|
Yer ustki shakli o’zgargan novdalar
|
bet | 34/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Yer ustki shakli o’zgargan novdalar.
O’simliklarning yer usti novdalari ham o’z shaklini o’zgartirib, ma’lum bir o’ziga xos funktsiyalarni bajaradi. Bularga misol tariqasida tikan, gajak va jingalaklarni ko’rsatish mumkin.
Tikan. Asosan qurg’oqchil mintaqalardagi o’simliklarda ko’pincha tikan borligini ko’ramiz. Bunday tikanlar novdaning morfologik belgisi bo’lmasdan, balki shakli o’zgargan organlar hisoblanadi. Agar tikan novdaning barg qo’ltig’idan chiqsa, shakli o’zgargan novda bo’ladi, chunki barg qo’ltig’ida faqat kurtak joylashgan bo’ladi. Kurtakdan gul yoki novda hosil bo’lishi lozim edi, lekin ularning o’rniga tikan o’sib chiqadi. Ayrim o’simliklar (yantoqda) tikanida kurtak rivojlanib, gul va meva tugadi. Bunday belgilar uning shakli o’zgargan novda ekanligini isbotlaydi. Do’lana, yovoyi nok, anor kabi o’simliklarda ham tikan bor. Ushbu o’simliklarda suvni kam bug’lashtirish va himoyalanish uchun ularning novdalari metamorfozlashgan va tikanga aylangan.
Jingalak. Ayrim o’simliklarning yon novdalari metamorfozga uchrab jingalaklar hosil qiladi. Jingalak asosan liana o’simliklarida bo’ladi. Bunday o’simliklar jingalaksiz o’z gavdasini tik tuta olmaydi. Tok, qovoq, bodring kabi o’simliklarda ana shunday jingalaklar bo’lib, ular shakli o’zgargan novdalar xisoblanadi.
Gajak. Ba’zi o’simliklar (qulupnay)da yer bag’irlab o’sadigan bo’g’imlar va bo’g’im oralig’iga ega bo’lgan bargsiz uzun novdalar mavjud. Tuproqqa tegib turgan novdaning bo’g’imlaridan qo’shimcha kurtaklar, bo’g’imlarning ostki qismidan esa qo’shimcha ildizlar chiqadi. Bunday novdalar gajaklar deb ataladi. U o’simliklarni vegetativ ko’payishi uchun xizmat qiladi.
Muhokama va nazorat uchun savollar:
Metamorfozlashgan novdalarning hosil bo’lishining sababi nimada?
O’simlikdagi tikanning asosiy vazifasi nimadan iborat?
Mavzuga oid adabiyotlar:
1. P. Rudall. Anatomy of Flowering Plants(An Introduction to structure and Development) Third Edition. Cambridge.2007. - P.147.
2. Мустафоев С.М. Ботаника. - Т.:Ўзбекистон, 2002.- 472 б.
3. Икромов М.И., Нормуродов Х.Н., Юлдашев А.С. Ботаника. Ўсимликлар морфологияси ва анатомияси. - Т.: Ўзбекистон, 2002. -333 б.
4. Белолипов И.В.,Шералиев А.Ш. Ўсимликлар морфологияси. Т.:Ўқитувчи,2007.-100б. 5. Beck C.B. An Introduction to Plant Structure and Development.Cambridge: Cambridge University Press, 2010 .– 441 p.
6.Karshibaev H.K. “O’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi” fanidan mikroskopiya usulida amaliy ishlar va talaba mustaqil ish topshiriqlarini bajarish yuzasidan metodik ko’rsatmalar. - Guliston, 2014.–32 b.
7-Mavzu: Poya
Asosiy savollar:
Poyaning morfologik tuzilishi va funktsiyasi.
Poyaning anatomik tuzilishi. Stel nazariyasi.
Bir va ikki urug’pallali o’simliklar poyasining ichki tuzilishi.
|
| |