|
Dorivor o‘simliklar va botanika
|
bet | 72/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Nazorat savollari:
Mexanik to’qima o’simlik organizimida qanday funktsiyani bajaradi?
Mexanik to’qima xillarin ayting?
Mexanik to’qimaning qaysi xili o’lik hujayralardan tuzilgan?
Sklereid xujayralar o’simliknig qaysi organlarida uchraydi va qanday vazifani bajaradi?
TMI: Oq sho’ra poyasidan yupqa ko’ndalang kesma tayyorlab, mikroskopda o’rganing. Kolenxima hujayralari 4–5 burchakligi ekanligiga e’tibor bering, rasmini chizib oling.
8-mashg’ulot. O’TKAZUVCHI TO’QIMA TUZILISHI
Dars maqsadi: O’tkazuvchi to’qima elementlari bilan tanishish.
Umumiy tushunchalar: o’tkazuvchi to’qima o’simlik tanasi bo’ylab suv va unda erigan moddalarni harakatlanishini ta’minlaydi. O’tkazish vazifasini elaksimon naylar, naychalar va traxeidlar bajaradi.
elaksimon naylar–vertikal birikkan silindirsimon hujayralardan iborat hujayralar ko’ndalang to’sig’ida elaksimon teshiklarga ega. Elaksimon naylar yonida tirik yo’ldosh hujayralar joylashadi.
naychalar–uzun to’siqsiz kopilyarlar bo’lib, ular qobig’i qalin va yog’ochlashgan bo’ladi.
traxeidlar (naychalar)–cho’ziq, uchli, o’lik prozenxima hujayralardan tuzilgan. Hujayra po’sti qalinlashgan bo’lib, jiyakli teshikchalarga ega.
O’simlik tanasida o’tkazuvchi to’qima boshqa to’qimalar bilan hamkorlikda murakkab komplekslar hosil qiladi. Bu to’qimalar yig’indisi o’tkazuvchi naylar bog’lami deb ataladi. Bog’lamlar ikki qismdan: floema (lub) va ksilema (yog’ochlik) dan iborat bo’ladi.
Kerakli jihoz va materiallar: mikroskop, buyum va qoplag’ich oynalar, ustara, pintset, skalpel, ignalar, suvli idish, pipetka, floroglyutsin, xlorid kislota eritmasi, qovoq va makkajo’xori poyalari.
Ishni bajarish tartibi:
Qovoq poyasidan yupqa ko’ndalang kesma tayyorlang va lupada o’rganing. O’tkazuvchi naylar to’plamlari va yemirilgan o’zak o’rnida paydo bo’lgan havo bo’shlig’ini ajrating.
Qovoq poyasidan radiusi bo’ylab uzinasiga kesma tayyorlang. Kesmani buyum oynasi ustiga 1–2 tomchi suv bilan joylashtiring. Ustiga flyuroglyutsin va xlorid kislota eritmasini tomizing.
Preparatni mikroskopda kuzating. O’tkazuvchi naychalar qizil rangga bo’yaladi. Ularni tuzilishini o’rganib, rasmni albomga chizib oling.
Preparatni mikroskopda o’rganing. Unda o’tkazuvchi naylar bog’lami borligiga e’tibor bering.
Mikroskopda o’tkazuvchi nay bog’lamini topib, rasmini chizib oling. Uning qismlarini ajrating.
|
| |