|
Muxokama va nazorat uchun savollar
|
bet | 39/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Muxokama va nazorat uchun savollar:
1. Bir urug’pallali o’simliklarning poyasi nima deb ataladi?
2. Ikki urug’pallalilarning poyasi bir urug’pallalilar poyasi ichki tuzilishida qanday farq borligini tushuntiring.
Mavzuga oid adabiyotlar:
1. P. Rudall. Anatomy of Flowering Plants(An Introduction to structure and Development) Third Edition. Cambridge.2007. - P.147.
2. Мустафоев С.М. Ботаника. - Т.:Ўзбекистон, 2002.- 472 б.
3. Икромов М.И., Нормуродов Х.Н., Юлдашев А.С. Ботаника. Ўсимликлар морфологияси ва анатомияси. - Т.: Ўзбекистон, 2002. -333 б.
4. Белолипов И.В.,Шералиев А.Ш. Ўсимликлар морфологияси. Т.:Ўқитувчи,2007.-100б. 5. Beck C.B. An Introduction to Plant Structure and Development.Cambridge: Cambridge University Press, 2010 .— 441 p.
6.Karshibaev H.K. “O’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi” fanidan mikroskopiya usulida amaliy ishlar va talaba mustaqil ish topshiriqlarini bajarish yuzasidan metodik ko’rsatmalar. - Guliston, 2014. – 32 b.
8-MAVZU. BARG
Asosiy savollar:
Bargning morfologik tuzilishi va metamorfozlari.
Bargning ichki tuzilishi. Epiderma hosilalari va ularning funksiyalari.
Barg ontogenezi va xazonrezgilik
Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar:
Barg, epidermis, transpiratsiya, mezofil, barg bandi, barg ontogenezi, oddiy va murakkab barglar, geterofiliya, tomirlanish, xazonrezgilik.
1-savol bo’yicha dars maqsadi:Talabalarga barg morfologiyasi, uning xillari va metamorfozi haqida tushuncha berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1. Barg yuksak o’simliklarning asosiy organi sifatida qanday vazifalarini bajarishini biladi.
1.2. Barg qismlari to’g’risida tushuntira oladi.
1.3. Barg metamorfozlari haqida ma’lumot beradi.
1-savol bayoni: Barg–o’simlikning asosiy vegetativ organi hisoblanib, u fotosintez va transpiratsiya jarayonini amalga oshirish vazifasini bajaradi.
O’simlikning birinchi bargi urug’pallalar bo’lib, u apeks uchi novda paydo bo’lmasdan oldin murtak tanasining takomillashishidan yuzaga keladi. Barg novda atrofiga joylashgan o’simlikning yon organi hisoblanadi. Barg boshlang’ichi novda o’sish konusidagi meristemadan akropetal ravishda ekzogen bo’rtma (do’mboqcha) lar ko’rinishda paydo bo’ladi. Barg boshlang’ichining yuqori qismidan barg yaprog’i va bandi, pastidan esa barg asosi rivojlanadi.
Barg qismlari kurtakda joylashgan bo’ladi. Barg kurtakdan chiqqanida undagi qismlar ichki tuzilishi differentsiyalana boshlaydi. Barg plastinkasi bir tekisda kattalashadi, uning o’sishi cheklangan, dorzaventral tuzilishga ega. Barg plastinkasining ustki (adaktsial) va ostki (abaksial) tomonlari anatomik tuzilishi, rangi va tomirlanishi bilan farqlanadi.
