• P a r a k a r p m e v a
  • Dorivor o‘simliklar va botanika




    Download 426,29 Kb.
    bet58/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    Muxokama uchun savollar:
    1. Urug’ni unishida qaysi omillar asosiy rolni egallaydi?
    2. G’o’za urug’ining o’nib chiqishi uchun qanday harorat talab etiladi?
    3. O’simlik maysasi tuzilishidagi asosiy qismlarini ajrating.
    3 -savol bo’yicha dars maqsadi: Mevaning tuzilishi va xillari bilan talabalar tanishtirish.
    Identiv o’quv maqsadlari:
    3.1. Mevalar haqida ma’lumot bera oladi.
    3.2.Meva xillarini ajrata biladi.
    3-savol bayoni:Meva–yopiq urug’li o’simliklarning asosiy generativ organlaridan biri hisoblanadi. Meva urug’lanishdan keyin gul o’rnida asosan urug’chi tugunchasidan paydo bo’ladi. Ostki tugunchali gullarda meva shakllanishida gul o’rni va gulkosa ishtirok qilishi mumkin. Meva urug’ning himoya qilinishiga va tarqalishiga xizmat qiladi. Ularning tuzilishi va morfologik ko’rinishlari juda xilma–xilldir.
    Faqat urug’chi (ginetsey) dan hosil bo’lgan meva haqiqiy meva (o’rik, gilos, olxuri, shaftoli) deb ataladi. Bir necha urug’chidan hosil bo’lgan meva (malina, maymunjon, shotut va boshqalar) to’p meva deb ataladi. Meva hosil bo’lishida urug’chidan tashqari gulning boshqa qismlari (gulkosa, gul o’rni ) qatnashsa soxta meva (olma, qulpnay) deb ataladi.
    Mevalarni aniqlashda meva po’sti–perikarpiy (yunon. Peri–atrofida, karpos –meva) ning tuzilishi, mevaning ochilishi yoki to’kilishi hamda tarqalishi e’tiborga olinadi. Perikarpiy tuguncha o’zidan yoki uning gulning boshqa organlarining qo’shilib o’sishidan hosil bo’ladi. Meva po’sti uch qavatdan iborat. Tashqi qavati ekzokarpiy (yunon. Ekzo–tashqi; karpos–meva), ichki qismi endokarpiy (yunon. Endo–ichki) va ularning orasidagi o’rta qismi mezokarpiy (yunon. Mezos–o’rta) deb ataladi. Ekzokarpiy qavatida har xil o’simtalar, ya’ni tikanlar, qanotchalar, tukchalar bo’lib, ular mevalarning tarqalishiga va ximoyalanishiga yordam beradi. Perikarpiyning bu qatlamlarini hamma vaqt ham bir–biridan ajratib bo’lmaydi. Ularni ko’pincha danak shaklidagi mevalarda yaqqol ko’rish mumkin. Masalan gilos mevasining tashqi yubqa po’sti–ekzokarpiy, mevani etdor qismi–mezokarpiy va yog’ochsimon qattiq danagi–endokarpiy qavatlaridir. Haqiqiy (rezavor) yumshoq, shirali mevalarda bu qatlamlarni ajratib bo’lmaydi.
    Mevalar pishishiga yaqin ularda muhim biokimyoviy o’zgarishlar ro’y beradi, unda uglevodlar, vitaminlar, yog’lar va boshqa moddalar to’planadi. Pishgan mevalar po’stida xlorofill uchramaydi, aksincha ularning tarkibida karotinoid va antotsian pigmentlari to’planadi va ular qizil, pushti, sariq va h.k. ranglarga kiradi.
    Mevalarning morfologik xususiyatlariga qarab xo’l va quruq mevalarga ajratish mumkin. Quruq mevalar ochiladigan (dukkak, qo’zoq va qo’zoqcha, ko’sak (chanoq) va ochilmaydigan (yong’oq yoki yong’oqchalar, o’rmon yong’og’i, pista, doncha va boshqalar) xillarga bo’linadi.
