• Urug’kurtak
  • Ishni bajarish tartibi
  • Dorivor o‘simliklar va botanika




    Download 426,29 Kb.
    bet84/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    Apokarp ginetsey–urug’chi hosil bo’lishida bitta mevabargcha ishtirok qiladi. Urug’chilar o’zaro birikmay, ko’pincha spiral holda mustaqil joylashadi. Apokarp ginetsey magnoliyadoshlarda, ayiqtovondoshlarda, burchoqdoshlarda va boshqa oilalarda keng tarqalgan.
    Senokarp ginetsey–urug’chi hosil bo’lishida 2 va undan ortiq mevabargcha ishtirok qiladi. Bu mevabargchalarning o’zaro qo’shilib o’sib ketganligi darajasiga qarab tsenokarp ginetsey 3 kenja tipga ajratiladi:
    a) Sinkarp ginetsey–urug’chini hosil qilayotgan mevabargchalarning faqat yon taraflari qo’shilib o’sib ketadi. Urug’kurtaklar mevabargchalarga qirrasi bo’ylab birikadi. Bu tipdagi ginetsey ko’pchilik bir pallali o’simliklarda uchraydi.
    b) Parakarp ginetsey–urug’chini tashkil qilgan mevabargchalar faqat qirralari bilan tutashadi. Urug’kurtaklar esa devorning shu qirrali qismiga joylashadi. Bu xildagi ginetseyni ko’knori, qovoq, bodring, qovun o’simliklarida uchratamiz.
    v) Lizokarp ginetsey–urug’chini hosil qilishda qatnashgan mevabarglarning yon tomonlari qo’shilib o’sgan sinkarp ginetseylardan yon devorlarining erib ketishi hisobiga yuzaga keladi. Bu ginetseyda urug’kurtaklar ginetsey markazida kolonkasimon holda joylashadi.
    Tuguncha ichida o’simlik turiga qarab bittadan–bir necha yuz ming donagacha urug’kurtak joylashadi. Urug’kurtak shakli o’zgargan megasporangiy bo’lib, u markaziy qism–nutsellusdan va uning atrofida o’rab turuvchi 1 yoki 2 ta urug’kurtak qobig’i–integumentdan hamda urug’kurtak bandi–funikilyusdan tashkil topadi.
    Kerakli jihoz va materiallar: mikroskop, lupa, buyum va qoplag’ich oynalar, ignalar, pipetka, spirt lampasi, atsetokarmin eritmasi, filtr qog’ozi, changdon ko’ndalang kesigidan tayyorlangan doimiy preparatlar, qovoq va bodring gullari.
    Ishni bajarish tartibi:

    1. Qovoq yoki bodring gulining kosachabarg va tojibarglarini olib tashlang.

    2. Changchilarni ignalar yordamida sekinlik bilan ajratib oling. Alohida changchining tuzilishini o’rganing. Changchi chang ipidan va changdondan tuzilganligiga e’tibor qiling. Har bir changdon 2 ta chang xaltasidan tashkil topib, chang ipining bog’lovchi qismiga birikkan bo’ladi. Changchining tuzilishini chizib oling.

    3. Doimiy preparatlarni mikroskopda o’rganing. Unda yetilgan changdon devori 2 qatlamdan iborat ekanligini (epidermis va fibrozli qatlam), changdonlarda yetilgan changlar borligini ko’ring. Chang va changdon tuzilishini albomga chizib oling.

    4. Buyum oynasiga bir tomchi atsetokarmin eritmasi tomizib, ustiga ignachalar yordamida qovoq yoki bodring gulidan chang to’king. Preparatni ustini qoplagich oyna bilan yopib, tagidan spirtovka lampasida sekinlik bilan qizdiring. Qoplag’ich oyna ostidagi atsetokarmin eritmasi qaynab ketmasligiga e’tibor qarating.

    5. Preparatni mikroskopda kuzating. Chang hujayralari atsetokarmin eritmasida qoramtir qizg’ish rangga bo’yalib, unda chang hujayrasi tuzilishi juda yaxshi ko’rinadi. O’rganilgan 5–6 ta changning rasmini chizib oling.

    6. Burchoq gulidan ignalar yordamida kosachabarg, tojibarg va changchilarni ajratib oling. Urug’chini gul o’rniga birikishiga e’tibor qiling.Tuguncha ostki yoki ustki ekanligini aniqlang.

    7. Urug’chini gul o’rnidan ajratib oling. Undan tuguncha, bo’yincha va tumshuqchalarni ajrating. Lupada ko’rib chiqing. Rasmini chizib oling.

    8. Burchoq gulining turli fazalardagi g’unchalaridan urug’chilarni ajratib oling. Ularni kaliy permanganat eritmasida 5–6 minut saqlang. So’ngra toza suvda yuvib, lupada o’rganing. Ochilishiga 0,5–1 kun qolgan g’unchalardan olingan urug’chilar tumshuqchasi alvonbinafsha rangga bo’yalishiga diqqatingizni jalb qiling. Bu shu bosqichdagi g’unchalar tumshuqchasi chang qabul qilishga tayyor ekanligini bildiradi. Yetilgan tumshuqchaning rasmini chizib oling.

    9. Urug’chi tugunchasini bo’yiga kesing. Unda oq–yashil rangdagi urug’kurtaklar joylashganligini ko’ring. Lupada urug’kurtakni o’rganing.

    10. Urug’chi ko’ndalang kesigidan tayyorlangan doimiy preparatni o’rganing. Tuguncha ichiga joylashgan urug’kurtakda tashqi va ichki integumentlarin, mikropile yo’lini, murtak xaltasini kuzating. Murtak xaltasida tuxum apparati, qutb yadrolari va antipodlarni toping. Preparatning rasmini chizib oling. Qismlarni ko’rsating.


    Download 426,29 Kb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   91




    Download 426,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dorivor o‘simliklar va botanika

    Download 426,29 Kb.