|
Gultoj yoki tojbarglar to’plami
|
bet | 80/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Gultoj yoki tojbarglar to’plami gulqo’rg’onning ichki qavatida joylashib, turli ranglarda bo’ladi. Odatda gultojning kattaligi gul kattaligiga to’g’ri keladi. Gultojlar ham tojbarglarning qo’shilib o’sgan yoki o’smaganligiga qarab tutashbargli va tutashmagangultojlarga ajratiladi. Gultojlar turli shakllarda uchraydi.
Gulqo’rg’onning bor–yo’qligi, uning tuzilishiga ko’ra gullar quyidagi xillarga bo’linadi:
–gaploxlamid (oddiy gulqo’rg’onli) gullar (magnoliya, lolalar, piyozgullilar, boychechak, marvaridgul, sho’ra, lavlagi, nasha, otkuloq va h.k.);
–diploxlamid (qo’sh gulqo’rg’onli) gullar (gulli o’simliklarning juda ko’pchiligi bunday gullarga ega):
–apoxlamid (qo’rg’onsiz) gullar (tol, momiqgul, qiyoq o’t va boshqalar)
Gulqo’rg’onning asosiy funksiyasi gulning markaziy qismida joylashgan changchi va urug’chini tashqi muhit ta’sirlaridan himoya qilishdir. Bundan tashqari, gul ochilgandan keyin gultoj hasharotlarni jalb qilish vazifasini ijro etadi.
Gul qismlarining, gul o’rnida joylanishga qarab gullar quyidagi xillarga ajratiladi:
aktinomorf (to’g’ri) gul. Kosachabarg va tojbarglari bir xil shaklda va kattalikda bo’lib, gul o’rnida bir xil masofada joylashadi. Bu guldan teng qismlarga bo’ladigan bir nechta simmetriya tekisligi o’tkazish mumkin (M–n: qaramdoshlar, ra’noguldoshlar, loladosh, g’o’zadoshlar va h.k.)
zigomorf (qiyshiq) gul. Kosachabarg va tojbarglari bir shaklda va kattalikda bo’lmaydi. Bu gullardan faqat bitta simmetrik yuza o’tkazish mumkin (M–n: dukkakdoshlar, labguldoshlar).
asimmetrik (noto’g’ri) gul. Bunday gul shoyi gulda uchrab, undan birorta ham simmetrik tekislik o’tkazib bo’lmaydi.
Gul tuzilishini shartli belgilar bilan ifodalash mumkin. Bunda gul simmmetriyasi, doira soni, undagi a’zolar miqdori, ustki va pastki gul tuguni, ginetsey a’zolarini ifodalovchi raqamlar va belgilar ishlatiladi. Bunday holatda ifodalangan gulning tuzilishiga gul formulasi deyiladi.
Gul diagrammasi uning plani hisoblanib, gul a’zolarining o’zaro bog’liqligini ifodalaydi va formula bilan birga gulni to’liq tasniflashga imkon beradi.
|
| |