|
Dorivor o‘simliklar va botanika
|
bet | 86/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Nazorat savollari:
To’pgul deb nimaga aytiladi?
To’pgullarning qanday xillari bor?
To’pgullar qanday tartibda ochiladi?
Simoz to’pgullarning qanday turlari bor?
Murakkab soyabonning oddiy soyabondan farqi nima?
TMI: To’pgullarning o’simlik uchun qanday ahamiyati bor? Javobingizni izohlang.
17-mashg’ulot. URUG’NING TUZILISHI
Dars maqsadi: Bir va ikki pallali o’simliklar urug’ining tuzilishini o’rganish.
Umumiy tushunchalar: gulli o’simliklar urug’i odatda murtak, endosperm va urug’ po’stidan tashkil topadi.
Murtak–yangi o’simlik embrionidir. U o’zida meristema to’qimasini saqlaydi. Murtakda boshlang’ich holatda poyacha, ildizcha va urug’pallalar bo’ladi.
Endosperm–ozuqa moddalarni saqlab, o’sayotgan murtakni oziqlantirishga hizmat qiladi.
urug’ po’sti–urug’ni tashqi tomondan o’rab, himoya qilish, urug’ni tarqalishga yordam berish, suvni shimish funksiyalarini bajaradi.
Morfologik tuzilishga ko’ra urug’lar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
endospermli urug’lar–zapas ozuqa moddalar endosperm to’qimasida to’planadi.
endospermsiz urug’lar–zapas ozuqa moddalar urug’pallalarda to’planadi.
perispermli urug’lar–zapas ozuqa moddalar perispermda to’planadi.
Urug’ unishi uchun qulay sharoit bo’lganda undan maysa o’sib chiqadi. Urug’ni unishida dastlab murtak ildizcha hosil bo’ladi. Undan keyin ginokotil tuproq yuzasiga chiqadi va to’g’rilani birug’pallani yuzaga olib chiqaradi. Urug’pallalar yashil rangga kiradi.
Kerakli jihoz va materiallar: mikroskop, lupa, ignalar, fil’tr qog’ozi, loviya yoki burchoq, bug’doy yoki arpaning ivitilgan urug’lari, undirilgan o’simta va maysalari.
Ishni bajarish tartibi:
1.Ivitilgan loviya yoki burchoq urug’ini yaxshilab ko’zdan kechiring.Urug’ chokini toping. Urug’ning rasmini chizib oling.
2. Urug’ni po’stidan ajrating. Urug’ murtak ildizcha, gipokotil, urug’ pallalaridan tuzilganligiga, unda endosperm yo’qligiga e’tibor qiling. Rasmini chizib oling.
3. Murtakni keyingi undirilgan o’simta misolida kuzating. Urug’pallalar rangiga e’tibor bering. O’simtada ildiz, ildiz bo’g’izi, gipokotil o’lchamiga e’tibor qiling. O’sish qonusi qaerda joylashganligini aniqlang
4. Ivitilgan bug’doy urug’ini yaxshilab lupada o’rganing. Undan uzunasiga kesma tayyorlang va mikroskopda ko’ring. Urug’ murtak va ozuqa modda–endospermdan tashkil topganiga ishonch hosil iling.
5. Murtakda ildizcha, kurtakcha, qalqoncha, kolerizani ajrating. Murtakni rasmini chizib oling. Donning asosiy qismini endosperm tashkil qilishiga e’tibor bering.
6. Bug’doy yoki arpaning turli bosqichdagi maysalarini o’rganing. Uni qismlarini ko’rsating. Rasmini al’bomga chizib oling.
|
| |