• Sklerenxima
  • Ishni bajarish tartibi
  • - mashg’ulot. MEXANIK TO’QIMA TUZILISHI




    Download 426,29 Kb.
    bet71/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    7- mashg’ulot. MEXANIK TO’QIMA TUZILISHI
    Dars maqsadi: Mexanik to’qima elementlari bilan tanishish.
    Umumiy tushunchalar: mexanikto’qima o’simlik organlarini mustahkam bo’lishini ta’minlovchi to’qima hisoblanadi. Uning 3 xili mavjud:

    • Kollenxima–ikki pallali o’simliklar poyasi va barglarda qoplovchi to’qimadan keyin joylashadi. U cho’ziq silindirsimon, 4–5 qirrali hujayralardan tashkil topadi. Hujayra po’sti sellyulozali bo’lib, uning burchaklari yoki devori bo’ylab qalinlashadi.

    • Sklerenxima–o’simlikning ildiz va poya kabi organlaridauchrab, o’tkazuvchi nay tolali bog’lamlar tarkibiga kiradi. U o’lik mexanik to’qima hisoblanib, unda lub va yog’och tolalari ajratiladi.

    • Skleridlar–hujayra qobig’i yog’ochlashgan jonsiz mexanik to’qima bo’lib, zich joylashgan toshsimon parenxima hujayralaridan tashkil topgan.

    Kerakli jihoz va materiallar: mikroskop, buyum va qoplag’ich oynalar, skalpel, ustara, ignalar, filtr qog’ozi, floroglyutsin eritmasi, xlorid kislota, ukrop yoki qovoq poyasi, kanop poyasi, nok mevasi.
    Ishni bajarish tartibi:
    1.Qovoq yoki ukrop poyasidan preparat tayyorlang va mikroskopda kuzating.
    2. Ikki pallali o’simliklarda kollenxima epidermadan keyin joylashishini hisobga olib, kollenximani toping. Kollenxima cho’ziq silindirsimon hujayralardan tuzilganligini va preparatda ko’ndalang kesik bo’lgani uchun hujayra devorlari notekis qalinlashgan doirachalar shaklida ko’rinishiga etibor bering. Rasmini albomga chizing.
    3. Kanop tolasini ko’zdan kechiring. Uning o’lik prozenxima hujayralardan tashkil topganligini, hujayra devorlari bir xil qalinlikda yo’g’onlashib, yog’ochlashganligiga ishonch hosil qiling. Bu skllerenxima to’qimasidir.
    4. Nok mevasi etidan bir bo’lak olib, buyum oynasi ustida ezing.
    Unga bir 1–2 tomchi floroglyutsin va xlorid kislota eritmasi tomizib, mikroskopda kuzating. Rangsiz parenxima orasida uchraydigan zich sklereid hujayralar to’plamini toping va rasmini albomga chizib oling.

    Download 426,29 Kb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   91




    Download 426,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - mashg’ulot. MEXANIK TO’QIMA TUZILISHI

    Download 426,29 Kb.