Dorivor o‘simliklar va botanika




Download 426,29 Kb.
bet73/91
Sana15.01.2024
Hajmi426,29 Kb.
#137797
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91
Bog'liq
portal.guldu.uz-Botanika (3)

Nazorat savollari:

  1. O’tkazuvchi to’qima qanday funksiyani bajaradi?

  2. O’tkazuvchi to’qima qanday elementlardan tashkil topgan?

  3. Ksilema va floemaning umumiy xossalarini ayting?

  4. O’tkazuvchi bog’lamlarning qanday xillari bor?

TMI: O’rganilayotgan bog’lamni qaysi xilga kirishini aniqlang. Unda kselema, ostki va ustki floema, kambiy to’qimalarni ajrating.

9-mashg’ulot. ILDIZ O’SISH KONUSINING TUZILISHI
Dars maqsadi: Ildiz o’sish konusi tuzilishi bilan tanishish.
Umumiy tushunchalar: ildiz–vegetativ organ bo’lib, o’simlikni tuproqqa mustahkamlanib turishiga hamda tuproqdan suv va unda erigan moddalarni so’rib olishga xizmat qiladi. Ildiz poyadan bo’g’im oraliqlariga bo’linmaganligi va ildiz qini bilan o’ralgan uchki (apikal) meristemaga ega ekanligi bilan farqlanadi. Ildiz vegetativ ko’payish organi hisoblanadi. Ildizlar shakliga va kelib chiqishiga ko’ra xilma–xil bo’ladi. Kelib chiqishiga ko’ra ildizlar asosiy, yon va qo’shimcha ildizlarga ajratiladi:

  • asosiy ildiz–urug’dan o’sib chiqadi.

  • yon ildiz–asosiy ildizning tarmoqlab o’sishidan paydo bo’lgan ildizlar.

  • qo’shimcha ildizlar–poya, barg, ildizpoya kabi organlardan hosil bo’lgan ildizlardir.

Shakliga ko’ra ildizlar o’q va popuk ildizlar sistemasini hosil qiladi. Ildiz sistemasini tuzilishida asosiy, yon va qo’shimcha ildizlar qatnashadi.

  • O’q ildizlar sistemasida asosiy o’q ildiz kuchli rivojlanganligi bilan boshqa qismlardan ajralib turadi (masalan ikki pallalilardan ra’noguldoshlarda, burchoqdoshlarda).

  • Popuk ildiz sistemasida asosiy ildiz bo’lmaydi, qo’shimcha va yon ildizlar kuchli rivojlangan bo’ladi (masalan bir pallalilardan bug’doydoshlarda).

Ildizning uchki qismida o’sish konusi joylashgan bo’lib, u asosan meristema to’qimasidan iborat. O’sish konusining uchki qismida ildiz qini deb ataluvchi tuzilma bo’lib, u himoya qilish vazifasini bajaradi. Ildiz qini ostida meristema hujayralaridan iborat bo’linish zonasi joylashadi. Bo’linish zonasining hujayralari zich va mayda bo’lib, ularning asosiy funksiyasi yangi–yangi hujayralar hosil qilishdir. Bo’linish zonasining tepasida o’sish zonasi joylashadi. Bu yerda hosil bo’lgan hujayralar bo’yiga cho’ziladi va o’sadi. O’sish zonasidan keyin ildiz tukchalari bor zona joylashgan bo’lib, u shimish zonasi deb ataladi. Bu zona orqali suv va unda erigan ozuqa moddalar shimiladi. Shimish zonasi bir necha 10 sm gacha borib, undan keyin o’tkazish zonasi joylashadi.

Download 426,29 Kb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91




Download 426,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dorivor o‘simliklar va botanika

Download 426,29 Kb.