|
Dorivor o‘simliklar va botanika
|
bet | 66/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)shilimshiqlanish–hujayra po’sti tarkibidagi sellyuloza va pektin moddalarni himiyaviy o’zgarishi natijasida yuzaga keladi. Pektin suvni shimgandan keyin shilimshiqlanadi va urug’ni suv shimish hususiyati ortadi.
minerallashish–hujayra po’stini mineral tuzlarni shimishi natijasida yuz beradi. Hujayra po’sti qattiq va dag’al bo’lib qoladi.
Kerakli jihoz va materiallar: mikroskop, buyum va qoplag’ich oynalar, pintset, ignalar, ustara yoki lezvie, suvli idish, pipetka, filtr qog’oz, mo’yqalam, piyozbosh, tradeskantsiya o’simligi bargi , xlor–rux–yodid eritmasi, xlorid kislota, flyuroglitsin, sudan Sh reaktivi eritmalari, paxta yoki zig’ir tolalari, gugurt cho’pi, po’kak, shuvoq va zig’irning ivitilgan urug’lari.
Ishni bajarish tartibi:
Piyoz po’stidan vaqtinchalik preparat tayyorlang. Reaktiv sifatida1–2 tomchi yod eritmasi tomiziladi.
Preparatni mikroskopda kuzating. Hujayra qobig’i, yadro, sitoplazma, vakuolalar tuzilishiga e’tibor bering.
Preparatda yaxshi ko’ringan 2–3 ta hujayra tuzilishini albomga chizib oling. Hujayra qismlarini ko’rsating.
Paxta tolasidan vaqtinchalik preparat tayyorlang va uni mikroskopda kuzating. Paxta tolasi cho’ziq, o’lik prozenxima hujayralaridan tashkil topganligiga e’tibor bering.
Qoplag’ich oynani ochib, filtr qog’ozi yordamida suvni shimdirib oling va preparatga xlor–rux–yodid eritmasidan tomizing. Hujayra po’sti reaktiv ta’sirida ko’k binafsha ranga kiradi, bu uning sellyulozadan tashkil topganini ko’rsatadi. Paxta tolasi hujayralardan 2–3 tasining sxematik rasmini chizib oling.
Yog’ochlangan hujayra po’stini xlorid kislota yordamida aniqlang. Gugurt cho’pi yog’ochlangan hujayralardan iborat bo’lib, uni xlorid kislotaga botirib ko’ring. Gugurt cho’pi rangi qizaradi. Bu hujayra po’sti yog’ochlanganligin ko’rsatadi. Gugurt cho’pini xlor–rux–yodid eritmasiga solib ko’ring, rangini o’zgarmasligiga e’tibor bering.
Shisha idishlar qopqog’i sifatida ishlatiladigan po’kakdan yupqa kesik tayyorlang va unga sudan Sh eritmasini tomizing. Po’kaklashgan hujayra po’sti qo’ng’ir rangga kiradi. Po’kak hujayralardan 3–4 tasining sxematik rasmini chizib oling.
Ivitilgan shuvoq va zig’ir urug’larining shilimshiq modda bilan qoplanishiga e’tibor bering. Bu urug’larni shilimshiq qavat bilan birga rasmini chizib oling.
|
| |