|
Dorivor o‘simliklar va botanika
|
bet | 65/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Nazorat savollari:
Preparat tayyorlash uchun qanday jihozlar ishlatiladi?
Nozik ob’ektlardan qanday qilib kesmalar tayyorlanadi?
Kesma buyum oynasiga nima yordamida joylashtiriladi?
Qoplag’ich oynani qanday xillari bor?
Vaqtinchalik preparatlarni doimiy preparatlarga aylantirish mumkinmi? Buning uchun nima qilish kerak?
TMI: Mashg’ulotdan so’ng biror o’simlik obektidan foydalanib, vaqtinchalik preparat tayyorlang va mikroskopda o’rganing. Rasmni chizib oling, qismlarini ko’rsating.
3 –mashg’ulot. O’SIMLIK HUJAYRASI TUZILIShI
Dars maqsadi: O’simlik hujayrasi tuzilishini o’rganish.
Umumiy tushunchalar: hujayra–tirik organizmlar tuzilishining strukturaviy birligi bo’lib, o’simliklarda yorug’lik mikroskopida hujayra po’sti, sitoplazma, yadro va vakuolalardan iborat bo’lib ko’rinadi. O’simlik hujayrasi tashqi tayanch qavat–hujayra qobig’ining mavjudligi, protoplastida maxsus organellalar– plastidalar uchrashi, doimiy vakuolalarning bo’lishi hamda hujayrada turli zaxira va modda almashinuvi maxsulotlarining to’planishi bilan harakterlanadi. Hujayra organellalariga mitoxondriyalar, ribosomalar, Goldji kompleksi, hujayra markazi, endoplazmatik to’r va lizosomalar kiradi.
O’simlik hujayrasining shakli va o’lchamlari xilma–xil bo’lib, uni ikki guruhga ajratish mumkin:
Parenxima hujayralar–hamma tomoni deyarli teng hujayralar, shakli dumaloq, ovalsimon yoki yulduzsimon shakllarda uchraydi.
Prozenxima hujayralar–bo’yi eniga nisbatan bir necha marta uzun, cho’ziq, uchi o’tkir uzunchoq, tayoqsimon yoki ipsimon hujayralar bo’lib, ko’pchilik holatlarda o’lik hujayralar hisoblanadi
Hujayraning tuzilishi va hayot faoliyatini sitologiya (“sitos”–hujayra, “logos” –fan) fani o’rganadi.
Hujayra organellalariga mitoxondriyalar, ribosomalar, Goldji kompleksi, hujayra markazi, endoplazmatik to’r va lizosomalar kiradi.
O’simlik hujayrasi tashqi tomondan pishiq po’st bilan o’raladi. Bu po’st hujayraga ma’lum shakl berish bilan birga uni tashqi muhitning noqulay ta’sirlaridan saqlashga xizmat qiladi. Hujayra po’sti sellyulozadan iborat, u pishiq va elastik, o’zidan suv va gazlarni o’tkazadi. Hujayra protoplasti faoliyati natijasida hosil bo’lgan organik va anarganik moddalar ta’sirida hujayra po’sti ham o’zgaradi. Hujayra po’stida yog’ochlashish, po’kaklanish, shilimshiqlanish va minerallanish jarayoni kuzatiladi.
yog’ochlashish–hujayra po’stiga ligin moddasi shimilishi natijasida yuz berib, hujayra po’sti qattiq va zich bo’ladi, suv va havoni kam o’tkazadi.
po’kaklanish–hujayra po’sti suberin moddasini shimishi tufayli suv va havoni o’tkazmaydigan xususiyatga ega bo’ladi. Po’kak hujayralari bo’sh va o’lik hujayralardir.
|
| |