O’simlikda barg orqali tashqi muhit bilan aloqa amalga oshadi. Unda fotosintez, nafas olish va suv bug’latish kabi muxim fiziologik jarayonlar amalga oshiriladi. Bundan tashqari u zaxira moddalarni g’amlash (karam va piyozning etdor barglari), himoya qilish (kaktus, qushqo’mas, astragal tikanlari), poyani tutib turish (qovoq, no’xatning ilashuvchi jingalaklar) va vegetativ ko’payish (begona, fikus va boshqalar) kabi vazifalarni ham bajarishi mumkin. Bu evolyutsiya jarayonida bargning shakl o’zgarishiga–metamorfozga uchrashi natijasi kelib chiqqan. Tropikadagi ayrim hasharotxo’r o’simliklar bargi ko’zacha va pufakchalarga aylanib, o’zidan maxsus shira chiqaradi va qopqonga tushgan hasharotlarni o’zlashtirish qobiliyatiga ega bo’lganlar.
Rus olimi K.A.Timiryazev bargni "yashil laboratoriya" deb aytgan edi. Fotosintez jarayonida suv va karbonat angidriddan yorug’lik nuri ta’sirida organik moddalar sintezlanadi. Fotosintez jarayonini qo’yidagi umumiy tenglama bilan ifodalash mumkin:
6CO2 + 6 N2O yorug’lik C6 N12 O6 + 6 O2
xlorofil
Keyingi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar fotosintez jarayoni uch bosqichdan iborat ekanligini, ya’ni uning dastlabki ikki bosqichi yorug’lik energiyasini yutish bilan bog’langanligini va fotosintezning yorug’lik fazasini tashkil etishi, uchinchi bosqich–qorong’ulik fazasi deb atalib, unda jarayon qorong’i sharoitda ham borishini ko’rsatdi.
Yashil o’simliklar Yer yuzida har yili 170 mlrd tonna uglevod, tuproqdan 2 mlrd tonna azot, 6 mlrd tonna fosfor va boshqa ko’pgina elementlarni o’zlashtiradi. Ana shu vaqt davomida 500 ming mlrd tonna suvni qayta ishlash natijasida 400 mlrd tonna organik modda to’playdi. Fotosintez natijasida 460 mlrd tonna kislorod ajralib chiqadi va yerdagi barcha tirik organizmlarning nafas olishi, yonish, oksidlanish jarayonlariga sarf bo’ladi.
Nafas olish ham fotosintezga o’xshash murakkab bioximik jarayon hisoblanadi. Nafas olish vaqtida kislorod yutilib, karbonat angidrid bilan energiya ajralib chiqadi. Shuning uchun ushbu jarayonni fotosintezning aksi deb qarash mumkin. Fotosintez faqat o’simlikning yashil qismlarida amalga oshadi, nafas olish esa o’simlikning barcha organlari, ya’ni barg, ildiz, poya, urug’ va mevalarning tirik hujayralari orqali boradi.
Transpiratsiya jarayoni o’simlikning suv bug’latishidir. Suv bug’latish asosan barg orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonda bir tomondan o’simlik orqali suv harakatining uzluksizligi ta’minlanadi va tuproqdan mineral moddalarning suvdagi eritmasi o’zlashtiradi hamda ikkinchi tomondan o’simlik organlari yuzasi qizib ketishdan saqlaydi.
Barg barg yaprog’i, barg bandi va yonbargchalardan tashkil topadi. Lekin sanab o’tilgan qismlar barcha o’simliklar barglarida bo’lmasligi mumkin. Voyaga yetgan yashil bargning asosiy qismi yaprog’i (plastinkasi) hisoblanadi. Barg yaprog’ining shakli nihoyatda xilma–xildir, u dumaloq, tuxumsimon, nashtarsimon, uchburchak, buyraksimon, o’q–yoysimon, ninasimon, tasmasimon, teskari tuxumsimon, ovalsimon, tangachasimon va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin. Barg chekkasining tuzilishiga ko’ra tekis qirrali va o’yiqli barglar ajratiladi. Agar bargning qirrasi butun bo’lsa (siren, loviya) tekis chetli barg, agar barg chekkasi kertikli bo’lsa qirrali barg deyiladi.
Barg yaprog’i chekka qirralarining shakliga ko’ra ular bir necha xilga ajratiladi: oddiy tishsimon yoki qo’sh tishsimon, arrasimon yoki qo’sh arrasimon, to’garaksimon, uymasimon.
