• Nazorat savollari
  • 14 –mashg’ulot. GULNING TUZILISHI. GUL FORMULASI VA DIAGRAMMASINI TUZISH Darsning maqsadi
  • qo’sh gulqo’rg’onli
  • Kerakli jihoz va materiallar




    Download 426,29 Kb.
    bet79/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    Kerakli jihoz va materiallar: mikroskop, buyum va qoplagich oynalar, ustara, ignalar, filtr qog’ozi, pipetka, suvli idish, tradeskantsiya va geran o’simligi barglari.
    Ishni bajarish tartibi:

    1. Tradeskantsiya yoki geran bargidan preparat tayyorlang. Preparatni mikroskopda o’rganing. Uning tashqi tomondan epiderma bilan o’ralgan mezofildan tuzilganiga e’tibor bering.

    2. Epiderma qavatidagi og’izchalar va tukchalarni o’rganing.

    3. Mezofil ustinsimon va g’ovak hujayralardan tashkil topganligini, uning orasida o’tkazuvchi bog’lamlar borligiga e’tibor bering.

    4. Mezofil hujayralari xloroplastlarga ega ekanligini ko’ring.

    5. Preparatdan bargning ko’ndalang kesimi rasmini chizib oling. Uning qismlarini ko’rsating.

    Nazorat savollari:

    1. Barg qanday qavatlardan tuzilgan?

    2. Epiderma qanday vazifani bajaradi?

    3. Og’izchalar bargning qaysi qismida joylashgan?

    4. Mezofil tarkibida qanday hujayralar uchraydi?

    TMI: Mezofil xujayralari orasidagi hujayralararo bo’shliqlar qanday funksiyani bajaradi deb o’ylaysiz. Javobingizni asoslab bering.


    14 –mashg’ulot. GULNING TUZILISHI. GUL FORMULASI VA DIAGRAMMASINI TUZISH
    Darsning maqsadi: Gulning tuzilishi bilan tanishish. Gulning formulasi va diagrammasini tuzish ko’nikmasini shakllantirish.
    Umumiy tushunchalar: Gul kelib chiqishiga ko’ra shaklio’zgargan, qisqargan novdadir. Gul barg qo’ltig’ida gulkurtakdan hosil bo’ladi. Gullar shaklan turli–tuman bo’lishiga qaramay asosan quyidagi qismlardan iborat bo’ladi: gulband, gul o’rni, gulkosa, gultoj, changchi va urug’chi.
    Gulband uzun yoki qisqa bo’lishi mumkin. Agar gulda gulband juda qisqarib ketgan bo’lsa, bandsiz yoki o’troq gul deyiladi. Gulbandning oxiri gul o’rni bilan tugaydi. Gul o’rni yassi, botiq yoki qabariq holatlarda uchraydi. Gul o’rniga tashqi tomonidan kosachabarglar birikadi. Kosachabarglar to’plami gulkosa deb ataladi. Ular ko’pchilik hollarda yashil rangda bo’ladi. Kosachabarglardan keyingi qatorda turli ranglarda bo’luvchi tojbarglar joylashadi. Agar gulda ham gulkosa, ham gultoj bo’lsa, bunday gullar qo’sh gulqo’rg’onli deb ataladi. Ayrim gullarda gulkosa va gultojlar bir xil rangda bo’lib, bu holatda oddiy gulqo’rg’onli gul deyiladi. Ba’zi o’simliklarda gulqo’rg’on bo’lmaydi, chunki kosachabarglar va gultojlar reduksiyalanib ketgan bo’lib, bunday gullar qo’rg’onsiz gullar deb nomlanadi.
    Kosachabarglar gulqo’rg’onning tashqi doirasida joylashib, tojbargdan rangining yashilligi va hajmining kichikroq bo’lishi bilan ajralib turadi. Kosachabarg chetlarining qo’shilib ketgan yoki ketmaganligiga qarab, gulkosalar tutashbargli va ayrim bargli gulkosalarga ajratiladi.

    Download 426,29 Kb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   91




    Download 426,29 Kb.