Dorivor o‘simliklar va botanika




Download 426,29 Kb.
bet54/91
Sana15.01.2024
Hajmi426,29 Kb.
#137797
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91
Bog'liq
portal.guldu.uz-Botanika (3)

1-savol bayoni:Urug’ va meva urug’lanish jarayoni amalga oshgandan keyin rivojlana boshlaydi. Urug’ urug’kurtakdan, meva esa urug’chi tugunchasidan shakllanadi. Ko’pchilik yopiq urug’li o’simliklarda urug’ murtak va endospermdan iborat bo’ladi. Qo’sh urug’lanishdan so’ng urug’langan tuxum hujayra–zigotadan murtak, markaziy hujayra yadrosi bo’linishidan esa endosperm to’qimasi vujudga keladi. Urug’kurtakning integumentlari urug’ po’stiga aylanadi. Endospermining rivojlanishi turli xil o’simliklarda turlicha bo’ladi.
Ko’p hollardazigota tinim davrini o’taydi. Zigotaning tinim davri har–xil bo’lib, bir necha soatdan bir necha oyga qadar davom etadi.
Tinim davri o’tgach, zigota bo’linadi va ikkita hujayra hosil qiladi. Bu hujayralardan biri osilma sopga, ikkinchisi proembirionga aylanadi. Keyinchalik proembrion taraqqiy etib, ikki pallali shaklga kiradi. Ikki palla simmetrik rivojlanib, undan ikkita urug’palla rivojlanadi. Ayrim o’simliklarda urug’pallalardan biri tez taraqqiy etib, ikkinchisi o’sishdan to’xtaydi va rudimentligicha qoladi. Poyaning o’sish nuqtasi ikki palla orasida shakllanadi. Ikki pallali o’simliklarda shakllangan murtak ikki urug’palla, gipokotil, murtak ildizcha, poyacha va o’sish konusidan iborat. Bir pallalilarda murtakda bir urug’palla shakllanadi, poyaning o’sish nuqtasi esa yon tarafda joylashadi.
Endosperm murtak xaltasida taraqqiy etadi. Murtak xaltasining urug’langan ikkilamchi markaziy hujayra yadrosi o’zida xromosomlarning triploid to’plamini saqlaydi, u tinim davrini o’tamay, bo’lina boshlaydi va undan endosperm to’qimasi hosil bo’ladi.
Ayrim o’simlik turlarida urug’lanishdan so’ng endosperm hosil bo’lmaydi. Endosperm funksiyasini tez rivojlanuvchi nutsellusdan hosil bo’ladigan maxsus to’qima bajaradi. Bu to’qima perisperm deb yuritiladi. Qora murchning urug’lari kichkinagina murtagini tashqi tomonidanyirik perisperm o’rab turadi. Chinniguldoshlar va sho’radoshlar oilalari vakillari ham perispermli urug’larga kiradi.
Boshqa bir o’simlik turlarida endosperm ham, perisperm ham hosil bo’lmaydi. Jamg’arma ozuqa moddalar urug’ pallalarda to’planadi. Bunday urug’lar endosperimsiz urug’lar deb yuritiladi.
Shunday qilib, urug’lar endospermli, perispermli va endospermsiz xillarga bo’ladi. Bir pallalilardan javdar o’simligi urug’i, lola urug’i, ikki pallalilardan ituzumdoshlar, soyabonguldoshlarga mansub o’simliklar urug’i endosperimli, sho’radoshlarga taalluqli o’simliklar urug’i perispermli, burchoqdoshlar, astradoshlar, karamdoshlar, qovoqdoshlar, atirguldoshlarga oid o’simliklarning urug’i endospermsiz urug’lar hisoblanadi.

Download 426,29 Kb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91




Download 426,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dorivor o‘simliklar va botanika

Download 426,29 Kb.