Yaprog’ining tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab barglar bo’ladi. Agarda barg bandida faqat bitta bargyaprog’i bo’lsa, unga oddiy barg deyiladi. Bandsiz barglar ham oddiy barg deb yuritiladi. Murakkat barg qator yaproqchalardan iborat bo’lib, ular qisqa bandlar yordamida umumiy barg bandiga birikkan bo’ladi.
Barglar kertigining qirqilish darajasiga qarab kertiksiz, bo’laklarga bo’lingan, bo’laklarga chuqur bo’lingan va qirqma barglar farq qilinadi. Kertiksiz barglarning yaprog’i bo’laklarga ajratilmagan, tekis qirrali yoki ma’lum shaklda qirrali bo’ladi. Barg yaprog’ining kertigi uning to’rtdan bir qismigacha kirib borsa (g’o’za, emanda) bo’laklarga bo’lingan barg deyiladi. Bo’laklarga chuqur bo’lingan barglarda kertigining qirqilganlik darajasi uning eniga nisbatan 2\3 qismidan oshib ketmaydi (chinor, zarang barglari). Kertik qirralari barg yaprog’ining o’rta tomirigacha etib borsa, bunday barg qirqilgan barg, uning qismlari esa barg segmentlari deyiladi (sabzi, qoqi o’t barglari).
Turli o’simlik barglarining segmentlari soni va shakllari bir–biridan farq qiladi. Shunga ko’ra uch bo’lakli (o’rmalovchi ayiqtovonda), patsimon (valerianada) va panjasimon (zaxarli ayiqtovonda) barglarga ajratiladi. Sebarga, beda va sebarga kabi o’simliklarning barglari uch bargli murakkab barglar hisoblanadi. Panjasimon murakkab bargning yaproqchalari butun band bo’ylab juft–juft bo’lib qarama–qarshi joylashadi. Yong’oq, soxta akatsiya kabi o’simliklarning barg bandining uchki qismi bitta yaproqcha bilan tugaydi. Bunday barglar toq patsimon barg deyiladi. Agar yaproqchalar soni juft holda tugasa (no’xat, yasmiq, eryong’oq) juft patsimon barg deyiladi.
Ko’pchilik o’simliklarning bargi poyaga band yordamida birikadi. Bunday barglar bandli barglar deyiladi. U nisbatan uzun (tog’terakda) yoki qisqa (tolda) bo’lishi mumkin. Bandsiz barglar to’g’ridan–to’g’ri barg asosi bilan novdaga birikadi. Barg bandi tayanch vazifasini bajarishdan tashqari interkolyar o’sish xususiyatini uzoq vaqt saqlab qoladi va barg yaprog’ini yorug’likka to’g’rilab turadi. Barg asosi turli shakllarni olishi mumkin. Ko’pincha barg asosi bo’yiga yoki yoniga yoyilib o’sishi mumkin. Bunda u novda bo’g’imini o’rab oladi va nov hosil qiladi. Bunday holat boshoqli o’simliklarda va seldereydoshlar oilasi vakillarida kuzatiladi. Barg novi poya va kurtaklarni himoya qiladi. Barg novi yashil rangda bo’lgani uchun fotosintez jarayonida ham ishtirok etadi.
Ko’pchilik o’simliklarda barg bandi asosida maxsus o’simtalar bo’ladi. Bir o’simtalar yonbargchalar deb atalib, ularning shakli, o’lchami va vazifalari turlicha bo’ladi. Shakl jihatidan mazkur bargchalar tuksimon, pardasimon, tangachasimon va tikansimon ko’rinishlarda uchraydi. Yonbargchalar odatda ikki pallali o’simliklar uchun xosdir. Ular kurtaklarni himoya qiladi hamda rosmana barg yaprog’i sifatida fotosintezda qatnashishi mumkin.
|
| |