    Mevalarni tabiiy sistemaga solishda ularning qanday ginetsiydan hosil bo’lganini e’tiborga olib, morfologik jihatdan apokarp, sinkarp, parakarp va lizokarp guruhlarga ajratish mumkin.
    Bir yoki bir necha urug’chi bargchalardan tashkil topgan, tutashmagan, yuqori gul tugunchasidan hosil bo’lgan meva apokarp meva deb ataladi. Bunday mevalar ayiqtovondoshlar, magnoliyadoshlar, atirguldoshlar, burchoqdoshlar oilalarining vakillarida uchraydi. Apokarp mevalarga bargak, dukkak, danakli mevalar kiradi.
    Bitta urug’chi bargchadan hosil bo’lgan bir chanoqli bargakda mevaning ochilishi uning uski o’ng tomonidan bo’ladi. Bargakning maxsus moslashishidan bitta meva bargchaga ega bo’lgan quruq meva–dukkak kelib chiqqan. Dukkak meva qorni va orqa chokidan yorilib ochiladi.Nihoyat, bargchadan mezokarpning sukkulentlashishi, endokarpiyning yog’ochlanishi va urug’larning kamayishi natijasida danakli mevalar kelib chiqqan. Danakli mevalarning aksariyati bir urug’lidir (olcha, gilos, olxo’ri, o’rik, bodom), ko’p danaklilarga do’lana, ituzum misol bo’la oladi.
    Ko’p uyli danakli to’p mevalar atirguldoshlar oilasining (malina, maymunjon) vakillarida uchraydi. Bularning shirador danakchali mevasi gul o’rnidan hosil bo’ladi. Har qaysi danakcha etli shirador mezokarp va toshga o’xshash qattiq endokarpdan iborat bo’lib, uning ichida faqat bitta urug’ joylashadi
    Sinkarp mevalar (yunon. Sin–birgalikda; karpos–meva)–eng ko’p uchraydigan mevalar guruhidir Morfologik jihatdan sinkarp mevalar ko’sak, quzoq va qo’zoqcha, qanotli, rezavor va boshqa ko’rinishdagi xillardan iborat.
    Ko’sak yoki chanoq–ko’p urug’li meva. Ular ikkita va undan ko’p meva bargchalaridan tashkil topadi. Bir uyli yoki ko’p uyli bo’ladi. Bunday mevalar loladoshlar, sigirquyruqdoshlar, ituzumdoshlar, zupturumdoshlar, chinniguldoshlar, toldoshlar, binafshadoshlar, ko’knoridoshlar va boshqa oilalarda uchraydi. Ular mevasining ochilishi xususiyati har xil bo’ladi. Chunonchi, qopqoqchalar (mingdevona, semizo’t, zupturum va boshqalarda), teshikchalar (ko’knor, qo’ng’iroqgulda), tepa tishchalar (chinnigul, navro’zgullarda), ustki uchidan pastki uchigacha uzinasiga o’tadigan yoriqchalar (binafsha, piyozguldoshlar va boshqalarda) vositasi bilan ochiladi
    Bo’linadigan mevalar (merikarpiy: yunon. Meris–bo’lakcha, parcha, karpos –meva) ichki yoki ko’p uyli pastki va o’rta tugunchalan hosil bo’ladi, yetilganidan keyin ikki yoki bir necha bo’laklarga bo’linadi (tugmachagul, gulxayri, soyabonguldoshlar, labguldoshlar va boshqalar). Merikarpiy mevalar soyabonguldoshlar oilasining ko’pchilik vakillarida uchraydi
    Meriykarpiyning bir turi senobiy deb ataladi. Senobiy uski tugunchadan hosil bo’ladi, uning ikkita meva bargchalari uzunasiga va ko’ndalangiga bo’lingandan keyin to’rt bo’lakli meva rivojlanadi. Har bir bo’lak mevada bitta urug’ bo’ladi (lagoxilus–ko’kparang, rayhon va boshqalarda).
