|
– mashg’ulot. ANDROTSEY VA GINETSEY TUZILISHI
|
bet | 83/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)15 – mashg’ulot. ANDROTSEY VA GINETSEY TUZILISHI
Dars maqsadi: Changchi va rug’chi, urug’kurtak tuzilishini o’rganish.
Umumiy tushunchalar: Guldagi changchilar to’plami androtsey (andros– erkak, oikos–uy) deb ataladi. Gulda bittadan (shoyi gul) bir necha yuztagacha (atirgul) changchilar bo’lishi mumkin. Changchilar gulda 3–doirani tashkil qiladi. Ular spiral yoki doira holda joylanishi mumkin. Changchilar soni har bir oila va turkumlar uchun doimiy bo’ladi. Changchi ko’pincha changchi ipidan va changdondan tashkil topadi. Changchi ipining changdonga birikkan joyi bog’lovchi qism deb ataladi. Changchi ipi uzun yoki qisqa bo’lishi mumkin. Changdon ikki qismdan iborat bo’lib, bu qismlar tekalar deb nomlanadi. Har bir teka o’zida chang xaltalarini (chang kameralarini) saqlaydi. Bu chang xaltalarida chang etiladi.
Chang xaltalari shakli o’zgargan mikrosporangiylardir, changchi bo’lsa, mikrosporofil gomologidir. Changchilar gul o’rnida bo’rtmalar sifatida paydo bo’ladi va asta–sekin shakllana boshlaydi. Ontog’enezning boshlang’ich bosqichlarida changdan epidermis bilan o’ralgan bir xil hujayralardan tuziladi. Changdon devori ko’pincha 4–5 qavatdan iborat bo’ladi: epidermis, endotetsiy, o’rta qavat va tapetum.
Epidermis changdon devorini tashqi tomonidan o’rab turgan bir qavatli hujayralardan tashkil topadi. Rivojlanishning dastlabki etaplarida uning hujayralari to’g’ri formaga ega bo’lib, keyinchalik tashqi tomondan kutikula bilan qoplanadi. Uning ayrim qismlari yo’g’onlashadi, ayrim holatlarda tishsimon ko’rinishga ega bo’ladi.
Endotsetiy changdon devorining 2–chi qavatini tashkil qilgan hujayralar to’plamidan iborat bo’ladi. Endotsetiy hujayralari keyinchalik kattalashib, fibrozli yo’g’onlashmalar hosil qiladi. Bu fibrozli yo’g’onlashmalar turli shakllarda bo’lib, chang etilganda changdon devorining ochilishini ta’minlaydi.
O’rta qavat ko’pincha 1–2, ayrim xollarda 6 qator hujayralardan tuzilgan bo’ladi. Bu hujayralar qavati efimer bo’lib, chang yetilishiga yaqin degeneratsiyaga uchraydi.
Tapetum changdon devorining eng ichki qavati bo’lib, bu bevosita sporogen hujayralarni o’rab turadi. Tapetum hujayralari rivojlanaetgan mikrosporalar va chang hujayralar tomonidan ozuqa sifatida iste’mol qilinadi. Chang yetilishiga yaqin tapetum va o’rta qavat tamoman reduktsiyalanib ketadi.
Yetilgan changda vegetativ va generativ hujayralar ajratiladi. Vegetativ hujayra ancha katta bo’lib, changning asosiy qismini egallaydi. Generativ hujayra linzasimon ko’rinishda bo’lib, kichikroq, hujayra sitoplazmasi quyuqroq bo’ladi. U asosan chang po’stidagi teshikchalar (poralar) to’g’risiga joylashadi. Bunday chang ikki hujayrali chang deb ataladi. Ayrim hollarda changdagi generativ hujayra yana bo’linishi mumkin. Bunda chang 1 ta vegetativ hujayra va 2 ta spermiylardan tashkil topadi. Bunday chang uch hujayralichang deb nomlanadi. Demak, chang etilganda u ikki yoki uch hujayrali bo’lishi mumkin.
Gulning markaziy qismida mevabargcha yoki karpellalardan tashkil topgan bir yoki bir nechta urug’chi joylashadi. Guldagi urug’chilar to’plami ginetsey(gyne–ayol, oikos–uy) deb ataladi. Urug’chi 3 qismdan: tumshuqcha, ustuncha va tugunchadan tuzilgan. Urug’chi gulli o’simliklarda uzoq davom etgan evolyutsiya jarayonida mevabargchalardan hosil bo’lgan. Gulli o’simliklarda urug’chining tumshuqcha qismi changni ushlab qolish vazifasini bajaradi. Tumshuqcha qismida joylashgan hujayralar o’zlaridan maxsus suyuqlik–shiraajratib chiqaradi. Bu shira changlarni ushlab qolish va uni o’sishini ta’minlaydi. Tumshuqchalar shakli xilma–xildir.
Urug’chining asosiy qismi tuguncha bo’lib, uning ichki tomonida bir yoki bir nechta urug’kurtak joylashadi. Urug’kurtakning tuguncha devoriga birikkan joyi platsenta deb nomlanadi.
Urug’chi tuzilishda qancha mevabargchalar ishtiroq qilganiga qarab, ginetseylar ikki tipga ajratiladi:
|
| |