|
Dorivor o‘simliklar va botanika
|
bet | 59/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Nazorat savollari:
1.Qanday meva xillari mavjud ?
2.Chin va soxta meva qanday ajratiladi?
3. Tugunchada agar bitta urug’kurtak bo’lsa qanday meva hosil bo’ladi?
4-savol bo’yicha dars maqsadi:Meva va urug’larning tarqalish yo’llari bilan talabalarni tanishtirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
4.1. Mevalarning va urug’lar tarqalish xillarini biladi.
4.2. Meva va urug’larning tarqatuvchi agentlarni sanab beradi.
4 -savol bayoni. Meva va urug’lar tabiatda juda xilma–xil yo’llar bilan tarqaladi. Meva va urug’lar pishib yetilgandan so’ng bir qismi o’zi yerga tushadi, bir qismini o’simlikdan boshqa organizmlar tomonidan uzib olinadi. O’simliklar diasporalari (to’pmeva, meva, meva bo’lagi, urug’) tabiiy ravishda o’simlik tanasidan ajralib, ko’payish uchun xizmat qiladi. Diasporalar turli agentlar vositasi bilan tarqaladi. Diasporalarning tarqalishi asosan ikki yo’l bilan bo’ladi.
1. Meva va urug’larning o’zini vositalarsiz tarqalishi. Bunday tarqalaydigan o’simliklar avtoxor (yunon. Autos–o’zi, xoreo–tarqalaman) o’simliklardeb ataladi.
2. Turli vositalar (suv, shamol, qushlar, hayvonlar va odamlar) yordamida tarqalaydigan o’simliklarga alloxor (yunon. Allos–boshqa, xoreo–tarqalaman) o’simliklar deyiladi.
Avtoxorlarning meva va urug’lari, odatda, yaqinga, ko’pi bilan 1–2 m atrofiga sochiladi. Avtoxorlar ikkiga: mexanoxorlarga va baroxorlarga bo’linadi. Mexanoxorlarning urug’lari ko’sak va qo’zoqning yorilishi bilan sochiladi (masalan, binafsha, lola va boshqalar). Ba’zi o’simliklarning mevalari pishgan vaqtida uning ichida kuchli bosim hosil bo’ladi. Meva yorilgan vaqtda charsillagan ovoz chiqarib urug’lar zarb bilan sochiladi. Bunday o’simliklarga gunafshalar, burchoqdoshlardan burchoq, mosh va boshqalar, geran, yovvoyi xina va boshqalar misol bo’ladi.
O’zbekistonda keng tarqalgan yovvoyi bodringning pishgan mevasiga salgina tegib ketilsa bandidan uziladi va urug’lari shilimshiq modda bilan otilib chiqib, odamga yoki hayvonga yopishib, shu tariqa tarqaladi.
Chatnab ochiluvchi quruq mevalar (dukkak, qo’zoq va qo’zoqcha) yetilganda meva sirtining tashqi va ichki to’qimalari har xil darajada tarang bo’ladi. Shuning natijasida meva yoni chatnab yoriladi, ular kuch bilan atrofga sochiladi.
Baroxor o’simliklarga mevasi og’ir bo’lgan ba’zi o’simliklar (yong’oq, eman, kashtan) ning mevalari misol bo’la oladi. Bu mevalar pishgandan keyin uzilib tagiga tushadi.
|
| |