|
Dorivor o‘simliklar va botanika
| bet | 75/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)havo ildizlar–ham qo’shimcha ildizlar hisoblanib, nam tropik va botqoqliklarda o’suvchi o’simliklarda kuzatiladi.
Kerakli jihoz va materiallar: mikroskop, lupa, skalpel, pintset, ignalar, fil’tr qog’ozi, sabzi, turp, sholg’om va lavlagi ildiz mevalari, makkajo’xorining qo’shimcha ildizlari.
Ishni bajarish tartibi:
-
Sabzi, turp, sholg’om, lavlagi ildizmevalari tuzilishini ko’zdan kechiring. Qo’shimcha va yosh ildizlar bor–yo’qligiga e’tibor qiling. Ildiz mevalar rasmini chizib oling.
-
Sabzi ildizmevasidan ko’ndalang kesma tayyorlang. Unda po’stloq qismini, oqish doira sifatidagi kambiy qatlamini va markaziy silindirni lupada o’rganing. Kesmani mikroskopda kuzating. Undagi qismlarni ajrating. Rasmini al’bomga chizib oling.
-
Turp ildizmevasidan preparat tayyorlang. Kambiy halqasi ildiz meva chekkasiga yaqin joylashganligiga e’tibor qiling. Preparatni rasmini chizib oling.
-
Makkajo’xorining qo’shimcha ildizlari tuzilishini o’rganing. Uning qanday funksiyani bajarishini aniqlang. Rasmni albomga chizib oling.
Nazorat savollari:
-
Metamorfozlashgan organlar deb qanday organlarga aytiladi?
-
Metamorfozlashgan ildiz turlarini ayting.
-
Kartoshka tuganagi ildizmevaga kiradimi yoki yo’qmi?
-
Ildizning ko’ndalang kesigida qaysi qavatlar uchraydi?
-
Havo ildizlari to’g’risida tushuncha bering.
TMI: Sabzi va turi ildizmevalarini anatomik tuzilishini taqqoslang. Ularda kambiy, po’stloq va markaziy silindrning joylashishini o’rganing. O’xshashlik va farqli tomonlarini ko’rsating.
11- mashg’ulot. O’SIMLIKLAR POYASI ANATOMIYASI
Dars maqsadi: Bir vaikki pallali o’simliklar poyasining anatomik tuzilishi bilan tanishish.
Umumiy tushunchalar: poya–yer ustidagi bargsiz va kurtaksiz qismi bo’lib, bargni ildiz bilan morfologik va funksional bog’laydi. Poyaning asosiy funksiyasi–tayanch va suvda erigan moddalarni o’tkazishdir. U barg va ildiz orasida bog’lovchilik vazifasini bajaradi. Poyaning ichki tuzilishi uning bajaradigan vazifasi bilan bog’liq bo’ladi. Poya ichki tuzilishida birlamchi va ikkilamchi tuzilish ajratiladi.
Poyaning birlamchi tuzilishida bir–biridan ajratib turuvchi 3 ta qismni ko’rish mumkin:
|
| |