• Nazorat savollari
  • Dorivor o‘simliklar va botanika




    Download 426,29 Kb.
    bet68/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    Ishni bajarish tartibi:

    1. Geran o’simligi bargining orqa qismidan ustki po’stini shilib olib, vaqtinchalik preparat tayyorlang. Preparatni avval kichik, keyin katta ob’ektivda kuzating. Bir–biriga zich joylashgan epiderma hujayralari tuzilishiga etibor bering.

    2. Epidermadagi og’izcha va tukchalar tuzilishini o’rganing. Og’izchaning bir juft loviyasimon hujayralardan tashkil topganligini va uning atrofida qamrovchi hujayralar joylashganligiga e’tibor qiling.
    3.Epiderma hujayralari, og’izchalar va tukchalar tuzilishini albomga chizib oling.
    4.Geran bargidan vaqtinchalik preparat tayyorlang va mikroskopda siyrak joylashgan qismini toping. Hujayradagi xloroplastlarga e’tibor bering. Har bir hujayradagi xloroplastlarning o’rtacha sonini aniqlang.
    5.Qizil qalampir seret qismidan bir bo’lak yupqa kesib oling va uni buyum oynasi ustiga joylashtiring. Ustiga 2–3 tomchi suv tomizib, igna bilan tekislang. Ustini qoplagich oyna bilan yopib, mikroskopda kuzating.
    6.Mikroskopda qizg’ish rangli xromoplastlarni toping. Ularni rangi, shakli va o’lchamiga e’tibor bering.
    7.Albomga 2–3 ta hujayrani xromoplastlari bilan birga sxematik rasmini chizib oling
    8.Tradeskantsiya o’simligi bargi epidermasidan vaqtinchalik preparat tayyorlang va mikroskopda kuzating.
    9.Hujayra tsitoplazmasida, ayniqsa hujayra yadrosi atrofida uchraydigan sharsimon rangsiz tanachalar–leykoplastlarni toping. Ularni o’rganing hamda sxematik rasmini chizib oling.
    Nazorat savollari:

    1. Epiderma o’simlikning qaysi organlarida uchraydi? Epiderma qanday hujayralardan tuzilgan?

    2. Og’izchalar qanday tuzilgan. Ularning asosiy vazifasi nima?

    3. Epidermada qaysi xildagi tukchalar uchraydi? Ular qanday funksiyani bajaradi? Epidermaning asosiy vazifasi nima?

    4. O’simlik hujayrasida uchraydigan plastidalarning qanday xillari bor?

    5. Xloroplastlar nima uchun yashil rangga ega? Uning asosiy funksiyasi nima?

    6. Xromoplastlar o’simlikning qaysi organlarida uchraydi va qanday funksiyani bajaradi? Uning tarkibida qanday pigmentlar uchraydi?

    7. Plastidalar bir turdan ikkinchi turga aylanishi mumkinmi?

    8. Leykoplastlar qayerda uchraydi va ularning asosiy funksiyasi nima?

    TMI: Tradeskantsiya yoki boshqa xona o’simligi bargining orqa tomonidan po’stini shilib olib, preparat tayyorlang. Unda epiderma hujayralari tuzilishi, og’izcha va tukchalarni o’ziga xos tuzilishini o’rganing va rasmini chizib oling. O’rganilayotgan o’simlikning epidermasini geran o’simligi bilan solishtiring. Tuzilishidagi o’xshashliklarni ko’rsating? Farqlari nimadaligini aniqlang? Kuzatilgan obektlarning sxematik rasmlarini to’liq yakunlang. Hujayra ichida ko’rilgan plastidalarning joylashishi, rangi va qismlarini ko’rsating


    Download 426,29 Kb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   91




    Download 426,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dorivor o‘simliklar va botanika

    Download 426,29 Kb.