|
Diqqat ! Mikropreparatlar rasmini chizib olish metodikasini eslab qoling
|
bet | 63/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Diqqat ! Mikropreparatlar rasmini chizib olish metodikasini eslab qoling:
Har bir preparat chizishdan oldin mukammal o’rganiladi. Preparatda o’rganilayotgan ob’ektning eng to’liq qismi olinadi.
Rasm albomga yoki rasm qog’ozga (20x30 sm) oddiy qalam bilan chiziladi.
Faqat preparatda ko’ringan obekt tasviri chiziladi.
Ob’ekt tasviri o’rtacha kattalikda (kichik emas, katta ham emas) chiziladi. Bunda ob’ekt qismlari (organlar, to’qima va hujayralar) kattaliklari o’rtasidagi mutanosiblik buzilmasligi kerak.
Ob’ektning avval sxematik tasviri chiziladi. Bunda qalamni bosib chizish qat’iyan man qilinadi.
Ob’ektning faqat kerakli qismi chiziladi.
Ob’ektning rasmi aniq va o’xshash bo’lishi kerak, ob’ektning tabiiy rangi rangli qalamlardan foydalanilgan holda ko’rsatiladi.
Chizilgan rasmga ko’rsatkich belgilar va ta’riflovchi so’zlar yoziladi.
Ob’ekt rasmi belgilangan vaqtda chizib olinishi kerak, buning uchun vaqtni to’g’ri taqsimlash zarur.
Eslatma: albomning har bir beti chizg’ich bilan teng ikkiga bo’linadi chiziladi. O’rganilayotgan ob’ektning rasmi doimo albomning o’ng tomoniga chiziladi, chap tomoniga ob’ektga qisqacha tavsif beradi.
5. Berilgan tayyor preparatdagi ob’ektning umumiy sxematik tuzilishiini albomga chizib oling.
Nazorat savollari:
Mikroskoplarning qanday turlarini bilasiz? Ularning kattalashtirib ko’rsatish darajalari qanday?
“Biolam” va o’quvchilar mikroskopi tuzilishini ayting?
Mikroskopning optik qismiga nimalar kiradi?
Mikroskopda ishlash qoidalarini ayting?
Mikropreparatlar rasmini chizib olishda qanday qoidalarga rioya qilish kerak?
TMI: Tayyor doimiy preparatdan sxematik ravishda chizib olingan rasmni to’liq chizib oling. Uning qismlarini ajrating va obektga qisqacha tavsif bering.
|
| |