    Yo n g’ o q ch a (kichik meva)–ustki tugunchadan hosil bo’ladigan bir urug’li meva qobig’i yog’ochlangan po’st bilan o’ralgan. Ayiqtovon, espartset mevalari yong’oqchaga misol bo’ladi.
    Q a n o t ch a l i m e v a–merikarpiyning bir turi. Bunday mevalarning yonida po’stsimon yoki pardasimon yassi ortig’i bo’ladi (zarang, qayrag’och, shumtol va boshqalarda).
    Q o’ z o q va q o’ z o q ch a–ikki uyli sinkarp meva bo’lib, tushib ketadigan ikki qopqoqchaga o’xshab pastdan tepasigacha yoriladi, qopqoqchalarning orasida urug’lari bo’ladi. Mevasi bo’yi enidan to’rt barobar ortiq bo’lsa qo’zoq, undan kam bo’lsa, qo’zoqcha deb ataladi. Ba’zan qo’zoq bo’g’inli bo’lishi mumkin. Bu xildagi mevalar butguldoshlar oilasining vakillariga xosdir.
    R e z v o r mevalarda bargchalar soni ham har xil bo’ladi. Ko’p uyli va ko’p urug’lidir. Ba’zan bitta urug’ bo’lishi mumkin (uzum, pamidor, baqlajon va boshqalar).
    G e s p e r i d i y (gol. g e e s t–mevasiz, yunon. p e r i d i y–qopcha, xalta) deb ataladigan mevalar ustki tugunchadan hosil bo’ladi va shirali sinkarp meva deb ataladi (apelsin, mandarin va boshqalar). Apelsin tugunchasi ko’p uyli, mevaning ekzokarpiy qismi sariq, qalin va rangdor po’stli, unda efir moyi bezlari bor. Mezokarpiy qismi etdor, g’ovak, oq rangda, sersuv bo’lib, iste’mol qilinadi. Shirali sersuv mevalarga tropik o’rmonlarda o’suvchi banan mevasi ham kiradi. Uning mevasi ostki tugunchadan rivojlanadi.
    O l m a–sodda sinkarp mevadir. Bunday meva ostki sinkarp tugunchasi gul naychasining tutashishidan hosil bo’ladi. Ko’ndalangiga kesilgan olma mevasi beshta bir uyli va bir urug’li bo’lib ko’rinadi Bularda meva bargchalar bir–biri bilan tutashmagani uchun ba’zi olimlar olma shaklidagi mevani apokarp mevalarga kiritganlar. Lekin, ularning meva yoni tashqi etdor qisimining asosidan bir–biri bilan qo’shilib, juda o’sib ketgan kosachabarg, tojbarg va meva bargchalar hosil bo’ladi. Ichki qism tashqi qism bilan qo’shilib meva bargchalarining ichki qismidan yuzaga kelganligini e’tiborga olib olma sinkarp mevalarga kiritilgan.
    A n o r–o’ziga xos shakl tuzilishiga ega bo’lgan ko’purug’li sinkarp mevadir. U ostki tugunchalan tashkil topgan. Meva atrofi to’risimon qalin po’st bilan o’ralgan. Pishganda notekis shaklda yoriladi. Tuguncha ichi yirik urug’lar bilan to’lgan. Urug’larning tashqi po’sti etli va shiralidir.
    Yo n g’ o q m e v a–takomillashgan ostki tugunchadan hosil bo’ladi. Bu guruhga kiruvchi o’simliklar gulining urug’chisi ikkita tumshuqchaga ega bo’lib, mevasi ikkita mevabargdan hosil bo’lgan kabi ko’rinadi. Natijada ikki uyali bitta urug’kurtakli sinkarp meva shakllanadi. Lekin uyalar o’rtasidagi to’siq ustunchaga aylanib bitta urug’ hosil bo’ladi, ikkinchi urug’ rivojlanmaydi. Eman daraxtining mevasi yong’oqdan farq qilib, mevapo’sti yog’ochlanmagan va kichkina bandli sopni hosil qiladi. Bandli sop meva yosh vaqtida tugunchani butunlay o’rab oladi, so’ngra o’sishdan to’xtaydi. Uchta tumshuqcha mevaning uchta mevabargidan hosil bo’lganligini ko’rsatadi. Har bir uyada ikkitadan urug’kurtak rivojlanadi, lekin meva yetilganda bitta urug’ qolib, qolganlari qisqarib ketadi.
