• 1-savol bayoni
  • Daraxt
  • O’t o’simliklar
  • Ko’p yillik o’t
  • Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar




    Download 426,29 Kb.
    bet35/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar:
    Poya, dermotagen, periblema, o’sish konusi, peritsikl, parenxima, prokambiy, kambiy, ksilema, floema, o’zak, efimer va efimeroidlar.
    1-savol bo’yicha dars maqsadi: Poya yuksak o’simliklarning asosiy o’q organi ekanligi va uning vazifasi haqida talabalarga tushuntirish.
    Identiv o’quv maqsadlari:
    1.1.Poya o’simlikning asosiy o’q organi ekanligini biladi.
    1.2. Poyaning shakli va yashovchanligiga qarab guruxlarga ajrata oladi.
    1-savol bayoni:Poya yuksak o’simliklarning asosiy vegetativ organlaridan biridir. Poya urug’ning murtak qismidagi embrional holdagi poyachaning rivojlanishidan hosil bo’ladi. Urug’ning unishi bilan poya yer betiga chiqadi va meristema hujayralarningbo’linishi hamda yiriklashishi hisobiga o’sadi. Poya novdaning asosiy o’q qismi bo’lib, yuqoriga va eniga o’sadigan bo’g’imlardan va bo’g’im oralig’idan tashkil topgan. Bo’g’imlarning cho’zilishiga qarab poyalar qisqargan yoki uzun bo’ladi. Ba’zida qisqargan poyalar faqat bitta bo’g’imdan tashkil topgan bo’lishi ham mumkin. Yorug’sevar o’simliklarning poyasi uzunroq bo’ladi.
    Poyalar asosan silindirsimon shaklda bo’lib, unda to’qimalar radial simmetriya holatda joylashadi. Lekin ko’pchiliko’simliklarning poyasi ko’ndalang kesimda uchburchakli (qiyoq, salomalaykum), to’rt burchakli ( yalpiz, rayxon, silviya) yoki ko’pburchakli ( qovun, tarvuz, kaktus) hattoki yassi qanotli bo’lishi mumkin.
    Poyaning asosiy vazifasi o’tkazuvchi va tayanch funksiyasini bajarishdir, u barg hamda ildizni o’zaro bir–biri bilan bog’laydi. Ko’pchilik o’simliklarning poyalarida oziq moddalar to’planadi. Epidermasining tagida xlorenxima bo’lgan yosh poyalar esa fotosintez jarayonida qatnashadi. Ayrim o’simliklarda poyalar vegetativ ko’payish vazifasini bajaradi.
    Ko’pchilik o’simliklar (kungaboqar, makkajo’xori, g’o’za) da poyalar tik o’sadi. Ko’tarilib o’suvchi poyalar esa sho’ra, tuyaqorin, shuvoq kabi o’simliklarda uchraydi. Ularning poyalari tuproqqa suyanib, o’z gavdasini yuqoriga ko’taradi. Sebarga, o’rmalovchi ayiqtovon va qulupnay o’simliklarining poyalari qo’shimcha ildiz chiqaradi. Qovun, tarvuz va qovoq o’simliklari poyalarlari er bag’irlab o’sadi.
    Ayrim poyalar (tok, vika, gorox) tanasini tik tuta olmasligi tufayli boshqa o’simliklarga ilashib o’sadi. Chirmashib o’sadigan poyalarga pechak, xmelning poyalari kiradi. O’z poyasini tik tutib tura olmaydigan, ingichka, uzunpoyali, ilashib yoki o’ralib o’suvchi o’simliklar lianalar deb ataladi. Lianalar asosan tropik o’rmonlarda o’sadigan o’simliklar hisoblanadi. O’rta Osiyoda uchraydigan pechakguldoshlar, xmellar, tok va ilon o’tlar tipik lianalardir.
    Daraxtsimon va o’tsimon o’simliklarning poyalari yoshlari bilan farq qiladi. O’tsimon o’simliklarning poyalari mavsumga bog’liq holda bir yil, kamdan kam ikki–uch yil yashaydi. Daraxtlarning poyasi ko’p yil yashaydi. Daraxtlarning asosiy poyasi tana deyiladi.
