|
Kerakli jihoz va materiallar
|
bet | 81/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Kerakli jihoz va materiallar: lupa, ignalar, olma, beda, burchoq, loviya, lola, qo’ng’iroqgul, qovoq gullari.
Ishni bajarish tartibi:
Olma yoki g’o’za gulini oling. Unda gulband, gul o’rni, kosachabarg, tojibarg, changchi va urug’chilarni ajrating. Gul qismlarini shakliga, tuzilishiga, soniga va qanday holatlarda joylashganiga e’tibor bering.
Gulni uzinasiga teng ikkiga bo’ling. Gul qismlari gul o’rnida qanday tartibda joylashishini o’rganing. Qismlarni ko’rsatgan holda rasmini chizib oling.
Burchoq yoki akatsiya gulini o’rganing. Unda gul o’rni va kosachabarglarni ajrating. Kosachabarglar qirralari qo’shilib ketganligaga ishonch hosil qiling. Tojibarglar o’ziga xos tuzilishga ega ekanligiga, ya’ni yelkancha, qayiqcha va eshkakchalar hosil qilganligini ko’ring. Changchilarni sanab, ularning sonini aniqlang. Gul qismlari rasmini chizib oling.
Lola gulining tuzilishini o’rganing. Uning gulqo’rg’oni oddiy gulqo’rg’on ekanligiga, unda kosachabarg va tojibarglar bir hil rangda ekanligiga, gulqo’rg’on ichida 6 ta changchi va uch tumshuqchali 1 dona urug’ni joylashganligiga e’tiboringizni qarating. Gul qismlarining rasmini chizib oling.
Qovoq yoki bodring gulini o’rganing. Ularning gullari 2 xil bo’lishiga, ko’pchiligida urug’chisi bo’lmasligiga, faqat changchilar borligiga, faqat ayrimlarida urug’chi bo’lib, changchilar bo’lmasligiga, shuning uchun ularda erkak (otalik) va urg’ochi (onalik) gullar farqlanishiga e’tibor bering. Erkak va urg’ochi gullarni rasmini chizib oling.
6.Gulning formulasini tuzishda foydalaniladigan belgilarni eslab qoling:
–aktinomorf (to’g’ri) gul. –zigomorf (noto’g’ri) gul.
♀ –urg’ochi gul belgisi.
♂ –erkaklik gul belgisi.
– qo’sh jinsli gul.
P–oddiy gulqo’rg’on.
Ca–kosachabarg.
Co –tojibarg.
A –androtsey (changchilar to’plami).
G –ginetsey (urug’chi).
Agar gul qismlari bir necha doira bo’yicha joylashgan bo’lsa, qo’shuv belgisi Q, agar gul qismlari birikib ketgan bo’lsa, qavsga olish belgisidan ( ) foydalaniladi. Gul qismlaridan birortasining soni 12 tadan oshiq bo’lsa cheksizlik belgisi ∞ ishlatiladi.
Tugunchaning gul qismlariga nisbatan joylashishi quyidagicha belgilanadi:
G (3)–tuguncha ostki.
|
| |