    Evolyutsiya jarayonida sinkarp mevalardan parakarp va lizokarp mevalar kelib chiqqan.
    P a r a k a r p m e v a (yunon. Para–yondosh, qo’shni, karpos–meva) deb bir necha mevabarglarning yig’indisidan hosil bo’lgan bir uyali mevalarga aytiladi. Ular bir uyali yoki ko’p uyali, ochiladigan yoki ochilmaydigan mevalarga bo’linadi. Parakarp meva ustki va ostki tugunchalardan hosil bo’ladi.
    Ochiladigan parakarp mevalardan ko’sakcha ko’proq (ko’knoridoshlar oilasining ko’pchilik vakillarida (ko’knor, qizg’aldoq), binafshadoshlar, ituzumdoshlar (kartoshka), shumg’iyadoshlar) uchraydi.
    Ko’sakchadan parakarp qo’zoqcha kelib chiqqan, haqiqiy parakarp ko’zoqcha ikki uyli ikki mevabarglarning bir–biri bilan tutashishilan hosil bo’ladi. Ular pastdan yuqoriga qarab ochiladi (karam, yovvoyi turp, oq gorchitsa va boshqalar)
    Ochilmaydigan parakarp bir urug’li mevalarga qo’zoqcha (yarutka, chitir), doncha (bug’doy, arpa, tariq, makka, qo’noq vaboshqalar), pista (murakkabguldoshlar) misol bo’la oladi.
    Ko’purug’li ochilmaydigan parakarp mevalarning maxsus xiliga qovoq shaklidagi mevalar (tarvuz, qovun, bodiring va boshqalar) kiradi. Ular ostki tugunchadan yuzaga keladi, meva yonining tashqi qismi juda qattiq, ba’zan yog’ochlangan bo’ladi.
    L i z o k a r p m e v a (yunon. Lizis–eritish, karpos–meva) bir necha urug’chi barglardan tashkil topgan sinkarp (tutash tugunchali meva) genitseyida chanoqlararo pardalarni yo’qolib, ko’pchanoqli yoki bir uyali shaklini olgan meva hisoblanadi. U ontogenezning dastlabki davrida urug’chi barglarning qo’shilishidan paydo bo’ladi.
    Lizokarp meva sinkap chanoqcha (ko’sakcha)dan kelib chiqqan. Ular chinniguldoshlar oilasining ko’pchilik vakillarida (chinnigul, sovuno’t, qoramug’) uchraydi. Ko’sakchasi uchidagi teshikchalardan ochiladi.
    T o’ p m e v a l a r–yaxlit to’pgulning ayrim gullaridan hosil bo’ladi. Ular bir–biriga qo’shilib bitta mevaga o’xshab ko’rinadi. Bularga anjir va tropik o’rmonda o’saydigan ananas hamda non daraxti mevalari misol bo’ladi.
    Bitta o’simlikda yoki bita to’pmevada turlicha meva va urug’larning hosil bo’lishiga geterokarpiya va geterospermiya deyiladi. Masalan, Spergularia o’simligining bitta ko’sagida ko’rinishi farq qiladigan qanotli va qanotsiz urug’lar etiladi.
    Geterospermiyaning asosiy xillaridan biri urug’larining fiziologik jihatidan turli tumanligidir. Masalan ayrim o’simliklar urug’larining ba’zilari tez unadi, ba’zilari kech unadi, ba’zilari esa umuman unmaydi va qattiq holatida qoladi.

    Download 426,29 Kb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91




    Download 426,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dorivor o‘simliklar va botanika

    Download 426,29 Kb.