|
Dorivor o‘simliklar va botanika
|
bet | 88/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Ishni bajarish tartibi:
Apokarp mevalardan (tuzilishida bir dona mevabargcha ishtirok etgan) gilos yoki o’rik mevasini o’rganing. Bu mevalar danakli mevalar gruppasiga kiradi. Ularda yupqa po’stli ekzokarpni, uning tagida seret mezokarpni va danak deb ataydigan endokarpni ajrating. Endokarp ichida esa urug’ joylashgan bo’ladi. Qavatlarni ko’rsatgan holda meva rasmiin chizib oling.
Apokarp mevalardan mosh yoki loviyaning dukkak mevasini o’rganing. Dukkak bir mevabargchadan hosil bo’lgan va ikki yoqlama yorilib ochiladigan quruq mevadir. Dukkakda qorin va orqa chokini toping. Rasmiin chizib oling.
Senokarp mevalardan (tuzilishida ikki va undan ortiq mevabargchalar ishtirok qilgan) bug’doy yoki arpa donini o’rganing. Don quruq meva bo’lib, unda meva po’sti urug’ bilan qo’shilib o’sib ketgan. Shuning uchun unda mevani urug’dan ajratish qiyin. Donning tuzilishini o’rganib, rasmini chizib oling.
Senokarp mevalardan g’o’za ko’sagini o’rganing. G’o’za ko’sagi pishganda chanoqlarga ajraladi. Rasmini chizib oling.
Rediska yoki achambiti o’simligi mevasini o’rganing. U ham senokarp meva bo’lib, qo’zoq deb ataladi. U 2 ta urug’chi qo’shilishidan hosil bo’lgan bo’lib, pishganda ikki palla bo’lib ochiladi. Qo’zoq mevani rasmini chizib oling.
Senokarp mevalardan kungaboqarning pista mevasini o’rganing. Unda meva po’sti yog’ochlashganligiga e’tibor bering. Meva rasmini chizib oling.
Senokarp mevalarga zarang daraxtining qanotchali mevasi ham kiradi. Uning tuzilishini o’rganing va rasmini chizib oling.
Senokarp mevalarga qovun mevasi ham kiradi. Qovunda mezokarp (qovun po’chog’i tagida seret qismi) juda yaxshi rivojlanganligiga e’tibor qiling.
Senokarp mevalardan olma mevasi tuzilishini o’rganing. Olma mevasini ko’ndalangiga 2 ga bo’ling. Uning tashqi etdor qismi va pardasimon ichki qismidan tashkil topganligiga ishonch hosil qiling. Ko’ndalang kesmada ko’rinib turgan 5 ta uyacha 5 ta mevabargchadan tashkil topgandir. Olma mevasining ko’ndalang kesimi rasmini chizib oling.
|
| |