|
Dorivor o‘simliklar va botanika
|
bet | 55/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Endosperimli urug’lar bug’doy, arpa, makkajo’xorida shakllanib, ular doni urug’ va mevaning rivojlanishi davomida tuguncha va intigumentning o’zaro qo’shilishi natijasida hosil bo’ladi. Don urug’ po’sti, murtak va endosperimdan tashkil topadi.
Murtakda kurtak va boshlang’ich ildizcha shakllanadi.
Murtakning dastlabki barglari urug’palla deb yuritiladi. Javdar, qiyoq va piyozda urug’pallasi bitta bo’lganligi uchun bir pallali o’simliklar deb yuritiladi. Agar urug’pallalar juft bo’lsa ikki pallali o’simliklar deb ataladi.
Endospermda odatda jamg’arma oziq moddalar saqlanadi. O’simlik turiga qarab oziq moddaning turi va miqdori turlicha bo’ladi. Unda kraxmal, oqsil va moy tomchilaridan tashqari zapas oziq sifatida boshqa moddalar ham to’planishi mumkin. Bug’doyning endosperm to’qimasida kraxmal to’plangan bo’ladi.
Endospermsiz urug’lar no’xat, loviya, qovoq va boshqalarga xosdir. Endospermsiz urug’lar urug’ po’sti va murtakdan iborat bo’ladi. Jamg’arma oziq moddalar urug’pallasida to’planadi. G’o’za chigiti ham endospermsiz urug’ hisoblanib, u noksimon shakldadir. Chigit murtakdan va uni o’rab olgan 2ta qobiqdan iborat. Qobiqning tashqi tomoni yog’ochlanib qattiqlashgan, u po’st deyiladi. Chigit po’stining sirti uzun yoki qisqa tuklar bilan qoplangan. Ichki pardasimon qobiq juda yupqa va nozik bo’lib,murtak xaltachasining qoldig’Ihisobdanadi. Ichki po’st murtakni zich o’rab oladi. Chigit murtagi ikkita urug’palla, murtak ildizchasi,urug’palla ostki tirsagi va uchki o’sish kurtagidan iborat. Murtak ildizchasidan asosiy o’q ildiz o’sib chiqadi, urug’palla ostki tirsagi urug’pallani tuproq yuzasiga olib chiqish uchun xizmat qiladi.
Murtak yangi o’simlikning embrionidir. U asosan meristemadan tashkil topgan bo’ladi. Gulli o’simliklarning turli vakillarida urug’dagi murtak bilan endospermning o’zaro nisbatani turlichadir. Magnoliyadoshlar va pal’malarda murtak juda kichik hajmini egallagan bo’lsa, dukkakdoshlar, astradoshlar, qovoqdoshlar vakillarida urug’ning asosiy qismini murtak egallaydi. Bulardan tashqari, oraliq guruxlar ham uchraydi.
Urug’ po’sti bir necha qavatdan iborat bo’lib, murtakni qurib qolishidan va erta unib chiqishdan saqlaydi, shuningdek ayrim o’simliklarda urug’larning unish vaqtida urug’ po’sti hujayralari shilimshiqlanib, tuproqqa urug’ni yaxshi birikib olishiga yordam beradi. Urug’ po’stida suvni shimib boqishi uchun mayda teshik bo’ladi, uni odatda urug’ yo’li deyiladi. Bundan tashqari, chok ham bo’lib, urug’ bandiga birikish joyi xisoblanadi.
Yuksak o’simliklarning individual hayoti urug’langan bitta tuxum hujayra– zigotaning rivojlanishidan boshlanadi. Zigotaning keyingi bir necha marta bo’linishi va to’qimalarning shaqllanishi natijasida ko’p hujayrali organizm vujudga keladi. Zigotaning dastlabki bo’linishi natijasida boshlang’ich proembrion hosil bo’ladi. Keyinchalik hujayralarning har xil darajada o’sishi va ajralishi tufayli urug’ning murtagi shakllanadi. Urug’ning unishi maxalida murtakdan maysa o’sib chiqadi. Maysadan esa yetuk o’simlik rivojlanadi. Qisqacha aytganda urug’li o’simlikning taraqqiyoti quyidagi ketma–ketlikda boradi:
Zigota ---- boshlang’ich proembrion ---- murtak ----- maysa ----- voyaga etgan o’simlik.
Gulli o’simliklarning asosiy vegetativ organlari bo’lgan novda va ildizlar urug’da murtak holida joylashgan bo’ladi. Urug’ning unishidan so’ng maysa hosil bo’lishi faqat murtak holidagi organlarning o’sishi bilan cheklanmay, balki kurtaklar, yashil barglar, poyaning qismlari, yon novdalar, qo’shimcha hamda yon ildizlar shakllanishi bo’yicha davom etadi. O’simlikning keyingi rivojlanishi davomida uning generativ (ko’payish) organlari shakllanadi.
|
| |