|
Kerakli jihoz va materiallar
|
bet | 78/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Kerakli jihoz va materiallar: lupa, turli o’simliklar novdalari, ildiz poyasi, kartoshka tuganagini, do’lana novdasi, piyozboshi, kaktus, yantoq va tok o’simligi gerbariylari.
Ishni bajarish tartibi:
Qo’lingizga berilgan novdalarda bo’g’in va bo’g’in oraliqlarini toping. Ayrim o’simliklarda bo’g’im oralig’i uzunligiga, ba’zilarida qisqaligiga e’tibor bering. Rasmini chizib oling.
Berilgan novdada barglarning joylashishiga e’tibor bering. Ularni spiral, qarama–qashi yoki to’p holatda joylanishiga diqqatingizni jalb qiling. Rasmni chizib oling
Novdalar shoxlanishini o’rganing. Shoxlanish turini aniqlab rasmini chizib oling.
G’umay ildizpoyasini, katoshka tuganagini, do’lana novdasidagi tikonlarini, kaktus o’simligining bargsimon shakli poyasini, yantoq o’simligini tikonini, tok jingalagi hamda piyozboshni o’rganing. Ularni nima uchun novdalarga kirishini aniqlang.
Piyozboshi va kartoshka tuganagini ko’ndalang kesing. Uning novda ekanligiga ishonch hosil qiling. Rasmini chizib oling.
Nazorat savollari:
1) Novdani tuzilishi aytib bering.
2) Novdada barglar qanday holatlarda joylashadi?
3) Novdalar qanday shoxlanadi?
4) Poya nima? O’sish turiga ko’ra poyalarning qanday xillari bor?
5) Kaktusning tikonlari qaysi organ mahsuli hisoblanadi?
TMI: Poya va ildizning morfologik tuzilishida qanday farq bor? Nima uchun kartoshka tuganagi ildiz sistemasiga kiritilmaydi? Javobingizni asoslab bering.
13– mashg’ulot. BARG ANATOMIYASI
Dars maqsadi: Bargning anatomik tuzilishi bilan tanishish.
Umumiy tushunchalar: barg asosiy vegetativ organlardan biri bo’lib, u nafas olish, suv bug’latish va fotosintez jarayonini ta’minlashga hizmat qiladi. Barg asosan 3 qismdan iborat: barg plastinkasi, barg bandi va yon bargchalar. Agar barg bandida bitta barg plastinkasi joylashgan bo’lsa, oddiy barg deb ataladi. Agar barg bandida ikki va undan ortiq barg plastinkasi joylashgan bo’lsa, bunday barg murakkab barg deyiladi. Barglar tuzilishiga va shakliga ko’ra xilma–xil bo’ladi. Barg plastinkalarining cheti tekis, arrasimon, tishsimon, shakli esa dumaloq, ovalsimon, tuxumsimon, uzunchoq, nashtarsimon, nayzasimon, tasmasimon, uchburchak, buyraksimon va boshqa turlarga ajratiladi.
Bargning ichki tuzilishda 4 ta to’qima: epiderma, mezofil, o’tkazuvchi va mexanik to’qimalar ishtirok etadi. Barg ustki va ostki tomondan epiderma to’qimasi bilan qoplangan bo’ladi. Epidermada trixomalar va og’izchalar kuzatiladi. Bargning etdor qismi mezofil deb atalib, ustunsimon va g’ovak hujayralardan iborat bo’ladi. Barg tomirlari o’tkazuvchi to’qimadan iborat bo’lib, mezofil qavati orasida tarmoqlangan to’r shaklida joylashadi. Bargda mexanik to’qimalardan kollenxima va sklerenximalar uchraydi.
|
| |