• 2 -savol bo’yicha dars maqsadi
  • 2-savol bayoni
  • Dorivor o‘simliklar va botanika




    Download 426,29 Kb.
    bet56/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    Muxokama uchun savollar:
    1. Urug’ nimadan hosil bo’ladi?
    2. Endosperm nima va u qandayo’simliklar uchun xos ekanligini tushintiring.
    3. Bir va ikki pallali o’simliklar urug’ tuzilishidagi asosiy farqlarini ajrating.
    4. G’o’za chigiti qanday urug’lar guruhiga kiradi?
    2 -savol bo’yicha dars maqsadi: Urug’ning unish turlari haqida talabalarda tushinchalarni hosil qilish.
    Identiv o’quv maqsadlari:

      1. Urug’ni unishi jarayonini izoxlay oladi.

      2. Yer osti va yer ustki unishni ajrata biladi.

      3. Urug’ unishi uchun qaysi omillar zarurligini tushintiradi.

    2-savol bayoni:Urug’ning unishi urug’ tomonidan suvni qabul qilinishi natijasida undagi fermentativ jarayonlarning faollashuvi, jamg’arma oziq moddalarning o’zgara boshlashishi, murakkab birikmalarning oddiy moddalarga parchalanishidan boshlanadi. Fermentlarning faollashuvi ma’lum darajadagi harorat, namlik va kislorod mavjud bo’lgandagina ro’y beradi. Urug’ning unishi uchunma’lum sharoit bo’lishi zarur. Xilma–xil o’simlik turlari urug’ning unib chiqishi uchun turlicha miqdordagi namlik, havo va harorat zarur.
    Urug’ning unishi murakkab jarayondir. U asosan madaniy o’simliklarda juda yaxshi o’rganilgan. Urug’ unishi jarayoni bir qancha bosqichlarga ajratiladi:
    a) bo’kish bosqichi;
    b) faollashish bosqichi;
    v) murtakning o’sishi bosqichi.
    a) bo’kish bosqichida o’simlik urug’i tashqaridan suvni shimadi. Odatda o’simlik urug’i 10–15% suvni saqlaydi. Bo’kish davrida bu suv miqdori urug’ og’irligiga nisbatan bug’doyda 35–50, makkajo’xorida 50–55, no’xatda–98, qand lavlagida–120, sebargalarda–140–150 % ga yetadi. Ayniqsa mayda urug’lar ko’proq suv shimadilar.
    b) faollanish bosqichida bioximiyaviy reaksiyalar ishga tushib, zapas ozuqa moddalar o’sish nuqtalariga safarbar qilinadi, o’sishga qarshilik qiluvchi mexanizmlar tugatiladi.
    v) murtakning o’sishi bosqichi murtak hujayralarning cho’zilishi va bo’lina boshlashi bilan boshlanadi. Ayniqsa gipokotil hujayralari xajmi oshib, buning oqibatida murtak ildizchasi urug’ po’stini teshib o’tadi va yerga qadaladi. Urug’pallalarning yer ustiga chiqishi yoki chiqmasligiga qarab urug’larning yer osti va yer usti unib chiqishi ajratiladi. O’simliklardan no’xat, burchoq, eman, olxo’ri, olchalarda yer osti o’sishi kuzatilsa, loviya, kungaboqar, qovoq, tarvuz, ituzum, olma kabi o’simliklarda yer ustki o’sishi amalga oshadi.

    Download 426,29 Kb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   91




    Download 426,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dorivor o‘simliklar va botanika

    Download 426,29 Kb.