|
Dorivor o‘simliklar va botanika
|
bet | 67/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Nazorat savollari:
O’simlik hujayralari shakli va o’lchamiga ko’ra qanday xillarga bo’linadi?
O’simlik hujayrasini tuzilishini izohlab bering? Sitoplazmada qanday organellalar uchraydi?
Protoplast deb nimaga aytiladi?Vakuola nima?
O’simlik hujayra po’sti qaysi moddalardan tashkil topgan? Sellyuloza va gemitsellyulozaning xossalarini aytib bering?
Hujayra po’sti qanday turdagi o’zgarishlarga uchrashi mumkin? Yog’ochlanish, po’kaklanish va menerallanish natijasida hujayraning qanday xususiyati o’zgaradi?
Shilimshiqlanish qaysi xolatlarda uchraydi? Uning o’simlik hayotidagi roli qanday?
TMI: Tradeskantsiya o’simligi bargi epiderma tukchalaridan vaqtinchalik preparat tayyorlang. Preparatni mikroskopda kuzating. Tukcha hujayralari o’lchami va tuzilishiga e’tibor qiling. Rasmni albomga chizib oling. Hujayra po’sti yog’ochlanishi, po’kaklanishi, shilimshiqlanishi sabablari bo’yicha o’z fikringizni yozma bayon eting va asoslang.
4 –mashg’ulot. EPIDERMA TUZILISHI. PLASTIDALAR XILLARINI O’RGANISH
Dars maqsadi: Birlamchi qoplovchi to’qima–epidermaning tuzilishi, xloroplast, xromoplast va leykoplastlar xillari bilan tanishish.
Umumiy tushunchalar: Qoplovchi (chegarolovchi) to’qimalar o’simlik organlarini tashqi tomondan o’rab turadi va ularni tashqi muhit omillaridan himoya qilishga xizmat qiladi. Qoplovchi to’qimalar epiderma, periderma va po’stlar kabi turlarga bo’linadi.
Epiderma–birlamchi qoplovchi to’qima hisoblanadi hamda yosh novda, poya va barglarda kuzatiladi. Epiderma to’qimasi parenxima yoki bir oz cho’zilgan tirik hujayralardan tashkil topadi va bir–biri bilan zich joylashadi. Epidermaning muhim vazifasi–gaz almashinuv jarayonini boshqarish, suv sarfini kamaytirish hamda kasallik tug’diruvchi mikroorganizmlarni hujayralarga kirishdan himoya qilish hisoblanadi.
Epiderma tashqi muhit bilan maxsus og’izchalar (ustitsalar) yordamida bog’lanadi. Og’izchalar qo’sh loviyasimon va yordamchi hujayralardan tuzilgan og’izcha apparatini tashkil etadi. Og’izchalar sharoitga qarab ochilib–yopilib turadi.
Epiderma hujayralaridan gohida maxsus o’simtalar-trixomalar hosil bo’ladi. Trixomalar bezli va oddiy qoplovchi tukchalarga ajratiladi. Trixomalar ko’proq himoya qilish uchun hizmat qiladi.
Plastidalar o’simlik hujayrasiga hos organellalar bo’lib, ularning stromasi o’zida pigmentlar saqlaydi. Tarkibidagi pigmentning rangiga ko’ra plastidalar 3 xilga ajratiladi:
Xloroplastlar–yashil rangdagi plastidalar, ko’proq bargda, poyada va shakllanayotgan mevalarda uchraydi.
Xromoplastlar–rangli (qizil va sariq) plastidalar, odatda gullarda, ildizmeva va pishgan mevalarda kuzatiladi.
Leykoplastlar–rangsiz plastidalar, urug’da va meristema hujayralarida uchraydi.
Plastidalar tashqi tomondan qo’sh membrana bilan o’ralgan bo’lib, unda mayda teshikchalar bo’ladi. Qo’sh qobiq ostida matriks suyuqligi va ichki membranalar to’plami–lamellalar va granalar joylashadi.
Xloroplastning asosiy vazifasi–fotosintez jarayonini amalga oshirishdir.
Xromoplastlar–o’simlik gullariga va mevalariga rang berishda qatnashadi.
Leykoplastlar–o’zida ozuqa moddalarini to’playdi.
Kerakli jihoz va materiallar: mikroskop, qoplag’ich va buyum oynasi, suvli idish, pipetka, pintset, ignalar, elodeya, geran, tradeskantsiya, begoniya, fialka va boshqa xona o’simliklari barglari, bolgar qalampiri mevasi.
|
| |