|
Epiderma–poyaning tashqi tomondan o’rab turuvchi qoplovchi to’qima.
birlamchi po’stloq
|
bet | 76/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Epiderma–poyaning tashqi tomondan o’rab turuvchi qoplovchi to’qima.
birlamchi po’stloq–parenxima va mexanik to’qimalardan iborat.
markaziy silindr (o’zak)–poyaning markaziy qismini tashkil qiladi. Markaziy silindrning asosini nay–tola bog’lamlari va g’ovak parenxima hujayralari tashkil etadi.
Ayrim o’simliklarda (bug’doydoshlarda) somonpoya hosil bo’lib, markazda katta bo’shliq bo’ladi. Shu sababli o’tkazuvchi bog’lamlar chekka tomon siljigandek ko’rinadi.
Poyaning ikkilamchi tuzilishi ikkilamchi hosil qiluvchi to’qima–kambiy faoliyati bilan bog’liqdir. Poya eniga yo’g’onlashadi va tola bog’lamlari ma’lum tartibda joylashadi. Poyaning ko’ndalang kesimida ular ular xalqasimon ko’rinadi. Ayniqsa, daraxtsimon o’simliklarda, iqlim sharoitiga ko’ra kambiy hujayralari rivojlanishi turlicha kechgani uchun turli qalinlikdagi yillik xalqalarni kuzatish mumkin.
Kerakli jihoz va materiallar: mikroskop, buyum va qoplag’ich oynalar, ignalar, skal’pel, pintset, fil’tr qog’ozi, floroglyutsin, xlorid kislota eritmasi, kungaboqar, bug’doy va arpa poyalari.
Ishni bajarish tartibi:
Kungaboqar poyasidan kesma tayyorlang. Unga floroglyutsin va xlorid kislota eritmasidan tomizing. Preparatni mikroskopda o’rganing.
Preparatdagi kesmada birlamchi po’stloq, markaziy silindr va undagi o’zak qismini ajrating.
Markaziy silindrdagi o’tkazuvchi bog’lamlarni o’rganing.
Pereparatni rasmini chizib oling. Qismlarni ko’rsating.
Arpa yoki bug’doy poyasidan yupqa kesma tayyorlang. Kesmani buyum oynasi ustiga joylashtiring va ustiga 1–2 tomchi suv, floroglyutsin va xlorid kislota eritmasi tomizing.
Ob’ektni mikroskopda kuzating. Poyaning po’stloq va markaziy silindr qismini ajrating.
Markaziy silindrda joylashgan o’tkazuvchi bog’lamlardan birini katta ob’ektivda o’rganing.
O’tkazuvchi bog’lamning rasmini chizib oling. Qismlarni ko’rsating.
Ko’p yillik daraxtlarning yillik halqalarini o’rganing. Halqalar qalinligi farqlanishini o’rganing. Buning sababini aniqlang.
|
| |