|
Birinchi savol bo’yicha dars maqsadi
|
bet | 43/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Birinchi savol bo’yicha dars maqsadi: Yuksak o’simliklarning generativ (reproduktiv) organi hisoblangan gul haqida talabalarga to’liq ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Gulning tuzilishini biladi.
Gul qismlarini joylashish tartibini tushintira oladi.
1.3. Aktinomorf va zigomorf gullar, atsiklik, siklik hamda gemitsiklik gullarni bir–biridan ajrata biladi.
Birinchi savol bayoni: Yopiq urug’li o’simliklarda asosiy reproduktiv (ko’payish)organi bo’lib, gul xizmat qiladi. Ularda urug’kurtaklar gulning markazida joylashgan urug’chi ichida rivojlanadi. Yopiq urug’li o’simliklar gulli o’simliklar ham deb ataladi.
Gul kelib chiqishiga ko’ra shaklio’zgargan, qisqargan novdadir. Gul barg qo’ltig’ida gulkurtakdan hosil bo’ladi. Gullar shaklan turli–tuman bo’lishiga qaramay asosan quyidagi qismlardan iborat bo’ladi: gulband, gul o’rni, gulkosa, gultoj, changchi va urug’chi.
Gulband uzun yoki qisqa bo’lishi mumkin. Agar gulda gulband juda qisqarib ketgan bo’lsa, bandsiz yoki o’troq gul deyiladi. Gulbandning oxiri gul o’rni bilan tugaydi. Gul o’rni yassi, botiq yoki qabariq holatlarda uchraydi. Gul o’rniga tashqi tomonidan kosachabarglar birikadi. Kosachabarglar to’plami gulkosa deb ataladi. Ular ko’pchilik hollarda yashil rangda bo’ladi. Kosachabarglardan keyingi qatorda turli ranglarda bo’luvchi tojbarglar joylashadi. Agar gulda ham gulkosa, ham gultoj bo’lsa, bunday gullar qo’sh gulqo’rg’onli deb ataladi. Ayrim gullarda gulkosa va gultojlar bir xil rangda bo’lib, bu holatda oddiy gulqo’rg’onli gul deyiladi. Ba’zi o’simliklarda gulqo’rg’on bo’lmaydi, chunki kosachabarglar va gultojlar reduksiyalanib ketgan bo’lib, bunday gullar qo’rg’onsiz gullar deb nomlanadi.
Kosachabarglar gulqo’rg’onning tashqi doirasida joylashib, tojbargdan rangining yashilligi va hajmining kichikroq bo’lishi bilan ajralib turadi. Kosachabarg chetlarining qo’shilib ketgan yoki ketmaganligiga qarab, gulkosalar tutashbargli va ayrim bargli gulkosalarga ajratiladi.
|
| |