|
O’simlik urug’larini o’sib chiqishi uchun suv, havo va temperatura zarurdir
|
bet | 57/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)O’simlik urug’larini o’sib chiqishi uchun suv, havo va temperatura zarurdir. Suv urug’ga kirgandan keyin fermentlarni faollashtirish uchun sharoit yaratiladi. Havo esa o’sayotgan murtakni nafas olishi uchun zarur bo’ladi. Urug’ni unishi uchun kerak bo’ladigan tashqi asosiy faktorlardan biri haroratdir.
Hamma o’simliklar urug’larining unishi jadal borishi uchun optimal harorat talab etiladi (20–350), urug’ning o’nishi uchun kerakli minimal harorat o’simlik turiga qarab o’zgaruvchi bo’ladi. O’rtacha harorat va sovuq iqlimda o’suvchi o’simliklar uchun minimal harorat noldan bir oz yuqorioq bo’lishi mumkin (sebargada 0,50, javdarda 10, zig’irda 20, bug’doyda 1–20 , makkajo’xorida 8–100, bedada2–40). Subtropik va tropik o’simliklar urug’i uchun 10–15 0 va undan ortiq minimal harorat talab etiladi (g’o’zada 140, sholida 100, qovun va bodringda 14–180). Ba’zi urug’larning (selderey va zirqda) unishi uchun o’zgaruvchan harorat qulay xisoblanadi.
O’simlik urug’ini o’tishga bevosita ta’sir etuvchi qo’shimcha omillardan biri yorug’likdir. Juda ko’pchilik o’simliklar urug’i unishiga yorug’lik ijobiy ta’siri aniqlangan (oqqayin, tamakida), ayrimlarida esa uning ta’siri sezilmaydi (bug’doydoshlarda, burchoqdoshlarda).
Ayrim o’simlik urug’larining ko’pchiligi ona o’simlikdan ajragandan keyin unib chiqishi uchun optimal sharoit bo’lganda ham unmaydi. Bunga urug’larning tinim holatda bo’lishi xususiyati sababchi bo’ladi. Uning sabablari turli o’simliklarda turlichadir. Urug’lar tinim holatda bo’lish xususiyati o’simlik turi uchun yilning noqulay davrini o’tish uchun xizmat qiladi. Urug’larning tinim holatda bo’lishini ikki tipga ajratiladi:
majburiy tinim holatda bo’lish (namlik yetishmasligi, O2 yo’qligi, t pastligi);
organik tinim holatda bo’lish (meva va urug’ tuzilish xususiyatlari bilan bog’liq).
Organik tinim holatda bo’lishning qo’yidagi xillari kuzatiladi:
a) Meva po’stining qattiqligi sababli;
b) Urug’ po’stining suv o’tkazmasligi sababli;
v) Murtakning to’liq shakllanmagani sababli;
g) Meva va urug’da ingibitorlar borligi sababli;
Qishloq xo’jaligida qattiq urug’larni tinim xolatidan chiqarish uchun quyidagi vositalar qo’llaniladi:
–skarifikatsiyalash (urug’ po’stini mexanik ravishda shikastlantirish);
–impaktsiyalash (maxsus idishlarda silkitish);
–iliq suvda ivitish;
–muzlatish;
–startifikatsiyalash (urug’larni bir necha oy 0–5 °S temperaturada saqlash);
Urug’ po’sti yorilib murtak ildizcha chiqadi va yosh o’simtani tuproqqa biriktiradi, o’simlik mustaqil ravishda tuproqdan suv, mineral moddalarni o’zlashtirish imuoniyatiga ega bo’ladi.
Ildizdan so’ng gipokotil o’sib, egilgan xolda tuproq yuzasiga chiqadi. Tuproq yuzasida gipokotil to’g’rilanadi va o’zi bilan birga urug’palla va kurtakchani olib chiqadi. Urug’pallalar tezda yashil rangga kiradi va avtotrof oziqlana boshlaydi. Shunday qilib, urug’ unish jarayonida murtakdan maysa hamda o’simlikning hamma vegetativ organlari ildiz, poya va barglar shakllanadi.
O’nib chiqqan ikki pallali o’simliklarning maysasida quyidagi qismlar ajratiladi: asosiy ildiz, yon ildiz, ildiz bo’yni, gipokotil, urug’ palla, epikotil, birinchi haqiqiy barg va uchki kurtak. Bir pallalilardan bug’doy urug’i unishida poya tuproq betiga koleoptil yordamida yorib chiqadi, keyin koleoptil uchi yorilib,undagi maysaning boshqa qismlari shakllana boshlaydi va o’sib chiqadi.
|
| |