’zgargan novdalarga ildizpoya, tuganak va piyozboshlar misol bo’ladi. Ildizpoya–yer osti shakli o’zgargan novda bo’lib, asosan ko’p yillik o’t o’simliklarida uchraydi. Ildizpoya tashqi ko’rinishdan ildizga o’xshab ketadi, lekin morfologik va anatomik tuzilishi jihatidan undan tubdan farq qiladi. Ildizpoyaning yaxshi rivojlangan bo’g’imilarda qalin, rangsiz, qobiqsimon barglar bo’ladi. Bo’g’imdan qo’shimcha ildizlar o’sadi. Ba’zan ildiz bo’g’imidan qo’shimcha kurtaklar paydo bo’lib, ularlardan esa yer osti hamda ustki novdalar o’sib chiqadi. Ildizpoyaning uchi ildiz qini bilan emas, balki kurtak bilan tugaydi. Ularga misol qilib g’umay, ajriq va bug’doyiqlarni ko’rsatish mumkin. Ushbu o’simliklar tez ko’payadigan ildizpoyali begona o’t o’simliklari hisoblanadi.
    Ildizpoyalar vegetativ ko’payuvchi va o’zida zaxira oziq moddalarni to’plovchi organdir. Shuning uchun ham uning mayda bo’laklari mustaqil ko’karib chiqaveradi. O’simliklarda qisqa yoki uzun ildizpoyalar uchraydi. Qisqa ildizpoyalar gulsapsar, kanna, silfiya kabi o’simliklarda, uzun ildizpoyalar esa qamishda, g’umay va ajriqlarda uchraydi. Qisqa ildizpoyalar simpodial, uzun ildizpoyalar esa monopodial shoxlanishga ega.
    Yer osti novdaning juda yo’g’onlashgan hamda seretli qismi tugunakdeb ataladi. Tugunak yer osti va ustki shakli o’zgargan novdalardan hosil bo’ladi. Yer osti tugunak kartoshka va topinamburda uchraydi. Tuproqqa ekilgan kartoshka tugunagining kurtaklaridan novdalar o’sib, barglari yaxshi rivojlangandan so’ng novdaning yer osti qismidagi oq rangli novdalar shakllanadi va u stolon deb ataladi. Bargda tayyor bo’lgan fotosintez maxsuloti kraxmal stolonning uchida qismida to’plana boshlaydi, natijada stolonning uchi yiriklashib, tugunakni hosil qiladi. Yer osti tugunak shakli o’zgargan novda bo’lganligi sababli unda kurtaklar joylashgan. Kurtakning o’rni tugunak ko’zchasi deb ataladi. Xar bir ko’zchada bir nechta kurtak bo’ladi. Tugunakda kurtaklar spiralsimon joylashadi. Tugunakning stolonga birikkan tomoni ostki qismi, qarama–qarshi tomoni esa uchki qismi deyiladi. Ko’zchalar tugunakning uchki qismida ko’proq bo’ladi.
    Tugunak ham ildizpoya singari zapas oziq moddalar to’playdi, u tuproq ostida joylashganligi uchun kam shikastlanadi va vegetativ ko’payish uchun xizmat qiladi. Kartoshka tugunagida odatda kraxmal, topinambur tugunagida esa insulin moddasi to’planadi.
    Piyozbosh yer osti shakli o’zgargan, bo’g’im oralig’i qisqargan novda bo’lib, bu novdada mutlaqo xlorofill donachalari bo’lmagan, qalin, o’zida oziq moddalar to’plovchi, rangsiz va qobiqsimon shakldagi barglar joylashadi. Qobiqsimon barg o’zida zaxira oziq moddalar to’plab, ularning o’rtasida joylashgan kurtakni noqulay sharoitdan saqlaydi. Erta ko’klamda shu oziq moddalar hisobiga kurtak o’sib, xaqiqiy novdaga aylanadi. Novdada gul, guldan meva paydo bo’ladi.
    Biz bilgan boshkaram esa gigant kurtakka o’xshab ketadi. Uning bo’g’im oralig’i qisqargan novdasida yirik, yaxshi rivojlangan barglar zich joylashadi, o’zida oziq moddalarni to’playdi. Boshkaram ustidan o’rab turuvchi barglari xlorofill donachalariga boy bo’lib, ichkarida joylashgan barglarda esa xlorofill donachalari bir muncha kam bo’ladi. Barglar o’zida zapas oziq moddalarni to’playdi va novdaning o’sish nuqtasini noqulay sharoitdan asraydi.
    Karamning kolrabi turida esa zapas oziq moddalar poya qismida to’planadi. Kolrabi karami tashqi ko’rinishidan ildizmevaga o’xshab ketadi, lekin tugunakda kurtakning bo’lishi bilan farq qiladi. U yer ustki tugunak hisoblanadi.
    Piyozbosh tugunak. Piyozbosh bilan tugunak orasida oraliq forma bo’lib, tashqi ko’rinishdan piyozboshga o’xshab ketadi, lekin zapas oziq moddalar uning bargida emas, novdasida to’planadi. Shuning uchun ham uning novdasi kengayib, piyozbosh shaklini oladi. Bunday piyozbosh tugunakni gladiolus, za’far kabi o’simliklarda uchratamiz.

    Download 426,29 Kb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   91




    Download 426,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dorivor o‘simliklar va botanika

    Download 426,29 Kb.