• 3-savol bayoni.
  • Gul formulasini
  • Dorivor o‘simliklar va botanika




    Download 426,29 Kb.
    bet47/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    3-savol buyicha darsning maqsadi: Gul formulasi va gul diagrammasini tuzish buyicha talabalarda tushinchalar hosil qilish.
    Identiv o’quv maqsadlari:
    3.1. Gul qismlarining joylashish tartibini biladi.
    3.2. Gul formulasi va diagrammasini tuza oladi.
    3-savol bayoni. Yopiq urug’li o’simliklarning guli to’rt yoki besh doirali gul hisoblanadi. Besh doirali gul pentatsiklli (yunon. Penta–besh) va to’rt doirali tetratsiklli (yunon. Tetra–to’rt) gul deb ataladi. Pentatsiklli gullar piyozguldosh (loladosh)lar, chinniguldoshlar, geranguldoshlar va boshqa oilalarda uchraydi. Tetratsiklli gullarga savsardoshlar oilasining guli misol bo’ladi.
    Adabiyotlarda gulning tuzilishi gul formulasi orqali shartli ifodalanadi. Gul formulasini tuzishda gulning simmetrik joylanishi, undagi doiralar (yoki spiral holda joylanishi) va gul a’zolari soni, gul a’zolarini qo’shilib o’sgan va o’smaganligini hamda urug’chi tugunchasi holati hisobga olinadi. Gul formulasini tuzishda qo’yidagi belgilar ishlatiladi:
    - atsiklik gul;
    * - aktinomorf gul;
    ↑ - zigomorf gul;
    - asimmetrik gul;
    P - oddiy gulqo’rg’on;
    Ca - gulkosa;
    Co - gultoj;
    A - androtsey
    G - gineytsey
    ♀ - urg’ochi gul;
    - erkak gul;
    - qo’sh jinsli gul (agar gul qo’sh jinsli bo’lsa,
    formulada tushirilib qoldiriladi);
    ( ) - gul qismlarining qo’shilib o’sganligi;
    + - gul qismlarining doiralar bo’yicha joylashganligi;
    ∞ - doirada gul a’zolarining soni 12 tadan ortiqligini
    (cheksizlik belgisi) bildiradi;
    Tugunchaning gul o’rnida o’rnashishiga qarab: G 2–tuguncha ustki;
    G 2 - tuguncha ostki; G 2 - - tuguncha o’rta belgilari ishlatiladi.
    Masalan: Lola guli formulasi * P3+3 A3+3 G(3)
    Lola guli aktinomorf gul, oddiy gulqo’rg’onli, tojbarglari 3 tadan 2 doirada joylashgan; Changchilar 6 ta bo’lib, 2 doirada o’rnashgan, urug’chisi 3 ta, o’zaro qo’shilib o’sgan, tuguncha ustki;

    Download 426,29 Kb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91




    Download 426,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dorivor o‘simliklar va botanika

    Download 426,29 Kb.