|
Dorivor o‘simliklar va botanika
|
bet | 82/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)G (5)–tuguncha ustki.
G (5) –tuguncha o’rta.
Namuna tariqasida beda guli formulasini tuzishni keltiramiz.
Beda gulini tahlil qilamiz: qo’sh jinsli, zigomorf shaklida, tojibargi 5 ta, 2 ta si eshkakchalar shaklida o’sgan, 1 tasi keng elkancha shaklida, 2 tasi qo’shilib qayiqcha hosil qilgan; changchilar soni 10, ulardan 9 tasi birikib o’sgan, 1 tasi alohida; urug’chisi 1 ta, tuguncha ustki. Yuqorida aniqlangan belgilardan foydalanib, buda gulining formulasini tuzamiz.
♂ Ca (5) Co 1+2+(2) A 1+(9) G 1
Gul formulasini tuzishda ishlatiladigan belgilardan foydalanib, olma, burchoq va lola gullari formulasini tuzing.
7.Gul diagrammasini tuzish uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi. Bu belgilar gul qismlarining ko’ndalang kesigidagi shakliga o’xshashdir.
–kosachabarg.
–tojibarg.
–changchi.
–urug’chi.
–gul bandi.
8. Gul diagrammalari belgilaridan foydalanib namuna sifatida loviya guli diagrammasini tuzamiz. Olma, burchoq va lola gulining diagrammalarini tuzing.
Nazorat savollari:
Gul qanday qismlardan tuziladi?
Gul qismlari gul o’rnida qanday tartibda joylashadi?
Nektardonlar gulda qayday funksiyani bajaradi?
Gul formulasi nimani bildiradi?
Gul formulasini tuzish uchun qanday belgilar qo’llaniladi?
Sa va So harflari nimani bildiradi?
Ushbu belgilar (♀, ♂ )nimani ifodalaydi?
Gul diagrammasini tuzish uchun qanday belgilar ishlatiladi?
TMI topshirig’i: Gul to’g’risida gul formulasimi yoki gul diagrammasimi to’laroq tushuncha bera oladi? Javobingizni asoslang. Misollar keltiring.
|
| |