    Poyalarning shakli va yashovchanligiga qarab barcha gulli o’simliklar daraxt, buta, chalabuta, o’t o’simliklariga bo’linadi.
    Daraxt o’simliklar asosan ko’p yillik, yirik, yaxshi rivojlangan poyaga ega bo’lgan va kuchli ravishda ikkilamchi tartibda yo’g’onlashgan tanali o’simlikdir.
    Buta o’simliklar asosan ko’p yillik bo’lib, bir necha poyasi bo’lishi bilan farq qiladi. O’simlikning yer ustki qismi ildiz bo’g’zidan boshlab shoxlaydi. Poyasi ikkilamchi tartibda yo’g’onlashib, bo’yi 4–5 metrdan oshmaydi. O’rta Osiyoda o’sadigan zirq, jing’il, jiyda, bodom, anjir, anor kabi o’simliklar shular jumlasidandir.
    Chalabuta o’simliklari poyalarining pastki qismi yog’ochlanib, usti po’kak bilan qoplanadi. Poyaning shu qismini qishda sovuq urmaydi, qolgan uchki, ya’ni novdalari yog’ochlanmay tashqi tomondan epidermis bilan o’ralgan qismini esa sovuq urib ketadi. Erta ko’klamdan boshlab poyaning sovuq urmagan qismidan yangi kurtak ko’kara boshlaydi. Chala butalarga cho’l shuvog’i, izen, astragal, shuningdek sho’raklar misol bo’ladi.
    O’t o’simliklar yashovchanligiga qarab uch gruppaga bo’linadi: bir yillik, ikki yillik, ko’p yillik o’t o’simliklar. Bir yillik o’t o’simliklar (arpa, bug’doy, kungaboqar, zig’ir) yil davomida urug’dan unib chiqadi, vegetativ va generativ organlarini shakllantiradi, gullaydi va meva hosil qiladi. Yil oxirida o’z vegetatsiyasini yakunlaydi. Ikki yillik o’t o’simliklar ikki yil yashaydi. Ular birinchi yili yer usti, ham yer osti vegetativ organlarini, ya’ni ildizmeva, piyozbosh, bo’g’im oralig’i qisqargan novdalar hosil qiladi. Bu organlarda yil bo’yi organik moddalar to’planadi. Ikkinchi yili esa rivojlangan novdani hosil qilib gullaydi, urug’ hosil qiladi va nobud bo’ladi. Bunday o’simliklarga sholg’om, turp, lavlagi, sabzi, piyoz va karamlar misol bo’la oladi.
    Ko’p yillik o’t o’simliklarning hayoti bir necha o’n yillar davom etadi. O’simlik yer usti organlarida gul hosil qilinib, meva va urug’ etilgandan so’ng nobud bo’ladi, yer ostida esa uzoq yashovchan vegetativ organlari qoladi. Bu organlaridan har yili yangi novdalar qaytadan ko’karib chiqaveradi. Ana shunday o’simliklarga qoqi, yalpiz, qulupnay, fialka, g’umay, lola kabi o’simliklar kiradi. Ko’p yillik o’tlar ichida qisqa muddatli vegetatsion davrga ega bo’lgan o’simliklar ham uchraydi. Ularning yer ostida ildizpoyasi, tuganagi, piyozboshchasi bo’lib, bunday o’simliklarni efemeroidlar deb ataladi. Efemeroidlarga lola , boychechak, za’far, rang, savrinjonkabi o’simliklar kiradi.
    Vegetativ davri qisqa bo’lgan bir yillik o’t o’simliklar efemerlar deb ataladi. Ular o’sishga qulay sharoit bo’lganda o’sib, qisqa vaqt ichida reprodutsiya jarayonini o’tab , o’z vegetatsiyasini tugatadi. Bularga uchma o’t, chitir, acham biti, ismaloq va boshqa erta bahorgi o’simliklar kiradi va issiq yoz faslini urug’ holatda o’tkazadi.

    Download 426,29 Kb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91




    Download 426,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar

    Download 426,29 Kb.