• Kerakli jihoz va materiallar
  • Diqqat !Mikroskopda ishlash qoidalarini eslab qoling
  • Dorivor o‘simliklar va botanika




    Download 426,29 Kb.
    bet62/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    Umumiy tushunchalar: Mikroskop–murakkab optik asbob bo’lib, juda mayda obektlarni o’rganishga xizmat qiladi. Mikroskoplar yorug’lik va elektron mikroskoplarga ajratiladi. Yorug’lik mikroskoplarining quyidagi xillari ko’proq ishlatiladi:

    • MBR–1, MBR-3 (M–mikroskop, B–biologicheskiy, R–rabochiy);

    • MBS–1 (S–stereoskopicheskiy);

    • Biolam–R, Biolam–S (R–rabochiy, S–studentcheskiy).

    Yorug’lik mikroskoplari obektlarni 1500–3000 martagacha kattalashtirib ko’rish imkoniyatini beradi. Yorug’lik mikroskopi optik va mexanik qismlardan iborat bo’ladi.
    Elektron mikroskoplar 40000 dan 100000 martagacha kattalashtirib ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lib, ko’proq ilmiy–tadqiqot ishlarida foydalaniladi.
    Kerakli jihoz va materiallar: mikroskop (o’quvchilar mikroskopi, MBI–1, MBI–3, “Biolam”), doimiy preparatlar, rasm chizish uchun albom, oddiy va rangli qalamlar, o’chirg’ich.
    Ishni bajarish tartibi:

    1. Mikroskopni tuzilishini ko’zdan kechiring. Uning optik va mexanik qismlariga e’tibor bering. Tubus, okulyar, revolver, ob’ektiv, buyum stolchasi, kondensor, oyna, shtativ, mikro va makrovint, kondensorni harakatlantiruvchi vint, buyum stolchasi vintlari, qisqichlarning mikroskopda joylashish tartibini va bajaradigan ishlarini o’rganing.

    2. Okulyarni ko’rsatish darajalari (7x, 10x, 15x) va ob’ektivni ko’rsatish darajalari (8x, 40x, 90x) bilan tanishing.Okulyar va ob’ektiv ko’rsatish darajalarini ko’paytirib, mikroskopning kattalashtirib ko’rsatish qobiliyatini aniqlang.




    1. Mikroskop rasmini albomga chizing. Uning qismlarini ajratib ko’rsating.

    2. Mikroskopni ishchi holatga keltiring. Qo’lingizga berilgan tayyor preparatni avval kichik, keyin katta ob’ektivda kuzating va rasmini chizib olishga tayyorlaning.


    Diqqat !Mikroskopda ishlash qoidalarini eslab qoling:

      • Mikroskop stol chekkasidan 6–8 sm ichkariga, shtativ chap yelkaga to’g’rilab qo’yiladi.

      • Mikroskopning optik qismi (okulyar, ob’ektiv, nur to’plovchi oyna) toza, quruq va mayin latta bilan tozalanadi.

      • Kondensor yuqoriga ko’tarilib, diafragma ochiladi.

      • Mikroskopning kichik ob’ektivi buyum stolchasining teshigi ro’parasiga keltirib, stolchadan 1sm balandlikda tutiladi.

      • Chap ko’z bilan okulyardan qarab, mikroskop oynasi nur tushayotgan tarafga qaratiladi. To’plangan yorug’lik to’liq va tiniq bo’lmog’i lozim.

      • Doimiy preparat buyum stolchasiga joylashtiriladi. Bunda buyum stolchasi qisqichlaridan foydalaniladi.

      • Ob’ektiv makrovint yordamida 4–5 mm balandlikka keltiriladi. So’ngra chap ko’z bilan okulyarga qarab turib, makrovint asta–sekin harakatlantiriladi va ob’ektning aniq tasviri topiladi.

      • O’rganilayotgan ob’ektning ma’lum bir qismlarini o’rganish zarur bo’lsa, buyum stolchasi vintlari yordamida preparatni harakatlantiriladi.

      • Agar shu qismni katta ob’ektivda kuzatish zarur bo’lsa, revolver yordamida katta ob’ektivga o’tkaziladi.

      • Katta ob’ektiv preparatdan 1–2 mm balandlikda joylashtiriladi. Mikrovint asta–sekin buralib ob’ektning aniq tasviri topiladi.

      • Ob’ekt kuzatilib bo’lingach, revolver yordamida kichik kichik ob’ektivga o’tkaziladi. Preparat stolchadan olinadi va buyum stolchasi artiladi.

      • Mikroskopning ob’ektiv qismi yana toza va mayin latta bilan artiladi, mikroskop ob’ektivi kichik ob’ektivga keltirilib, uning tagiga toza latta taxlanib qo’yiladi.






    Download 426,29 Kb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   91




    Download 426,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dorivor o‘simliklar va botanika

    Download 426,29 Kb.