|
TMI: Meristema to’qimasiga tavsif bering. Uning joylashishiga ko’ra turlarini misollar bilan sanab ko’rsating.
6-mashg’ulot. PERIDERMA TUZILISHI
|
bet | 70/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)TMI: Meristema to’qimasiga tavsif bering. Uning joylashishiga ko’ra turlarini misollar bilan sanab ko’rsating.
6-mashg’ulot. PERIDERMA TUZILISHI
Dars maqsadi: Ikkilamchi qoplag’ich to’qima–periderma tuzilishi bilan tanishish.
Umumiy tushunchalar: periderma–ikkilamchi qoplovchi to’qima hisoblanadi. U uch qismdan iborat:
fellema (po’kak)–bir necha qavat o’lik hujayralardan iborat bo’lib, asosan suv, havo va issiqlikni o’tkazmaydi.
fellogen (po’kak kambiysi)–peridermani eniga o’sishini ta’minlaydi.
Felloderma–fellogenni ozuqa moddalar bilan ta’minlashga hizmat qiladi.
Daraxtlarda uchlamchi qoplovchi to’qima–po’stloq hosil bo’ladi. Po’stloq– o’lik to’qimalar yig’indisidir.
Kerakli jihoz va materiallar: mikroskop, buyum va qoplag’ich oynalar, pintset, ustara, suvli idish, pipetka, buzina poyasi, kartoshka tuganagi, tut daraxti po’stlog’i, sudan Sh reaktiv eritmasi.
Ishni bajarish tartibi:
Buzina poyasidan preparat tayyorlang va mikroskopda kuzating.
Periderma qismlarini (po’kak, fellogen, felloderma) ajrating. Po’kak hujayralari o’lik hujayralar ekanligiga ishonch xosil qiling.
Peridermaning qismlarini ko’rsatgan holda rasmini albomga chizib oling.
Kartoshka po’stini eti bilan ajratib, undan yupqa kesma tayyorlang. Kartoshka tuganagi po’sti–peridermadan tashkil topgan bo’lib, unda po’kak qavatlarini o’rganing.
Rasmini albomga chizib oling. Qismlarini ko’rsating.
Preparatga sudan Sh reaktividan tomizing. Kartoshka po’sti qo’ng’ir rangga kiradi, bu uning tarkibida po’kak borligini ko’rsatadi.
Tut po’stlog’ini ko’ndalang kesimini o’rganing. Ketma–ket joylashgan po’kak qavatlarini kuzating. Rasmni chizib oling.
Nazorat savollari:
Periderma qaysi to’qimadan hosil bo’ladi?
Periderma qaysi qismlardan tashkil topgan?
Periderma qismlarining qaysi birida tirik hujayralar joylashadi?
Po’kak hujayralar qanday xususiyatlarga ega?
Po’stloq qaysi to’qimaga kiradi? U qaysi o’simliklarda hosil bo’ladi?
TMI: Periderma tuzilishi bilan tanishgandan so’ng, epiderma qoldig’i, po’kak, fellogen va felloderma tuzilishini rasmda izohlang. Po’kak qatlamlari va qavatlari oralig’idagi to’qimalar turlarini ko’rsating.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
TMI: Meristema to’qimasiga tavsif bering. Uning joylashishiga ko’ra turlarini misollar bilan sanab ko’rsating.
6-mashg’ulot. PERIDERMA TUZILISHI
|