• 16– mashg’ulot. TO’PGULLAR VA UNING XILLARI Dars maqsadi
  • Kerakli jihoz va materiallar
  • Dorivor o‘simliklar va botanika




    Download 426,29 Kb.
    bet85/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    Nazorat savollari:

    1. Urug’chi qanday qismlardan tuzilgan?

    2. Platsentaga tushuncha bering.

    3. Genetseyning qanday tiplari bor?

    4. Urug’kurtak qanday qismlardan iborat?

    5. Yetilgan murtak xaltasida nimalar bo’ladi?

    TMI: М.И.Икромов ва бошқалар [2] нинг “Ботаника” дарслигида § 7 “Генецей” мавзусини ўрганиб, конспект қилинг. 153 ва 154 расмларни таҳлил қилинг ва чизиб олинг.

    16– mashg’ulot. TO’PGULLAR VA UNING XILLARI
    Dars maqsadi: To’pgullar tuzilishi va xillari bilan tanishish.
    Umumiy tushunchalar: bir gul bandida bir nechta gul joylashib, hammasi uchun umumiy bo’lgan o’rama gulyonbargchali gullar to’pgul deb ataladi. To’pgul ichida vegetativ barg bo’lmaydi. To’pgullar monopodial va simpodial to’pgullarga ajratiladi.
    Monopodial (botrik) to’pgullarda asosiy o’q qismi gul bilan tugamaydigan noaniq gullarni o’z ichiga olib, gullar akropetal ravishda pastdan yuqoriga qarab rivojlanadi va ochiladi. Monopodial to’pgullarning quyidagi turlari uchraydi: shingil, boshoq, so’ta, qalqoncha, soyabon, savatcha, boshcha.
    Simpodial (simoz) to’pgullar dixotamik shoxlanuvchi to’pgullar hisoblanib, uchki qismidan ochilishi bilan harakterlanadi. Gullar yuqoridan pastga qarab ochiladi. Simpodial to’pgullar monoxaziy, dixaziy va pleyoxaziy ko’rinishda bo’ladi.
    Kerakli jihoz va materiallar: lupa, ignalar, burchoq, bug’doyiq, makkajo’xori, kungaboqor, qamish, piyoz, sebarga to’pgullari.
    Ishni bajarish tartibi:

    1. Burchoq to’pgulini o’rganing. To’pgulda asosiy o’qqa gullar gulbandalari orqali birikkanligini, shakli jihatidan shingilga o’xshashligiga e’tibor bering. Shingilni rasmini chizib oling.

    2. Bug’doyiq to’pgulini o’rganing. Bug’doyiq to’pguli boshoq deb ataladi. Boshoqda markaziy o’qqa gullar bandsiz holatda birikkanligiga diqqatingizni qarating. Boshoqni rasmini chizib oling.

    3. Makkajo’xori so’tasi tuzilishini o’rganing. So’ta–to’pgul markaziy o’q qismiinng kengayib seret bo’lishi bilan boshoqdan farqlanadi. Makkajo’xori so’tasini rasmini chizib oling.

    4. Piyozning soyabon shaklidagi to’pgulini o’rganing. Soyabonda markaziy o’q juda qisqargan bo’lib, undagi barcha gullar gulbandi bir xil uzunlikda bo’ladi. Piyoz soyabon to’pgulining rasmini chizib oling.

    5. Sebarga to’pgulini o’rganing. Sebarga to’p gulida markaziy o’q qisqargan bo’lib, unda gulbandsiz gullar tig’iz holda joylashganligini ko’ring. To’pgulning bunday shakli boshcha deb ataladi. Sebarga to’pgulini rasmini chizib oling.

    6. Kungaboqar yoki qoqio’t to’pgulini o’rganing. Bu o’simliklarda to’pgul savatcha shaklida bo’lib, unda to’pgulning markaziy o’q qismi kengaygan, uning atrofini o’rama barglar o’rab turadi. Savatcha rasmini chizib oling.

    7. Qamish yoki g’umayning ro’vak shaklidagi to’pgulini o’rganing. To’pgulda uzun asosiy o’qdan ikkilamchi o’qlar chiqishini, o’z navbatida gullar shingilga o’xshab joylashganligiga e’tibor bering. Ro’vakning sxematik shaklini albomga chizib oling.


    Download 426,29 Kb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   91




    Download 426,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dorivor o‘simliklar va botanika

    Download 426,29 Kb.